Solih Solihalar
331 subscribers
119 photos
240 videos
2 files
479 links
#Бuсмuллаҳ...🌸

🌹Гўзаллик Аллоҳни ҳадясидир.
🌹Гўзалликни энг қуйи ҳусн гўзаллигидир.
🌹Гўзалликни ўртаси сўз гўзаллигидир.
🌹Гўзалликни энг юқори чўққиси хулқ гўзаллигидир.🌸🕊

© Муаллифлик ҳуқуқларига риоя қилинг!
Download Telegram
Robbimning rahmati
yerga yog'ilgan,
Mo'minga mag'firat
va'da qilingan.
Osiylar azobdan
ozod etilgan,
Qalblarning rohati
Hayit muborak!

Ey Allohim bugun shunday Hayit bo'lsinki, kechirilmagan banda, shifo topmagan xasta, huzr qilmagan qalb, uyg'onmagan vijdon, Alloh deb so'zlamagan til qolmasin! Alloh bu kunning fazilatidan xonadoningizga O'zining xayru barokatlarini yog'dirsin..
Hayit muborak bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh..

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Barchangizga Iydul fitr muborak bo'lsin..

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
تقبل الله منا ومنكم - عيد مباركـ علينا وعليكم
إنــا إلى الله راغبونـ
Barcha muslim-muslima birodarlarimizga Iyd al Fitr muborak!

Taqobbalallohu minna va minkum
solih aaamalunaaa.

Alloh ushbu oyda qilgan solih amallarimizni qabul qilsin!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ийдул фитр табриги

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳматуллоҳи алайҳ (архив)

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Веб-сайт
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ассаламу алайкум!
Азизлар Ийдул Фитр муборак!
Келгуси Рамазони шарифларга Аллоҳ таоло омонликда етказсин.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Rasulullohni tushda ko‘rish uchun tavsiyalari:

1-TAVSIYA

Qadr surasni har kuni quyosh chiqish va botish chog‘ida 21-martadan o‘qishni odat qilgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi.
(al-Vasoilush-shafiʼa).

2 – TAVSIYA

Kavsar surasini bir kechada ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi.
(al-Vasoilush-shafiʼa)

3 - TAVSIYA

Kimki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rishni istasa “Muzammil” surasini 41-marta o‘qisin, shubhasiz Rasulullohni ko‘radi!
(al-Vasoilush-shafiʼa 417-B).

4 - TAVSIYA

Jumʼa kunida “Qadr” surasini ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rmaguncha bu dunyodan o‘tmaydi.
(Xazinatul asror).

5 – TAVSIYA

Baʼzi ulamolar aytishlaricha, “Kavsar” surasining quyidagicha xususiyati bor: kimki bu surani jumʼa kechasida ming marta o‘qib ortidan Rasulullohga yana ming marta salovat aytib uxlasa, tushida Ul zoti sharifni ko‘radi.

6 – TAVSIYA

Baʼzi mashoyixlarga ko‘ra, juma kechasining qoq yarmida turib “Quraysh” surasini ming marta o‘qib, tahorat bilan uyquga ketsa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘radi va Allohdan so‘ragan boshqa hojatlari ham ravo bo‘ladi.

7 – TAVSIYA

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuma aytadi: kimki bir kechada “qul huvallohu ahad”ni ming marta o‘qisa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘radi. Men Allohga hamdlar bo‘lsinki, buni tajribadan o‘tganini ishonch bilan ayta olaman. Hasan Muhammad Shaddod.
(al-Vasoilush-shafia).

8 – TAVSIYA

Yana Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumadan “Vasoil”ning 471-sahifasida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- “Qaysi bir mo‘minki, juma kechasida ikki rakat namoz o‘qisa va har bir rakatida Fotiha surasidan keyin 25-martadan “Qul huvallohu ahad”ni o‘qib, uning ortidan ming marta “Sollallohu ʼala Muhammadin an-Nabiyyil-ummiy”, deb salovat aytsa, keyingi jumagacha albatta meni tushida ko‘radi. Va kim meni ko‘rsa, Alloh uning gunohlarini mag‘firat qiladi” - dedilar.
(“Saodatud-dorayn”)

9–TAVSIYA

“Mafotih al-mafotih”da “al-Azkor”dan naql qilinadi:
- “Kimki juma kechasi ikki rakat namoz o‘qib, har rakatida bir martadan “Fotiha” surasini va besh martadan “Oyatul-kursi”ni o‘qib, namozni tamomlagach, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga salovat aytsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘radi.

