AI | DigiTech
53.1K subscribers
3.65K photos
1.72K videos
3.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Gmail xatlaringizni avtomatik tarzda neyrotarmoqqa «berishni» boshladi: endi Gemini yozishmalarni mustaqil tahlil qilib, sun’iy intellekt xulosalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri pochtaning o‘zida ko‘rsatadi.

Buni o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi, lekin faqat Gmail’ning boshqa «aqlli» funksiyalari bilan birga: imloni tekshirish, avtoalmashtirish, xatlarni aqlli saralash va boshqa foydali jihatlaridan ham voz kechishga to‘g‘ri keladi.

Qizig‘i shundaki, ko’p davlatlar uchun bu funksiya avtomatik tarzda yoqilgan, jumladan O’zbekiston uchun ham, Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilaridan esa avval rozilik so‘ralgan.

📟 DigiTech
🤔60🤯11🫡10😡87😁6👍5👏3👨‍💻21💯1
⚡️Google Android 17’ni chiqardi. Asosiy yangiliklar:

• Bubbles funksiyasi — istalgan ilovani ixcham, suzuvchi oynaga aylantirish mumkin.

• Ekran videosini yozish paytida bir vaqtning o‘zida endi o‘zingizni ham videoga olishingiz mumkin.

• Buklanadigan qurilmalar uchun ekran virtual kontrollerga bo‘linadigan maxsus o‘yin rejimi qo‘shildi.

• Asosiy e’tibor Gemini'ga berilgan, Chrome’da sahifalarni sun’iy intellekt yordamida qisqartirish va matnli so‘rov orqali vidjetlar yaratishga qaratilgan.

• Ilovalarning ishga tushishi tezlashtirilgan.


Yangilanish dastlab Pixel qurilmalariga kelishni boshlaydi, yil oxirigacha esa boshqa modellar uchun ham chiqadi.

📟 DigiTech
👏50👍126😁53🔥2👨‍💻2😢1🎄1
⚡️ Yandex Uzbekistan iqtisodiy hissasi $300 mln ga yetdi

TIIF-2026 forumida kompaniya Toshkentda mintaqa uchun raqamli xab yaratish konsepsiyasini taqdim etdi. 2025-yilda hissaning hajmi — $150 mln.

Mablag'lar sun'iy intellekt qidiruvi, o'zbekcha Alisa yordamchisi, ML-maktab ochish, yetkazib berish va taksi xizmatlarini viloyatlarga kengaytirish, hamda sheriklar uchun avtomobil xaridini moliyalashtirish uchun yo'naltirildi.

Xab AI, NLP, shahar mobilligi, biznes uchun vositalar va ta'lim texnologiyalarini test qilish va mintaqaning yangi bozorlariga chiqarish platformasi bo'ladi.
👏32👍10😡74🔥43
⚡️Bir yigit FIFA veb-saytida oddiy ro‘yxatdan o‘tish orqali futbol bo‘yicha Jahon chempionati translyatsiyalarini buzib kirdi. U istalgan efirni, hisobni va o‘yinlar statistikasini almashtirib qo‘yishi mumkin edi.

Xaker zaiflikni bartaraf etishlari uchun CISA, MediaKind va hatto FQBga qo‘ng‘iroq qilishiga to‘g‘ri keldi. Chunki FIFA barcha xatlar va qo‘ng‘iroqlarga hatto e’tibor bermagan.

📟 DigiTech
👏139😁7696🔥2👨‍💻2👍1🤯1
⚡️Apple sun’iy intellektning jadal rivojlanishi fonida elektronika bozori duch kelgan xotira inqirozi sababli aksariyat gadjetlarining narxini oshiradi.

«Afsuski, narxlar oshishi muqarrar bo‘lib qoldi. Biz komponentlar narxining keskin ko‘tarilishini yumshatish uchun qo‘limizdan kelganini qilyapmiz va mijozlarimizni bundan himoyalashga harakat qildik, biroq vaziyat chidab bo‘lmas darajaga yetdi», — dedi Tim Kuk.


