⚡️Telegram so‘nggi vaqtlardagi eng yirik yangilanishni chiqardi — messenjerda hamjamiyatlar, postlar uchun yangilangan sun’iy intellekt va boshqa foydali funksiyalar paydo bo‘ldi.
Nimalar qo’shildi:
Yangilanish bosqichma-bosqich tarqatilayotgani sababli, yangi funksiyalar hozircha hammada ham mavjud emas.
📟 DigiTech
Nimalar qo’shildi:
• Hamjamiyatlar — endi kanallar, guruhlar va botlarni umumiy navigatsiyaga ega bir joyga birlashtirish mumkin.
• Yangi tahrirlagich — matn kiritish maydonida sarlavhalar, jadvallar, chek-listlar, iqtiboslar va boshqa Markdown vositalari paydo bo‘ldi.
• Sun’iy intellekt takomillashtirildi — neyrotarmoq bitta so‘rovning o‘zida tahrirlagich ichida postlarni yozib, rasmiylashtirib bera oladi.
• Botlardan maxfiy xabarlar — botlar faqat tanlangan foydalanuvchiga ko‘rinadigan vaqtinchalik xabarlarni yubora oladi. Hatto administratorlar ham ularning ichini ko’ra olmaydi.
Yangilanish bosqichma-bosqich tarqatilayotgani sababli, yangi funksiyalar hozircha hammada ham mavjud emas.
📟 DigiTech
👍35❤21⚡10🔥4👏4👨💻1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪞 AQSh'dagi startap quyosh nurini kechalari soatiga 5 000 dollardan sotmoqchi — Metro nashrining yozishicha, ular shu yilning o‘zidayoq koinotga ulkan ko‘zgu olib chiqishadi.
AQSh hukumati loyihani allaqachon ma’qullagan. Tunda quyosh nurini aks ettirish uchun 10 yil ichida o‘lchami 18×18 metr bo‘lgan 50 000 ta ko‘zgu uchirilmoqchi.
Birinchi navbatda, bu kosmik projektor quyosh elektr stansiyalari 24/7 rejimida energiya ishlab chiqara olishi uchun yaratilmoqda.

😁97🤔15👍11🤯8❤6👏4😡4⚡2🔥1💯1🫡1
⚡️DeepSeek asoschisi dunyodagi eng boy sun’iy intellekt ishlab chiquvchisiga aylandi. Uning boyligi 36 milliard dollarga baholanmoqda.
Bloomberg milliarderlar ro‘yxatida Lyan Venfen 63-o‘rinni egalladi. U OpenAI texnik direktori Greg Brokman ($25,5 mlrd) va Anthropic rahbari Dario Amodeydan ($8 mlrd) boyroqdir.
DeepSeek hozirda Xitoydagi eng qimmat sun’iy intellekt startapi hisoblanadi. Investitsiyalarga bo‘lgan yuqori talab uning qiymatini apreldagi 10 milliard dollardan taxminan 74 milliard dollargacha ko‘tardi.

🔥56👍14❤11🤯6🤝3⚡2😁2👨💻2🥰1🤔1😢1
🦖 Nyu-Yorkdagi kimoshdi savdosida tiranozavr skeleti rekord summa — 50,1 million dollarga sotildi. Yoshi 67 million yil bo‘lgan qoldiqlarni nomi sir qolgan bir badavlat kishi sotib oldi.
Bu bugungi kungacha topilgan eng to’liq va yirik tireks skeletlaridan biri bo‘lib, 183 ta suyakdan iborat (saqlanish darajasi 61%). Ushbu qazilma 2021-yilda AQShdagi fermalardan birida topilgan va uning egasi savdodan o‘z ulushini oladi.
Dinozavr qoldiqlarining narxi bo‘yicha avvalgi rekord 2024-yilda 44,6 million dollarga sotilgan stegozavrga tegishli edi.

👍48🤯23❤10⚡4😁2🤝2🎉1😇1🫡1
⚡️BAA maktablarida yakuniy imtihonlarda eng yaxshi natijalar ko’rsatgan bitiruvchilarga 100 000 dirhamdan (27 000 dollar) mukofot berildi.
Mukofotlar bitiruvchilarning uylariga baxmal bilan o’ralgan maxsus qutilarda jo‘natildi. Ularning ichida puldan tashqari Dubay amirining shaxsan o‘zi yo‘llagan tabrik ham bor.

