AI | DigiTech
53.3K subscribers
3.65K photos
1.72K videos
3.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 Bir yigit Steam Controller’ni quvvatlash stansiyasiga borishga «o‘rgatdi». Buning uchun qurilmaning o’zidagi vibromotorlar va kameraning o‘zi kifoya qildi.

Algoritm veb-kamera yordamida qurilmaning turli qismlarini boshqarib, uni dok-stansiya tomon yo‘naltiradi. Geympad vibratsiyasi shunaqangi kuchliligidan, sirtlarda bemalol harakatlana oladi.

📟 DigiTech
👏82🤯18👍136🔥3😁31💯1
⚡️Ford ishdan bo‘shatilgan 350 nafar muhandisni ishga qaytardi — chunki neyrotarmoqlar avtomobillarni loyihalashni eplay olishmadi.

Kompaniya odamlarning qadriga yetmaganini tan oldi. Endi muhandislar yosh xodimlarga yordam berib, neyrotarmoqlarni to‘g‘ri ma’lumotlar asosida qayta o‘rgatmoqda.

Neyrotarmoqlarni o‘rgatib bo‘lishgach, yana bo’shatib yuborishmasa bo‘ldi)

📟 DigiTech
😁255👍16🔥6👏54👨‍💻32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Tarmoqlarda MagicOS 11'dagi «suyuq shisha» qanday ko‘rinishdaligini ko’rsatishdi. Honor iyun oyi o‘rtalaridan buyon o‘zining Android 17 uchun mo‘ljallangan qobig‘i yangilanishini sinovdan o‘tkazmoqda.

Eng sezilarli o‘zgarishlardan biri — Liquid Glass dizayn kodi. Uning ko‘rinishi ham, nomi ham Apple'nikiga o‘xshaydi. Tizimning ommaviy versiyasi kuzda chiqarilishi kutilmoqda. Foydalanuvchi unda «suyuq shisha» effektini o’ziga moslab sozlashi mumkin bo‘ladi.

📟 DigiTech
😁43🤝85👍3🔥3🫡21👏1🤯1
⚡️Honda, Nissan va Mitsubishi xitoyliklarni to‘xtatish uchun birlashdi — yaponlar umumiy dasturiy ta’minot, komponentlar va elektron tizimlardan foydalanishga o‘tmoqda.

Shu tariqa ular Xitoydan ortda qolmaslik va raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun xarajatlarni kamaytirib, yangi mahsulotlarni tezroq chiqarmoqchi. Ya’ni masalan, Nissan o‘z zavodlarida Honda va Mitsubishi uchun pikaplar yig‘ishni boshlaydi.

📟 DigiTech
🔥159👏35😁17👍15114💯2🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyda dunyodagi ilk to‘liq robotlashtirilgan mehmonxona ochiladi. Boshqa shunga o‘xshash mehmonxonalardan farqli o‘laroq, bu yerda birorta ham «ko‘zga ko‘rinadigan» lavozimda odam ishlamaydi.

Robotlar mehmonlarni kutib oladi va ro‘yxatdan o‘tkazadi, yuklarni yetkazadi, xonalarni tozalaydi, qahva damlaydi va nonushtaga xizmat ko‘rsatadi. Xonaga yetkazib berish va aksariyat masalalar bo‘yicha yordam ham ularning zimmasida bo‘ladi, ular har qanday tilda gaplasha oladi.

Mehmonxona Shenchjen–Chjunshan o’rtasidagi sun’iy orolda qurilmoqda va 2027-yilda ishga tushadi: dastlabki vaqtlarda ayrim ishlarni odamlar bajaradi, 2030-yilga kelib esa to‘liq robotlashtirishga o‘tilishi va’da qilinmoqda.

📟 DigiTech
🔥38👍1311👏3😁32🤝2🫡2😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Google’ning kamera orqali tekshiradigan yangi kapchasini internetdagi oddiy suratlar bilan aylanib o‘tish mumkin bo‘lib chiqdi.

Rasmlarni tanlash o‘rniga endi kapchadan imo-ishoralarni ko’rsatib o‘tish mumkin — buning uchun kerakli harakatni kameraga ko‘rsatish kifoya. Ammo bir jihati bor: bot hatto brauzerdagi rasmlarni ham bemalol qabul qilmoqda.

📟 DigiTech
😁667👏6👍3🔥2🫡21🤝1
⚡️Tezkor xotira yetishmovchiligi sun’iy tashkillashtirilgan bo‘lib chiqishi mumkin — Kaliforniyada Samsung, Micron va SK Hynix kompaniyalariga qarshi jamoaviy da’vo arizasi kiritildi.

