AI | DigiTech
53.2K subscribers
3.45K photos
1.67K videos
3.14K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Krossovkalar ishlab chiqaruvchisi Allbirds kutilmaganda sun’iy intellekt kompaniyasiga aylanishga qaror qildi. Bir necha soat ichida uning aksiyalari narxi qariyb 700 foizga uchib ketdi.

Allbirds 5 yil avval yungli krossovkalari bilan poyabzal bozorini zabt etgandi. O‘shanda brend 4 mlrd dollarga baholangan. Biroq 2026-yilga kelib raqobat va inqiroz tufayli uning qiymati 40 mln dollargacha tushib ketdi.

Kecha esa Allbirds rebrending haqida e’lon qildi — endi u NewBird AI deb nomlanadi. Ular qo'shimcha 50 mln dollar sarmoya jalb qilib, kuchli GPU (videokartalar) tarmog'ini sotib olish va ularni AI-dasturchilarga ijaraga berishni (GPU-as-a-Service) maqsad qilgan.

Sun’iy intellektlar mashhurligi davrida vaziyatdan foydalanib qolishyapti :)

📟 DigiTech
😁10613🔥10👍93🤓3😇2
⚡️Insayderlarning xabar berishicha, Apple A19 Pro chipi va 12 GB tezkor xotiraga ega hamyonbop Mac Neo'ni ishlab chiqaradi.

Gap endi noutbuklar haqida emas, balki statsionar kompyuter to‘g‘risida ketmoqda — Neo Mac Mini'ning arzon muqobili bo‘lib, Apple TV uslubidagi rang-barang plastik korpuslarda va g‘ayrioddiy past narxda — 299 dollar bo‘ladi.

📟 DigiTech
🔥72👍1286🎉3😁2🤝2🤔1💯1
🖼️ Fransiyalik dasturchi lotereyada Pablo Pikassoning million yevrolik asarini yutib oldi. U chiptani 100 yevroga xarid qilgandi.

Omadli g‘olibga rassomning 1941-yilda chizgan «Ayol boshi» asari nasib etdi. G‘olib bilan bog‘lanib, yutuq haqida xabar berishganida, u buni hazil deb o‘yladi.

Pikasso fondi 13 yil ichida uchinchi bor lotereya o‘tkazdi. Chiptalar sotuvidan tushgan mablag‘ (bu yil 12 million yevro) xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.

📟 DigiTech
😁123👍2310🔥93🫡2👏1😡1
Oʻzbekiston banklari va fintex sohasi uchun IT-infratuzilma

Servercore kompaniyasi Central Asian Fintech Association bilan hamkorlikda IT-direktorlarni, texnik mutaxassislarni va biznes rahbarlarini yopiq formatdagi «IT-palov» biznes-kechki ovqatiga taklif etadi. Ekspertlar axborot xavfsizligining dolzarb masalalari va bulutda xavfsiz infratuzilma qurish yoʻllarini muhokama qiladilar.

➡️ Havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://srv.cr/hdfhp

Ishtirokchilar quyidagilarni muhokama qilishlari mumkin:

▪️ Servercore bulutida Fintech-kompaniyalar uchun xavfsiz infratuzilma yaratish
▪️ Bulutga koʻchish va miqyosni kengaytirishning amaliy tajribasi (Air Samarkand keysi misolida)
▪️ Biznesni rivojlantirish uchun bulutli serverlarning imkoniyatlari

Rasmiy qismdan soʻng — IT-palov Networking. Ekspertlar bilan kasbiy mavzularda norasmiy muloqot, bozordagi hamkasblar bilan tajriba almashish va mazali kechki ovqat.

⚠️ Oldindan roʻyxatdan oʻtishni unutmang, joylar soni cheklangan. Ishtirok etish bepul, biroq faqat Servercore menejerlari tomonidan tasdiqlanganidan (moderatsiyadan oʻtganidan) soʻnggina ruxsat etiladi.

Reklama
👍18🔥522🤝2😡2
⚡️YouTube’da endi Shorts’ni o‘chirib qo‘yish mumkin (deyarli).

Kuzda YouTube foydalanuvchilarga Shorts ko‘rish uchun kuniga 15 daqiqadan 2 soatgacha cheklov o‘rnatishga ruxsat bergandi. Endi esa qisqa vertikal videolardan butunlay voz kechish uchun cheklovni 0 daqiqa qilib belgilash mumkin bo‘ladi.

Biroq Shorts lentadan hech qayerga yo‘qolmaydi.

Yangilanish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, shu sababli yangi funksiya hozircha hammada mavjud bo‘lmasligi mumkin.

📟 DigiTech
🔥79👍1716🫡42🤯1🤝1
⚡️Myseum kompaniyasi o‘z nomiga «AI» so‘zini qo‘shgach, aksiyalari keskin 270 foizga ko‘tarildi. Bungacha kompaniya o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratish bilan shug‘ullangan.

