AI | DigiTech
53.1K subscribers
3.45K photos
1.67K videos
3.14K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Mercedes va Xitoyning Geely kompaniyasining qo‘shma korxonasi mashhur Smart ForTwo'ning vorisi bo‘lgan Smart #2 konseptini namoyish etdi.

Avtomobil oltinrang bezaklar va sumka shaklidagi bamperli g‘ayrioddiy dizaynga, shuningdek, 300 km masofaga yetadigan batareyaga ega bo‘ldi. Bu deyarli seriyali model ekanligini va’da qilishmoqda, ammo batafsil ma’lumot oktyabr oyida taqdim etiladi.

📟 DigiTech
👍4614🔥32🤔2🤝2🫡2🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Infinix NOTE 60 Pro bilan tanishing!
Kuchli Snapdragon 7s Gen 4, ultra silliq 144Hz ekran va premium dizayn.
Har kun — Tezroq, Yorqinroq va Kuchliroq 📱

Ko'proq yangiliklar uchun: @Infinix_Uzbekistan
👍38🔥852👏2🤝2💯1
⚡️Yaponlar uyqu paytida boshning holatini o‘zgartirib turib, ertalabdan bo‘yinni og‘rimasdan tetik uyg’onishga yordam beradigan yostiqni ishlab chiqarishdi.

Mirakuru Pillow yostig‘i ichida oltita «ovozsiz» havo kamerasi bor: ular tun bo‘yi navbatma-navbat havo bilan to‘lib-bo‘shab, bosim nuqtalarini o‘zgartiradi va mushaklarni yozadi.

Kickstarter platformasida oldindan buyurtma narxi 260 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍9317🤝7🔥6😁53
⚡️NASA Marsda hayot mavjud bo‘lganiga doir ehtimoliy dalil topdi.

Qadimgi ko‘l kraterida organik molekulalar aniqlandi. Bir paytlar u yerda suv bo‘lgan. Molekulalar esa tuproqda 3,5 milliard yilgacha saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

Biroq hozircha ularni to‘liq tekshirishning imkoni yo‘q — buning uchun namunalarni Yerga yetkazish kerak, bunga esa mablag‘ ajratmay qo’yishgan.

📟 DigiTech
1😢12323👍17🔥53🤯3🫡3👨‍💻2😨1
⚡️OpenAI GPT-5.5 versiyasini chiqardi — yangi model kod yozish, tadqiqotlar o‘tkazish va matnlar yozishda ancha sifatlilashdi hamda tezlashdi.

Model barcha benchmarklarda Claude Opus 4.7'ni ortda qoldirdi. U birinchi so‘rovdayoq o‘yinlar, saytlar va murakkab ilovalarni yaratishni yanada yaxshiroq uddalaydigan bo‘ldi.

Model barcha foydalanuvchilar uchun allaqachon mavjud.

📟 DigiTech
🔥64👍1574👏3💯2🤝1
🛰️ Ismingizni kiriting va uni sun’iy yo‘ldosh tasvirlari ko‘rinishida oling. NASA buning uchun maxsus generatorni ishga tushirgan.

Barcha tasvirlar haqiqiy bo‘lib, Landsat sun’iy yo‘ldoshlari yordamida olingan. Ularda harflarni hosil qiluvchi tog‘lar, daryolar va boshqa obyektlar aks etgan.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍9416🔥15🤯65🤝2🥰1😁1🎉1
🚘 Xitoyning AUDI'si (halqalarsiz logotipli subbrend) o‘zining ikkinchi avtomobili — E7X krossoverini namoyish etdi.

5 metrli elektromobilning top versiyasi to‘liq uzatmali bo‘lib, 680 ot kuchiga ega. U 0-100 km/soat tezlikka 3,97 soniyada chiqadi va bir zaryadda 750 kmgacha masofa bosib o’tadi. Salonida massaj funksiyali va «vaznsizlik holati»ga keltiriladigan o‘rindiqlar, kuchli Bose audiotizimi hamda shiftdagi monitor mavjud.

Narxi 35 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍7618😢10🤯7👨‍💻4👏3😁32🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyning Unitree super-roboti yana bir insoniy ko‘nikmani — konki va roliklarda uchishni o‘rganib oldi. Endi faqat velosiped haydash qoldi.

Chiqarilganidan buyon atigi ikki yil ichida uni raqsga, kung-fu usullariga, boksga va Krishtianu Ronalduning harakatlariga ham o‘rgatishdi.

Hozirda bunday robotni Xitoyda 13 500 dollarga xarid qilish mumkin.

📟 DigiTech
👍578🔥64🤯3👨‍💻3😁2🤝2👏1
🚘 Tesla rul va pedalsiz ilk seriyali elektromobili — Cybercab'ni chiqardi.

Avtomobil to‘liq sun’iy intellekt tomonidan boshqariladi. Unda hatto yon oynalar ham yo‘q, faqat ma'lumotlar ko’rsatiladigan ekran bor. Cybercab'dan Tesla'ning taksi xizmatida foydalaniladi.

Kutilayotgan narxi — 30 ming dollar.

📟 DigiTech
😁63👍18🔥109🤔4👨‍💻43😇1🤝1