AI | DigiTech
56K subscribers
3.11K photos
1.58K videos
2.82K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🛜 Eron aksariyat fuqarolari uchun internetni butunlay o‘chirib qo‘yishga tayyorlanmoqda.

Filterwatch ma’lumotlariga ko‘ra, global internetga kirish faqat amaldorlar va maxsus tekshiruvdan o‘tgan fuqarolar uchun mumkin bo’ladi. Qolgan barcha aholiga esa faqat davlat tomonidan to‘liq nazorat qilinadigan milliy tarmoqdan foydalanish imkoniyati qoldiriladi.

Shu sabab Eronda 10 kundan ortiq vaqtdan beri tarixdagi eng yirik aloqa uzilishi davom etmoqda.

📟 DigiTech
👍79🫡25😨96🤯6😢5👏4💯32🔥2😁2
🌆 Mercedes Dubayda 13 000 xonadonga mo‘ljallangan ulkan turar-joy majmuasini qurmoqda. Aytishlaricha, bu 8,2 milliard dollarlik butun boshli mini-shahar bo‘ladi.

Kompaniyaning turar-joy majmuasi 930 000 kvadrat metr maydonni egallaydi va eng baland minorasi 341 metr bo‘lgan 12 ta osmono‘par binoni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, majmuada xususiy savdo markazlari, restoranlar, suzish havzalari va katta bog‘ bo‘lishi va’da qilinmoqda. Binolar esa avtomobil modellari sharafiga — Vision Iconic, Maybach kabi nomlar bilan ataladi.

Majmuani 2028-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. U yerdagi bir xonali xonadonlar narxi 2,6 million dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🤯100🔥1916👍14👏3😢1💯1🤝1🫡1
⚡️Noto‘g‘ri uyqu rejimi yurak xuruji xavfini ikki baravarga oshirib, demensiya va depressiyaga olib keladi — NYT tadqiqoti uyqu rejimi sog‘liqqa qanday ta’sir qilishini ko‘rsatdi.

Olimlar 88 ming kishining ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi: turli vaqtlarda yotib-turadigan odamlar miyadan tortib yurakkacha bo‘lgan barcha sohalarda aziyat chekishadi.

Tartibsiz uyqu sirkad ritmlarni izdan chiqaradi: tana kortizol va melatoninni qachon ajratishni bilmay qoladi. Moddalar almashinuvi buziladi, immunitet pasayadi va yallig‘lanish jarayonlari kuchayib ketadi.

Ammo buni quyidagicha tuzatish mumkin:
- Har kuni ertalab bir xil vaqtda tashqariga chiqing: havo bulut bo‘lsa ham, 20-30 daqiqa ko‘chada yuring.
- Agar tashqariga chiqolmasangiz, ertalab yorug‘ chiroqdan foydalaning: u qisman quyosh vazifasini bajaradi.
- Uyqudan bir soat oldin «budilnik»ga qo‘ying va uyquga tayyorlaning: kitob o‘qing, meditatsiya qiling, telefonni qo‘lga olmang.
- Dam olish kunlarida ham jadvalga amal qiling: 30 daqiqadan ortiq farq ham zararli hisoblanadi.


📟 DigiTech
🔥6311👏11👍75🫡4🤯3😁2😢2🤝2👨‍💻1
📱Smartfonlar bozorida bir vaqtlar muhim bo‘lgan yana bir ishtirokchi o‘tmishga aylanmoqda: ASUS mobil qurilmalarni ishlab chiqarishni to‘xtatishini e’lon qildi.

Shu yildan boshlab Tayvanlik ishlab chiqaruvchi bozorni «muddatsiz kuzatish»ga o‘tadi, mavjud modellarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Barcha moliyaviy hamda muhandislik resurslarini esa shaxsiy kompyuterlar, sun’iy intellekt qurilmalari va robotlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi.

ASUS 2014-yildan boshlab Android smartfonlarni ishlab chiqarib kelgan edi: dastlab klassik (qiziqarli xususiyatlarga ega) ZenFone'lar, keyinchalik esa o‘yin uchun mo‘ljallangan ROG Phone'lar. Tahlilchilarning baholashicha, 2020-yildayoq ASUS'ning jahon bozoridagi ulushi 2 foizdan pastga tushib ketgan, 2025-yil oxiriga kelib esa taxminan 0,25 foizgacha qisqargan.


