AI | DigiTech
53.2K subscribers
3.45K photos
1.67K videos
3.14K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Tesla rul va pedalsiz ilk seriyali elektromobili — Cybercab'ni chiqardi.

Avtomobil to‘liq sun’iy intellekt tomonidan boshqariladi. Unda hatto yon oynalar ham yo‘q, faqat ma'lumotlar ko’rsatiladigan ekran bor. Cybercab'dan Tesla'ning taksi xizmatida foydalaniladi.

Kutilayotgan narxi — 30 ming dollar.

📟 DigiTech
😁63👍18🔥109🤔4👨‍💻43😇1🤝1
⚡️Microsoft Word, Excel va Powerpoint dasturlarida «vaybvorking»ni ishga tushirmoqda — The Verge.

Endi ularda Agent Mode mavjud. Unga vazifani tushuntirishning o‘zi kifoya, shundan so‘ng sun’iy intellekt hujjatni o‘zi tayyorlaydi va to‘ldiradi.

• Excel’da sun’iy intellekt formulalar va jadvallarni o‘zi tuzadi hamda ma’lumotlarni tahlil qiladi.
• Word'da sun’iy intellekt matnni o‘zi yozadi, tahrirlaydi va aniqlashtiruvchi savollar beradi.
• PowerPoint'da sun’iy intellekt uslubni saqlagan holda taqdimotlarni o‘zi yangilaydi.


Shu bilan birga, yon tomondagi panelda agentning harakatlari real vaqtda ko‘rinib turadi — har ehtimolga qarshi kuzatib, tuzatishlar kiritish mumkin. Lekin bir minus bor, ushbu funksiya faqat premium obunaga ega foydalanuvchilar uchun mavjud.

📟 DigiTech
👍6021🔥18😁9🤓42👏2🤯2🤝2
⚡️Google'dagi yangi kodning 75 foizini sun’iy intellekt yozmoqda, muhandislar esa agentlik ish ssenariysiga o‘tmoqda: ular shunchaki natijani tekshirishyapti.

Yaqinda kompaniya kodlar bazasini sun’iy intellekt agentlari yordamida ko‘chirdi. Bu jarayon qo‘lda bajariladigan ishga nisbatan olti baravar tezroq bo’ldi.

Kodni sun’iy intellektga ishonib topshirayotgan faqat Google emas. Microsoft'da kodning 30 foizgachasi, Snapchat’da esa 65 foizgachasi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan.

Microsoft texnik direktori Kevin Skottning ta'kidlashicha, besh yildan so‘ng «insoniy» kod deyarli qolmaydi. Junior dasturchilarning kelajagi so‘roq ostida.


📟 DigiTech
😁84🤯228👍6🫡64👏3😢2🤔1
⚡️Samsung‘ning 40 ming xodimi maoshlarni oshirishni talab qilishmoqda.

Samsung xotira chiplariga bo‘lgan talab ortgani sababli o‘tgan yilni 700 foizlik o‘sish bilan, ya’ni rekord darajadagi foyda bilan yakunladi. Shunga qaramay, oddiy ishchilarning maoshi va mukofot pullari yuqori emas, shu sababli xodimlar raqobatchi kompaniyalarga o‘tib ketmoqda.

Kasaba uyushmasi xodimlarga bonus sifatida 30 milliard dollar ajratishni talab qilmoqda. Agar bu talab rad etilsa, ishchilar 18 kunlik ish tashlash e’lon qiladi va bu ishlab chiqarishning to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.

📟 DigiTech
👍129👏23🔥1411👨‍💻43🤝1
👨‍💻 Neyron tarmoqlar IT-mutaxassislarining hayotini yengillashtirishi kerak edi — ammo buning o’rniga ularning kuniga yana 3 soat qo‘shimcha o‘qish vaqti qo’shildi.

Hozir ko‘pchilik ishdan keyin o‘tirib, kurslar, prompt-muhandislik va sun’iy intellekt agentlari bilan tajribalar o‘tkazib, o‘rganishmoqda. Garchi botlar vazifalarning bir qismini o‘z zimmasiga olayotgan bo‘lsa-da, ularning rivojlanishidan ortda qolmaslik uchun, har bir yangi model chiqqanida uni sinab, o’rganib chiqish kerak.

📟 DigiTech
😁103🤯11🔥1084👏4👍3🫡3😢1
📱Original bo‘lmagan quvvatlagich va kabellardan foydalanilganda iPhone Air'lar ommaviy ravishda «g‘isht»ga aylanib qolmoqda — bu nosozlik quvvat 0% gacha tushib ketganida yuz beryapti.

Telefon shunchaki o‘chib qolyapti va hech qanday ishlash alomatlarini ko‘rsatmayapti: na ovoz, na ekran, na vibratsiya va hokazolar ishlamaydi.

