AI | DigiTech
57.2K subscribers
3.04K photos
1.57K videos
2.76K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️NVIDIA 2021-yilda chiqarilgan GeForce RTX 3060 ni ishlab chiqarishni qayta ishga tushirmoqchi — zamonaviy videokartalar uchun tezkor xotira yetishmasligi sababli qariya qayta tirilishi mumkin.

Xotira yetishmovchiligidan kelib chiqib, NVIDIA muhandislari RTX 30xx seriyasini eslashdi — bu seriya ma’lumotlar markazlari uchun kerak bo’lmagan eski turdagi xotirada ishlaydi. Agar mish-mishlar to‘g‘ri bo’lib chiqsa, yangi «eski» videokarta mart oyidayoq do‘konlarga qaytadi.

📟 DigiTech
👏81😁37👍1983💯3🤝2🤔1🫡1
🚘 Xitoyning changyutgich va fenlar ishlab chiqaruvchi Dreame kompaniyasi o‘zining birinchi avtomobili — Nebula superkari konseptini namoyish etdi.

CES 2026 ko‘rgazmasida namoyish etilgan elektromobil umumiy quvvati 1876 ot kuchiga teng bo‘lgan to‘rtta dvigatel bilan jihozlangan va 1,8 soniyada 0-100 km/soat tezlikka erishadi. Boshqa tafsilotlari hozircha yo‘q, ammo seriyali versiyasi 2027-yilda chiqarilishi va’da qilinmoqda.

Avvalroq kompaniya yana ikkita avtomobil konseptini e’lon qilgandi: Bugatti Chiron uslubidagi konsept va hatto Rolls-Royce Cullinan’ga o’xshash model. Ularni hali jonli namoyishda ko‘rsatishmadi.

📟 DigiTech
5724👍20😁9😢3👏2💯2🤓2🤝2🫡2🥰1
📱Honor yangi iPhone 17 Pro dizaynini deyarli to‘liq takrorlaydigan smartfonni chiqardi.

Asosiy xususiyati, Honor Power 2 batareyasi sig’imi so‘nggi «olma» dan ikki barobar ko‘proq. Uning batareyasi sig’imi 10000 mA/soat bo‘lib, narxi 385 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
😁152👏64🤯1712👍5🫡3🔥1💯1👨‍💻1
⚡️Stolingizdagi golografik yordamchi — Razer anime qiz yoki yigitni «joylashtirish» mumkin bo‘lgan Project Ava sun’iy intellekt kapsulasini namoyish etdi.

U aqlli kolonka'ga o‘xshaydi, ammo turli 3D avatarlar bilan. Tanlangan personaj o‘rnatilgan kamera orqali sizni kuzatib boradi va o‘zini shaxsiy yordamchi va do‘st sifatida tutadi.

Sotuvlar shu yilda boshlanadi. Narxi hali e’lon qilinmadi, biroq AQSh'da allaqachon 20 dollar depozit bilan oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda.

📟 DigiTech
👏72👍2214🤯7💯64😁4👨‍💻1🫡1
⚡️Xitoyda dengizda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

1200 gektar maydonni egallagan inshoot Dun'in qirg‘og‘idan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, har biri beshta basketbol maydonicha keladigan 2934 ta platformadan tashkil topgan.

Stansiya har yili 1,78 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, Kenli hududini 60 foizini energiya bilan ta'minlaydi va 500 ming tonnadan ortiq ko‘mirni tejash imkonini beradi.

📟 DigiTech
👏100👍2320🔥8🥰1💯1👨‍💻1🫡1
🎧 Razer o‘rnatilgan kameralar va sun’iy intellektga ega quloqchinlarni namoyish etdi.

Ikkita kamera foydalanuvchi bilan bir xil narsani «ko‘radi», matn va obyektlarni aniqlaydi hamda real vaqt rejimida o‘yinlarda va kundalik vazifalarni bajarishda yordam beradi.

Mikrofonlar orqali esa ChatGPT, Grok va Gemini bilan suhbatlashish imkoniyati mavjud. Qurilmaning chiqish sanasi va narxi hozircha ma’lum qilinmadi.

📟 DigiTech
36👍17🔥7👏3🎉3
AI | DigiTech
Photo
📱Honor'ni to‘xtatib bo‘lmaydi — iPhone 17 Pro'ning klonidan keyin xitoyliklar Google Pixel 10 Pro va iPhone Air'ni ko‘chirishga qaror qilishdi.

Yangi Honor Magic 8 Air og’irligi 158 gramm, korpusi qalinligi esa 6,3 millimetr bo‘ladi. Taqqoslash uchun, iPhone Air'da bu ko‘rsatkichlar 165 gramm va 5,6 millimetr.

Bundan tashqari, unda 5500 mA/soat sig‘imli batareya, 6,3 dyuymli ekran, Dimensity 9500 chipi va Camera Control mavjud bo‘ladi.

📟 DigiTech
😁110👍2613👨‍💻32👏1💯1🎄1
⌨️ Klaviatura ichida kompyuter — HP Eliteboard G1a mini-kompyuterini ko’rsatdi.

Eng top komplektatsiyasida AMD Ryzen AI 7 350 PRO chipi, 64 GB operativ xotira va 2 TB SSD o‘rnatilgan. Bundan tashqari, 3,5 soat ishlashga mo‘ljallangan ichki batareya, ikkita USB-C porti va suv o‘tkazmaydigan qoplama mavjud.

Sotuvlar mart oyidan boshlanadi, narxi hali ma’lum qilinmadi.

📟 DigiTech
🔥561712👍8🤔5👏4💯1