10–TAVSIYA

“Majmaʼul-hadis”da keltirilgan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgan ekanlar:
- “Kim meni tushda ko‘rishni istasa, juma kechasida ikki salom bilan to‘rt rakat namoz o‘qisin. Har bir rakatida “Fotiha”, “Vaz-zuho”, “Alam nashroh”, “Inna anzalnahu”, “Iza zulzilatil-arzu” suralarini o‘qisin. Keyin menga yetmish marta salovat va yetmish marta istig‘for aytsin, so‘ngra uxlasa, meni tushida ko‘radi”.

11–TAVSIYA

“al-Vasoilu-shafia” 467-betda keltiriladi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan aytadilar:
- “Kimki menga shanba kunda ming marta salovat aytsa, jannatdagi joyini ko‘rmaguncha dunyodan o‘tmaydi..”.
Men bu xabarni tajribamdan o‘tkazganman. Hasan Muhammad Shaddod

12–TAVSIYA

“al-Mafoxir al-aliyya”da Abu Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhning quyidagi tavsiyasi keltirilgan: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni tushda ko‘rish uchun “Izash-shamsu kuvvirot”, “Izas-samaaun fatarot” va “Izas-samaaun shaqqot” suralarini o‘qib yurishga odatlaning.

13–TAVSIYA

Ustozimiz Jamoluddin Abulmavohib ash-Shoziliy rahmatullohi alayh aytar edilar: men, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushimda ko‘rdim. Ul Zot menga:
- “Uyku oldidan “Bismillahir Rohmanir Rohim”ni besh marta, “Aʼuvzu billahi minashshaytonir-rojim”ni besh marta aytasan. Keyin, “Ey Alloh! Muhammad Sollallohu alayhi vasallam haqqi-hurmati menga Muhammad Sollallohu alayhi vasallamni shu dunyoda ham, oxiratda ham ko‘rsatgin, deb ayt. Agar uxlashdan oldin shularni aytsang, men oldingga kelaman va aslo qolib ketmayman” - dedilar”
#Duo

Aslida DUO nima...?

Aslida duo nima? “Duo” so‘zi arab tilida chaqirish, so‘rash ma’nolarini anglatadi.

Aslida duo bandaning ruhiy holatidan kelib chiqib Yaratganga hissiy murojaatidir.

Ko‘pincha, ana shu duo bilan “talab qilish” degan narsani aralashtirilib yuboriladi. “Talab qilish” – bu so‘rovchining tili bilan nutq qiladigan so‘rovidir. “Menga uzoq umr, sog‘lik bergin” kabi.

Duo esa, so‘rovchida paydo bo‘ladigan ruhiy holat hisoblanadi. Banda chinakam duo qilar ekan, uning qalbi uyg‘oq, hislari titroq holda o‘zining qilgan gunohlariga iqrorlik ila Allohga yuzlanishi vujudga keladi. Agar duo qilinayotgan paytda til boshqa, dil boshqa narsani desa, albatta u duo bo‘lmaydi. Bandaning biror narsani so‘rashi bilan astoydil duo qilishida farq bor.

Yillar davomida so‘rab, so‘raganiga erisha olmay yurganlar qancha, chunki u haqiqiy duo qilish holatiga sazovor bo‘lgani yo‘q. Chinakam duoning boshlanishi bandaning qilgan gunohlariga iqror bo‘lishi bilan boshlanadi.
Astoydil duo qilganlarning duolari qabul bo‘lishiga shubha yo‘q.

