Domus Classica
408 subscribers
119 photos
3 videos
53 links
Shaxsiy qiziqishlarga oid....

Kanal rivoji uchun :
https://t.me/boost/Domus_Classica

22.06.2025
Download Telegram
Qizim umrimda seni choyingdan ko'ra shirinroq choy ichmaganman, lekin shakar solishni unitibsan.

"Samo farzandlari" 1997

Domus Classica
#moddiy_savol

BU futbolchi tanasiga o'zi yoqtirgan serial qahramonlarini tatirovkasini chizdirgan. Bulardan seriallardagi Tomas Shelby (Peaky Blinders), Walter White (Breaking Bad), Maykl Skofild (Prison Break), Ragnar Lotbrok (Vikings), Rick Grimes (Walking Dead), Tungi Qirol (GOT) personajlari uning tanasidan joy olgan. Uning boshqa bir totirovkasi esa shu yilning 17-fevralida muhokamalarga sabab bo'lgan.
Savol: ushbu futbolchi kim?

Yutuq miqdori: 15 000💵

Javoblar kommentda 👇🏻(tahrirlamang)
Domus Classica
Erka kiyik

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
Muhammad Yusuf

Yoshlikda yodlagan ilk she'rlarimdan.

Domus Classica
Domus Classica
#moddiy_savol BU futbolchi tanasiga o'zi yoqtirgan serial qahramonlarini tatirovkasini chizdirgan. Bulardan seriallardagi Tomas Shelby (Peaky Blinders), Walter White (Breaking Bad), Maykl Skofild (Prison Break), Ragnar Lotbrok (Vikings), Rick Grimes (Walking…
Javob: Nicolas Otamendi

17-fevraldahi Benfica va Real Madrid o'yinida Otamendi Vinisiusga JCH-2022 kubogi tatirovkasini ko'rsatib masxara qiladi va mojaraloarga sabab bo'ladi.

Javob bergan barchaga alohida rahmat.

Domus Classica
Shimining dazmoli qovunni yoradiyu, kalla qovoq bo'lib yotibdi.

Abdulla Qahhor

Domus Classica
Schryodinger mushugi — bu kvant mexanikasidagi superpozitsiya (bir vaqtda ikki holatda bo‘lish) g‘oyasini ko‘rsatuvchi nazariy fikrlash tajribasi. Yopiq qutadagi mushuk, subatomik zarracha parchalanishiga bog‘liq zaharli mexanizm tufayli, quti ochilmaguncha ham tirik, ham o‘lik holatda (paradoks) deb qaraladi. Bu nazariya fizik Ervin Shryodinger tomonidan 1935 yilda kvant mexanikasi talqinidagi muammolarni ko‘rsatish uchun yaratilgan.

— Kvant qoidalariga ko‘ra, atom parchalanmagan va parchalangan holatlarning yig‘indisida (superpozitsiyasida) bo‘ladi. Natijada, quti ochib qaralmaguncha mushuk ham tirik, ham o‘lik hisoblanadi.

—Quti ochilganda, mushuk faqat bitta holatda (yoki tirik, yoki o‘lik) ko‘rinadi.

Sinonimlari: Shryodinger paradoksi,
Kvant superpozitsiyasi tajribasi,
E. Shredingerning fikriy tajribasi.

Domus Classica
2
Inkuzartdan yangisi🦋

Domus Classica
NASA web-saytida "Sizning ismingiz landshaftlarda" loyihasini yaratdi. Qidiruvga ismingizni yozasiz va yer yuzidgi turli xil nuqtalardagi harflarga o'xshash joylar kombinatsiyalari orqali ismingizni terib beradi.

Qisqa qilganda saytga kirib ko'ring.

Yuqoridagi ism esa adminga tegishli



Domus Classica
2🔥1
Markaziy London, Vaterlo maydonida Banksyning yangi san'at asari ko'rinish berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda haykalga "Blind patriotism" (ko'r-ko'rona vatanparvarlik) deb nom qo'yishmoqda.

Domus Classica
3
Yer o'z jufti rasmini postga joyladi.

Domus Classica
42
Akmal Nuriddinov (Akmal Nur)


Zamonaviy o'zbek romantizm rassomi. 1959-yil 27-fevral Namangan shahrida tug'ilgan. "Nur art school" asoschisi

Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademigi (1997),
Oʻzbekiston xalq rassomi (2003),
Davlat mukofoti laureati (2001),
Fidokorona xizmatlari uchun ordeni soxibi (2019).
Yaponiya imperatorining Chiqayotgan quyosh ordeni,
Oltin nurli boʻyin tasmasi ordeni bilan taqdirlangan (2024).

Domus Classica
43
Akmal Nur asarlari


Domus Classica
33
Ular Humo qushni so‘yib yedilar,
Shohona tovoqqa qo‘yib yedilar,
Qoshlarni xotirjam uyib yedilar,
Chaynarkan zo‘r lazzat tuyib yedilar,
Umidbaxsh ko‘zlarin o‘yib yedilar,
Ular Humo qushni to‘yib yedilar...

Jafokash ulusning ustidan kulib,
Ochko‘zlik jandasin yelkaga ilib,
Ko‘lvorday vishillab, ko‘ppakday ulib,
Jigarin gazakka jizg‘anak qilib,
Maishat mayini quyib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

Ziyofat avjiga chiqqan chog‘lari
To‘kildi iffatning ko‘zmunchog‘lari.
Qilichday yarqirab qoracho‘g‘lari,
Uzoqdan uzalsa uzunroqlari,
Kaltaroq qo‘llarni tiyib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

"Jon qushim, to‘lg‘onma, tuzoqqa tushding,
Osmonga uchmading, yolg‘onga uchding,
Borini boy berdi boyvachcha qo‘shning!"
...Siyohni qimmat deb, bechora qushning
Qonidan imzolar qo‘yib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

Oh, endi zog‘ bo‘ldi bag‘ir tutganim,
Ko‘rdimki, yengiltak – og‘ir tutganim.
"Juvonmarg ketganim, sag‘ir ketganim,
Voh, mening qanoti yag‘ir ketganim!" –
Yolg‘ondan yozg‘irib, kuyib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

Er bo‘lsang, eng avval elni quvontir,
Vatan sovuq qotsa, joningni yondir!
Yengilsang, halol bo‘l, shu – intiqomdir.
Musulmon qushlarning go‘shti haromdir –
Barini bid’atga yo‘yib, yedilar,
Ular Humo qushni so‘yib yedilar.

© Shahriyor Shavkat

Domus Classica
43
New reactions!👍 👌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1414
Tarbiya va yaxshilik go'zallikka asoslangan.

Fridrix Nitshe

Domus Classica
44