Domus Classica
411 subscribers
119 photos
3 videos
53 links
Shaxsiy qiziqishlarga oid....

Kanal rivoji uchun :
https://t.me/boost/Domus_Classica

22.06.2025
Download Telegram
Akmal Nur asarlari


Domus Classica
33
Ular Humo qushni so‘yib yedilar,
Shohona tovoqqa qo‘yib yedilar,
Qoshlarni xotirjam uyib yedilar,
Chaynarkan zo‘r lazzat tuyib yedilar,
Umidbaxsh ko‘zlarin o‘yib yedilar,
Ular Humo qushni to‘yib yedilar...

Jafokash ulusning ustidan kulib,
Ochko‘zlik jandasin yelkaga ilib,
Ko‘lvorday vishillab, ko‘ppakday ulib,
Jigarin gazakka jizg‘anak qilib,
Maishat mayini quyib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

Ziyofat avjiga chiqqan chog‘lari
To‘kildi iffatning ko‘zmunchog‘lari.
Qilichday yarqirab qoracho‘g‘lari,
Uzoqdan uzalsa uzunroqlari,
Kaltaroq qo‘llarni tiyib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

"Jon qushim, to‘lg‘onma, tuzoqqa tushding,
Osmonga uchmading, yolg‘onga uchding,
Borini boy berdi boyvachcha qo‘shning!"
...Siyohni qimmat deb, bechora qushning
Qonidan imzolar qo‘yib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

Oh, endi zog‘ bo‘ldi bag‘ir tutganim,
Ko‘rdimki, yengiltak – og‘ir tutganim.
"Juvonmarg ketganim, sag‘ir ketganim,
Voh, mening qanoti yag‘ir ketganim!" –
Yolg‘ondan yozg‘irib, kuyib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

Er bo‘lsang, eng avval elni quvontir,
Vatan sovuq qotsa, joningni yondir!
Yengilsang, halol bo‘l, shu – intiqomdir.
Musulmon qushlarning go‘shti haromdir –
Barini bid’atga yo‘yib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

© Shahriyor Shavkat

Domus Classica
43
New reactions!👍 👌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1414
Tarbiya va yaxshilik go'zallikka asoslangan.

Fridrix Nitshe

Domus Classica
44
Xugin va Munin


Skandinaviya mifologiyasida Oliy xudo Odin yelkasida ikkita qarg'a o'tiradi. Ular dunyo bo'ylab uchib, yangiliklarni Odinga yetkazib turishadi:
Xugin (Huginn): "O'ylovchi" yoki "Fikrlovchi" degan ma'noni anglatadi.
Munin (Muninn): "Xotirlovchi" yoki "Xotira" degan ma'noni anglatadi.

Odin ularni har tong dunyo uzra uchishga yuboradi va ular kechqurun qaytib kelib, ko'rgan va eshitgan barcha narsalarini uning qulog'iga shivirlab aytib berishadi.

Domus Classica
65
Alfonso Gabriel Kapone

 (1899-yil 17-yanvar — 1947-yil 25-yanvar), ko'proq Al Kapone yoki "Scarface" (Chandiq yuzli) taxallusi bilan tanilgan, 1920-1930-yillarda AQShning Chikago shahrida faoliyat yuritgan eng mashhur amerikalik gangster va jinoyatchi. SCARFACE filmining real hayotdagi prototipi.

 "Quruq qonun" (taqiq) davrida spirtli ichimliklar savdosi, qimor o'yinlari va fohishabozlikni nazorat qilgan "Chicago Outfit" jinoiy sindikati rahbari bo'lgan.
 Yoshligida janjallardan birida yuziga tushgan chandiqlar tufayli shunday laqab olgan.

 Ko'plab jinoyatlarga aloqador bo'lsa-da, u 1931-yilda soliqdan bo'yin tovlagani uchun ayblanib, qamoqqa olingan.
Atlanta federal qamoqxonasida va keyinchalik mashhur Alkatras (Alcatraz) qamoqxonasida jazo o'tagan.
Qamoqdan chiqqanidan keyin sog'lig'i yomonlashib, 1947-yilda vafot etgan.