📟 DigiTech
😢78🫡1711👍6🤝5😨42🤯1💯1👨‍💻1
👨‍💻 Neyron tarmoqlar bo‘yicha bepul kurslar jamlangan sayt. Unda OpenAI, Microsoft va boshqa yetakchi kompaniyalarning kurslarini topasiz.

Learn AI Go Where saytida sun’iy intellekt mavzusiga oid o‘nlab tasdiqlangan kurslar, qo‘llanmalar va boshqa foydali materiallar mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍5010🔥6👨‍💻41💯1🤝1🫡1
📲 Yubiley iPhone XX egiluvchan ekran va ko‘rinmas kameraga ega bo‘lishi mumkin.

iPhone'ning 20 yilligi munosabati bilan Apple 2027-yilda «inqilobiy» smartfonni chiqarishi mumkin. Unda ekran ostiga joylashtirilgan selfi-kamera va Face ID, yangi dizayn hamda egiluvchan displey bo‘ladi.

📟 DigiTech
😁11020🤯13👍10🔥6😨3🤔2🤝21💯1🫡1
⚡️Microsoft sun’iy intellektlar yaqin yillarda insonlarni almashtiradigan va ular xavf solmaydigan kasblarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

Xavf ostida qolganlar:
- tarjimonlar
- tarixchilar
- operatorlar
- modellar
- web dasturchilar
- jurnalistlar
- savdo vakillari
- yozuvchilar va mualliflar
- va ko‘plab boshqalar, shu jumladan o‘qituvchilar ham.


Hozircha ko‘prik ta’mirlovchilari, temiryo’l quruvchilari, suv tozalash inshootlari xodimlari, quyuvchilar va boshqa ishchilar xotirjam bo‘lishlari mumkin.

📟 DigiTech
🤯86😁3712👍11😢5😨4🫡3💯2🔥1🤝1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧊 Antarktidada jahon muz ombori ochildi — unda sayyoraning turli burchaklaridan olingan muz namunalari to‘planadi.

Qor bunkeri Konkordiya ilmiy stansiyasidagi g‘orda joylashgan bo‘lib, u kelajak avlodlar va tadqiqotlar uchun eriyotgan muzliklarning noyob iqlim arxivi vazifasini bajaradi.

Bunker ichida yil davomida -52°C harorat saqlanib turadi, shu tufayli muzlarni muzlatgich uskunalarisiz «asrlar» mobaynida saqlash mumkin.

📟 DigiTech
🤯72👏25👍1814😁63💯3🔥1🤔1🤝1🫡1
⚡️Kioxia kompaniyasi arzon SSD'lar endi bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi. Yirik xotira ishlab chiqaruvchilardan biri sun’iy intellekt kompaniyalarining talabi tufayli 2027-yilgacha barcha mahsulotlarini sotib bo‘ldi.

Xotira narxi allaqachon o‘rtacha 50 foizga oshgan. Bu yil narxlar yana ko‘tarilishda davom etadi. Vaziyatni tushunish uchun: yaqinda Reddit foydalanuvchisi 125 dollarga SSD buyurtma qildi. Uning buyurtmasi hech qanday tushuntirishsiz darhol bekor qilindi. Keyin xuddi shu xotira plastinkalari 400 dollarga qayta sotuvga qo‘yildi.

📟 DigiTech
54👍22😢15😡11🤓8👏7🔥2👨‍💻21🎉1🤝1
⚡️Xakerlar allaqachon RTX 6090 va iPhone 20 qanday ko‘rinishda bo’lishini bilishadi — NVIDIA va Apple'ning asosiy hamkori tizimini buzib kirishdi.

Xitoyning Luxshare zavodi RansomHub guruhi hujumiga uchradi — jami 1 TB dan ortiq maxfiy ma’lumotlar o‘g‘irlandi. Bular orasida gadjetlarning 3D modellari va chizmalari, qismlar haqidagi ma’lumotlar, hatto muhandislarning shaxsiy hujjatlari ham bor.

