AI | DigiTech
53K subscribers
3.45K photos
1.67K videos
3.14K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🧠 Bir startap «fikrlarni o‘qiy oladigan» qalpoqlarni ishlab chiqarishga va’da bermoqda — ular yordamida smartfon va kompyuterlarda matn terish mumkin bo‘ladi.

Ushbu qurilma EEG (elektroensefalogramma) tamoyili asosida ishlashi va sun’iy intellekt yordamida miya signallarini aniqlash uchun «yuz minglab sensorlar» bilan jihozlangani aytilmoqda. Biroq, matn terish tezligi hozircha daqiqasiga atigi 30 ta so‘zni tashkil etadi, kelajakda bu ko‘rsatkichni oshirish rejalashtirilgan.

Hozircha narxi ma’lum emas, sotuvlar esa yil oxirigacha boshlanishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
🤯96👍1910🔥64👏3😁2🤝2🫡1
🚘 1400 ot kuchi va 2,96 soniyada 100 km/soatgacha tezlanish — Xitoyda Zeekr 8X top gibridi namoyish etildi.

Texnik xususiyatlari bo‘yicha u katta modeli Zeekr 9X dan qolishmaydi, lekin 139 mm ga qisqaroq va bazaviy komplektatsiyasida ikki qator o‘rindiqlarga ega. Salondagi ko’plab xususiyatlar ham o’z joyida: ottoman-o'rindiqlar, ixcham muzlatgich va orqa o’rindiqlar uchun maxsus monitor.

Xitoyda narxi 49 000 dollardan boshlanadi, Zeekr 9X narxi esa 68 000 dollardan.

📟 DigiTech
👍75164😁4🎉3🔥2👏2👨‍💻2🤝1
📱Honor yuk mashinaga iPhone 17 Pro nusxasi reklamasini yopishtirib, uni Gonkongdagi Apple Store do‘koni yoniga olib kelib qo’ydi.

Ushbu bannerda Honor 600 Pro smartfoni Apple flagmanining «arzon versiyasi» sifatida reklama qilinmoqda.

📟 DigiTech
😁16110🔥5👍42🤯2🤝2👏1🫡1😡1
🤖 Honor kompaniyasining roboti yarim marafonni (21 km) 50 daqiqa 26 soniyada yugurib o‘tib, odamlarning jahon rekordini yangiladi. U ugandalik atlet Jeykob Kilimoning natijasidan olti daqiqaga o‘zib ketdi.

Pekinda bo‘lib o‘tgan marafonda 12 000 kishi va o‘tgan yilgiga qaraganda ancha takomillashgan 300 dan ortiq robot ishtirok etdi. 2025-yilda gumanoidlar ko‘rsatgan eng yaxshi natija 2 soat 40 daqiqa edi.

📟 DigiTech
1👍51🔥19🤯1182👏2👨‍💻2😇1
⚡️Toshkentda joylashgan mahalliy Kraken Express o’yin studiyasi chiqargan Windrose o’yini Steam'ni egallab oldi.

Hozirda o‘yinni bir vaqtda onlayn 183 mingga yaqin odam o’ynamoqda. Bu — Sea of Thieves, Assassin’s Creed IV: Black Flag va Skull and Bones o‘yinlarining umumiy natijasidan ham ko‘proqdir.

Atigi 5 kun ichida studiya kamida 30 million dollar ishlab topdi, o’yin 84% ijobiy sharhlarga ega.

Jahonning top o’yin studiyalari qilolmagan ishni qilishibdi, qoyil.

📟 DigiTech
👍205🔥4824🤝13👏63💯3🎉2👨‍💻1😡1
⚡️1 trln dollarlik kompaniya haligacha 90-yillardagi sayti bilan ishlamoqda — hamma neyron tarmoqlarni integratsiya qilayotgan bir paytda, Berkshire Hathaway saytida hatto tugmalar ham yo‘q.

Bu dunyodagi eng yirik xoldinglardan biri: sug‘urta, banklar, temir yo‘llar, Coca-Cola, Apple — barchasining aksiyalari Uorren Baffett boshqaruvi ostida.

