AI | DigiTech
56K subscribers
3.04K photos
1.57K videos
2.77K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Telegram kanallar mualliflari Yandex Ads orqali 57 mln dollardan ortiq daromad oldi

Yandex Uzbekistan Telegram'da kanal rivojlantirayotgan mualliflar va media uchun qo‘llab-quvvatlashni kengaytirdi. Endi kreatorlar Yandex Ads orqali reklamaviy beruvchilarni mustaqil qidirmasdan turib, ekspertlar yordami va reklamani avtomatik joylashtirish orqali o‘z kontentidan daromad olishlari mumkin.

👉 2023 yilda monetizatsiya ishga tushirilganidan beri Yandex Advertising Network hamkorlari 57 mln AQSH dollaridan ortiq daromad oldi. Bugungi kunda tarmoq butun dunyo bo‘ylab 18 000 dan ortiq Telegram kanalni birlashtiradi, ularning umumiy auditoriyasi 320 mln obunachidan iborat.

📈 2025 yilda biznes Yandex Ads orqali Telegram'da ilgari surishga kiritilgan investitsiyalarni ikki barobarga oshirdi. Kompaniyalar undan brend taniqliligini oshirish va savdoni ko‘paytirish uchun yanada faol foydalanishmoqda.
👏379🔥6👍5🤯31💯1🤝1
👟 AQSh'da tezroq yurish va kamroq charchash imkonini beruvchi Dephy Sidekick kiber-krossovkalari namoyish etildi.

To‘plam to‘piq uchun ekzoskelet va maxsus mahkamlagichdan iborat. Ular birgalikda qo‘shimcha boldir mushagi vazifasini bajarib, harakatlarni yengillashtiradi.

Qizig’i shundaki, Nike shunga o‘xshash mahsulotni faqat 2028-yilda chiqarmoqchi edi, bularni esa hoziroq — 4500 dollarga xarid qilish mumkin.

📟 DigiTech
44🤯1811👍10👏5🔥2🤓2💯1🤝1🫡1🎄1
⚡️SSD narxlari yana ikki baravarga ko‘tariladi.

Inqiroz va operativ xotiraning keskin yetishmasligi bozorni tom ma’noda yo’q qilmoqda: masalan, yirik Sandisk kompaniyasi ikki oydan so‘ng SSD narxini 100% ga oshiradi.

2026-yil mart oyidan boshlab qattiq disklar qimmatlashib boradi. Bu tendensiya butun bozorga ta'sir qiladi.

SSD olishni o’ylab yurgan bo’lsangiz hozir ayni vaqti.

📟 DigiTech
😢83🤯207👍5👨‍💻32💯2🤝1🫡1
🩴 Nike diqqatni jamlash va xavotirni kamaytirishga yordam beradigan Nike Mind poyabzal seriyasini chiqardi. Uni neyrobiologlar bilan birgalikda ishlab chiqishgan.

Mind seriyasi krossovkalar va shippaklardan iborat. Ularga oyoqdagi minglab retseptorlar orqali miyaga ta'sir o’tkazuvchi maxsus sharchalar joylashtirilgan.

AQSh'da narxi 95 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👏521715👍9🤯9😁2🤝2🫡2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Samsung ovozli boshqaruvga ega muzlatgichni chiqardi — agar qo‘lingiz band bo‘lsa, u ovozli buyruq bilan muzlatgich eshiklarini o‘zi ochib-yopadi.

Bundan tashqari, unda Gemini asosida ishlaydigan sun’iy intellekt mavjud bo‘lib, u mahsulotlarni avtomatik ravishda aniqlaydi va ularning yaroqlilik muddatini nazorat qiladi.

Sotuvlar yaqin oylarda boshlanadi, narxi esa keyinroq e’lon qilinadi.

📟 DigiTech
👏72👍1812🔥6😁41💯1👨‍💻1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📷 Dreame endi nafaqat fenlar va superkarlar, balki kameralarni ham ishlab chiqarishni boshlaydi.

