AI | DigiTech
51.9K subscribers
3.28K photos
1.63K videos
2.98K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⌨️ Xitoyliklar ekranli klaviaturani namoyish etishdi — bu 60 hz chastotali va sensorli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlovchi o‘rnatilgan 4K displeydir.

Qurilmani «ikkinchi monitor» sifatida ishlatish uchun ikkita USB-C porti orqali Windows, macOS, Linux, Android va iOS asosidagi qurilmalarga ulash mumkin. Og‘irligi taxminan 1 kg bo‘lib, narxi 279 dollardan boshlanadi.

Noutbukni qayta kashf etishibdi :)

📟 DigiTech
💯59😁3710👍10🔥4🤝21🫡1
👨‍💻 Yigit ishga joylashish uchun onlayn suhbatga o‘zi o‘rniga sun’iy intellekt agentini yubordi, uni suhbatdan o’tkazgan HR xodim ham sun’iy intellekt bo’lib chiqdi.

Neyrotarmoqlar bir-biri bilan shiddatli yozishishni boshlashdi va natijada Tarantino uslubidagi dialog paydo bo‘ldi:

— O‘zingiz haqingizda so‘zlab bering?
— Albatta! Men dinamik muhitda yaxshi ishlaydigan g‘ayratli mutaxassisman.
— Bu juda mazmunli javob.
— Rahmat! Siz mutlaqo haqsiz.
— Siz ham mutlaqo haqsiz.
— Ikkalamiz ham mutlaqo haqmiz.
— Hammasi juda yaxshi ketyapti.
— Aynan shunday.
— Siz mutlaqo haqsiz.
— Siz mutlaqo haqsiz.
— Siz mutlaqo haqsiz.
— Siz mutlaqo haqsiz.


Shundan so‘ng «Siz mutlaqo haqsiz» iborasi bilan 14 sahifa to’lib ketgan :)

📟 DigiTech
😁433🤯2413🤓3🔥2💯2👍1👏1🫡1
⚡️OpenAI OpenClaw yaratuvchisi Piter Shtaynbergerni ishga oldi. U «yangi avlod sun’iy intellekt agentlari» ustida ishlaydi.

Piterdan agentlar uchun katta o‘zgarishlar kutilmoqda: ular «hatto qariyalar ham bemalol foydalana oladigan» darajada oddiy bo‘lishi kerak.

OpenClaw maxsus jamg‘arma boshqaruviga o‘tadi va ochiq kodli bo’lib qoladi. Piter o‘z loyihasi shunchalik ko‘p e’tibor tortganidan hayratda. Biroq u katta biznes qurish o‘rniga yangi narsalar yaratishni xohlaydi.

📟 DigiTech
👍58🤯127🫡4💯21👨‍💻1🤝1
📱Insayderlar kelajakdagi Xiaomi 18 ning dizaynini oshkor qilishdi, u iPhone 16 Pro'ning nusxasi bo’lib chiqdi

Aytgancha, hozirgi Xiaomi 17 Pro ham Apple flagmanining kloni hisoblanadi.

Xitoy hech qachon o‘zgarmaydi :)

📟 DigiTech
😁149💯19🔥752👍2🎉2🤯1😢1👨‍💻1🤝1
🕹️ Xotira tanqisligi sababli PlayStation 6 ning chiqarilishi 1-2 yilga kechikishi mumkin.

Sony 1994-yildan beri har 6-7 yilda yangi konsollarni chiqarib kelgan, shu sababli PS6 PS5 chiqarilganidan 7 yil o‘tgach, 2027-yilda chiqarilishi kerak edi.

Operativ xotira narxining oshishi tufayli, kompaniya konsol narxini oshirmaslik uchun an’anaviy chiqarish jadvalini o‘zgartirishi mumkin.

📟 DigiTech
👍70🔥19😢18😨76🤯3💯21👨‍💻1🤝1
⚡️Olimlar keramik varaqqa 2 TB ma’lumot yozishga muvaffaq bo’lishdi. Buning uchun ular dunyodagi eng kichik QR-kodni ishlab chiqishdi.

Kodning o‘lchami atigi 1,98 kvadrat mikrometr. U ko‘pchilik ma’lum bakteriyalardan ham kichik va uni deyarli o‘chirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u hatto oddiy mikroskop ostida ham ko‘rinmaydi.

Bu kodlar tushirilgan keramik plyonka sovutish yoki energiya manbaiga muhtoj emas. Umid qilamizki, ular bizni xotira tanqisligidan xalos etadi.

