Solih Solihalar
308 subscribers
119 photos
240 videos
2 files
479 links
#Бuсмuллаҳ...🌸

🌹Гўзаллик Аллоҳни ҳадясидир.
🌹Гўзалликни энг қуйи ҳусн гўзаллигидир.
🌹Гўзалликни ўртаси сўз гўзаллигидир.
🌹Гўзалликни энг юқори чўққиси хулқ гўзаллигидир.🌸🕊

© Муаллифлик ҳуқуқларига риоя қилинг!
Download Telegram
#Duo

Aslida DUO nima...?

Aslida duo nima? “Duo” so‘zi arab tilida chaqirish, so‘rash ma’nolarini anglatadi.

Aslida duo bandaning ruhiy holatidan kelib chiqib Yaratganga hissiy murojaatidir.

Ko‘pincha, ana shu duo bilan “talab qilish” degan narsani aralashtirilib yuboriladi. “Talab qilish” – bu so‘rovchining tili bilan nutq qiladigan so‘rovidir. “Menga uzoq umr, sog‘lik bergin” kabi.

Duo esa, so‘rovchida paydo bo‘ladigan ruhiy holat hisoblanadi. Banda chinakam duo qilar ekan, uning qalbi uyg‘oq, hislari titroq holda o‘zining qilgan gunohlariga iqrorlik ila Allohga yuzlanishi vujudga keladi. Agar duo qilinayotgan paytda til boshqa, dil boshqa narsani desa, albatta u duo bo‘lmaydi. Bandaning biror narsani so‘rashi bilan astoydil duo qilishida farq bor.

Yillar davomida so‘rab, so‘raganiga erisha olmay yurganlar qancha, chunki u haqiqiy duo qilish holatiga sazovor bo‘lgani yo‘q. Chinakam duoning boshlanishi bandaning qilgan gunohlariga iqror bo‘lishi bilan boshlanadi.
Astoydil duo qilganlarning duolari qabul bo‘lishiga shubha yo‘q.

Chunki buni Alloh va’da qilyapti. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida:
“Har kecha Rabbimiz dunyo osmoniga tushadi va “Kim menga duo qiladi, men ijobat qilsam, kim mendan so‘raydi, men unga ato qilsam, kim menga istig‘for aytadi, men uni mag‘firat qilsam”, deydi”, deganlar. 

Duo manfaatni jalb qiladigan va zararni daf qiladigan kuchli sababdir. Allohning G‘aniy, Sami’, Karim, Rahim va Qodir sifati borki, u o‘ziga duo qilishga amr qiladi. 

No‘mon ibn Bashir r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
Duo ibodatdir”, dedilar va Rabbingiz: “Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xor-u zor hollarida kirurlar” oyatini qiroat qildilar”. (Abu Dovud rivoyati).

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