Da’vogarlarning ta’kidlashicha, uchta yirik DRAM ishlab chiqaruvchisi sun’iy intellektning jadal rivojlanishi va ma’lumotlar markazlaridan talab ortganini bahona qilib, taqchillikni yuzaga keltirish va narxlarni oshirish maqsadida xotira yetkazib berishni ataylab cheklagan. Da’voga ko‘ra, aynan shu sababli tezkor xotira va ular o‘rnatilgan qurilmalar narxi keskin qimmatlashgan.


Agar sud xaridorlar tarafini olsa, kompaniyalar xotira va DRAM qurilmalarini oshirilgan narxlarda sotib olgan barchaga tovon puli to‘lashga majburlanishi mumkin. Hozircha bular shunchaki ayblovlar — ishlab chiqaruvchilar o‘z pozitsiyalarini hali ma'lum qilishmadi.

📟 DigiTech
👏7710🤯10👍5🔥4💯3🤝21😁1
🎮 PlayStation 6 narxi deyarli 1000 dollarga yetadi — insayderlar xotira taqchilligini hisobga olib, komponentlar narxini qayta hisoblashdi.

Ayni paytda PS6’ning kutilayotgan narxi 960 dollarni tashkil etmoqda va bu narx juda tez sur’atda o‘sib boryapti — mart oyida xuddi shu insayder taxminiy narxni 760 dollar deb aytgan edi. Xotira tanqisligi nimalarga olib kelishini Valve’ning Steam Machine misolida ko‘rgandik — aslida bu qurilma 30% arzonroq bo‘lishi kerak edi.

PlayStation 6 taqdimoti 2027-yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
😡54👍134👏21🔥1😁1💯1🫡1
⚡️Kanadadagi yirik yuk mashinalari chiqaruvchi zavodi ham GTA VI o‘yini chiqishi sababli ikki kunga yopilmoqda.

Edison Motors bosh direktori shunday dedi:
GTA VI'ning chiqishi korxona ishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jamoaning bir nechta a’zosi «Vice City'da muhim tadqiqotlar o‘tkazishini» va faqat dam olish kunlaridan so‘ng ishga qaytishini ma’lum qildi.


📟 DigiTech
👍73😁559👏4🔥21
📲 Xitoy yangi turdagi optik tolali internet tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi: 51,3 Tbit/s. Bunday tezlikda bir soniyada 128 ta 4K formatli filmni yoki YouTube'dan 64 000 ta Full HD videolarni yuklab olish mumkin.

Yangi optik tolada signal shisha o‘rniga kabel ichidagi havo kanali bo‘ylab harakatlanadi. Shu sababli signal deyarli umuman kechikmaydi, o‘tkazuvchanligi esa yuqoriroq bo‘ladi.

Sizda-chi, internet tezligi hozir qanday?

📟 DigiTech
😁121🔥18🤯1612😢7👍6👏32
⚡️Anthropic kompaniyasi sun’iy intellektlar insoniyatni yo‘q qilish ehtimoli 33 foiz bo‘lishini «maqbul narx» deb hisoblaydi.

Anthropic kompaniyasi (Claude neyrotarmog‘i ishlab chiquvchilari) yangi iqtisodchini ishga yolladi va uning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt sababli insoniyatning halok bo‘lish ehtimoli taxminan 33 foizni tashkil etadi. Ammo eng ajablanarlisi shundaki, u bu xatarni maqbul deb hisoblaydi.

«Iqtisodiy o‘sish uchun bunday tavakkalga qo‘l urish — eng maqbul yechim», — dedi Anthropic'ning yangi iqtisodchisi.


U shuningdek, agar hammasi muvaffaqiyatli o’tsa, Yer yuzidagi hayot darajasi 55 baravar yaxshilanadi degan fikrda.

📟 DigiTech
🤯90🫡12😁11😡8👍54😨43🎉2💯2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 iPhone narxidagi robot-yordamchi — NORI Robotics startapi qahva damlaydigan va hatto to‘shakni yig‘ishtirib qo‘yadigan sun’iy intellektli robot yordamchini chiqardi.

NORI L imkoniyatlari deyarli cheksiz: agar bir foydalanuvchi robotga yangi ko‘nikmani o‘rgatsa, qolganlar ham uni o‘z robotiga yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. Bu yoqimtoy robotni 1288 dollarga olish mumkin.

📟 DigiTech
🔥39👍15🤯8👏322💯1🫡1
💿 Sony 2028-yildan PlayStation uchun o‘yin disklarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

Bu barcha yangi o‘yinlarga ta’sir qiladi, lekin bu sanagacha chiqarilgan o‘yinlarni diskda xarid qilish mumkin bo‘ladi. 2028-yil yanvaridan so‘ng yangi o‘yinlarni faqat raqamli formatda, ya’ni PlayStation Store va onlayn do‘konlardan sotib olish imkoni bo‘ladi.