📟 DigiTech
🤯130👍3331🔥6🤝5🫡43😁2👨‍💻2💯1
⚡️YouTube’dagi eng birinchi video endi muzeyda namoyish etilmoqda. Dizaynerlar 2005-yilgi «Men hayvonot bog‘idaman» deb nomlangan ilk video joylashtirilgan arxiv sahifasini qayta tiklashdi.

Ko‘rgazma Viktoriya va Albert muzeyida ochildi. Videolavha butun internet madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan «foydalanuvchi kontentining shakllanishidagi muhim nuqta» deb baholandi.

YouTube asoschilaridan biri hayvonot bog'ida 19 soniya fillar haqida gapirgan original video esa allaqachon 382 million marta ko‘rilgan.

📟 DigiTech
💯81👍24🔥22😁129👏3🤝21👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Samsung Galaxy Z TriFold qimmatbaho smartfonining ekrani o‘z-o‘zidan buzilmoqda — qurilma bo’yicha dastlabki shikoyatlar paydo bo‘ldi.

Foydalanuvchilar ekranning o‘chib qolishi, miltillashi va unda chiziqlar paydo bo‘lishidan shikoyat qilishmoqda. Bir foydalanuvchi smartfon ekrani bir oydan keyin butunlay ishdan chiqqani haqida Reddit'da bo’lishdi. Dastlab qayta ishga tushirish yordam bergan, ammo keyinchalik ekran matrisasi butunlay «o‘chgan». Boshqa bir foydalanuvchining qurilmasi displeyi esa xariddan besh kundan so‘ng ishlamay qolgan.

📟 DigiTech
🤯39🔥198👍7😁6😨2👏1💯1👨‍💻1🤝1
⚡️Google o‘zining eng aqlli modeli — Gemini 3.1 Pro'ni chiqardi. U top neyrotarmoqlar orasida dasturlash, dizayn hamda ilmiy masalalarni yechish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Gemini 3.1 Pro ARC-AGI-2 benchmarkida rekord darajadagi 77,1% natijani qayd etdi. Model bitta so‘rovning o‘zida ishlaydigan ilova yozishi, zamonaviy animatsiya yaratishi yoki Xalqaro kosmik stansiyaning Yerni kuzatish simulyatsiyasini tuzishi mumkin.

Ushbu model allaqachon barcha foydalanuvchilar uchun mavjud.

📟 DigiTech
👍73🔥239🤯8🤝3💯21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Neuralink'ning xitoylik raqobatchisi allaqachon 50 kishiga chiplar o’rnatdi — bu Ilon Mask'ning kompaniyasidan deyarli uch baravar ko‘proq.

NeuroXess Xitoy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va ularning texnologiyasi ancha xavfsiz hisoblanadi: Xitoyda chipni miya to‘qimasiga joylashtirish o‘rniga, miya sirtiga maxsus to‘r implantatsiya qilinadi.

Har ikki usul yordamida bemorlar fikr kuchi bilan kompyuterdan foydalana olishadi, hatto samolyot va robotlarni ham boshqara olishadi.

📟 DigiTech
1🔥79🤯38😁128👍71😢1🤝1
🔐 Sun’iy intellekt yordamida parol yaratish — yomon g‘oya. Hatto eski kompyuter ham ularni bir necha soat ichida buzib kira oladi.

Sinovdan Claude, ChatGPT va Gemini kabi barcha top modellar o‘ta olmadi. Ular 16 xonali parollarni o‘ylab topishdi, bu parollar juda ishonchli ko‘rinardi. ChatGPT hatto o‘zi yaratgan parolini yechishga 10 mlrd yil ketishiga ishontirgan.

Ammo barcha modellar qayta-qayta bir xil qoliplardan foydalangan va ba’zan o‘zini takrorlagan. Shu sababli ularning xavfsizligi birinchi uy hayvoningiz ismidan ham pastroq.

📟 DigiTech
😁175🔥107👍7🤯4💯2🫡21🤓1🤝1
⚡️Windows endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi — Microsoft sun’iy intellektga asoslangan operatsion tizimning yangilanishlarini ko’rsatdi.

Yaqin orada Windows 11 da standart qidiruv o‘rnini almashtiradigan Ask Copilot paydo bo‘ladi. Sun’iy intellekt nafaqat fayllarni qidirishi, balki vazifalarni bajarish uchun agentlarni ham ishga tushirishi mumkin bo’ladi.

Researcher agenti vazifalar panelidagi jarayon indikatori yordamida fonda (10+ daqiqa) tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, «File Explorer»da hujjatlar bo‘yicha qisqa ma’lumotlar beradigan va savollarga javob beradigan Copilot tugmasi paydo bo‘ladi.

📟 DigiTech
56🔥24👍11👏5😁3🫡32💯2