AI | DigiTech
54.8K subscribers
3.4K photos
1.65K videos
3.08K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🌓 NASA astronavtlari yarim asr ichida birinchi marta insonning Oy atrofini aylanib chiqishini muvaffaqiyatli yakunlashdi va Yerdan 406 700 km uzoqlashib, koinotda parvoz masofasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi.

Ayni paytda kosmik kema «erkin qaytish» trayektoriyasi bo‘ylab Yerga qaytib kelmoqda. U tortishish kuchi hisobiga harakatlanyapti — dvigatellar yoqilmagan (ular faqat holatni to‘g‘rilash uchun ishlatiladi).

Kosmik kemaning AQSh qirg‘oqlari yaqinida Tinch okeaniga qo‘nishi reja bo‘yicha 10-aprel kuni amalga oshiriladi.

📟 DigiTech
67🔥18👍11👏54😁2🫡2😇1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♟️Amerikalik dizayner shaxmat taxtasini «qayta ixtiro qildi».

U taxtada bir yo‘la uch xil usulda o‘ynash mumkin: klassik usulda, maydondagi donalarni aralashtirgan holda, shuningdek, 3D formatda. Qolaversa, donalarni kubiklar ichiga qulay tarzda yashirib qo‘ysa ham bo‘ladi.

📟 DigiTech
👍90🔥22👏119😁73💯3👨‍💻1🤝1🫡1
🌒 Quyosh tutilishi koinotdan shunday ko‘rinadi: hodisa Artemis II missiyasining Oy yonidan uchib o‘tishi paytida tasvirga olingan.

Bundan tashqari, odatda hech kim ko‘rmaydigan Oyning orqa tomonidan Yerni ham ko‘rsatishdi.

📟 DigiTech
7632👍11🤯7🔥4🫡3🤝1
💡Xitoyliklar har qanday o‘simlikni qorong‘ida yoritishni o‘rganishdi va endi shaharlar uchun tungi yoritish tizimini yaratishmoqchi.

«Magicpen Bio» biotexnologik startapi allaqachon 20 dan ortiq o‘simlik turini, jumladan, orxideya, kungaboqar va xrizantemalarni genetik modifikatsiya qildi. Buning uchun ularga yaltiroq qo‘ng‘izlar va bioluminessent zamburug‘larning genlari kiritildi. Kelajakda bu o‘simliklar bog‘lar va boshqa jamoat joylariga ekilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍132🤯55🔥2913👏63🎄3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Google Chrome'da nihoyat ochilgan sahifalarning foydalanuvchilar uzoq vaqtdan beri so‘rab kelayotgan vertikal ro’yxati paydo bo‘ldi.

Yangi ko‘rinishga o‘tish uchun ochilgan sahifalar panelida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, «Ochiq sahifalarni vertikal ko‘rsatish»ni tanlash kerak.

Yangilanish bosqichma-bosqich chiqarilmoqda, shuning uchun bu funksiya hali hammada ham mavjud emas.

📟 DigiTech
57👍26🔥13👏43🤯3🫡3
👨‍💻 Sem Altman kod yozishni bilmaydi. OpenAI rahbarining hamkasblari aytishlaricha, u dasturlashni tushunmaydi va oddiy atamalarda ham adashadi.

Kompaniya xodimlari va boshqa rahbarlarning so‘zlariga ko‘ra, Altman OpenAI’ni faqat boshqalarning puli va iqtidorini jalb qilish qobiliyati evaziga qurgan. Qolaversa, Sem bo‘rttirishni va xayolparastlikni yaxshi ko‘radi.

Aftidan, Altman dasturchiga aylanmaslik uchun vaybkodlashni ommalashtirayotgan ko‘rinadi)

📟 DigiTech
1👍91😁6916🔥82👨‍💻2🤝1😡1
👨‍💻 Hamyonbop Mac yanada kuchliroq bo‘ladi: Apple MacBook Neo'ga A19 Pro chipini o‘rnatmoqchi.

Chipdan tashqari xotira ham yangilanadi — Neo'ning ikkinchi avlodi 8 GB o‘rniga 12 GB tezkor xotiraga ega bo‘lishi mumkin.

Qurilma 2027-yil bahorda chiqarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
🔥70👍20116😁4🤝2👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎧 Skoda shovqinni pasaytirish funksiyasi yoniq turgan har qanday quloqchinni 22 metrgacha bo‘lgan masofadan «yorib o‘tadigan» velosiped qo‘ng‘irog‘ini yaratdi.