❤85👏41😁23👍7🫡7🤯4⚡2😢2🎉2🔥1
📱Texnobloger bo‘lajak buklamafon iPhone Fold va yangi Galaxy Z Fold 8 maketlarini solishtirdi.
Apple o‘z smartfonini kuzda, Samsung esa iyul oyi oxirida namoyish etishi kutilmoqda.
Shunda kim kimdan ilhomlangan? 🤔

😁98⚡9❤9👍3🔥2👏2🤯2🤝2😢1
⚡️Nyu-York ma’lumotlar markazlarini qurishga moratoriy joriy etdi.
Bu ma’lumotlar markazlarini ishga tushirish uchun ekologik ruxsatnomalar berishni to‘xtatgan birinchi shtat bo‘ldi.
Moratoriy bir yilgacha amal qiladi. Shu vaqt mobaynida hukumat ma’lumotlar markazlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, yirik markazlar uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish ham rejalashtirilmoqda.

🤝27👍15❤9👏2⚡1💯1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 «Jonli po‘lat» filmi reallikka aylandi.
Xitoyda odamsimon robotlar o‘rtasidagi janglar bo‘yicha “Ultimate Robot Knockout Legend” turniri boshlandi. 16 ta jamoada robotlar bir xil, biroq dasturiy ta’minot, sozlamalar va strategiya turlicha.
Robotlar ishtirokidagi ushbu UFC'ning sovrin jamg‘armasi 10 million yuanni (1 500 000 dollar) tashkil etadi.

🔥60😁28😨14❤7👍5👏4💯4🤝2⚡1🤯1
⚡️OnePlus AQSh va Yevropa bozorlaridan ketishini e’lon qildi.
Kompaniya o‘z faoliyatini to‘xtatishi haqidagi ko‘plab mish-mishlarni tasdiqladi. Brend faqat Hindiston va Xitoyda o’z faoliyatini davom ettiradi, boshqa boshqa mamlakatlarda esa kompaniya mahsulotlari endi sotuvga chiqarilmaydi.
Barcha OnePlus qurilmalari OxygenOS'dan ColorOS'ga o‘tkaziladi, kafolat majburiyatlari esa to‘liq saqlanib qoladi — endi bu masalalar bilan Oppo shug‘ullanadi.

🤯56😢14❤7⚡4💯3👨💻2👍1🫡1
⚡️Apple dunyodagi eng qimmat kompaniya nomini qaytarib oldi.
Apple'ning bozor qiymati yil boshidan buyon 25 foizga o‘sib, 4,89 trln dollarni tashkil etdi.
Tahlilchilar buni investorlarning sun’iy intellekt shov-shuvining ortiqcha baholanganidan xavotirda ekani bilan izohlamoqda — ular sun’iy intellekt spekulyatsiyalariga bog‘liq bo‘lmagan, barqarorroq aktiv sifatida Apple'ga sarmoya kirityapti.
Shuningdek, Xitoyning ilg‘or sun’iy intellekt modellarining paydo bo‘lishi Nvidia aksiyalari narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

❤27🔥10👍5👏4🤝2⚡1
⚡️LG televizor va monitorlari endi sun’iy intellektni o‘qitish uchun barcha suhbatlaringizni tinglashi hamda yozib olishi mumkin.
Foydalanish shartlariga ko‘ra, texnika egalari mehmonlarni va oila a’zolarini bu haqda ogohlantirishi shart. Tinglash funksiyasini o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi, lekin u bilan birga ovozli kiritish va xavfsizlik yangilanishlari ham ishlamay qoladi.

😡103👍11🤯7❤4⚡1👏1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Honor o‘zining Robot Phone’idagi yangi funksiyasi bilan internetni «portlatdi»: smartfon korpusining o‘ziga titan qotishmasidan yasalgan robotlashgan osma o‘rnatilgan.
Kamerani ochishingiz bilan robot-obyektiv darhol korpusdan chiqadi. Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, kamera f/1.6 diafragmali 200 megapikselli asosiy modul, 50 megapikselli o‘ta keng burchakli modul va 200 megapikselli periskopik teleobyektiv bilan jihozlangan. Shuningdek, u harakatlaringizni kuzatib, atrofni 360 darajada tasvirga tushira oladi.
Blogerlar orzusining narxi hozircha oshkor qilinmadi, rasmiy sotuvlar avgust oyida boshlanishi rejalashtirilgan, insayderlar prognozlariga ko’ra, narx 1200-1300 dollar atrofida bo’lishi mumkin.

🔥70👍20❤14🤯14👏5🫡3⚡2🤝2
🌪️ AQSh'lik ishqibozlar tornadolarni ichkaridan suratga olib, FPV dronlarini tabiiy ofatning qoq markaziga uchirishmoqda.
OTUS Project maxsus kopterlari mustahkamlangan korpusga ega bo‘lib, soatiga 350 km dan yuqori tezlikda ucha oladi, bu esa ularga eng kuchli shamol oqimlariga bardosh berish imkonini beradi.
Dronlar noyob kadrlarni tasvirga olishdan tashqari, muhim meteorologik ma’lumotlarni to‘plash orqali bo‘ronlarni o’rganishga ham yordam beradi.

👏34❤14🤯8🔥5👍3🫡2⚡1🤝1