AI | DigiTech
53.2K subscribers
3.45K photos
1.67K videos
3.14K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Meta xodimlarni ishdan bo‘shatishdan avval ularning harakatlari asosida sun’iy intellektni o‘qitib oldi.

21-aprel kuni Meta rahbariyati kompaniya ichida ma’lumotlar yig‘ishni boshladi: har bir klavish bosilishi, sichqoncha harakatlari yozib olindi va muntazam ravishda ekran skrinshotlari olindi. Xodimlarga bu yangi sun’iy intellekt agentlarini oddiy ofis ishlarini bajarishga va interfeyslar bilan ishlashga o‘rgatish uchun deb aytildi.

Biroq buning asl sababi 27-aprel kuniyoq ayon bo‘ldi. Mark Sukerberg «optimallashtirish va samaradorlikni oshirish» uchun 8000 nafar xodimni ishdan bo‘shatishini e’lon qildi. Kompaniya moliyaviy mablag‘larni aynan sun’iy intellektni yanada rivojlantirishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Ommaviy ishdan bo‘shatishlar bir oydan so‘ng boshlanadi.

📟 DigiTech
😁92😢34😡2073👏3👍2🔥2💯2😨2🤝1
⚡️Polshalik bloger strimda pul yig‘ish bo‘yicha Ginnesning jahon rekordini o‘rnatdi — Petr Xanke to‘qqiz kunlik uzluksiz translyatsiya davomida saraton bilan kasallangan bolalarga yordam uchun 68 million dollar to‘play oldi.

Xayriya aksiyasini «Coldplay» guruhi sardori Kris Martin, «Arsenal»ning sobiq darvozaboni Voysex Shensny, Ispaniyalik futbolchi Lamin Yamal va boshqa mashhurlar qo‘llab-quvvatladi. Mehmonlarning bir qismi qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida sochini kalga oldirdi, translyatsiyani esa eng avjiga chiqqan pallasida 1,4 million tomoshabin kuzatdi.

📟 DigiTech
1🔥17435👍29🫡54🤯2🤝2
⚡️JPMorgan tahlilchilarining fikricha, 2027-yilga borib iPhone tannarxining deyarli yarmi xotiraga to’g’ri keladi. Hozirda bu ko‘rsatkich 10% atrofida.

Nvidia kabi yirik buyurtmachilar zavodlarni ishlab chiqarish liniyalarini ommaviy xarid qilib, taqchillikni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli yetkazib beruvchilar narxlarni oshirib, hatto Apple uchun ham shartlarni qat’iylashtiryapti.

Nazariy jihatdan ikkita ssenariy bor. Birinchisida, Apple marjani saqlab qolish uchun iPhone'ning boshlang‘ich narxini 1000 dollargacha oshiradi. Ikkinchisida esa kompaniya, xuddi MacBook Neo misolidagidek, foydadan voz kechib, bozorni kattaroq qismini egallashga urg’u beradi.


📟 DigiTech
😁4513👍9🔥42😢1🤝1
🥽 Apple Vision Pro'dan voz kechadi.

MacRumors nashrining yozishicha, sotuvlar pastligi sababli Apple «fazoviy kompyuter»ning yangi avlodlarini ishlab chiqishdan voz kechib, uning o‘rniga Siri'li aqlli ko‘zoynaklarni ishlab chiqaradi.

Ko‘zoynak ikkita kameraga ega bo‘ladi: ulardan biri imo-ishoralarni tanib, Siri uchun «ko‘z» vazifasini o‘taydi. Biroq birinchi modelda hozircha ilg‘or datchiklar bo’lmaydi.

📟 DigiTech
39👍12🔥5😁53🥰3👏2🤝2🫡2
⚡️Samsung 2027-yilda xotira inqirozi keskinlashishini kutmoqda.

Samsung Electronics vitse-prezidenti moliyaviy hisobotda korporatsiya talabni qondirishga ulgurmayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, mavjud tendensiyalarga ko‘ra, kelgusi yilda vaziyat yanada yomonlashishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, taqchillik 2030-yilgacha davom etishi mumkin.

Ayni vaqtda kompaniyaning ishlari a’lo darajada — birinchi chorakdagi operatsion foyda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 8 baravarga oshgan.

