Dr. Algorithm
3.6K subscribers
585 photos
53 videos
3 files
597 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Domlalar ziyorati

O‘zbekiston Milliy universiteti - dasturchilar va matematiklar uchun kuchli bilim manbai.


O‘zMU bilan juda ko‘p xotiralarim bor. 6 yil talaba bo‘ldim, yana 5 yil ishladim.

Beruniy metrosidan talabalar shaharchasiga qarab yurar ekansiz, sokinlik va bilim ishtiyoqini sezasiz. Atrofda juda ko‘p daraxtlar va talabalar. Papkasini ko‘targan domlalar va savol bilan murojaat qilgan talabalar. Hammaning niyati bitta bilib olish va bilib berish.

Chorshanba kafedra kuni - barcha domlalar keladigan kun.


Odatda har Chorshanba majlis kuni edi. Men ishlagan "Programmalash va tarmoq texnologiyalari" (hozirda "Dasturiy injiniring va sun’iy intellekt") kafedrasi dasturchilar uchun tayanch kafedra hisoblanadi. C++, Ma’lumotlar bazasi, Java, Operatsion tizimlar, Matemarik analiz, Sonli usullar fanlari dasturchilarning miyasini qotirsa-da, bitirganidan keyin ko‘p kerak bo‘ldi.

Universitetga borganimda o‘zgarishlarni ko‘rib xursand bo‘ldim. Binolar yangi tus olgan. Daraxtlar shoxlari ko‘paygan. (Bir vaqtlar kal qilib ketishgan edi.)

To‘g‘ri kafedra tomon bordim. Yuzni tanib ochiladigan Turniketlar qo‘yilibdi. (eeeh...)

11:50 - Tanaffus.


Hozir ham tanaffus vaqti o‘zgarmapti. 25 yil oldin biz o‘qigan paytda ham 11:50 da edi. Ayni vaqtida keldim. Dars tugashidan 10 daqiqa oldin kafedraga kirib bordim.

Domlalar bilan iliq salomlashdim, samimiy suhbatlaridan bahramand bo‘ldim, damlab qo‘yilgan choylaridan bir piyola ichishga muyassar bo‘ldim.

O‘zimni 25 yil ortga, talabalik davrimga qaytgandek his qildim. Deyarli hech nima o‘zgarmagandek.


Katta bilim shu bino ichida qolib ketmoqda, - deb his etdim. Bu ilmni ko‘chaga, ko‘proq insonlarga yetkazish kerak.

Diplom kerakmi? - deb xom savollar bilan yurgan yoshlarga muhandislikning rosmana ilmini ko‘rsatish kerak.


Bu fikrlar meni ko‘p o‘ylantirgan. Buni tezroq ro‘yobga chiqarish kerak.

Shu o‘ylar bilan ortga qaytdim.

Sokin hayot kechayotgan universitetni yana keyingi safarimgacha ko‘p qumsayman.


Agar sizda ham shunday bilim maskanlari haqida xotiralar bo‘lsa, yoki hozirda ham kuchli domlalar haqida ma’lumotingiz bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirsangiz. Ularni ham ziyoratlariga borsak. Hammaga foydali ma’lumotlarni ulashsak.

Kuningiz xayrli o‘tsin!


05.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
1👍49🔥13🕊31🥰1👏1🆒1
DevFest bugun

Nasib qilsa koʻrishamiz. Ertaroq kelavering. Networking uchun juda koʻp vaqt ajratilgan ekan.

Mavzularni koʻrib chiqdim. Juda yaxshi tanlangan.

👉 https://t.me/gdgtashkent

Demak soat 9:00 da yigʻilamiz.


06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥18👏7👍3🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GDG DevFest shu yerda

DevFestga kelganlar izohga yozing. Bir biringizni topish oʻyini oʻynaymiz.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
1👍4
Tadbir moshlanmoqda.

Zalga kiraveramiz ekan.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍15😁2
Tadbir tashkilotchilari Sunak va Nuriddin tadbirni ochib berishdi.

P.S. Uzrchilik, bugun koʻp post qoʻyishim mumkin.


06.12.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
1🔥24🎉2🕊2😁1🆒1
Vazirimiz Sherzod Shermatov GDGning boshlanishi, 2015 yilda, boshlashda yordam qilgan inson.

Hozirgi kundagi AT sohasi rivojlanishi va 2030 yilgi rejalar haqida aytib berdilar.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍16🔥2
Jonathan Henick

Ambassador of the United States of America to Uzbekistan

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍8
Yoshlarga havas qilsa boʻladi.

Bu ilm olish va harakat qilish natijasi boʻlishi kerak.

Oʻqishda toʻxtab qolmang. Sizni ham shunday tadbirlarda koʻrsatishdi. Sizni koʻrib hursand boʻlaman.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
1👍19😭3🔥1
Dr. Algorithm
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.

https://docs.google.com/presentation/d/14LbYi2WtZlUKG8Bg4jtU6sSWUa3ROO59nQsT7BF8vJs
SI majburiy boʻlmoqda, aytib berganim esingizdami?

Oleg shuni qanday ishlashini namuna sifatida aytib berdilar.

Eng qizigʻi boshlovchilar oddiy web browser yordamida ishlatishlari mumkin ekan.

P.S. Oleg ham bizga oʻxshagan dinozavr ekan. 1995 va Pascal.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
2👍11😁6🆒42👎1
Adham Zohirov

Al for Social Good: Using Technology to Drive Positive Change

GDE & CAIO @ Mohirdev

Qiziq tadqimot boʻldi, SIni ishlatishni oʻzi emas. Uni oʻz lokal serverlarda ishlatish va uni oʻqitish haqida boʻldi. Juda koʻp internetga chiqa olmaydigan loyihalar uchun qulay.

Siz ham ishlatib koʻring.

Mohirdev.uz jamoasida juda koʻp kuchli mutaxassislar bor ekan.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥9👍3💯3
Leading with Purpose: Inspiring Innovation That Matters

Djakhongir Makhkamov
Head of Software Engineering @ Beeline Uzbekistan

Boshqaruvda oʻrganadigan narsa koʻp. Jahongir aka har safar taqdimot qilganlarida shu mavzuning biror qismini chiroyli tushuntirib beradilar.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥12