This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Samsung Galaxy Z TriFold qimmatbaho smartfonining ekrani o‘z-o‘zidan buzilmoqda — qurilma bo’yicha dastlabki shikoyatlar paydo bo‘ldi.
Foydalanuvchilar ekranning o‘chib qolishi, miltillashi va unda chiziqlar paydo bo‘lishidan shikoyat qilishmoqda. Bir foydalanuvchi smartfon ekrani bir oydan keyin butunlay ishdan chiqqani haqida Reddit'da bo’lishdi. Dastlab qayta ishga tushirish yordam bergan, ammo keyinchalik ekran matrisasi butunlay «o‘chgan». Boshqa bir foydalanuvchining qurilmasi displeyi esa xariddan besh kundan so‘ng ishlamay qolgan.
📟 DigiTech

🤯39🔥19❤8👍7😁6😨2👏1💯1👨💻1🤝1
⚡️Google o‘zining eng aqlli modeli — Gemini 3.1 Pro'ni chiqardi. U top neyrotarmoqlar orasida dasturlash, dizayn hamda ilmiy masalalarni yechish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Gemini 3.1 Pro ARC-AGI-2 benchmarkida rekord darajadagi 77,1% natijani qayd etdi. Model bitta so‘rovning o‘zida ishlaydigan ilova yozishi, zamonaviy animatsiya yaratishi yoki Xalqaro kosmik stansiyaning Yerni kuzatish simulyatsiyasini tuzishi mumkin.
Ushbu model allaqachon barcha foydalanuvchilar uchun mavjud.

👍73🔥23❤9🤯8🤝3💯2⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Neuralink'ning xitoylik raqobatchisi allaqachon 50 kishiga chiplar o’rnatdi — bu Ilon Mask'ning kompaniyasidan deyarli uch baravar ko‘proq.
NeuroXess Xitoy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va ularning texnologiyasi ancha xavfsiz hisoblanadi: Xitoyda chipni miya to‘qimasiga joylashtirish o‘rniga, miya sirtiga maxsus to‘r implantatsiya qilinadi.
Har ikki usul yordamida bemorlar fikr kuchi bilan kompyuterdan foydalana olishadi, hatto samolyot va robotlarni ham boshqara olishadi.

1🔥79🤯38😁12❤8👍7⚡1😢1🤝1
🔐 Sun’iy intellekt yordamida parol yaratish — yomon g‘oya. Hatto eski kompyuter ham ularni bir necha soat ichida buzib kira oladi.
Sinovdan Claude, ChatGPT va Gemini kabi barcha top modellar o‘ta olmadi. Ular 16 xonali parollarni o‘ylab topishdi, bu parollar juda ishonchli ko‘rinardi. ChatGPT hatto o‘zi yaratgan parolini yechishga 10 mlrd yil ketishiga ishontirgan.
Ammo barcha modellar qayta-qayta bir xil qoliplardan foydalangan va ba’zan o‘zini takrorlagan. Shu sababli ularning xavfsizligi birinchi uy hayvoningiz ismidan ham pastroq.

😁175🔥10❤7👍7🤯4💯2🫡2⚡1🤓1🤝1
⚡️Windows endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi — Microsoft sun’iy intellektga asoslangan operatsion tizimning yangilanishlarini ko’rsatdi.
Yaqin orada Windows 11 da standart qidiruv o‘rnini almashtiradigan Ask Copilot paydo bo‘ladi. Sun’iy intellekt nafaqat fayllarni qidirishi, balki vazifalarni bajarish uchun agentlarni ham ishga tushirishi mumkin bo’ladi.
Researcher agenti vazifalar panelidagi jarayon indikatori yordamida fonda (10+ daqiqa) tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, «File Explorer»da hujjatlar bo‘yicha qisqa ma’lumotlar beradigan va savollarga javob beradigan Copilot tugmasi paydo bo‘ladi.

❤56🔥24👍11👏5😁3🫡3⚡2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qozog‘istonda, endi Olmaota ko‘chalari bo‘ylab politsiya dronlari uchib, mahalliy aholini axlat tashlagani va bezorilik qilgani uchun tanbeh beradi.
Hukumat shu yo‘l bilan aholini yomon odatlardan qaytarmoqchi va «atrofdagilarni hurmat qilishga o‘rgatmoqchi». Ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatilgan kopterlar odamlar gavjum joylarni, hatto hovlilarni ham patrul qilishni boshlaydi. Avvalroq ular yirik tadbirlarda qo‘llanilib, «o‘zini ancha yaxshi namoyon etgan» edi.

🔥120👍45❤10🤓10🤯5😁4💯2🤝2😡2⚡1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨💻 Bir yigit Apple taqdimotini kutib o’tirmasdan, uni o‘zi o‘tkazdi. U hamyonbop MacBook E’ni xuddi Tim Kuk'dek namoyish etdi.
Barcha xususiyatlarni mish-mishlar hamda insayderlar ma'lumotlaridan oldi. Renderlarni o‘zi chizdi, videoni esa Kupertinodagi haqiqiy Apple Park'da yozib oldi.
Uning taqdimoti qanchalik haqiqatga yaqin bo‘lganini 4-mart kuni bilib olamiz.

🔥89👍22❤15😁13👨💻3👏2🫡2⚡1💯1🤝1
⚡️Hindistonda ChatGPT «qotili»ni chiqarishdi. Nomi — Indus AI.
Hozircha unda «fikrlash rejimi»ni o‘chirib bo‘lmaydi, shu sababli javoblar go‘yoki sizga haqiqiy odam javob berayotgandek kechikib keladi. Chatlar tarixini ham o’chirib bo’lmaydi.
Bu yerda nimadir g’alati tuyulmayaptimi?

