AI | DigiTech
56.4K subscribers
3.51K photos
1.69K videos
3.2K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Xitoyliklar 22 000 dollarga Porsche Taycan «qotili»ni chiqarishdi — yangi MG 07 gibridi nemislarni elektromobiliga juda o‘xshab ketadi.

Mashinaning silueti, panoramali tomi, yaxlit orqa chiroqlari va past klirensi Taycan bilan bir xil.

Gibridning asosiy fishkasi — o‘zining X7 chipiga ega Momenta R7 avtopilot tizimidir. Xitoyliklarning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt avtomobil atrofida to‘laqonli «dunyo modelini» tuzadi va yo‘lda o‘zi qaror qabul qiladi.

Salonda 12,3 dyuymli ulkan ekran bor, jismoniy tugmalar yo’q, audiotizim esa 9 ta karnayli.

Eng qizig‘i, Yevropada ko‘pchilik haligacha MG'ni Britaniya brendi deb o’ylaydi.

📟 DigiTech
😁106🔥2519🤯54👍3👏3
⚡️AQSh'dagi ma’lumotlar markazi butun bir shahar aholisining suvini o‘g‘irladi. Muammo odamlarning kranlari bosimi tushib ketganida yuzaga chiqdi.

Server xonasiga noqonuniy ravishda 113 million litr suv tortib olingan — bu 44 ta olimpiya havzasiga teng. Kommunal xizmatlar uning suv quvuriga ulanganini bilishmagan ham.

Bundan avval suv ta’minoti kompaniyasi mahalliy aholidan suvni kamroq ishlatishni va iloji boricha maysazorlarni sug‘ormaslikni so‘ragan edi. Bularning barchasi ma’lumotlar markazlariga suv yetishi uchun qilingan.

📟 DigiTech
😁104🔥3013😢10😡9👍74💯2🤝1
📲 Android Gemini Intelligence’ga asoslangan sun’iy intellekt tizimiga aylanmoqda.

Android 17’da sun’iy intellekt deyarli hamma joyda paydo bo‘ladi va masalan, quyidagilarga qodir bo‘ladi: ilovalarni boshqarish, ishlarni avtomatizatsiyalash va noyob vidjetlar yaratish.

Shuningdek, Android’ga asoslangan yana bir aqlli tizim — noutbuklar uchun mo‘ljallangan Googlebook ham namoyish etildi. Unda ham asosiy e’tibor Gemini va bulutli texnologiyalarga qaratilgan.

📟 DigiTech
3👏5315🔥10👍9👨‍💻42🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰️ Yaponiyalik yigit XKS bilan suhbatni ratsiya va... bir stakan suv yordamida tutib olishga muvaffaq bo’ldi.

Suyuqliklar radioto‘lqinlarni metalldan ko‘ra yaxshiroq yutishi mumkin. Tajribani o‘tkazish uchun yigitga oddiy jo‘mrak suvi kifoya qildi.

Zerikib qolganingizda shu layfxakni sinab ko’rishingiz mumkin)

📟 DigiTech
🔥97👍32🤯2612😁3🫡32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Amerikaning Figure kompaniyasi o‘z gumanoidlari jo‘natmalarni to‘xtovsiz saralayotgan strimni ishga tushirdi. Qariyb 16 soat ichida ular quvvatlanish uchun vaqti-vaqti bilan bir-birini almashtirib, 20 000 dan ortiq jo‘natmani saralashdi.

Kompaniya robotlar mustaqil harakatlanayotganini ta'kidlayotgan bo’lsa-da, tomoshabinlar ularning xatti-harakatlarida g‘alati jihatlarni payqashdi: ular gohida qo‘llarini cho‘zgancha qotib qolib, xuddi ularni odamlar boshqarayotgandek harakatlanishmoqda.

📟 DigiTech
👍53😁199🔥62👏2🤝2
📱Sony o‘zining yangi Xperia smartfonlaridagi suratga olish uchun mo‘ljallangan sun’iy intellekt yordamchisini reklama qilmoqchi bo‘ldi. Lekin o‘xshamadi)

Neyron tarmoqda «yaxshilangan» barcha kadrlar sifatsiz bo‘lib chiqdi. Sun’iy intellekt kontrast, ekspozitsiya va detallarni buzib yuborgan. Sony esa shunday usulda «hayratlanarli suratlar» yaratishni taklif qilmoqda.