Xakerlar dalil sifatida fayllarning bir qismini tarmoqqa chiqarishdi: ularning dastlabki tahlili bo’yicha, bu haqiqatan ham hali chiqmagan qurilmalarning muhandislik chizmalari bo‘lishi mumkin.


Kompaniyaning o‘zi buzib kirilgani faktini rasman tasdiqlamadi, ammo xakerlar to‘lov talab qilishmoqda, aks holda barcha ma’lumotlarni internetga tarqatib yuborish bilan tahdid qilishyapti.

📟 DigiTech
🤯84😁497🤝7💯4👍3👏3🫡32😨2
🥣 NASA Marsda astronavtlarni nima bilan oziqlantirishni o‘ylab topgan odamga 750 000 dollar to‘lashga tayyor — kompaniya yangi tanlovni e’lon qildi.

Istagan odam Marsda oziq-ovqat yetishtirish va tayyorlashdan iborat to’liq qollanmani yuborishi mumkin. Barcha taklif etilgan variantlar Yerdan ta'minotsiz ishlashi kerak — takliflar 2026-yil sentyabrigacha qabul qilinadi.

📟 DigiTech
1👍131🤯3711🤝53🫡3💯2🔥1👏1
🎥 YouTube’da sun’iy intellektda yaratilgan videolar yanada ko‘payadi: bu yil Google blogerlarga o‘z neyron nusxalari bilan shorts videolar yaratish imkonini beruvchi yangi funksiyani ishga tushiradi.

Bu funksiya qanday ishlashi va aniq qachon ishga tushirilishi haqida keyinroq ma’lumot berilishi va’da qilindi. Ammo hozirning o‘zida YouTube’dagi har beshinchi yangi video sun’iy intellekt yordamida yaratilmoqda. Ba’zida bu videolar shunchalik sifatli chiqmoqdaki, hatto ommaviy axborot vositalari ham ularning soxtaligini aniqlay olmayapti.

📟 DigiTech
😨56👍158😡7🔥3🤯3😢3💯2🫡2👏1🤓1
⚡️Sun’iy yo‘ldoshlar orqali 6 Tbit/s tezlikdagi internet — milliarder Jeff Bezosning Blue Origin kosmik kompaniyasi Starlink'dan minglab marta tezroq ishlaydigan internetni ishga tushirishini e’lon qildi.

Kompaniyaning sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i Yer atrofidagi past orbitada 5280 ta va o‘rta orbitada 128 ta qurilmani o‘z ichiga oladi hamda 2027-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.

Lekin faqat korporativ mijozlarni ulash rejalashtirilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ularning soni 100 000 tadan oshmasligi ko‘zda tutilgan — oddiy foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalana olmaydilar. Solishtirish uchun: Starlink hozirda ~400 Mbit/s tezlikni ta’minlamoqda.

📟 DigiTech
👍68🔥23😢1195🫡3👏1😁1💯1🤝1
⚡️Tramp Grenlandiyaning har bir fuqarosiga 1 million dollardan to‘lamoqchi. Yagona shart — AQSh'ga qo‘shilish uchun ovoz berish.

Orolda hozirda 57 ming kishi yashaydi, shuning uchun bunday xarid AQSh'ga taxminan 57 milliard dollarga tushadi.

Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqqan Amerika rahbari AQSh Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun harbiy kuch ishlatmasligiga va'da berdi.

📟 DigiTech
👍89😁61🤯2010😡10😨3🤝3🔥21💯1🫡1
🚘 Avtomobillar yuvish tarmog‘i AQSh'ning eng yaxshi ish beruvchilari reytingida Nvidia va Google'ni ortda qoldirdi.

Yirik texnologik kompaniyalar ularga martaba o‘sishi imkoniyatlari, maosh, ish va shaxsiy hayot muvozanati (work-life balance) hamda boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha yutqazdi. Baholash xodimlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirilgan.

Apple esa hatto top o’ntalikka ham kira olmadi, iPhone ishlab chiqaruvchilari ro’yxatda 77-o‘rinni egalladi.

📟 DigiTech
😁78👍207🤯7🔥3💯2🫡2🤝1