AI | DigiTech
56K subscribers
3.11K photos
1.58K videos
2.82K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🕹️ Smartfonlar uchun Subway Surfers City o‘yinining yangi qismi chiqmoqda — afsonaviy o‘yinning yangi qismi originali chiqqanidan 14 yil o‘tgach chiqarilmoqda.

O‘yin asosi — temir yo‘l bo‘ylab qo‘riqchilardan qochish o‘zgarmay qoladi, biroq unga zamonaviy grafika, ko‘plab kuchaytirgichlar va turli rejimlar, shu jumladan multipleyer rejimi ham qo‘shiladi.

O‘yin 26-fevralda chiqadi. Uni hozirdanoq App Store va Google Play orqali oldindan yuklab olish mumkin.

📟 DigiTech
💯72👍2413🔥8🤯5🫡4🤝31👏1😢1😡1
🇺🇿🇯🇵 O‘zbekistonda o‘qib, Yaponiyada IT sohasida rasmiy ish boshlash mumkin!

Japan Digital University 2026–2027 o‘quv yili uchun qabulni rasman boshladi.
Agar kelajagingizni Yaponiya bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, JDU — siz uchun to‘g‘ri tanlov.

🎓 Sizni kutayotgan imkoniyatlar:
— O‘zbekistonda turib Yaponiya universiteti diplomini qo‘lga kiritish
— O‘qish davomida Yaponiyada amaliyot o‘tash
— Yapon tili va IT bilimlarini bir vaqtda o‘rganish
— Universitetni bitirgach Yaponiyada ishga joylashishda ko‘mak
— O‘qishni tugatmasdan turib Yaponiya IT kompaniyalaridan ish takliflari

📚 Ta’lim yo‘nalishlari:
— IT menejment fakulteti
— Muhandis-dasturchi
— Grafik dizayn
— Sun’iy intellekt
— Kiberxavfsizlik

🇯🇵 JDU bitiruvchilari allaqachon Yaponiyada IT sohasida faoliyat boshlashgan.. Endi navbat sizniki!

🚀 Japan Digital University — Yaponiyaga eltuvchi ishonchli yo‘l!


👉HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN


Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site

Reklama
👏278🔥42🤝2
🧠 OpenAI rahbari Sem Altman inson miyasini sun’iy intellekt bilan birlashtirish texnologiyasini ishlab chiqmoqchi. Altman ushbu texnologiya insonlar qobiliyatlarini eng yuqori darajaga ko‘tarishga imkon berishini va’da qilmoqda.

Uning yangi ochilgan Merge Labs kompaniyasi mutlaqo yangi «miya-kompyuter» interfeysini ishlab chiqmoqda. Bu interfeys Ilon Maskning Neuralink'idan farqli o‘laroq, bosh miyaga o‘rnatilmasdan ishlashi mumkin bo‘ladi. Ya'ni hech qanday jarrohliksiz.

Chip neyronlar bilan molekulyar darajada bog‘lanadi va ultratovush orqali ma’lumotlarni uzatadi — aytishlaricha, ularda allaqachon bu mumkinligini isbotlovchi ishlanmalar mavjud.

📟 DigiTech
👏65🤯46😡107🔥5🤔5👍32💯2🤝1
AI | DigiTech
Photo
📲 Honor iPhone 17 Pro dizaynini ko‘chirgan smartfonida kameralardan biri soxta bo’lib chiqdi.

Honor Power 2 da «tanish» to‘q sariq korpus va bo‘rtib chiqqan kamera moduli mavjud. Hatto kameralar soni ham bir xil, ammo smartfon ichida atigi ikkita obyektiv mavjud.

📟 DigiTech
😁209👍129🎉5🔥3🤯2😢2👏1🤔1🤓1🫡1
📱Insayderlar iPhone 18 Pro va buklanadigan iPhone Fold'ning barcha texnik xususiyatlarini oshkor qilishdi.

iPhone 18 Pro va Pro Max ekran ostidagi Face ID, selfi-kamera uchun kichik kesma va yangilangan chipga ega bo‘ladi.

iPhone Fold'da ikkita orqa kamera va yana ikkita kichik kesimli old kamera, shuningdek, yuz skaneri o‘rniga Touch ID bo‘ladi.

Flagmanlar taqdimoti sentyabr oyida, iPhone 18 va iPhone 18e esa 2027-yil bahorida namoyish etilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍62😁29🔥12😡6🤯4😢4👏3🤓2🫡2💯1🤝1
📲 Endi ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday inson hind bo‘lib chiqishi mumkin — foydalanuvchilar Kling Motion Control neyrotarmog‘i qanday ishlashini ko‘rsatishdi: realistik animatsiya, harakat va hatto kiyimlarning fizikasi ham juda tabiiy generatsiya qilinadi.

Avatar yaratish uchun qisqa video olish, birinchi kadr asosida kerakli odam fotosuratini generatsiya qilish va uni sun’iy intellektga yuklash kifoya.

📟 DigiTech
🤯100😁2211👍5😨43😢3💯2🫡2🔥1
👨‍💻 Reddit foydalanuvchisi 2018-yilgi MacBook'ni batareya almashtirish uchun rasmiy servis markaziga topshirdi — Apple esa unga yangi top MacBook Pro'ni qaytarib berdi.

Xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari eski noutbukni ta'mirlash paytida tasodifan shikastlab qo‘yishdi. Yigitga uning qurilmasi «xususiyatlari jihatdan eng yaqin model»ga almashtirilishini aytishdi.

Natijada u M4 Pro chipli, ekrani maxsus mat qoplamali va 1 terabayt xotirali 16 dyuymli MacBook Pro oldi. Bunday model 4300 dollar turadi, ammo redditordan bir tiyin ham olishmadi.

📟 DigiTech
👍152🔥2625🤝102👏2🫡2🥰1💯1🎄1😡1
📲 iPhone 18 Pro shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Internetda so‘nggi insaydlar asosida tayyorlangan renderlar paydo bo‘ldi.

Qurilma yangi to‘q qizil, qahva rang va binafsha ranglarda chiqishi, old kamera esa chap burchakka ko‘chirilishi mumkin. Dinamik orol qoladi, ammo «peshonasidagi» kesma bo‘lmaydi.

📟 DigiTech
59😁38👍15😢9👏5🔥3🤯2👨‍💻2💯1😨1🫡1