Apple vaziyat yuzasidan izoh bermayapti, biroq foydalanuvchilar allaqachon telefonni «jonlantirish» yo‘lini topishdi: buning uchun ikki tomonlama USB-C kabeli o‘rniga bir tarafi USB-A bo‘lgan simni ulash kerak.

📟 DigiTech
😁100🔥118👍53🤯3🫡3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyning BYD kompaniyasi Audi sobiq dizayneri Volfgang Egger ishlagan Denza Z elektrokabrioletini namoyish qildi.

Superkarning eng top versiyasi 1000+ ot kuchiga ega, 0-100 km/soat tezlikka <2 soniyada erishadi va bir zaryadda 600 kmgacha masofa bosib o’tadi. Shuningdek, 9-12 daqiqada 100% gacha o‘ta tez zaryadlash imkoniyati ham bor.

Yakuniy texnik xususiyatlari iyul oyida e’lon qilinadi, taxminiy narxi — 58 500 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
1👏10417🔥13👍11😁65🤯4🫡1
⚡️Odamlarni yollash ularni neyron tarmoqlar bilan almashtirishdan arzonroqqa tushmoqda — kompaniyalar botlarga odamlarning maoshidan ko‘proq pul sarflay boshlashdi.

Nvidia neyron tarmoqlarga butun jamoaning maoshlaridan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflamoqda. Uber rahbari esa yillik sun’iy intellekt byudjetini bir necha oyda sarflab bo‘ldi, chunki kompaniya ichida hamma Claude yordamida kod yozyapti.

Claude allaqachon keskin talab tufayli narxlarni oshirib yuborgan.
Agar avvallari korporatsiyalar har qadamda sun’iy intellektni joriy etayotgani bilan maqtanib yurgan bo‘lsa, endi bundan uyalishmoqda. Neyron tarmoqlar uchun bunday katta harajatlar aksiyadorlarda faqatgina vahima uyg‘otyapti.


📟 DigiTech
👍66😁3013🔥85💯5🤝2
⚡️Tadqiqot: 15 yil ichida odamlar kuniga 28 foiz kamroq so‘z talaffuz qiladigan bo‘lishdi. Smartfonlar tufayli haqiqiy suhbatlashishga ehtiyoj kamaydi.

2005-yilda odamlar kuniga o‘rtacha 16,6 mingta so‘z aytishgan bo’lsa, 2019-yilga kelib bu ko‘rsatkich 12 mingtadan kamaygan. Ushbu pasayish eng ko‘p zumerlarda kuzatilgan.

📟 DigiTech
👍6714🔥13😢11🤯9😁3🤝32💯2👨‍💻2
🕹️ PlayStation'da litsenziyalarni tekshirish tizimi paydo bo‘ldi: agar PS4 yoki PS5 30 kundan ortiq internetga ulanmasa, o‘yinlar ishga tushmasligi mumkin.

Yangi tizim faqat 2026-yilning 17-martidan keyin sotib olingan o‘yinlar uchun ishlaydi. Ayrim o‘yinchilar PS4'da 30 kunlik taymerni allaqachon payqashgan.

Sony o‘zgarishlar haqida hech kimni ogohlantirmagan — buni faqat qo‘llab-quvvatlash xizmati operatorlarigina tasdiqlamoqda.

📟 DigiTech
🔥41🤯2112😡82👍2🫡2💯1🤝1
🥽 Apple Vision Pro ko‘zoynagi yordamida ilk tibbiy jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi — uning yordamida bemorning ko‘zidan katarakta olib tashlandi.

Qurilma jarrohlik mikroskopidan 3D-tasvirni uzatib, uning ustiga bemorning tibbiy ko‘rik ma’lumotlarini joylashtirib turdi. Bu shifokorga boshqa ekranlarga chalg‘imasdan operatsiya qilish imkonini berdi.

📟 DigiTech
🔥77👏2212👍8🫡64👨‍💻1
📲 OpenAI iPhone «qotili»ni chiqarmoqchi — insayderlarning xabar berishicha, kompaniya ilovalar o‘rnini sun’iy intellekt agentlari egallaydigan o‘z telefonini ishlab chiqmoqda.

Foydalanuvchi o‘ziga nima kerakligini aytsa, neyrotarmoq buni dasturlarni ochmasdan bajaradi. Tizim harakatlar kontekstini hisobga oladi va vazifalarning bir qismini qurilmaning o‘zida, murakkabroqlarini esa bulut orqali qayta ishlaydi.

📟 DigiTech
👍91🔥2277🤓4🤝3🎉2🫡1😡1
⚡️Meta xodimlarni ishdan bo‘shatishdan avval ularning harakatlari asosida sun’iy intellektni o‘qitib oldi.

