AI | DigiTech
53.1K subscribers
3.45K photos
1.67K videos
3.14K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📲 iPhone barcha bildirishnomalar matnini xotirasida saqlab qoladi — shu tariqa AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) iPhone'dan Signal messenjeridagi o‘chirib yuborilgan xabarlarni tiklay oldi.

Signalning o‘zi buzib kirilmagan. Gap shundaki, iPhone'ga xabar kelganida, iOS uni ekranga chiqarish uchun o'zining markaziy bildirishnomalar bazasiga (Notification database) yozib oladi.

Ya'ni kelgan xabarlarni o‘chirib tashlaganingizda ham, iPhone ularni saqlab qolaveradi.

📟 DigiTech
😡127😁3996🤯6👍5🤔5🔥4👏2😢2💯1
📱Android Authority: Samsung Galaxy S22 Ultra sozlamalari tiklangach «g‘isht»ga aylanib qolmoqda.

Ayrim smartfon egalari Knox tizimi orqali qurilmalari bloklanishiga duch kelishdi: ma’lumotlar o‘chirilgandan so‘ng, smartfon ekranida kutilmaganda noma’lum Numero LLC tashkilotiga tegishli ekanligi yozuvi chiqmoqda.

Bloklash Samsung serverlari tomonidan IMEI orqali amalga oshirilmoqda — qurilmani qayta proshivka qilish yoki sozlamalarini yana tiklash bilan ishga tushirib bo‘lmaydi. Samsung qo‘llab-quvvatlash xizmati hozircha bu muammoni hal qilmayapti.

📟 DigiTech
🤯75😢11🔥75🤔4🤝42😁2👍1💯1🫡1
⚡️Jeff Bezosning startapi Oy tuprog‘idan kislorod ajratib olishni o‘rgandi. Bu texnologiya Oyda baza qurishning kaliti bo‘lishi mumkin.

Blue Origin reaktori Oy changini 1600°C haroratda eritib, so‘ngra elektr toki yordamida undagi metall va kremniy ionlarini kislorod ionlaridan ajratadi.

Ushbu qurilma «Apollon» missiyasi namunalarida sinovdan o‘tkazilib, natijada nafas olish uchun yaroqli havo hamda qurilishda ishlatish mumkin bo‘lgan metallar olindi.

📟 DigiTech
👍80🤯24🔥12108🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyning Unitree kompaniyasi dunyodagi eng tezkor robotni namoyish etdi — u soatiga 36 kilometr tezlikda yuguradi. Sayyoradagi eng yaxshi sportchilar kabi.

Rekordlarni ko‘zlagan boshqa sprinter-robotdan farqli o‘laroq, bu endi yordamga muhtoj emas. U 100 metrga yugurishni 10 soniyada bajara oladi va Useyn Boltning rekordidan (9.58 soniya) biroz ortda qoladi.

📟 DigiTech
👍58🤯228😁7👏32🔥1💯1👨‍💻1🤝1🎄1
🍦Xiaomi o‘zining Pro va Pro Max versiyalaridagi maxsus muzqaymog‘ini namoyish etdi.

Uning retseptini korporativ oshxona oshpazi o‘ylab topgan, «to’plami» esa pechenyelar soniga bog‘liq. Hozircha faqat Pekindagi shtab-kvartirada sotiladi, narxi bir donasi uchun 1$ dan boshlanadi.

📟 DigiTech
1😁138🔥118👍6🎉3🤓31🤯1😇1
⚡️Xakerlar Rockstar’ning moliyaviy ma’lumotlari aks etgan ichki hujjatlarini tarqatib yuborishdi. Unga qaraganda kompaniya deyarli tugamas resurslarga ega.

Ular birgina GTA Online'dagi donatlar orqali haftasiga o‘rtacha 9 million dollar ishlab topishadi. Hatto bir o‘yinchi o‘yinga bir to‘lovning o‘zida 1 million dollar tashlagan.

Qizig‘i shundaki, butun daromad konsol o‘yinchilaridan keladi. Aftidan, shuning uchun ham o‘yinlarning kompyuter uchun mo‘ljallangan relizlari kamida bir yilga kechikadi.

📟 DigiTech
👍79🤯4711🔥41👏1👨‍💻1🤝1🫡1
🚘 Nissan birinchi elektr Juke'ni namoyish etdi. Bu konsept emas — avtomobil aynan shu dizaynda ishlab chiqarilishi va'da qilinmoqda.

Hozircha uning texnik xususiyatlari va narxlari ma’lum emas. Faqatgina avtomobil Buyuk Britaniyadagi zavodda yig‘ilishi va kelasi yildan sotuvga chiqarilishi ma'lum.

Shuningdek, yangi kuzovdagi bo‘lajak Skyline'ning tizeri ham namoyish etildi: u orqa uzatmali va 3,0 litrli V6 dvigateliga ega bo‘ladi.

📟 DigiTech
42👍11🔥75😢5👏3🤯3🫡1
👨‍💻 Reddit foydalanuvchisi o‘zi uchun «boshsiz» MacBook yasab oldi: u ekransiz statsionar kompyuter kabi ishlaydi.

Yigit tasodifan displeyni shikastlab qo‘ygan va uni ta’mirlatish uchun 300 dollar to‘lashni istamagan. Endi u shunchaki tashqi monitordan foydalanmoqda.

Qolaversa, qurilma endi sumkada deyarli ikki baravar kam joy egallaydi :)

📟 DigiTech
😁194👍19🔥107👏6💯52🫡1
🚘 Qimmat va hashamatli: Rolls Royce narxi 9,5 million dollardan boshlanadigan Nightingale elektr kabrioletini namoyish etdi.

Mashina dizayni XX asr boshlaridagi art-deko uslubidan ilhomlanilgan. Salon charm va qora yog‘och bilan bezatilgan bo‘lib, yulduzlarni 10 500 ta diodlar yordamida proyektsiyasi mavjud, yig‘iladigan tomi esa kashmirdan ishlangan.

Jami 100 dona nusxada yig‘iladi — ularning hammasi sotilib bo‘lingan.

📟 DigiTech
🔥68🤯3814👍124😁4😨3🤔2🤓2😇1🤝1