AI | DigiTech
55.2K subscribers
3.8K photos
1.75K videos
3.49K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱iPhone 17 Pro stratosferadan qulashdan omon qoldi — uni 30 km balandlikdan parashyutsiz tashlab yuborishdi.

Smartfon Shvetsiya osmoniga havo sharida olib chiqilib, so‘ng tashlab yuborildi. 25 daqiqadan keyin uni o‘rmondan topishdi: iPhone ishlaydigan holatda bo‘lib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qildi va video yoza oldi. Ushbu tajriba Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Sinov RHINOSHIELD g‘ilof ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

📟 DigiTech
🤯79😁4315🤓106👍4🔥2
🌓 Quyosh tutilishi soyasining ortidan quvish — tarixdagi eng g‘ayrioddiy astronomik tajribalardan biri ana shunday o‘tgan.

1973-yilda fransuz astrofizigi Per Lena AQSh, Fransiya va Britaniyalik hamkasblari bilan birga tovushdan tez uchadigan “Konkord” samolyotining ilk prototipi bortiga ko‘tarilib, soatiga 2400 km tezlikda harakatlanayotgan Oy soyasi ketidan uchgan (samolyot tezligi soatiga 2200 km gacha yetgan).

Natijada ular 74 daqiqa davomida to‘liq tutilishni kuzatishga muvaffaq bo‘lishgan, bu rekord ko‘rsatkich edi. Yerda bu hodisa taxminan yetti daqiqa davom etgan.

📟 DigiTech
1🔥64🤯179👍7😁42💯2🫡2🤝1
🔋Olimlar ishlaydigan ilk kvant batareyasini namoyish etishdi.

CSIRO agentligidagi avstraliyaliklar odatiy mantiqqa to’g'ri kelmaydigan, kvant batareyasining ilk fizik prototipini yasashdi. Uning eng g‘ayrioddiy jihati shundaki, u biz o‘rganib qolgan barcha narsalarga nisbatan mutlaqo teskari ishlaydi.

Odatda akkumulyatorning (masalan, smartfon yoki elektromobilniki) sig‘imi qanchalik katta bo‘lsa, u rozetkadan shunchalik uzoq vaqt quvvatlanadi. Ammo kvant olamida bunday emas. Zarrachalarning jamoaviy o‘zaro ta’siri tufayli kvant akkumulyatori qanchalik katta bo’lsa, uning zaryadi shunchalik tez to’ladi.


Agar bu texnologiya tijoriy relizgacha olib chiqilsa (ungacha hali ancha bor), bizni haqiqiy inqilob kutmoqda.

📟 DigiTech
1👏9917👍10😨10🔥64💯1👨‍💻1🫡1
Toshkentda biznes-kechki ovqat | 23-sentabr, soat 19:00

O‘zbekistonda biznes uchun AI’ni joriy etish amaliyoti

Servercore kompaniyasi dasturchilar, IT-mutaxassislar va biznes rahbarlarini yopiq biznes-kechki ovqatga taklif qiladi.

Ekspertlar bizneslar bugungi kunda mashinaviy o‘rganish (ML) va AI xizmatlaridan qanday foydalanayotgani haqida so‘zlab berishadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/003bm

Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

▪️O‘zbekistondagi kompaniyalarda Servercore imkoniyatlari asosida AI xizmatlarini joriy etish tajribasi

▪️Mahalliy bozor sharoitiga mos IT-arxitekturani tanlash va resurslarni optimallashtirish

▪️AI loyihalarini kengaytirishda uchraydigan muammolar va keng tarqalgan xatolar

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng IT-networking va kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Servercore’ning ML mutaxassislari bilan Q&A sessiyasi, norasmiy muloqot va tajriba almashish imkoniyati mavjud.

Joylar soni cheklangan! Oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang. Ishtirok etish faqat moderatsiyadan o‘tgandan so‘ng tasdiqlanadi.
117💯4👏3👍1🫡1
⚡️Xitoyda ommaviy tarzda aktyorlarni raqamli qiyofadoshlarga almashtirishmoqda.

The Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda sun’iy intellekt sohasining jadal rivojlanishi aktyorlar va onlayn-inflyuenserlarni shartnomasiz qoldirmoqda. Avvaliga prodyuserlar modelni o‘rgatish uchun biror aktyorni yollab, uning mimikasi, ovozi va imo-ishoralarini kamera qarshisida yozib olishmoqda. Raqamli nusxa tayyor bo‘lib, sozlangach, jonli aktyor kerak bo’lmay qoladi.


Tashqi ko‘rinish huquqini bir marta sotib olib, rolik yaratish studiya ijarasi, yoritish uskunalari va haqiqiy odamlarning gonoraridan 10 barobar arzonroqqa tushadi. Natijada, ishdan bo‘shatilgan aktyor uyda o‘tiradi, uning raqamli qiyofadoshi esa dam olish kunlarisiz 24/7 rejimida reklamalarda suratga tushadi va strimlar olib boradi.

📟 DigiTech
2🤯77😢14👍125💯4😨2🫡2
🎮 GTA VI chiqadigan kuni butun dunyoda "ishning to’xtashi" yuz beradi. Odamlar ommaviy tarzda 19-noyabrni norasmiy dam olish kuni deb e’lon qilmoqda.