DuoBell hech qanday algoritm to’xtata olmaydigan maxsus chastotalarda tovush chiqaradi. Kompaniyaning o‘zi uni sotishni rejalashtirmayapti, lekin «hamkorlarga yordam berishi»ni aytdi va hatto hujjatlarni ochiq e’lon qildi.

📟 DigiTech
👍8314🫡106🔥5🤯5🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎵 Italiyaliklar musiqachilar uchun ularni o‘zaro sinxronlashtiruvchi ekzoskeletni ishlab chiqishdi.

Qurilma «boshlovchi»ning harakatlarini yozib oladi va real vaqt rejimida sherigiga ohista uzatib, ma’lum harakat erkinligini saqlagan holda musiqa ritmiga mos ijro etishga yordam beradi.

Bu texnologiya, birinchi navbatda, ta’lim maqsadlarida qo‘llaniladi, shuningdek, sport va reabilitatsiya uchun ham foydali bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
👍3510🤯6🤝4🤓3🔥2🤔21👨‍💻1
⚡️Janubiy Koreyada hamma uchun bepul internet yo‘lga qo‘yildi: agar asosiy paket tugasa, odamlarga 400 Kbit/s tezlikda cheksiz internet beriladi.

Hukumatning fikricha, hozir internetsiz yashashni iloji yo‘q, bu endi insonning asosiy huquqidir. Shuningdek, nafaqaxo‘rlar yaqinlari bilan doim aloqada bo‘lishlari uchun ularning internet limitlari ham oshirildi.

📟 DigiTech
🤯159👍7518🔥10😁6💯3🤝32
👨‍💻 GTA VI kompyuterlar uchun 2027-yilning fevralida, ya’ni konsollardagi relizidan atigi 4 oy o‘tib chiqishi mumkin. Bu haqda insayder DetectiveSeeds'ga Rockstar'ning uch nafar sobiq dasturchisi ma’lum qildi.

Agar ushbu ma’lumot tasdiqlansa, bu Rockstar o‘yinlarining barcha platformalardagi relizlari orasidagi eng qisqa vaqt oralig‘i bo‘ladi. RDR 2 kompyuterlar uchun bir yildan keyin, GTA V esa bir yarim yildan so‘ng chiqarilgan edi.

PS5 va Xbox Series egalari esa GTA VI'ni 19-noyabrdayoq o‘ynay olishadi.

📟 DigiTech
🔥60👍1612🤯10🤝21👏1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 «Artemis II» ekipaji Yerga qaytdi — missiya Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘nish bilan yakunlandi.

Astronavtlar Rid Uaysmen, Viktor Glover, Kristina Kuk va Jeremi Hansen Yerdan 406 ming km masofaga uchgan tarixdagi birinchi odamlar bo‘ldi. Ular 10 kun davomida Oyni aylanib chiqib, koinotdan turib quyosh tutilishini kuzatishdi.

Endi NASA odamlarni Oy sirtiga qaytarishi ko‘zda tutilgan «Artemis III» va «Artemis IV» missiyalariga tayyorgarlik ko‘radi. Keyinchalik Oy bazasi qurilishini boshlash ham rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍7617🔥16👏6😁43🤝2🫡2
AI | DigiTech
🎥 YouTube’da sun’iy intellektda yaratilgan videolar yanada ko‘payadi: bu yil Google blogerlarga o‘z neyron nusxalari bilan shorts videolar yaratish imkonini beruvchi yangi funksiyani ishga tushiradi. Bu funksiya qanday ishlashi va aniq qachon ishga tushirilishi…
⚡️YouTube'da endi Shorts uchun o‘z raqamli qiyofadoshingizni yaratishingiz mumkin.

Raqamli avatar nafaqat foydalanuvchiga o‘xshaydi, balki uning ovozida ham gapira oladi — uni faollashtirish uchun ovoz namunasini yuklash kerak. Avatarlarni mavjud videolarga qo‘shish yoki ular asosida yangilarini yaratish mumkin bo‘ladi.

Bunday barcha videolar sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan deb belgilanadi va tegishli Synth ID yorlig‘iga ega bo‘ladi. Ushbu funksiya bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va hozircha barcha foydalanuvchilar uchun ochiq emas.

📟 DigiTech
35👍187🔥2🤝1🫡1