Sentyabr oyida kompaniya yangi iPhone'larni namoyish etadi va ularning narxi 100 dollarga oshishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
🔥20😡14👏6😨43👍3🫡3😁21🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💡«Pul endi maqsad emas» — Click CEO’si Ulug‘bek Rustamovning Z avlod kelajagi haqida 7 ta fikr

Click Young Wave loyihasi doirasida Click bosh direktori yoshlar, karyera, pul va texnologiyalar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Asosiy fikrlar:

1️⃣ Buyuk kompaniyalarni ko‘pincha siz kabi yoshlar yaratadi.
2️⃣ Pul endi maqsad emas — u maqsadlarga erishish vositasi.
3️⃣ Foydalanuvchi muammosini tezroq, osonroq va qulayroq hal qilgan yutadi.
4️⃣ Click shunchaki to‘lov kompaniyasi emas, balki layfstayl platforma.
5️⃣ Tajriba xatolardan asraydi, ammo ba’zan yangi imkoniyatlarni ko‘rishga ham to‘sqinlik qilishi mumkin.
6️⃣ Yoshlarni nazorat qilish emas, ularni eshitish muhim. Yangi g‘oyalar aynan shunday paydo bo‘ladi.
7️⃣ Iste’dodli insonlarni faqat maosh bilan ushlab bo‘lmaydi. Odamlar rivojlanish, katta maqsadlar va natijaga ta’sir qilish imkoniyatini ham tanlaydi.

To‘liq intervyuni havola orqali tomosha qiling 👇
https://youtu.be/8EC5Tm4ZDdU?si=J8h3FxpsbK3zBw5-

Instagram | LinkedIn | Telegram

Reklama
👏2210😁43😡3👍2💯2
⚡️Midjourney (rasmlar generatsiya qiladigan neyrotarmoq) MRT o‘rnini bosa oladigan ultratovushli tana skanerini namoyish etdi.

Ushbu sohadagi boshqa qurilmalardan farqli o‘laroq, bu texnologiya nafaqat ko‘krak qafasi, balki butun tanani skanerlash imkonini beradi. Jarayon 60 soniya davom etadi va basseynda amalga oshiriladi. Aniqlik millimetrgacha bo‘lishi, narxi esa oddiy MRTdan 10 baravar arzon bo‘lishi kutilmoqda.

Hozircha kompaniyada faqat prototip mavjud, biroq 2027-yil oxirigacha San-Fransiskoda 10 ta shunday skaner o‘rnatish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
1🫡59👍26🔥137👏71
📲 Murakkab «kapcha»lar joniga tekkanlar uchun Google'da yangilik bor — shunchaki kameraga qo‘l silkitish kerak. Kompaniya yangi «kapcha» tizimini sinovdan o’tkazmoqda.

Yangilangan «kapcha» tizim foydalanuvchini tanishi uchun veb-kameraga kirishga ruxsat berishni va so‘ngra qo‘llar bilan muayyan ishoralarni bajarishni so’raydi.

Google bu videolar muayyan bir shaxsga bog‘lanmasligini, mikrofon yoqilmasligini va tasdiqlangach, darhol o‘chirib yuborilishini va'da bermoqda. Yangi «kapcha» hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda va faqat sanoqli foydalanuvchilarda paydo bo‘lyapti.

📟 DigiTech
👏54👍1712😁9🤯5😡4🫡32😢2🤝2🔥1
📲 Apple «moslashtirilgan tavsiyalar» uchun App Store’dagi har bir bosishingizni yozib boradi.

Mysk guruhi xavfsizlik tadqiqotchilari qiziqarli bir holatni aniqlashdi: Apple App Store’dagi har bir harakatingiz haqida nihoyatda batafsil tahliliy ma’lumotlarni yig‘adi. Do‘kon bosishlar, qidiruv so‘rovlari va hatto matn terish tezligini ham yozib boradi. Ma’lumotlar yig‘ilishini esa o‘chirib bo‘lmaydi.