Ko‘plab ish beruvchilar bu fursatdan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun foydalanmoqda. Hatto AQSh armiyasi ham bu harakatga qo‘shilgan: u yerda bir yo‘la to‘rt kunlik dam olish berilmoqda.

📟 DigiTech
1😁177🔥12👏76👍5🤝3🎉1💯1
⚡️Janubiy Koreya o‘z fuqarolarining barchasiga generativ sun’iy intellekt xizmatlaridan bepul cheksiz foydalanish imkoniyatini beradi.

Dastur “Barcha uchun sun’iy intellekt” deb nomlandi. Hukumat mahalliy modellarni joriy etishni tezlashtirish hamda AQSh va Xitoy texnologiyalariga qaramlikni kamaytirish niyatida.

Fuqarolar ular orqali shifokor qabuliga yozilishi, uy-joy qidirishi, soliqlar va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam masalalarini hal qilishi mumkin bo‘ladi.

📟 DigiTech
166👏37🤝11👍9🤯7🔥4👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌪️ Xitoyda endi tabiiy ofatni o‘zingizda xavfsiz his qilishingiz mumkin — u yerda falokatlar attraksionini ochishdi, unga chipta narxi 125 dollar turadi.

Tashrif buyuruvchilarni tezligi naq 165 km/soatgacha yetadigan dovul imitatsiyasi va suv toshqini simulyatori kutmoqda. U yerda odamni atigi uch soniyada suv oqimi yiqitib yuboradi.

📟 DigiTech
1👏64😁2516👍15🔥4😨42🤝1
📲 “Ishonchlilik va chidamlilik”: Jon Ternus Apple rahbari etib tayinlandi va bosh direktor sifatidagi ustuvor vazifalarini e'lon qildi.

Jon Ternus rasman Apple’ga rahbarlik qilishni boshladi va kompaniya uning saytdagi tarjimai holini yangiladi. Qurilmalarning ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishi, shuningdek, materiallar va dizayndagi innovatsiyalar yangi bosh direktorning asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Ternus rahbarligida Apple uglerod izini kamaytirish, qayta ishlangan materiallardan foydalanish, 3D-bosma va texnikalarning ta’mirga yaroqliligini rivojlantirishda davom etadi. Kompaniyaning yangi rahbari uzoqroq xizmat qiladigan va atrof-muhitga kamroq zarar yetkazadigan mahsulotlar ishlab chiqarmoqchi.

📟 DigiTech
1👍6314👏12💯62🔥2🤯2😢1😡1
⚡️Xiaomi ilk buklanadigan iPhone taqdimotiga atigi bir hafta qolganda, deyarli o‘shanday smartfonni namoyish etdi.

Bir yil avval Apple'dan kutilgan keng yoyiluvchi buklamafon endi Apple'ning o‘zidan boshqa barcha kompaniyalarda bor: avval undan Huawei, so‘ng Samsung, endi esa Xiaomi “ko‘chirdi”.

Xiaomi 18 Fold'ning to‘liq taqdimoti 7-sentyabr kuni, ya’ni Apple tadbiridan ikki kun oldin bo‘lib o‘tadi.

📟 DigiTech
1😁16811👍9🫡6🔥32🤯1💯1
⚡️PwC hisob-kitoblariga ko‘ra, neyrotarmoqlar temiryo‘llar, elektr energiyasi va internetning umumiy qiymatidan ham qimmatga tushadi — 2050-yilgacha ma’lumotlar markazlariga 32 trillion dollar sarflanadi.

Pulning asosiy qismi uskunalar uchun sarflanadi: chiplar va serverlarni har 4–6 yilda yangilab turish kerak bo‘ladi. Agar neyrotarmoqlar yanada tezroq rivojlansa, bu summa 50 trillion dollarga yetishi mumkin.

📟 DigiTech
1🤯65🔥18👍114😨3😡3🤝2🫡2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Bitta eSIM’dan bir vaqtning o‘zida ikkita iPhone’da foydalanish mumkin bo‘ladi — iOS 27’da iPhone Handoff funksiyasi topildi.

Asosiy smartfonda qo‘shimchasini tanlash mumkin bo‘ladi, shunda ikkinchida eSIM nusxasi paydo bo‘ladi. Qo‘ng‘iroqlar va internetni esa ikkita smartfon o‘rtasida almashtirib turish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
2👏54🤔136🔥3👍2💯1👨‍💻1🫡1
⚡️iPhone Ultra narxlari sizib chiqdi

Avstraliyadagi Vodafone operatori tasodifan oldindan buyurtma sahifasini ochib yubordi. Internetda Avstraliyadagi iPhone narxlari AQSh'dagidan 30 foizga yuqori ekanligini hisobga olgan holda, mahalliy narxlarni dollarga o‘girib chiqishdi.

Shunday qilib, 256 GBlik boshlang‘ich iPhone Ultra taxminan 2499 dollar bo‘ladi. Bir terabaytlik eng top versiyasi esa taxminan 3199 dollar turadi.

Vodafone sahifasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, oldindan buyurtma sanasi — 12-sentyabr.

📟 DigiTech
1🤯8813🔥5👏2😨2🫡2👍1💯1