📟 DigiTech
😁63🤯16113👍3👏3🎉3🔥1🤝1
🤖 Endi robotlarni minsa bo‘ladi — xitoyliklar birinchi robot-ot Qiji T1000 ni ishlab chiqishdi.

Bu jonivor bir tonna yukni tashiy oladi va mashina yurolmaydigan joylardan o‘ta oladi. U unchalik tez yurmasada, ammo qorda, tik qiyaliklarda va hatto olov ichida ham harakatlana oladi. Bitta zaryadda 2 kungacha chopadi.

📟 DigiTech
👏61👍18🎉752🔥2
AI | DigiTech
📲 iPhone barcha bildirishnomalar matnini xotirasida saqlab qoladi — shu tariqa AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) iPhone'dan Signal messenjeridagi o‘chirib yuborilgan xabarlarni tiklay oldi. Signalning o‘zi buzib kirilmagan. Gap shundaki, iPhone'ga xabar…
⚡️Maxsus xizmatlar endi o‘chirilgan bildirishnomalarni o‘qiy olmaydi — Apple ushbu zaiflikni iOS 26.4.2 versiyasida bartaraf etdi.

Bildirishnomalar tizimidagi zaiflik hatto Signal'dan ham o‘chirilgan xabarlarni qayta tiklashga imkon berardi. Yangi iOS’da ma’lumotlarni tozalash funksiyasi yaxshilangan, endi bildirishnomalar xotirada saqlanmaydi.

📟 DigiTech
50👏14😁10👍42💯1👨‍💻1🤝1🫡1😡1
⚡️Volkswagen foyda va talabning pasayishi sababli o‘z zavodlarida XITOY avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlashi mumkin.

Konsern 2026-yilni yomon boshladi: sof foyda qariyb uchdan birga, yetkazib berish hajmi esa 4 foizga kamaydi. Asosiy muammolar — Xitoy va AQSh'dagi sust savdo, raqobatning kuchayishi va bojlar bosimi.

Nemis gigantining o‘z elektromobillariga bo‘lgan talab keskin tushib ketgani sababli butun boshli zavodlari bekor turibdi. Ularning butunlay yopilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ulkan yo‘qotishlarni hech bo‘lmasa qisman qoplash uchun VW o‘z konveyerlarini Xitoy brendlariga ijaraga berishga tayyor.

📟 DigiTech
👍58🤯2112🫡5😡4👏32💯2👨‍💻1
⚡️Xotira inqirozi Mac mini’ga ham yetib keldi.

Endi Mac mini (M4) narxlari rasman 799 dollardan boshlanadi, chunki Apple 16+256 GB hajmga ega bazaviy versiyasini sotuvdan oldi.

Hozirda Apple Store'dagi boshlang‘ich konfiguratsiya — 16+512 GB. 2024-yilning kuzida namoyish etilganidan buyon Mac mini M4 narxi 599 dollardan boshlangan edi.

Aftidan, vaziyat bundan keyin yanada yomonlashadi.

📟 DigiTech
👍377🔥4🤯4😁3👏2🤔2🎉2💯2🫡2🤝1
⚡️Oracle bir kunda 30 000 xodimini ishdan bo‘shatib, ularni o’sha xodimlar o‘rgatgan neyrotarmoqqa almashtirdi.

IT mutaxassislaridan o‘z ishlarini to‘liq tasvirlab berish, so‘ngra bu ma’lumotlarni sun’iy intellektni o‘qitish uchun topshirish so‘ralgan. Keyin esa ularni kutilmaganda ishdan bo’shatishgan.

Shartnomalar bekor qilingani sababli ko‘pchilik xodimlarning hali muomalaga kiritilmagan aksiyalari kuyib ketdi, bu aksiyalarni rahbariyat an’anaviy mukofotlar o‘rniga bergan edi. Natijada odamlar nafaqat ish joyidan, balki o‘n minglab dollar kutilayotgan daromaddan ham ayrilishdi.

Oracle bittada juda ko’p xodimni ishdan bo’shatish bo’yicha Meta'ni ham ortda qoldirdi.

📟 DigiTech
🤯103😁1812👍11😡8😢6😨4💯32
🖼️ NASA «Artemis II» missiyasining barcha suratlarini bir saytga to’pladi — yuqori sifatdagi 12 000 ta suratlar endi hamma uchun ochiq.

