AI | DigiTech
53.3K subscribers
3.65K photos
1.72K videos
3.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Bloomberg: Jon Ternus Apple'da dizayn ustuvorligini tiklamoqchi.

Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, Ternus o‘z vaqtida Stiv Jobs yaratgan eski boshqaruv modelini kompaniyaga qaytarishni rejalashtirmoqda: dizayn birinchi o‘rinda turishi, qolgan hamma narsa esa uning atrofida aylanishi lozim.

So‘nggi 15 yil ichida Tim Kuk bu sxemani bekor qildi. U dadil dizaynerlik yechimlaridan ko‘ra samaradorlikni birinchi o‘ringa qo‘ygani sababli yetakchi dizaynerlar kompaniyani ommaviy ravishda tark etishdi.

📟 DigiTech
👍559😢6🔥5😁4👏21🤝1
📚 Kutubxonani to‘ldiramiz: internetda eng ko‘p tavsiya etilgan kitoblar reytingini ko’rsatuvchi booklist saytini topdik.

Unda 11 mingdan ortiq kitoblar ro’yxati mavjud bo‘lib, har birining o‘xshash asarlar to‘plami ham bor. Saytdan «miyani rivojlantiruvchi kitob» yoki «umid baxsh etuvchi antiutopiyalar» kabi so‘rovlar orqali izlash mumkin.

Alohida sahifada esa mashhur shaxslarning sevimli asarlari ro‘yxati to‘plangan. Statistika yirik platformalar, Garvard kutubxonasi, Hacker News, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va intervyular tahlili asosida yig‘iladi.

👉 Sayt havolasi.

📟 DigiTech
👍337🔥51👏1👨‍💻1🤝1
⚡️GTA 6 narxi 80 dollar bo’ladi. «Ultimate Edition» uchun esa 100 dollar to‘lashga to’g’ri keladi.

Lekin avtoustaxona faqat maksimal nashrda mavjud bo‘ladi — agar sevimli avtomobilingizni tyuning qilmoqchi bo‘lsangiz, ko’proq pul sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Rockstar o’yindan yangi skrinshotlar bilan bo’lishdi.

📟 DigiTech
👏74👍1514😁103🤯3🔥1👨‍💻1
⚡️Google o‘z neyron tarmoqlarini o‘qitish uchun qidiruv tizimida ishlatilgan suratlaringiz va ovozingizni yig‘ib borishni boshladi.

Xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchilar kompaniya maxfiylik siyosatini yangilaganini aniqlashdi. Endi siz qidiruv vaqtida foydalanadigan mediafayllar sun’iy intellektni o‘rgatish uchun korporatsiya serverlarida butunlay saqlanib qoladi.

Kompaniyaning rasmiy maqsadi – o‘z algoritmlarini, masalan, Gemini neyrotarmog‘ini yanada aniqroq qilishdan iborat. Google ushbu fayllar ularning ma’lumotlar markazlarida 4 yilgacha saqlanishini ma’lum qildi.

📟 DigiTech
🤯62😡31👍8👏76🔥2😨21
⚡️Toshkentda Servercore (@servercoreca) kompaniyasi Central Asian Fintech Association bilan hamkorlikda «IT-palov» flagman biznes-tadbirini o‘tkazdi.

Unda banklar, fintex jamoalari va Markaziy bank vakillari sun’iy intellekt davrida xavfsizlik hamda infratuzilmani rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Markaziy bank vakillarining ta'kidlashicha, kiberxavflar darajasi o'zgargan — an'anaviy firibgarliklar o'rnini dipfeyklar va avtomatlashgan AI-fishing egallamoqda. Bunga qarshi turish uchun xavfsizlik tizimlariga ham sun'iy intellektni integratsiya qilish shart.

Yana bir masala — regulyator talabini buzmagan holda yangi xizmatlarni tezroq ishga tushirish. Mutaxassislar buning eng maqbul yo'li sifatida gibrid infratuzilmani ko'rsatmoqda.

Ya'ni, o‘ta nozik va kritik ma'lumotlar bankning lokal serverlarida saqlanadi, qolgan yuklamalar va yordamchi xizmatlar esa masshtablash hamda xarajatni kamaytirish uchun «bulut»ga ko‘chiriladi.


Ekspertlar fikricha, O‘zbekiston fintex bozori shunchaki yangi texnologiyalarni sinab ko‘rish bosqichidan o‘tib, tizimli, barqaror va xavfsiz infratuzilma qurish bosqichiga o‘tmoqda.
🔥22😁1196👍3👏3🤯1🎄1
⚡️Olimlar parraksiz uchuvchi robotni ko’rsatishdi.