Kompaniya buni «iste’molchilarning xohish-istaklari va ko‘ngilochar sanoat jismoniy disklardan raqamli nusxalarga o‘tishda davom etayotgani» bilan izohladi.

📟 DigiTech
🫡42👍1610😢8🤯31💯1
🔭 Saudiya Arabistonida o‘zga sayyoradan kelgan ulkan chig‘anog‘ga o‘xshash kosmik rasadxona quriladi.

Majmua ichida laboratoriyalar, planetariy, restoran va tomosha maydonchasi bo‘ladi, uning yoniga esa kuchli teleskoplar hamda yulduzli osmonni kuzatish hududlariga ega mehmonxona joylashtiriladi.

Dizayn uchun aylanuvchi fasadli bino va boshqa aqlbovar qilmas loyihalarni yaratgan Britaniyaning Heatherwick studiyasi mas’ul. Rasadxonani 2030-yilgacha ochish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
79👍1917👏7😁3🤔3🫡2🔥1💯1
⚡️Nvidia'da bepul tushliklar yo‘q — sport zali va stol tennisi ham. Buning evaziga barcha xodimlarga kompaniya aksiyalari beriladi.

Dasturiy ta’minotlar chiqaruvchi gigantlaridan farqli o‘laroq, Nvidia o‘z faoliyatini arzimas marja bilan boshlagan. Resurslarni qat’iy tejash odati kompaniya madaniyatiga singib ketgan. Bu yerda hatto top-menejerlar ham ko‘pincha ekonom-klassda uchishadi va shaxsiy yordamchilarsiz ishlashadi.

Ish va zavq boshqa-boshqa narsalar. Bepul «bonuslar» odamlarni ofisda shunchaki uzoqroq ushlab turadi, — deb hisoblaydi Nvidia rahbari.


📟 DigiTech
👍8216👏10🔥6🤝21😁1
⚡️Claude xakerga chipta sotish tizimini buzib kirishga va AQSh'dagi deyarli barcha musiqa festivallariga kirish chiptalarini qo‘lga kiritishga yordam berdi.

Ian Kerroll «Front Gate Tickets» saytini o‘rganib, uning himoyasida bo‘shliq topdi. U Claude Opus 4.7’dan bu bo‘shliqni chetlab o‘tishni so‘raganida, neyrotarmoq unga chipta chiqarish paneliga kirish imkonini berdi.

Yigit narxi 4 ming dollargacha bo‘lgan chiptalarni cheksiz chop eta olar edi, biroq tizimdagi zaiflik haqida xabar berishga qaror qildi. Bu xatolik allaqachon bartaraf etilgan.

📟 DigiTech
🔥92😁456👍65👏5🫡4💯1😡1
⚡️Kompaniyalar xodimlarining sun’iy intellektdan foydalanishini cheklab, soddaroq modellarga o‘tmoqda. Xarajatlar nazoratdan chiqib ketdi — bu vaziyatni allaqachon «tokenapokalipsis» deb atashmoqda.

Atlassian'ning sun’iy intellekt uchun xarajatlari oyiga 5 million dollardan 15 million dollargacha oshib ketdi. Ayrim dasturchilar limitlarni 2-3 kunda ishlatib yuborishyapti. Bir yilda ularning xarajatlari 120 million dollardan oshishi mumkin.

Citi banki bir haftaga barcha uchun Opus 4.7 va GPT-5.5 ga kirishni o‘chirib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Shunga o‘xshash choralarni Amazon, Adobe va boshqa kompaniyalar ham joriy etmoqda.

📟 DigiTech
47😁2911🫡7👍3👏2💯2🔥1
📲 Xiaomi o‘z tarixidagi eng katta sotuvlar qulashiga tayyorlanmoqda — sotuvlar pasayishi qariyb 80 million smartfonni tashkil etishi mumkin.

Xotira chiplari inqirozi Xitoy brendlarining yetkazib berish hajmini ommaviy ravishda pasayishiga olib keldi: Oppo, vivo va Honor o‘z prognozlarini 15–20 foizga, Xiaomi esa deyarli ikki barobarga pasaytirdi.

Shuningdek, Xitoyning Ultra-flagmanlaridan asta-sekin voz kechilishi haqida ham xabar berilmoqda: ularni ishlab chiqarish juda qimmatga tushadi, sotuvlari esa hozir 100–200 ming donani tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun, Xitoyning o‘zida iPhone 17 seriyasi 35 million nusxada sotilgan.

📟 DigiTech
👍48🤯1894👏2💯1👨‍💻1🫡1