Bu har qanday didga mos keladigan fon rasmlarining ulkan arxividir: u yerda Yerni orbitadan turib olingan suratlari, kosmik kema va koinotning ajoyib manzaralari mavjud.

👉 Suratlarni yuklab olish uchun havola.

📟 DigiTech
👍5720🔥84🤔1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗺️ Kaliforniyalik yigit kuryerlarga uyini qanday topishni tushuntirishdan charchab, yo‘lni dronlar yordamida ko‘rsata boshladi.

Tom BetJorj odatda hech kim bormaydigan chekkaroq joyda yashaydi. U haydovchilarga yo‘l bo‘yidagi belgilar bilan yo‘nalish berishga ham urindi, xaritalarda manzilini to‘g‘riladi — ammo hech biri yordam bermadi.

Yechim uning o‘z ishidan — ya'ni dron-shoulardan topildi. U yuzta dronni olib, uyining tepasida kuryerlar uchun «Noto‘g‘ri burilish» va «Yo‘lingizda davom eting» kabi ko‘rsatmalar porlab turadigan qilib sozladi.

📟 DigiTech
😁147🔥20🫡1813👍86🎉3🤝1
⚡️Xakerlar Rockstar Games tizimini buzib kirib, tovon puli talab qilishdi, biroq natijada tasodifan kompaniya qiymatini bir kunda 1 mlrd dollarga oshirib yuborishdi.

Sizdirilgan arxivdan GTA Online'ga tegishli raqamlar ma'lum bo’ldi va investorlar 12 yillik eski o‘yin kuniga 1,3 mln dollar, yiliga esa 500 mln dollar daromad keltirishini bilib qolishdi.

Xakerlar o’zlari bilmay kompaniya obro’sini oshirib qo’yishdi :)

📟 DigiTech
😁21416👨‍💻11👍74👏4🤝4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕹️ Steam Controller chiqdi — kompyuterlar uchun ideal geympadni 100 dollarga olish mumkin.

Bu deyarli Steam Deck'ning o‘zi, faqat kontroller formatida: magnitli stiklar, bitta quvvatda 35 soatgacha ishlash, yuqori aniqlikdagi vibratsiya, giroskop, sensorli panellar va ko‘p tugmalar.

Eng zo‘ri: agar o‘yinlar Deck bilan mos bo‘lsa, geympad Steam'dagi barcha o‘yinlar uchun tavsiya etilgan sozlamalarni avtomatik tarzda yuklab oladi. Ya'ni, o‘yinlarning 99 foizi uni allaqachon qo‘llab-quvvatlaydi.

📟 DigiTech
👍41🔥65👏31🥰1🤝1🫡1
📲 Mana 120 hz sehrining natijasi — oddiy iPhone 17’ning o‘zi butun smartfon bozorining 6 foizini egalladi.

Counterpoint tahlilchilari yilning birinchi choragi statistikasi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingining dastlabki uchta o‘rnini iPhone 17 turkumidagi qurilmalar egallagan.

Shuningdek, reytingdan Afrika va Lotin Amerikasida savdosi chaqqon bo‘lgan bir qator arzon Samsung smartfonlari hamda Xiaomi'ning Redmi A5 hamyonbop modeli ham o‘rin olgan. Top-10 talikda esa birorta ham Android flagmani yo‘q (lekin bir paytlar bo‘lardi).

📟 DigiTech
27👏14👍6🔥6😁3💯3🫡21
⚡️Yangi turdagi DDR6 xotira 2028-yilda chiqishi mumkin. U DDR5'dan qariyb ikki baravar tezroq bo‘ladi.

Tezlikning o‘sishi yangi arxitektura bilan bog‘liq. Agar DDR5 bir soniyada bir gigabayt ma’lumot uzatsa, DDR6 buni taxminan 0,55 soniyada bajara oladi.

Ayni paytda Samsung, SK Hynix va Micron kompaniyalari uni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishmoqda. Yangi avlod chiplari chiqishi bilan tezkor xotira narxlari biroz pasayishi ehtimoli bor.

📟 DigiTech
👍56💯7🔥65👏32😁2🤝1🫡1