AI | DigiTech
53.1K subscribers
3.45K photos
1.67K videos
3.14K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🍦Xiaomi o‘zining Pro va Pro Max versiyalaridagi maxsus muzqaymog‘ini namoyish etdi.

Uning retseptini korporativ oshxona oshpazi o‘ylab topgan, «to’plami» esa pechenyelar soniga bog‘liq. Hozircha faqat Pekindagi shtab-kvartirada sotiladi, narxi bir donasi uchun 1$ dan boshlanadi.

📟 DigiTech
1😁138🔥118👍6🎉3🤓31🤯1😇1
⚡️Xakerlar Rockstar’ning moliyaviy ma’lumotlari aks etgan ichki hujjatlarini tarqatib yuborishdi. Unga qaraganda kompaniya deyarli tugamas resurslarga ega.

Ular birgina GTA Online'dagi donatlar orqali haftasiga o‘rtacha 9 million dollar ishlab topishadi. Hatto bir o‘yinchi o‘yinga bir to‘lovning o‘zida 1 million dollar tashlagan.

Qizig‘i shundaki, butun daromad konsol o‘yinchilaridan keladi. Aftidan, shuning uchun ham o‘yinlarning kompyuter uchun mo‘ljallangan relizlari kamida bir yilga kechikadi.

📟 DigiTech
👍79🤯4711🔥41👏1👨‍💻1🤝1🫡1
🚘 Nissan birinchi elektr Juke'ni namoyish etdi. Bu konsept emas — avtomobil aynan shu dizaynda ishlab chiqarilishi va'da qilinmoqda.

Hozircha uning texnik xususiyatlari va narxlari ma’lum emas. Faqatgina avtomobil Buyuk Britaniyadagi zavodda yig‘ilishi va kelasi yildan sotuvga chiqarilishi ma'lum.

Shuningdek, yangi kuzovdagi bo‘lajak Skyline'ning tizeri ham namoyish etildi: u orqa uzatmali va 3,0 litrli V6 dvigateliga ega bo‘ladi.

📟 DigiTech
42👍11🔥75😢5👏3🤯3🫡1
👨‍💻 Reddit foydalanuvchisi o‘zi uchun «boshsiz» MacBook yasab oldi: u ekransiz statsionar kompyuter kabi ishlaydi.

Yigit tasodifan displeyni shikastlab qo‘ygan va uni ta’mirlatish uchun 300 dollar to‘lashni istamagan. Endi u shunchaki tashqi monitordan foydalanmoqda.

Qolaversa, qurilma endi sumkada deyarli ikki baravar kam joy egallaydi :)

📟 DigiTech
😁194👍19🔥107👏6💯52🫡1
🚘 Qimmat va hashamatli: Rolls Royce narxi 9,5 million dollardan boshlanadigan Nightingale elektr kabrioletini namoyish etdi.

Mashina dizayni XX asr boshlaridagi art-deko uslubidan ilhomlanilgan. Salon charm va qora yog‘och bilan bezatilgan bo‘lib, yulduzlarni 10 500 ta diodlar yordamida proyektsiyasi mavjud, yig‘iladigan tomi esa kashmirdan ishlangan.

Jami 100 dona nusxada yig‘iladi — ularning hammasi sotilib bo‘lingan.

📟 DigiTech
🔥68🤯3814👍124😁4😨3🤔2🤓2😇1🤝1
⚡️San-Fransisko'da to‘liq sun’iy intellekt boshqaradigan do‘kon ochildi. Neyrotarmoq startap uchun 100 000 dollar oldi va o‘zi mahsulot sotib oladi, narxlarni belgilaydi va xodimlarni tanlaydi.

Birinchi kunlardanoq Claude Sonnet modeli talabalarni ishga olishdan voz kechdi, ish joyida telefonlardan foydalanishni taqiqladi va o‘zi kassir bo‘lib oldi (u bilan terminaldagi telefon orqali suhbatlashish mumkin). Odamlarga esa faqat tozalash va mahsulotlarni joylashtirish vazifasini topshirdi.

Do‘kon ijarasi uch yil oldindan to‘lab qo‘yilgan. Mualliflar ish natijalari haqida keyinroq batafsil aytib berishga va’da qilishmoqda.

📟 DigiTech
😡53👍2314🔥7🤯7😁64👨‍💻1🫡1