Chunki buni Alloh va’da qilyapti. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida:
“Har kecha Rabbimiz dunyo osmoniga tushadi va “Kim menga duo qiladi, men ijobat qilsam, kim mendan so‘raydi, men unga ato qilsam, kim menga istig‘for aytadi, men uni mag‘firat qilsam”, deydi”, deganlar. 

Duo manfaatni jalb qiladigan va zararni daf qiladigan kuchli sababdir. Allohning G‘aniy, Sami’, Karim, Rahim va Qodir sifati borki, u o‘ziga duo qilishga amr qiladi. 

No‘mon ibn Bashir r.a.dan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Duo ibodatdir”, dedilar va Rabbingiz: “Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xor-u zor hollarida kirurlar” oyatini qiroat qildilar”. (Abu Dovud rivoyati).

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
NEGА ISTIGʼFOR АYTАMIZ?

Har bir banda istigʼfor aytishga muhtoj. Chunki uning ayblari, nuqson-kamchiliklari koʼp. Mehribon Аlloh taolo biz ojiz bandalarga gunohlardan poklanish imkonini bergan. U Zot shunday marhamat qilgan: “Ey bandalarim! Sizlar ertayu kech gunoh qilasizlar. Men esa barcha gunohlarni kechirib yuboraman. Shuning uchun Menga istigʼfor aytinglar! (Shunda gunohlaringizni) magʼfirat qilaman ”.
Аlloh tarafidan mukammal qilib yaratilgan inson faqat tanadan iborat emas. Uning qalbi, ruhi bor. Gunoh qilganda qalbga qora dogʼ tushadi, maʼsiyat dilni gʼash qiladi, koʼngil oynasini xiralashtiradi. Tushkunlik (depressiya) deb atalayotgan zamonaviy kasallik mana shundan kelib chiqadi. Lekin koʼp istigʼfor aytadigan banda uchun tushkunlik umuman begona. Chunki moʼmin inson xatoga yoʼl qoʼysa, oʼsha zahoti Аllohga istigʼfor aytadi. Shu bilan qalbi ochiladi, dili charogʼon boʼladi, koʼnglidagi xijillik ariydi.
Bilasizmi, kattayu kichik gunohlardan pok zot – muhtaram Paygʼambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bir kunda 100 marta istigʼfor aytganlar. Shunday ekan sunnatga amal qilishimiz uchun ham koʼproq istigʼfor aytishimiz, bu ishni kundalik vazifa qilib olishimiz maqsadga muvofiq boʼladi.


“Istigʼforning 40 xosiyati” kitobidan
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Tez yordam raqamlari☝️:

1. Hayot ko’zinga qorong’u ko’rinsa
Baqara surasi 25-oyat 📓

2. Allohga osiy bo’ldingmi
Zumar surasi 53-oyat📓

3. Huzur topmoqchi bo’lsang
Moida surasi 16-oyat📓

4. Kerakli insoningni yo’qotganingda
Yusuf surasi 87-oyat

5. Charchadingmi
Inshiroh surasi 5-oyat📓


1. Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan baxramand bo’lsalar, bundan avval xam rizqlangan edik derlar. Ularga shunga o’xshash narsalar berilgandir. Ularga u yerda pokiza juftlar bor ular u yerda abadiy qolurlar.
Baqara surasi 25-oyat📓


2. Sen mening tarafimdan: “ Ey o’z joniga jabr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo’lmang! Albatta Alloh barcha gunoxlarni mag’firat etar. Albatta uning O’zi o’ta mag’firatli va o’ta rahimli Zotdir “, deb ayt.
Zumar surasi 53-oyat📓


3. U bilan Alloh O’z roziligini istaganlarini salom yo’llariga boshlar va ularni o’z izni ila zulmatlardan nurga chiqarar. Hamda sirotul Mustaqiymga hidoyat qilur.
Moida surasi 16-oyat📓


4. Ey o’g’illarim boringlar, Yusufni va uning ukasini yaxshilab izlaglar, Allohning raxmatidan noumid bo’lmanglar. Haqiqatdan Allohning rahmatidan faqatgina kofir qavimlargina noumid bo’lurlar “dedi
Yusuf surasi 87-oyat📓