📟 DigiTech
😁106👍15134🔥1🎉1
⚡️Claude Mythos xakerlar uchun eng murakkab operatsion tizimlardan biri bo‘lgan macOS’ni buzib kirishga muvaffaq bo‘ldi. Topilgan xatolik tizimni butunlay egallab olish imkonini beradi.

Model shunchaki avval noma’lum bo‘lgan ikkita xatolikni o‘zaro bog‘ladi. Ularning yordamida MacBook xotirasini «buzib», macOS’ning yopiq qismlariga to‘liq kirish huquqini qo‘lga kiritdi.

Zaiflikni aniqlagan tadqiqotchilar shunchalik hayron qolishganidan, topilmani ko‘rsatish uchun shaxsan Apple ofisiga borishdi. Kompaniya allaqachon xavfsizlikdagi bu bo‘shliqni o‘rganmoqda, ammo hali to’g’irlashgani yo’q.

Ko‘rinishidan, Mythos'ni reliz uchun xavfli deb hisoblashlari bejizga emas.

📟 DigiTech
😁111👍2213🔥11😢5🤯43🤝3🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi yangi «Ultra» osma tizimiga ega gibrid yo‘ltanlamaslarini namoyish etdi. Uning yordamida istalgan g‘ildirakni 30 smgacha ko‘tarib, mashinani uch g‘ildirakda ham haydash mumkin.

Bu xususiyat shina teshilganda yoki katta chuqurlikdan o‘tish kerak bo‘lganda juda qo‘l keladi. Denza B5 kapoti ostida 687 ot kuchiga ega motor bo‘lsa, B8 modelida bu ko‘rsatkich 748 ot kuchini tashkil etadi.

Xitoyda narxi 45 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍9119🔥19👏8🤯54🫡4😁1
⚡️Android tez orada iPhone’dan ham qimmatlashishi mumkin — yangi Snapdragon chiplari narxi 80 foizga oshiriladi. Apple esa chiplarni o‘zi ishlab chiqaradi.

Agar 2023-yilda eng top Snapdragon chipi 170–200 dollar turgan bo‘lsa, yangi avlod chiplari narxi 300 dollardan oshib ketishi mumkin. Bu esa Samsung, Xiaomi, OnePlus narxlarini keskin ko’tarilishiga sabab bo’ladi.

📟 DigiTech
🤯92👍179😁74💯3🔥1🤝1
⚡️Microsoft nihoyat Windows 11 da vazifalar panelining joylashuvi va kengligini o‘zgartirishga ruxsat berdi.

Bundan tashqari, endi «Пуск» menyusining o‘lchamini sozlash va undan barcha ortiqcha narsalarni olib tashlash mumkin: keraksiz bo‘limlarni o‘chirish ancha soddalashtirilgan.

Yangilanish dastlabki sinov versiyasi foydalanuvchilariga yetib kelgan, barcha uchun esa biroz keyinroq chiqarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍64🔥2013👏42🤯2🤝2
⚡️Qozog‘istonda neyron tarmoqlar maktab o‘quvchilarini davlat darajasida o‘qitishga yordam beradi — respublika prezidenti sun’iy intellektni o‘rta ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Sun’iy intellekt shahar va qishloq maktablari o‘rtasidagi ta’lim sifati bo‘yicha farqni qisqartirishi lozim. Buning uchun mamlakatda infratuzilma, ta’lim platformalari, individuallashtirilgan ta’lim, ma’lumotlar himoyasi va o‘qituvchilarni tayyorlashni keng ko‘lamda rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Tajriba loyihasining muddatlari va shartlari allaqachon aniq belgilab olingan: 500 ta qishloq maktabi texnika, tezkor internet va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hech kim o‘qituvchilarni almashtirmaydi, algoritmlar shunchaki kundalik yumushlarni o‘z zimmasiga olib, ularning ishini bir necha baravarga yengillashtiradi.

📟 DigiTech
🔥58👍1492🎉2👏1