Germaniyalik olimlar texnologiyani tabiatdan o‘zlashtirishga qaror qilishdi. Ular balandlikni saqlab turish uchun hech qanday dvigatel talab qilmaydigan Floaty nomli robotni ko’rsatishdi.

Floaty gravitatsiya bilan kuch ishlatib kurashish o‘rniga, yuqoriga ko‘tarilayotgan havo oqimlarida «muallaq turadi». Robotning aqlli algoritmlari atmosfera sharoitlarini doimiy ravishda tahlil qilib, termal oqimlarni tutib oladi, bu unga xuddi qushlar singari soatlab parvoz qilish imkonini beradi, hech qanday propellerlarsiz.

U mutlaq energiya tejamkordir. Og‘ir akkumulyatorlar va katta hajmli motorlardan voz kechish konstruksiyani deyarli vaznsiz va ishlab chiqarishda juda arzon bo‘lishini ta’minlaydi.

Ushbu texnologiyani raketalarning qaytish modullariga tatbiq etish taklif qilinmoqda. Bu qimmat uskunalarni yerga ravon tushirish, hamda juda katta miqdordagi yoqilg‘ini tejash imkonini beradi.


📟 DigiTech
🔥62👍14🤯12103🥰1👏1🤔1
📲 Google dasturchilarga Google Play’ni chetlab o‘tib, to‘lovlarni qabul qilishga ruxsat beradi.

Bu funksiya AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyadagi foydalanuvchilar uchun allaqachon mavjud. Qolgan hududlarga esa 2027-yilning sentyabriga qadar yetib boradi.

Shuningdek, Google dasturchilar uchun to‘lov komissiyalarini ham kamaytiradi. Masalan, yiliga bir million dollardan kam daromad topadigan ilovalar barcha tranzaksiyalar uchun kompaniyaga odatdagi 30 foiz o‘rniga 10 foiz ulush to‘laydi.

📟 DigiTech
4710🔥10👍7👏3💯1👨‍💻1🫡1
👨‍💻 Agar iPad yoki Mac qurilmangizni yangilamoqchi bo‘lsangiz, siz uchun yomon xabar bor: Apple va’da qilganidek, xotira inqirozi tufayli qurilmalar narxlarini oshirdi.

iPhone’dan tashqari deyarli hamma narsa qimmatlashdi:
• MacBook Pro M5: $1699 → $1999
(+$300)
• MacBook Air M5: $1099 → $1299
(+$200)
• MacBook Neo: $599 → $699
(+$100)
• iPad Pro: $999 → $1199
(+$200)
• iPad Air: $599 → $749
(+$150)


Mish-mishlarga ko‘ra, yangi iPhone 18'lar narxi 50-100 dollarga oshadi — ularning taqdimoti sentyabrda bo‘ladi.

📟 DigiTech
👏43😢13👍8😁74🤯3💯3🤝2🫡21
⚡️GTA VI'ni sotib olish uchun turli mamlakatlarda necha soat ishlash kerak? Reddit'da o‘yinning 80 dollarlik narxi Yevropadagi soatbay ish haqlari bilan taqqoslandi.

lyuksemburgliklar o‘yinni xarid qilish uchun ikki soatdan kamroq ishlashi kifoya ekan.

📟 DigiTech
🫡6015👍10🤯6😁3🤝21👏1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 Bir yigit Steam Controller’ni quvvatlash stansiyasiga borishga «o‘rgatdi». Buning uchun qurilmaning o’zidagi vibromotorlar va kameraning o‘zi kifoya qildi.

Algoritm veb-kamera yordamida qurilmaning turli qismlarini boshqarib, uni dok-stansiya tomon yo‘naltiradi. Geympad vibratsiyasi shunaqangi kuchliligidan, sirtlarda bemalol harakatlana oladi.

📟 DigiTech
👏82🤯18👍136🔥3😁31💯1
⚡️Ford ishdan bo‘shatilgan 350 nafar muhandisni ishga qaytardi — chunki neyrotarmoqlar avtomobillarni loyihalashni eplay olishmadi.

Kompaniya odamlarning qadriga yetmaganini tan oldi. Endi muhandislar yosh xodimlarga yordam berib, neyrotarmoqlarni to‘g‘ri ma’lumotlar asosida qayta o‘rgatmoqda.

Neyrotarmoqlarni o‘rgatib bo‘lishgach, yana bo’shatib yuborishmasa bo‘ldi)

📟 DigiTech
😁255👍16🔥6👏54👨‍💻32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Tarmoqlarda MagicOS 11'dagi «suyuq shisha» qanday ko‘rinishdaligini ko’rsatishdi. Honor iyun oyi o‘rtalaridan buyon o‘zining Android 17 uchun mo‘ljallangan qobig‘i yangilanishini sinovdan o‘tkazmoqda.