5. Bas, albatta qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
Inshiroh surasi 5-oyat📓

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Alloh:
"Namozni ado qiling" dedi,

Odamlar:
"Vaqtim yo‘q, lekin qalbim toza" dedilar,

Alloh:
"Aroq harom ichmanglar" dedi,

Odamlar:
"Dardim bor nima qilay" dedilar,

Alloh:
"Qimor harom, o‘ynamang, shayton amalidan" dedi,

Odamlar:
"Yutsam" dedilar,

Alloh:
"Zakot farzdir, beringlar" dedi,

Odamlar:
"Qarzim bor edi" dedilar,

Alloh:
"Xajga boring, farzdir" dedi,

Odamlar:
"Yevropaga sayohat qilishmoqda" dedilar,

Alloh:
"Avratlaringizni yoping" dedi,

Odamlar:
"Moda" dedilar,

Alloh:
"Oxiratingiz uchun tayyorgarlik qiling" dedi.

Odamlar:
"Dunyoga bir marta kelaman, maishat qilib olay" dedilar,

Alloh:
"Bandam tavba qil, kechiray" dedi,

Odamlar:
"Yoshman, qariganimda qilaman" dedilar,

Allohga itoat qilmoq, har kimga nasib etmas!

Robbimiz, bizlarni O‘zingga va Rosulingga itoat qiluvchilardan qilgin.

Robbimiz bizlarni oxirgi nafasimizgacha iymon bilan sobit qil.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
#Bismillah 🌸
Assalomu alaykum qalbi iymon nuri bilan to'lgan qalbi Jannat dindoshlar..🌸
Barchangizga kunlarning sayyidi Juma ayyom muborak.. Bugun yana bir Jumani ko'rishlik nasib qilgani uchun Alhamdulillah 🌸
Bugungi kuningiz Bomdod bilan boshlanib Tahajjud bilan tugashligi nasib qilsin..
#In sha' Alloh 🌸


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Abdulloh Domla - Ota-Ona ila muomala (to‘liq holda) | Абдуллоҳ Домла…
Osh mTv
Abdulloh Domla-Juda ajoyib ma'ruza 🤲Ota onagat qanday momila qilish kerak qaysi ishda ulaga itoat qilmaslik kerak shular togrisda albatta eshting👍va yaqinlaringizga ulashing☝️☝️

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Abdulloh Domla - Riyo xaqida | Абдуллох Домла - Риё хақида
Osh mTv
Abdulloh Domla-Juda ajoyib ma'ruza 🤲Qalb kozlarimizni ochadigan Ma'ruza Wirk togrisida albatta eshting👍va yaqinlaringizga ulashing☝️


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
"Сени ҳам ўстириб, вақтида ўзини унутган яқинларингни эсла!"

Ҳаётингизда шундай йиллар бўладики, фарзандингиз чеҳрасига термулиб, ўзингизни унутасиз...
Шундай йиллар бўладики, уларнинг йилдан йилга узайиб бораётган қўлларига, сизникига етиб қолаётган бўйларига тикилиб-ўзингизнинг чўкиб бораётганингизни унутасиз...
Уларга чиройли кийимлар кийдирасиз, ўзингизнинг авайлаб киядиганларингиз эса ўн йилга, баъзан ўн беш йилга етиб-ўтадиган бўлади...
Энди олдингидек эмассиз, ниманидир четга олиб қўяркансиз-эртага қизингиз кийишини, ўғлингиз фойдаланишини ўйлай бошлайсиз...
Инсон ҳамиша ниманидир унутади - хоҳ бошқаларни, хоҳ ўзини...
Чунки у унутувчи Инсондир!
Қадрли дўстим, лекин сиз Роббингизни унутиб қўйманг, ибодатларда ҳамон жидду жаҳдингиз бўлсин...
Шунда ўзингиздан-да, фарзандларингиздан-да Ўша Зотни севганлар қаторида бўласиз!
Бора-бора у сизга ўзингизни ҳам эслатишни бошлайди: худди авайлаган кишингиз сизни ҳам жавобига авайлагандек...
Энди намозларга эгиларкансиз, ўз танангиз чарчоғини, суякларингиз овозини, қўлларингиз онангизникига тобора ўхшаб қолаётганини пайқай бошлайсиз.
Бу эслатишлар ичида гўёки ҳаммаси жам бўлгандек:
"Ўзингни асра!"
"Ўзингга ҳам эътибор қил!"
"Сени ҳам ўстириб, вақтида ўзини унутган яқинларингни эсла!"
Бу жуда чиройли таскин ва эслатмадир!