Birinchi model modulli Leaptic Cube bo‘ldi — u 50 megapikselli sensor, 8K 30 fps'da tasvirga olish imkoniyati va ajraladigan displeyga ega. Shuningdek, suvdan himoya va microSD sloti mavjud, qurilmaning batareyasi zaryadi bazaviy holatda 90 daqiqa, displey ulangan holda esa 200 daqiqaga yetadi.

Narxi 440 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👏38👍116💯6🤯2🤓1🤝1🫡1
📱TikTok sabab iPhone 4 ga bo‘lgan talab deyarli 1000% ga oshib ketdi.

16 yillik smartfonda olingan vintaj uslubidagi suratlar trendga aylandi. Hozirda iPhone 4 ni 150 000 – 200 000 so’mga sotib olish mumkin.

Biroq, unda muhim ma’lumotlarni saqlash tavsiya etilmaydi, chunki iOS 7.1.2 xavfsizligi ancha vaqt oldin eskirgan.

📟 DigiTech
💯8018🤯14😁7👍6👏4🔥2😡21🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bitkoinlarni mayning qiladigan Superheat H1 suv isitgichi namoyish etildi

Bu ixtiro quyidagicha ishlaydi: o‘rnatilgan ASIC mayneri kriptovalyutani qazib oladi, chipdan ajralib chiqadigan issiqlik esa bakdagi suvni isitishga sarflanadi. Olingan kriptovalyuta to’g’ri foydalanuvchining hamyoniga tushadi, bu nafaqat suvni isitish xarajatlarini qoplash, balki foyda olish imkonini ham beradi.

Shu bilan birga, kompaniya elektr energiyasi sarfi oddiy modellarga nisbatan oshib ketmasligini va’da qilmoqda.

Uning narxi taxminan 2000 dollar bo’ladi.

📟 DigiTech
62👍32💯5😡4🤯31🔥1👏1👨‍💻1🤝1🫡1
🤖 Hech narsa to‘xtata olmaydigan xitoy avtopiloti.

Neolix kompaniyasining buyurtmalarni yetkazib beruvchi robotlari na yomon yo‘llardan, na yangi quyilgan betondan cho‘chiydi: ularni o‘z maqsadlari yo’lida hechnima to’xtata olmaydi va ba’zida hatto to‘xtash joylaridagi mopedlarni ham urib yuborishadi.

📟 DigiTech
😁1566👏5🤯42💯2🔥1🫡1
🌒 Insonlar 6-fevralda Oyga qaytishadi

NASA Artemis II missiyasiga tayyorgarlikni yakunlamoqda — bu 50 yil ichida Oyga birinchi boshqariladigan parvoz bo’ladi. Raketa deyarli tayyor bo‘lgan, agar yonilg‘i bakini to‘ldirish va sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, u fevral oyining boshidayoq uchiriladi.

To‘rt nafar astronavtdan iborat ekipaj Oy yuzasiga qo‘nmasdan uni aylanib chiqadi.

📟 DigiTech
🔥71🤯2211👍108🫡4💯3🤝2😢1🎉1
📲 iPhone'lardagi yangi Siri asosiy raqobatchilardan biri — Google Gemini'ning sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu hamkorlik Apple'ga yiliga kamida 1 milliard dollarga tushishi mumkin.

Apple vakillarining ta’kidlashlaricha: «Batafsil tahlillardan so‘ng, Google texnologiyalari Apple Foundation modellari uchun eng ishonchli asosni ta’minlaydi degan qarorga keldik, va biz bu texnologiya foydalanuvchilarimizga taqdim etadigan innovatsion yangi imkoniyatlardan mamnunmiz.»

S
un’iy intellektga ega yangilangan Siri 2024-yil yozida namoyish etilgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay uning chiqarilishi aniq muddatsiz kechiktirildi. Endi yangilanish 2026-yilning ikkinchi yarmida kutilmoqda.

📟 DigiTech
1😁48🔥14👍97👨‍💻2🫡2😡2🤯1💯1🤝1