😁280🤯29👍13❤10💯9🔥4🤔3🫡2🤓1👨💻1😇1
⚡️Fermer 60 yildan ortiq yashagan yeri va sigirlari uchun 15 million dollardan voz kechdi. Uning bu qaroriga fermasi o‘rnida sun’iy intellektlar uchun ulkan ma’lumotlar markazi qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik istagi sabab bo‘ldi.
U bitimdan voz kechib, yerga egalik huquqini tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasiga 2 million dollarga sotdi. Asosiy sharti, bu yer «serverxona»ga aylanmasdan, abadiy haqiqiy ferma bo‘lib qolishi kerak.

👍314👏85🔥38❤19😇5💯3👨💻2
⚡️Operativ xotira narxlari arzonlashishni boshladi: Yevropada DDR5 uchun chakana narxlar asta-sekin tushmoqda.
Corsair va Kingston’ning 32 GB lik modellari taxminan 15 foizga arzonlashdi. Agar fevral oyi boshida ular 480–550 yevro turgan bo‘lsa, hozir mos ravishda 425–463 yevroni tashkil etmoqda.
Bu pasayish narxlar tezda avvalgi holatiga qaytishini anglatmaydi. Narxlar hali ham o'zining odatiy me'yoridan ancha baland. Misol uchun, 2025-yilning kuz oylariga qadar o'rtacha 32 GB DDR5 xotira to'plami taxminan 95–100 yevro atrofida bo'lgan.

❤64⚡26👍10💯5🔥3👨💻3👏2🤝2
📲 To‘q qizil rang iPhone 18 Pro'ning asosiy rangiga aylanishi mumkin. U «kosmik to’q sariq» rangining o‘rnini egallaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda korpusi to’q qizil rangidagi qurilma suratlari paydo bo‘la boshladi. Boshqa yangi ranglar — qahva va binafsha rang. An’anaviy oq va ko‘k ranglar esa bo‘lmaydiganga o‘xshaydi.

👍60❤18😁12🤓10🤯5😡4💯3🫡2🔥1👨💻1🤝1
⚡️GTA 6 narxi deyarli 100 yevro bo‘lishi mumkin — xorijiy onlayn-do‘konlardan biri uzoq kutilgan o‘yinga shunday narx belgiladi.
«Loaded» do’koni Xbox Series X va Series S uchun o’yin narxini 104 yevro, shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasini esa taxminan 71 yevro qilib belgilagan.
O‘yin 2026-yil 19-noyabrda konsollar uchun chiqadi.

⚡80🤯22👍17❤5😁4🔥2🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Monakodagi avtomaktabda mashina haydashni Porsche 911 Carrera sportkarida o‘rgatishmoqda.
Mamlakatda sportkarlar shu qadar ommalashganki, puldor bo‘lajak haydovchilarga hamma narsani birdaniga premium mashinada ko‘rsatishga qaror qilishgan. Chunki ular avvallari haydovchilik guvohnomasini olgach, iqtibos: «o‘zlarining Lamborghini'siga o‘tirishardi va uni hayday olishmas edi».

👍95🔥14🤯14👏9😨4❤3😁2🤝2🫡2🤓1
💿 Xotira bozoridagi vaziyat: Reddit foydalanuvchisiga qattiq disklarni Buyuk Britaniyadan xarid qilgandan ko‘ra AQShga uchib borib olish arzonroqqa tushdi.
Yigitga 28 TB sig‘imli o‘nta HDD kerak bo‘lgan. Britaniya do‘konlarida ular 760 dollardan, AQShda esa 400 dollardan sotiladi. Natijada u xarid uchun Nyu-Yorkka uchishga qaror qilgan.
Barcha xarajatlardan so‘ng Reddit'chi 2000 dollar tejab qolgan.

👏150🤯40😁34👍8❤6⚡5🔥2🫡2🤝1
Samarqandda yopiq biznes-kechki ovqat | 26-mart soat 19:00 da
2026-yilda IT-infratuzilmani samarali boshqarish
🔹 Servercore IT-infratuzilma provayderi o'z tadbirlari geografiyasini kengaytirmoqda va Samarqandga ilk bor tashrif buyurmoqda!
Kompaniya dasturchilar, IT-mutaxassislar va biznes rahbarlarini yopiq biznes-kechki ovqatga taklif qiladi. Provayder ekspertlari O'zbekistondagi kompaniyalar IT-infratuzilmani qanday qilib samarali boshqarishi va xarajatlarni optimallashtirishi mumkinligi haqida so'zlab berishadi.
➡️ Havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://srv.cr/vt80i
Ishtirokchilar quyidagi mavzularni muhokama qilishlari mumkin:
▪️ O'zbekistondagi mahalliy kompaniyalarning amaliy tajribasi va keyslari
▪️ FinOps amaliyotlari va infratuzilma xarajatlarini optimallashtirish
▪️ Axborot xavfsizligi masalalari
▪️ Biznesni rivojlantirish uchun bulutli serverlar imkoniyatlari
Rasmiy qismdan so'ng — IT-netvorking. Ekspertlar bilan kasbiy mavzularda suhbatlashish, tajriba almashish va mazali kechki ovqat.
⚠️ Oldindan ro'yxatdan o'tishni unutmang, joylar soni cheklangan. Tadbir o'tkaziladigan aniq manzil arizangiz tasdiqlanganidan so'ng menejer tomonidan yuboriladi.
Reklama

🔥13👍5❤4👏2😢2⚡1🎉1