Умму Зайнаб Умму

Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Қўшничилик ҳақлари"

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Аёл киши ота-онасининг зиёратига қачон боради?

Ҳанафий мазҳабининг машҳур китобларидан бўлмиш “Баҳрур роиқ шарҳи Канзуд дақоиқ” номли китобда қуйидагилар ёзилган: “Тўғри ва фатво берилган гап қуйидагича: “Аёл киши ота-онасининг зиёратига ҳар ҳафтада бир марта у (эри) рухсат берса ҳам, бермаса ҳам чиқади. Маҳрамларнинг зиёратига ҳар йилда бир марта у (эри) рухсат берса ҳам, бермаса ҳам чиқади”

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ

Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ
Қизим билан ҳижоб масаласида келиша олмаяпмиз

Ассалому алайкум! Биз хорижда яшаймиз. Биз ҳозир яшайдиган жойда мусулмонлар жуда кам. Қизимга авратни яширишни, ҳижобнинг муҳимлигини кўп тушунтирганман. Илгари мусулмонлар кўпроқ бўлган тарафда яшаганимиз учун 11 ёшгача муаммосиз ўз хоҳиши билан ўраб кетаверарди мактабга. Аммо 3 йил ўтиб, уйдан ўраб чиқиб кетиб, автобусда шартта ечиб ташлайди. Буни кўриб қаттиқ гапирганман ҳам, аммо аҳвол ўша-ўша. Юбкасини ҳам тепасидан тортиб, калтароқ қилиб оладиган бўлган. Дугона сифатида ҳам, юқори поғонада туриб ҳам бир неча марта гаплашдим. Олдимда хўп, дейди доим, аммо ундаги ривожланаётган иккиюзламачиликдан ғашим келяпти фақат. Қаерда хато қиляпман?

Психолог:
– Ва алайкум ассалом! Қизингиз ўтар ёшида. Балоғат ёшидаги қизларда гормонал ўзгариш рўй бергач ёки ота-она билан тил топиша олмаса, шу каби ҳодисалар рўй бера бошлайди. Қизингизни урушсангиз ёки уйдан чиқазмай қўйсангиз, у бутун умрга сизни душман деб билади. Ҳозир унга фақат дўст бўлиш, дунёдаги энг яқин инсони эканингизни таъкидлаб туришингиз керак. Фақат гап билан эмас. Балки амалларингиз билан. Меҳрибонлик қилиб туринг. Бағрингизга босинг. Яхши гаплар билан бошидан силаб туринг. Сиз қизингизга икки дунёда юзингизни ёруғ қилувчи солиҳа бўлишига ишончингиз комил эканини уқдириб туринг. Албатта қизингизга муҳит таъсир қилаяпти. Аммо муҳит таъсир қилмаслиги учун болаларга уйда ўзига бўлган ишончини маҳкамлаб туриш керак. Вақтли ухлатиш керак. Чунки кеч ухлаб, кеч уйғонадиган болаларда жинсий ривожланиш барвақт бошланади. Аммо мия фаолияти, фикрлаши ҳали болаларники каби бўлади. Шунинг учун ўспирин ёшига яқинлашаётганда гормонал ўзгариш рўй берганда болалар кўпинча агрессив бўлиб қоладилар. Албатта бунга яна бошқа сабаблар ҳам бор. Иложи борича уни койимай қўллаб-қувватлаб туринг. Вақтни у билан биргаликда мароқли ўтказишга ҳаракат қилинг. Валлоҳу аълам!

#САВОЛ_ЖАВОБ
Савол бериш учун: savollar.muslimaat.uz

Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFBMHM730MXPJm39iQ