Al Kapone Amerika jinoyatchilik tarixida eng mashhur mafiya boshlig'i (mafiya otasi) sifatida tanilgan.

Domus Classica
43
Forwarded from ZakovArt
Unga.
77
Karosi

 (yaponcha — "ortiqcha ishdan o'lim") — Yaponiyada paydo bo'lgan atama bo'lib, o'ta og'ir mehnat sharoitlari, stress va ortiqcha ishlash (overwork) natijasida kelib chiqadigan to'satdan o'lim holatlarini anglatadi.

Tibbiy sabablar: Surunkali charchoq, uyqusizlik va asabiy zo'riqish fonida yuzaga keladigan insult va miokard infarkti.

Psixologik sabablar: Kompaniya oldidagi burch hissi va ishni yo'qotishdan qo'rqish natijasida kelib chiqadigan o'z joniga qasd qilish holatlari.
Bu tushuncha yapon madaniyatidagi "ishga sadoqat" mezonlarining haddan tashqari oshib ketishi natijasida milliy muammoga aylangan. Hozirda bu holatni oldini olish uchun Yaponiya qonunchiligida maxsus ish vaqti cheklovlari joriy qilingan.

Domus Classica
65
Lagom

 bu shvedcha so'z bo'lib, "me'yorida, ko'p ham emas, oz ham emas, aynan keragicha" degan ma'nolarni bildiradi. Bu shvedlarning hayot tarzi, xulq-atvori va madaniyatining asosi hisoblanadi.
Bu tushunchaning asosiy xususiyatlari:

Hayot tarzi: Har bir narsada (ish, ovqatlanish, munosabatlar) muvozanat va me'yorni saqlash. Ortiqcha isrofchiliksiz, lekin o'zini hech narsadan qattiq cheklamasdan, qulay va xotirjam yashashni anglatadi.

Domus Classica
65🔥1
Shu filmni ko'rganlar bormi?

Rostdan ham 🌟 mi?

Domus Classica
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
75
Uni buni qo'yilar. Manavi nima deyapti.

4-iyundan platformalarda namoyish etilarkan.

Kutayotganlar bormi? 🔥

Domus Classica
🔥241212
Ha yoki yo'q ?

1871, Jon Mille

Domus Classica
65🔥1
Forwarded from ZakovArt
IKEA menejeri boʻlib ishlaydigan qoʻshnim nafaqaga chiqdi bugun. Tort yubordim unga.

🎨 ZakovArt
11🔥76
American Gothic & Dexter (serail)

Dexter S6E7.

Domus Classica
6🔥2
Teodor Robert Bundy
(1946-1989)


Laqablari: "Kampus killer", " Lady killer"
Amerikalik seriali qotil. Rasmiy ma'lumotlarda 30 ta qotillikda ayblangan, lekin tergovchi va kriminologlarni ishonishicha 100 dan ortiq qotillik qilgan.

Asosan fohishalarni o'ldirgan. Bunga sabab esa oilasidagi noto'g'ri muhit orqali olgan bolalikdagi psixologik buzilishlari edi. Boshqa seriali qotillardan farqi Operandi uslubi Persona: Bandi o'zining jozibasi, aql-zakovati va aniq xulq-atvori bilan ajralib turardi.

Qo'lga tushganidan so'ng uni 2 marta qamashadi va ikkala qamoqxonadan ham qochishga muvaffaq bo'ladi. Qochib yurgan paytlarda ham qotilliklarga qo'l uradi. Uchinchi marta ushlanganida esa, ya'ni 1989-yil 24-yanvarda Florida shtati qamoqxonasida elektr stul orqali qatl etilgan.

Ahamiyatlisi, u o'zi ayblangan sudlarda tez-tez o'z advokati sifatida ish tutgan va sudda ko'pincha takabbur yoki jozibali xatti-harakatlarni namoyish etgan.

Domus Classica
🔥54