AI | DigiTech
54.4K subscribers
3.01K photos
1.56K videos
2.73K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🕰️ Vaqt haqiqatan ham yil sayin tezroq o‘tmoqda — vaqt o‘tishi bilan miya xotirani tejash uchun kundalik ishlarning bir qismini shunchaki e’tiborsiz qoldirishi ma'lum bo’ldi.

Biz ulg'ayganimiz sari vaqtni soatlarga qarab emas, voqealarga qarab anglay boshlaymiz. Agar yil davomida hech qanday qiziqarli hodisa sodir bo‘lmagan bo‘lsa, u sezilmay o‘tib ketganga o‘xshaydi.

Yangi taassurotlar va noodatiy ssenariylar vaqtni «sekinlashtirishi» mumkin — masalan, tasodifiy yo‘nalishlar bo‘ylab yurish yoki turli xil taomlar tayyorlash.

📟 DigiTech
🤯96👍4111👏9💯6👨‍💻42🤓2🥰1🤝1🫡1
⚡️AQSH Green Card lotereyasi (Diversity Visa, DV1) dasturini vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda Ichki xavfsizlik vaziri yozdi.

Bunga Braun universitetidagi otishma sabab bo‘lgan. O’q uzgan shaxs Diversity Lottery (DV1) dasturi bo‘yicha mamlakatga kirib, grin-karta olgan.

Green Card lotereya dasturi qayta tiklanadimi va bu qachon sodir bo‘ladi, hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
😢70👍17😁145🔥3🎄3🤝2👏1🤯1🫡1
📱Birinchi buklanadigan iPhone shunday ko‘rinishda bo‘ladi — jurnalistlar qurilmaning aniq o‘lchamlari mavjud CAD-chizmalarni topishdi.

Shakli jihatidan qurilma xuddi Samsung Z Fold kabi bo‘ladi — ochilganda smartfon ekrani 7,76 dyuym o‘lchamdagi planshetga aylanadi. Shu bilan birga, u iPhone Air'dan ham yupqaroq bo‘ladi.

Smartfon 2026-yilning kuzida namoyish etiladi.

📟 DigiTech
😁62👍1913🤝31👏1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧊 Olimlar Antarktidada burg’ulangan quduq tubiga kamerani tushirib, Yerdagi eng qadimgi muz qanday olinganini ko‘rsatishdi.

Allan-Hills tepaliklari hududida chuqurligi 90 metrdan 200 metrgacha bo‘lgan bir nechta shunday quduqlar burg’ulangan. Videoda ko‘rsatilgan quduqdan taxminan 5 million yillik muz namunalari olingan, boshqa quduqdan esa rekord darajadagi qadimiy, taxminan 6 million yillik namunalar qazib olishga erishildi.

Video 9 marta tezlashtirilgan.

📟 DigiTech
👨‍💻53👏3118🤯12👍54🔥1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyliklar konsertlarda robotlarni raqschilar sifatida ishlatishni boshlashdi — bundan hatto Ilon Mask ham hayratda!

Videoda kung-fu usullarini biladigan va «Jonli po‘lat» filmi kabi ringda bir-biri bilan kurashgan o’sha Unitree robotlari ko‘rsatilgan.

Xitoyda bunday robotni 13 500 dollarga xarid qilish mumkin.

📟 DigiTech
1😁85👍20🤯116👏32🔥2💯2😨2😢1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Bloger Basically Homeless otishma o‘yinlarda uning qo‘lini boshqarib, dushmanlarni aniq nishonga oladigan neyromushak ekzoskeletini yaratdi.

Bu tizimning ikkinchi versiyasi bo‘lib, bloger uni ancha takomillashtirdi va odamga nisbatan 4-5 baravar tezroq reaksiyaga erishishga muvaffaq bo‘ldi.

Qurilma o‘zi dushmanlarni aniqlaydi, bilakni harakatlantiradi va foydalanuvchi qo’li bilan sichqoncha tugmasini bosadi: mashhur Aim Lab merganlik testida bloger ushbu qurilma yordamida birinchi o‘rinni egalladi.

📟 DigiTech
👏65😁1913👍11🔥61🤝1🫡1
⚡️Arzon tezkor xotira haqida unutish mumkin — OpenAI 2029-yilgacha jahondagi xotira ishlab chiqarish hajmining 40 foizini sotib oldi.

• Sem Altman oktyabr oyida DRAM bozorining 70 foizini nazorat qiluvchi Samsung va SK Hynix kompaniyalari bilan kelishuvga erishgan.
• OpenAI tayyor plashkalarni emas, balki boshqa buyurtmachilarni chetlab o‘tib, ishlab chiqarish bosqichidayoq kremniy plastinalarini arzonroq sotib olmoqda.
• Bu xotiraning barchasi sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar markazlariga yo‘naltirilmoqda.

Umumiy hisobda, OpenAI har oyda 900 000 dona kremniy plastinalarini oladi, bu esa odatiy plastinalarning 90 MILLION donasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, narxlar ko‘tariladi.