Yaqinda kompaniya ilovalar do‘koni uchun yangi funksiyalarni, jumladan, qiziqishlaringiz va xatti-harakatlaringizga asosan ilovalarni tavsiya qiladigan «Personalized Collections» to‘plamlarini ishga tushirdi.

📟 DigiTech
😢34😁129👏53👍3😨3👨‍💻2
🎮 Amerikaning tyuning kompaniyasi GTA VI relizi sababli vaqtincha yopilmoqda: xodimlar 19-noyabrga shunchalik ko‘p dam olish so‘rashganidan, rahbariyatga hammaga o’sha kunni dam olish kuni deb e’lon qilishdan boshqa chora qolmagan.

Jamoaning bir necha a’zosi rahbariyatni ishga chiqa olmasligi, aloqada bo‘lmasligi va kun bo‘yi Vays-Sitida bo‘lishi haqida allaqachon ogohlantirgan. Ish xodimlar GTA'da kamida bitta missiyani bajarganidan so‘ng davom etadi.


Burger Motorsports buni misli ko‘rilmagan madaniy hodisa deb atadi.

📟 DigiTech
😁11716👏6🤝4🤯2😨21👍1🔥1🎉1
📲 Samsung smartfonlari uy hayvonlari salomatligini suratga qarab baholashni o‘rganadi.

Sun’iy intellekt 97% gacha aniqlik bilan stomatologik kasalliklar, katarakta, bo‘g‘imlarning chiqishi va boshqalarni aniqlay oladi.

Shuningdek, ilovada itning hurish tarixi, soatlar bo‘yicha statistika hamda uy hayvonlari salomatligini saqlashga oid tavsiyalar bo‘ladi.

📟 DigiTech
🔥6116👏12👍10🤯82🤓2🎉1💯1👨‍💻1😇1
📲 Apple Braziliyada boshqa ilova do‘konlariga rasman ruxsat berdi!

Apple uzoq yillar davomida o‘zining yopiq ekotizimiga hech kimni yaqinlashtirmaslik uchun butun dunyo regulyatorlari bilan kurashib keldi. Ammo kompaniya Yevropa Ittifoqi va Yaponiyada yutqazganidan so‘ng, navbat Braziliyaga ham yetib keldi.

Endi Braziliyada AppStore'dan tashqari AltStore PAL ilovalar do’konidan ham foydalanish mumkin. Shuningdek, dasturchilarga App Store’ni chetlab o‘tgan holda to‘lovlarni qabul qilishga va Apple'ga 30 foizgacha komissiya to‘lamaslikka ruxsat berildi.

📟 DigiTech
👍69😁149🔥8👏42🫡2👨‍💻1🤝1
📱Mana nima uchun iPhone Air kamerasi bunchalik bo‘rtib chiqqan :)

Dizaynerlar hammasini o‘ylashgan 😎

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁39417👏13👍5🔥32🤓2👨‍💻1🤝1
📱Wall Street Journal: Eng arzon iPhone 18 Pro'ning narxi 1300–1400 dollar bo‘lishi mumkin.

Tim Kukning narxlar oshishi haqidagi bayonoti ortidan jurnalistlar komponentlar narxi haqidagi ma’lumotlarga tayanib, hisob-kitob qildilar.

Tahlilchilarning xulosasiga ko‘ra, xotira narxining to‘rt baravar qimmatlashishi Apple'ni smartfon narxini birdaniga 200 dollarga, ya’ni 1099 dollardan 1299 dollargacha oshirishga majbur qilishi mumkin. Agar Apple 18 Pro modeli uchun o‘zgaruvchan diafragmali qimmat kamera tayyorlayotganini ham hisobga olsak, narx yana 100 dollarga oshib, 1399 dollargacha yetishi ehtimoli bor.

Bu hisob-kitoblarning barchasi taxminiy. Qolaversa, Tim Kuk narxlar oshishi bilan xaridorlarni shokka tushirmaslikka va’da bergan.

📟 DigiTech
😡4123😁11👍4😢42👏2🤯2🫡2🔥1