📟 DigiTech
👍113😁38🔥139👨‍💻42💯2🫡2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Bu koinotda iPhone yordamida suratga olingan tarixdagi ilk video.

«Artemis II» ekipaji Yerning Oy ortiga berkinishini tasvirga tushirdi — buning uchun iPhone 17 Pro Max va 8 karra kattalashtirish funksiyasidan foydalanildi.

📟 DigiTech
🔥71👍229🤝86👏2🤯2😁1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hindlar sun’iy intellekt o‘rniga javob beradigan haqiqiy odamlarni yollay boshlashdi.

Humwork startapi jonli mutaxassislarni ishga olishini e’lon qildi: sun’iy intellekt muammoga duch kelganda, yozishmalar kontekstini tushunadigan va vaziyatga yechim topishda yordam beradigan odamlar chatni davom ettirishadi.

📟 DigiTech
😁146🤯161110👍7🎄4💯2🔥1😢1👨‍💻1🫡1
⚡️Apple 15 yildan beri ilk bor kompaniya rahbarini o‘zgartirmoqda: 1-sentyabr kuni Tim Kuk bosh direktorlik lavozimini 50 yoshli Jon Ternusga topshiradi.

Ternus Apple'ga 2001-yilda muhandis bo‘lib ishga kirgan va hozirgacha kompaniyada qurilmalar bilan shug‘ullanadi, biroq endi yo‘nalish rahbari sifatida.

Yana bir qiziq fakt: Jon Ternus hozir Tim Kuk Stiv Jobsdan so‘ng Apple rahbari bo‘lgan yoshda, ya’ni 50 yoshda.

📟 DigiTech
👍70218🤝4🔥3💯1
⚡️Huawei buklanadigan Pura X Max smartfonini chiqardi — kutilmaganda u iPhone Fold'ning tarmoqlarda tarqalgan konseptlarining to’liq nusxasi bo‘lib chiqdi.

Bu kitobcha formatidagi birinchi qurilma. Apple shu bilan ajralib turmoqchi edi, lekin ulardan o‘zib ketishdi.

📟 DigiTech
😁103👍2775🔥4👏2🤝2
Olimpiada darajasidagi dasturlash va matematika vazifalari bilan oʻzingizni sinab koʻring.

Eng kuchli ishtirokchilar Yandex'dan imkoniyatlarga ega boʻladi.

Yandex Coding and Math Contest endi Oʻzbekistondagi 18 yoshdan katta oliy o‘quv yurtlari talabalari, dasturchilar, muhandislar va IT-mutaxassislari uchun ochiq.

Agar siz algoritmlar, matematika va zamonaviy dasturlash tillarida oʻzingizga ishonsangiz, 2026-yil 25-aprelgacha ariza topshiring.

CMC nima?
Yandex tomonidan yaratilgan va Yandex School of Data Analysis tomonidan qoʻllab-quvvatlangan dasturlash va matematika tanlovi. Bu oʻzingizni sinab koʻrish, kuchli ishtirokchilar bilan tanishish va ajralib turish imkoniyati.

Sizni nimalar kutmoqda:
• Ishtirok etish bepul
• Ikki bosqichda: hamma uchun onlayn, eng kuchli ishtirokchilar uchun oflayn final
• Har bir bosqichda 8–10 ta algoritmik va matematik vazifalar
• Tanlov tili: ingliz tili

Gʻoliblar Yandex ML School Uzbekistan'ga Fast track, Yandex Uzbekistan'da amaliyot uchun suhbat imkoniyati va Yandex'dan boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritadi.

Batafsil maʼlumot va ariza topshirish

Yandex “Yandex Coding and Math Contest” loyihasi doirasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmaydi.

Reklama kontenti
👍296👏32🤝1
⚡️YouTube kanallardagi videolar sonini ko‘rsatuvchi hisoblagichni yashirib qo‘ydi — endi telefonlarda muallifning nechta videosi borligini ko‘rib bo’lmaydi.

Kompyuter versiyasida ham u «batafsil» bo‘limiga o‘tkazilgan. Bundan hechqanday mantiq yo‘q, lekin endi statistikani ko‘rish qiyinlashdi.

📟 DigiTech
😢80👍18😨9🤔5😡542🔥2😁2💯1