📟 DigiTech
🤯80👍178😨6😢2💯21👏1🤝1
🤖 Sun’iy intellektga savdo avtomatini boshqarish va iloji boricha ko‘proq pul ishlash vazifasi topshirildi. Natijada u kommunistga aylanib, zararga kirib ketdi.

Tajribani WSJ tahririyati o‘tkazdi: Claude 3.7 sun’iy intellekt agenti mahsulotlarni o’zi xarid qilib, narxlarni belgiladi, u xodimlarning istaklarini inobatga olishi mumkin edi. Dastlab hammasi yaxshi ketayotgandi, ammo bir necha kundan so‘ng tahririyat xodimlari botni 60-yillarning sovet avtomati ekanligiga ishontira olishdi.

U «partiya» g‘oyalariga shunchalik berilib ketdiki, mahsulotlarni tekin tarqata boshladi, hattoki PS5 va elektroshokerlarni buyurtma qilishga ham rozi bo‘ldi.

Keyinchalik, yordamga Claude 4.5 yangilanishi yuborildi. U hamma narsani kelishib, tasdiqlashi kerak edi. Biroq, uni ham osonlikcha aldashdi — uning «ishdan bo‘shatilganligi» haqidagi soxta hujjat bilan.


📟 DigiTech
😁172🤯1614👍8💯2🔥1🫡1😡1
⚡️Xakerlar Spotify musiqa tinglash platformasini buzib kirishdi — endi ular 86 million qo‘shiqni «insoniyat madaniyatini saqlab qolish» maqsadida ochiq foydalanishga chiqarishmoqchi.

Kompaniya ma’lumotlar sizib chiqqanini tan oldi. Xakerlar eng mashhur qo‘shiqlarga, ya’ni tinglashlarning 99 foizini tashkil etuvchi qo’shiqlarni nishonga olishgan. Ular qariyb 300 terabayt hajmdagi ma’lumotni yuklab olishgan.

Musiqalarni torrentlarga yuklashmoqchi — eng ko‘p tinglangan treklardan boshlashadi.

📟 DigiTech
👏175😁5330😨12🔥9👍8🫡4🥰2💯2👨‍💻21
🌳 Braziliyada kelajak iqlimini taqlid qiladigan «o‘rmon vaqt mashinasi» ishga tushirildi. Uning yordamida olimlar tabiatning o‘zgarishlarga reaksiyasini ular sodir bo‘lishidan oldinroq o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu tizim oltita ulkan halqasimon inshootdan iborat bo‘lib, ularning har biri Amazonka o‘rmonlaridagi 50-70 ta daraxtni qamrab oladi. Ularning uchtasi o‘z hududlariga 2050-yilga prognoz qilingan iqlimni modellashtirish uchun yuqori miqdordagi CO₂ ni yuboradi, qolgan uchtasi esa taqqoslash maqsadida hozirgi sharoitni saqlab turadi.

📟 DigiTech
47👍16👏112🔥2🥰1💯1🤝1
🚘 Honda yangi Afeela'ni Sony bilan hamkorlikda ishlab chiqaradi: uning barcha ekranlarida PlayStation o‘yinlarini o‘ynash mumkin bo’ladi.

Afeela 1 — bunday xususiyatga ega dunyodagi birinchi avtomobil. Elektromobil Remote Play texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. To‘xtab turgan holatda old o‘rindiqlarda, harakatlanayotganda esa orqa o‘rindiqlarda o‘ynash mumkin.

Narxi — 90 000 dollar. Sotuvlar 2026-yilda boshlanishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
🔥3911👏8👍6💯3👨‍💻3🫡2🤝1
O‘zbekistonlik dasturchilar Yandex Cup 2025 finalida g‘alaba qozondi

🏆 Istanbulda dasturlash bo‘yicha Yandex Cup 2025 xalqaro chempionatining finali bo‘lib o‘tdi. Unda 21 davlatdan 196 nafar finalchi ishtirok etdi, musobaqaga esa butun dunyo bo‘ylab 21 mingdan ortiq ariza topshirilgan.

🧑‍💻 Backend va frontend yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug’aniyev qo‘lga kiritdi. Final topshiriqlari real texnologik muammolarga maksimal darajada yaqin bo‘lib, xizmatlar arxitekturasi, navbatlar (queues), vaqt va yuklama bilan ishlash, algoritmlar, shuningdek mashinaviy o‘rganish va multimodal modellar elementlarini o‘z ichiga oldi.

🤔 Musobaqa formati — 5 soat ichida 6 ta vazifa — ishtirokchilardan nafaqat texnik bilim, balki strategik fikrlash, ustuvorliklarni belgilash va bosim ostida muhandislik qarorlarini qabul qilishni ham talab qildi. Bu esa zamonaviy IT-industriya va AI-loyihalar talablariga to‘liq mos keladi.

Finalning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Biroq Yandex Cup’ning asosiy qadriyati — bu muhandislik tafakkurini rivojlantirish va mintaqa mutaxassislari murakkab texnologik yo‘nalishlarda global darajada raqobatlasha olishini tasdiqlashdir.


👉 Batafsil ma’lumot va g‘oliblarning fikrlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin
1👍7716👏15💯4🤝3🔥2