Yangi nom ostida u foto va videolar bilan ishlashga mo‘ljallangan sun’iy intellekt agentlarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

O’tgan kuni xuddi shunday voqea eko-krossovkalar ishlab chiqaruvchi Allbirds brendi bilan ham sodir bo‘lgandi. U ham sun’iy intellekt kompaniyasiga aylandi va aksiyalari narxi 910 foizga oshdi.

Aftidan, kompaniyalar uchun muvaffaqiyat formulasi topildi :)

📟 DigiTech
😁10716🔥12💯93👍1🫡1
🧠 Bir startap «fikrlarni o‘qiy oladigan» qalpoqlarni ishlab chiqarishga va’da bermoqda — ular yordamida smartfon va kompyuterlarda matn terish mumkin bo‘ladi.

Ushbu qurilma EEG (elektroensefalogramma) tamoyili asosida ishlashi va sun’iy intellekt yordamida miya signallarini aniqlash uchun «yuz minglab sensorlar» bilan jihozlangani aytilmoqda. Biroq, matn terish tezligi hozircha daqiqasiga atigi 30 ta so‘zni tashkil etadi, kelajakda bu ko‘rsatkichni oshirish rejalashtirilgan.

Hozircha narxi ma’lum emas, sotuvlar esa yil oxirigacha boshlanishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
🤯96👍1910🔥64👏3😁2🤝2🫡1
🚘 1400 ot kuchi va 2,96 soniyada 100 km/soatgacha tezlanish — Xitoyda Zeekr 8X top gibridi namoyish etildi.

Texnik xususiyatlari bo‘yicha u katta modeli Zeekr 9X dan qolishmaydi, lekin 139 mm ga qisqaroq va bazaviy komplektatsiyasida ikki qator o‘rindiqlarga ega. Salondagi ko’plab xususiyatlar ham o’z joyida: ottoman-o'rindiqlar, ixcham muzlatgich va orqa o’rindiqlar uchun maxsus monitor.

Xitoyda narxi 49 000 dollardan boshlanadi, Zeekr 9X narxi esa 68 000 dollardan.

📟 DigiTech
👍75164😁4🎉3🔥2👏2👨‍💻2🤝1
📱Honor yuk mashinaga iPhone 17 Pro nusxasi reklamasini yopishtirib, uni Gonkongdagi Apple Store do‘koni yoniga olib kelib qo’ydi.

Ushbu bannerda Honor 600 Pro smartfoni Apple flagmanining «arzon versiyasi» sifatida reklama qilinmoqda.

📟 DigiTech
😁16110🔥5👍42🤯2🤝2👏1🫡1😡1
🤖 Honor kompaniyasining roboti yarim marafonni (21 km) 50 daqiqa 26 soniyada yugurib o‘tib, odamlarning jahon rekordini yangiladi. U ugandalik atlet Jeykob Kilimoning natijasidan olti daqiqaga o‘zib ketdi.

Pekinda bo‘lib o‘tgan marafonda 12 000 kishi va o‘tgan yilgiga qaraganda ancha takomillashgan 300 dan ortiq robot ishtirok etdi. 2025-yilda gumanoidlar ko‘rsatgan eng yaxshi natija 2 soat 40 daqiqa edi.

📟 DigiTech
1👍51🔥19🤯1182👏2👨‍💻2😇1
⚡️Toshkentda joylashgan mahalliy Kraken Express o’yin studiyasi chiqargan Windrose o’yini Steam'ni egallab oldi.

Hozirda o‘yinni bir vaqtda onlayn 183 mingga yaqin odam o’ynamoqda. Bu — Sea of Thieves, Assassin’s Creed IV: Black Flag va Skull and Bones o‘yinlarining umumiy natijasidan ham ko‘proqdir.

Atigi 5 kun ichida studiya kamida 30 million dollar ishlab topdi, o’yin 84% ijobiy sharhlarga ega.

Jahonning top o’yin studiyalari qilolmagan ishni qilishibdi, qoyil.

📟 DigiTech
👍205🔥4824🤝13👏63💯3🎉2👨‍💻1😡1
⚡️1 trln dollarlik kompaniya haligacha 90-yillardagi sayti bilan ishlamoqda — hamma neyron tarmoqlarni integratsiya qilayotgan bir paytda, Berkshire Hathaway saytida hatto tugmalar ham yo‘q.

Bu dunyodagi eng yirik xoldinglardan biri: sug‘urta, banklar, temir yo‘llar, Coca-Cola, Apple — barchasining aksiyalari Uorren Baffett boshqaruvi ostida.

📟 DigiTech
👍113😁38🔥139👨‍💻42💯2🫡2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Bu koinotda iPhone yordamida suratga olingan tarixdagi ilk video.

«Artemis II» ekipaji Yerning Oy ortiga berkinishini tasvirga tushirdi — buning uchun iPhone 17 Pro Max va 8 karra kattalashtirish funksiyasidan foydalanildi.

📟 DigiTech
🔥71👍229🤝86👏2🤯2😁1🎄1