21-aprel kuni Meta rahbariyati kompaniya ichida ma’lumotlar yig‘ishni boshladi: har bir klavish bosilishi, sichqoncha harakatlari yozib olindi va muntazam ravishda ekran skrinshotlari olindi. Xodimlarga bu yangi sun’iy intellekt agentlarini oddiy ofis ishlarini bajarishga va interfeyslar bilan ishlashga o‘rgatish uchun deb aytildi.

Biroq buning asl sababi 27-aprel kuniyoq ayon bo‘ldi. Mark Sukerberg «optimallashtirish va samaradorlikni oshirish» uchun 8000 nafar xodimni ishdan bo‘shatishini e’lon qildi. Kompaniya moliyaviy mablag‘larni aynan sun’iy intellektni yanada rivojlantirishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Ommaviy ishdan bo‘shatishlar bir oydan so‘ng boshlanadi.

📟 DigiTech
😁92😢34😡2073👏3👍2🔥2💯2😨2🤝1
⚡️Polshalik bloger strimda pul yig‘ish bo‘yicha Ginnesning jahon rekordini o‘rnatdi — Petr Xanke to‘qqiz kunlik uzluksiz translyatsiya davomida saraton bilan kasallangan bolalarga yordam uchun 68 million dollar to‘play oldi.

Xayriya aksiyasini «Coldplay» guruhi sardori Kris Martin, «Arsenal»ning sobiq darvozaboni Voysex Shensny, Ispaniyalik futbolchi Lamin Yamal va boshqa mashhurlar qo‘llab-quvvatladi. Mehmonlarning bir qismi qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida sochini kalga oldirdi, translyatsiyani esa eng avjiga chiqqan pallasida 1,4 million tomoshabin kuzatdi.

📟 DigiTech
1🔥17435👍29🫡54🤯2🤝2
⚡️JPMorgan tahlilchilarining fikricha, 2027-yilga borib iPhone tannarxining deyarli yarmi xotiraga to’g’ri keladi. Hozirda bu ko‘rsatkich 10% atrofida.

Nvidia kabi yirik buyurtmachilar zavodlarni ishlab chiqarish liniyalarini ommaviy xarid qilib, taqchillikni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli yetkazib beruvchilar narxlarni oshirib, hatto Apple uchun ham shartlarni qat’iylashtiryapti.

Nazariy jihatdan ikkita ssenariy bor. Birinchisida, Apple marjani saqlab qolish uchun iPhone'ning boshlang‘ich narxini 1000 dollargacha oshiradi. Ikkinchisida esa kompaniya, xuddi MacBook Neo misolidagidek, foydadan voz kechib, bozorni kattaroq qismini egallashga urg’u beradi.


📟 DigiTech
😁4513👍9🔥42😢1🤝1
🥽 Apple Vision Pro'dan voz kechadi.

MacRumors nashrining yozishicha, sotuvlar pastligi sababli Apple «fazoviy kompyuter»ning yangi avlodlarini ishlab chiqishdan voz kechib, uning o‘rniga Siri'li aqlli ko‘zoynaklarni ishlab chiqaradi.

Ko‘zoynak ikkita kameraga ega bo‘ladi: ulardan biri imo-ishoralarni tanib, Siri uchun «ko‘z» vazifasini o‘taydi. Biroq birinchi modelda hozircha ilg‘or datchiklar bo’lmaydi.

📟 DigiTech
39👍12🔥5😁53🥰3👏2🤝2🫡2
⚡️Samsung 2027-yilda xotira inqirozi keskinlashishini kutmoqda.

Samsung Electronics vitse-prezidenti moliyaviy hisobotda korporatsiya talabni qondirishga ulgurmayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, mavjud tendensiyalarga ko‘ra, kelgusi yilda vaziyat yanada yomonlashishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, taqchillik 2030-yilgacha davom etishi mumkin.

Ayni vaqtda kompaniyaning ishlari a’lo darajada — birinchi chorakdagi operatsion foyda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 8 baravarga oshgan.

📟 DigiTech
😁63🤯16113👍3👏3🎉3🔥1🤝1
🤖 Endi robotlarni minsa bo‘ladi — xitoyliklar birinchi robot-ot Qiji T1000 ni ishlab chiqishdi.

Bu jonivor bir tonna yukni tashiy oladi va mashina yurolmaydigan joylardan o‘ta oladi. U unchalik tez yurmasada, ammo qorda, tik qiyaliklarda va hatto olov ichida ham harakatlana oladi. Bitta zaryadda 2 kungacha chopadi.

📟 DigiTech
👏61👍18🎉752🔥2