Eng sezilarli o‘zgarishlardan biri — Liquid Glass dizayn kodi. Uning ko‘rinishi ham, nomi ham Apple'nikiga o‘xshaydi. Tizimning ommaviy versiyasi kuzda chiqarilishi kutilmoqda. Foydalanuvchi unda «suyuq shisha» effektini o’ziga moslab sozlashi mumkin bo‘ladi.

📟 DigiTech
😁43🤝85👍3🔥3🫡21👏1🤯1
⚡️Honda, Nissan va Mitsubishi xitoyliklarni to‘xtatish uchun birlashdi — yaponlar umumiy dasturiy ta’minot, komponentlar va elektron tizimlardan foydalanishga o‘tmoqda.

Shu tariqa ular Xitoydan ortda qolmaslik va raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun xarajatlarni kamaytirib, yangi mahsulotlarni tezroq chiqarmoqchi. Ya’ni masalan, Nissan o‘z zavodlarida Honda va Mitsubishi uchun pikaplar yig‘ishni boshlaydi.

📟 DigiTech
🔥159👏35😁17👍15114💯2🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyda dunyodagi ilk to‘liq robotlashtirilgan mehmonxona ochiladi. Boshqa shunga o‘xshash mehmonxonalardan farqli o‘laroq, bu yerda birorta ham «ko‘zga ko‘rinadigan» lavozimda odam ishlamaydi.

Robotlar mehmonlarni kutib oladi va ro‘yxatdan o‘tkazadi, yuklarni yetkazadi, xonalarni tozalaydi, qahva damlaydi va nonushtaga xizmat ko‘rsatadi. Xonaga yetkazib berish va aksariyat masalalar bo‘yicha yordam ham ularning zimmasida bo‘ladi, ular har qanday tilda gaplasha oladi.

Mehmonxona Shenchjen–Chjunshan o’rtasidagi sun’iy orolda qurilmoqda va 2027-yilda ishga tushadi: dastlabki vaqtlarda ayrim ishlarni odamlar bajaradi, 2030-yilga kelib esa to‘liq robotlashtirishga o‘tilishi va’da qilinmoqda.

📟 DigiTech
🔥38👍1311👏3😁32🤝2🫡2😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Google’ning kamera orqali tekshiradigan yangi kapchasini internetdagi oddiy suratlar bilan aylanib o‘tish mumkin bo‘lib chiqdi.

Rasmlarni tanlash o‘rniga endi kapchadan imo-ishoralarni ko’rsatib o‘tish mumkin — buning uchun kerakli harakatni kameraga ko‘rsatish kifoya. Ammo bir jihati bor: bot hatto brauzerdagi rasmlarni ham bemalol qabul qilmoqda.

📟 DigiTech
😁667👏6👍3🔥2🫡21🤝1
⚡️Tezkor xotira yetishmovchiligi sun’iy tashkillashtirilgan bo‘lib chiqishi mumkin — Kaliforniyada Samsung, Micron va SK Hynix kompaniyalariga qarshi jamoaviy da’vo arizasi kiritildi.

Da’vogarlarning ta’kidlashicha, uchta yirik DRAM ishlab chiqaruvchisi sun’iy intellektning jadal rivojlanishi va ma’lumotlar markazlaridan talab ortganini bahona qilib, taqchillikni yuzaga keltirish va narxlarni oshirish maqsadida xotira yetkazib berishni ataylab cheklagan. Da’voga ko‘ra, aynan shu sababli tezkor xotira va ular o‘rnatilgan qurilmalar narxi keskin qimmatlashgan.


Agar sud xaridorlar tarafini olsa, kompaniyalar xotira va DRAM qurilmalarini oshirilgan narxlarda sotib olgan barchaga tovon puli to‘lashga majburlanishi mumkin. Hozircha bular shunchaki ayblovlar — ishlab chiqaruvchilar o‘z pozitsiyalarini hali ma'lum qilishmadi.

📟 DigiTech
👏7710🤯10👍5🔥4💯3🤝21😁1
🎮 PlayStation 6 narxi deyarli 1000 dollarga yetadi — insayderlar xotira taqchilligini hisobga olib, komponentlar narxini qayta hisoblashdi.

Ayni paytda PS6’ning kutilayotgan narxi 960 dollarni tashkil etmoqda va bu narx juda tez sur’atda o‘sib boryapti — mart oyida xuddi shu insayder taxminiy narxni 760 dollar deb aytgan edi. Xotira tanqisligi nimalarga olib kelishini Valve’ning Steam Machine misolida ko‘rgandik — aslida bu qurilma 30% arzonroq bo‘lishi kerak edi.

PlayStation 6 taqdimoti 2027-yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
😡54👍134👏21🔥1😁1💯1🫡1