AI | DigiTech
53.6K subscribers
3.02K photos
1.56K videos
2.74K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi birinchi bor elektromobillarni yillik savdosi bo‘yicha Tesla'ni ortda qoldirib, jahon yetakchisiga aylandi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy avtogiganti 2,26 million dona elektromobil sotgan (28 foiz o‘sish), Tesla esa 1,64 million dona bilan ikkinchi o‘ringa tushib qolgan (8 foiz pasayish).

Qizig‘i shundaki, Ilon Mask ilgari BYD'ni umuman jiddiy qabul qilmagan va ularning avtomobillari ustidan ochiqchasiga kulgan edi.

📟 DigiTech
👏12136👍32🔥26💯24🎉22😁19🤯8😨5🫡2🤝1
📲 Telegram endi postlarni qisqacha mazmunini chiqarib beroladi

Ilovaning 2026-yildagi birinchi yangilanishi chiqdi. Asosiy yangilik — neyrotarmoq yordamida postlarni qisqartirish: endi uzun matnlar va maqolalarni to‘liq o‘qish shart emas, Cocoon neyron tarmog‘i o‘zi qisqacha mazmunini tayyorlab beradi. Funksiya hozircha Premium foydalanuvchilar uchun mavjud.

iOS'da ilova dizayni takomillashtirildi: «suyuq shisha» endi shaffof elementlarga va yorug‘likning yumshoq sinish effektiga ega.

📟 DigiTech
1🫡3911👍6😡6🔥5👏2💯2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Finlyandiyada uylar tobora ko‘proq sun’iy intellektlar ishlaydigan ma’lumotlar markazlarining issiqligi bilan isitilmoqda.

Serverlar soviganidan so‘ng, isigan suv shahar isitish tarmog‘iga yo‘naltiriladi, sovigach esa yana ma’lumotlar markazlariga qaytariladi. Shu tarzda aylanma jarayon davom etadi.

Masalan, Google hozirning o‘zida bu usul bilan Xamin shahridagi 2000 ta uyni bepul isitib, shaharning yillik ehtiyojini 80 foizigacha qismini qoplamoqda. Microsoft esa Espoo'dagi 40 foiz yoki taxminan 100 000 ta uyni shu tarzda isitmoqda.

📟 DigiTech
128👏48👍23🤯1810🫡4👨‍💻2🔥1💯1
⚡️Videokartalar tugamoqda — Yevropada Nvidia GPU yetkazib berish qisman to‘xtatildi.

Katta texnika do‘koni egasining aytishicha, uning Germaniyadagi ta’minotchisi RTX 5090, RTX 5080 va RTX 5070 Ti uchun barcha buyurtmalarni zaxiralar butunlay tugagani sababli bekor qilgan. Yetkazib berish uchun faqat RTX 5070 mavjud bo‘lib, har bir do‘konga atigi 5 tagacha videokarta berilyapti.

Bunga yana sun’iy intellektlar aybdor — Nvidia'ning ma’lumotlar markazlari ehtiyojlariga ko’proq e’tibor qaratishi va umumiy xotira tanqisligi tufayli talab taklifdan sezilarli darajada oshib ketgan.

📟 DigiTech
🤯75😢128👍8💯4😨2🫡21👨‍💻1
⚡️Xitoyning SwitchBot kompaniyasi CES26 ko‘rgazmasida kundalik ishlar uchun «ikkinchi miya» vazifasini bajaruvchi AI MindClip nomli taqiladigan qurilmani namoyish etdi.

Ushbu ixcham qurilma barcha suhbatlar va ovoz chiqarib aytilgan fikrlarni yozib oladi, so‘ngra ularni rivojlangan qidiruv tizimiga ega shaxsiy ma’lumotlar bazasida tizimlashtiradi.

Uning og‘irligi atigi 18 gramm bo‘lib, 100 dan ortiq tilni tushunadi. Qurilmaning o‘zi va uning sun’iy intellekt funksiyalari uchun obuna narxi keyinroq e’lon qilinadi.

📟 DigiTech
42👍139👏5💯3🎉2🫡2🤝1
🛰️ Hatto kosmosda ham joy qolmayapti: SpaceX to‘qnashuvlar xavfini kamaytirish maqsadida minglab Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining orbitasini pasaytiradi.

Jarayon butun yilga cho‘zilishi va 9400 ta qurilmadan 4400 tasiga ta’sir qilishi kutilmoqda. Ular asta-sekin 550 km balandlikdan 480 km gacha tushiriladi, u yerda boshqa sun’iy yo‘ldoshlar va kosmik chiqindilar kamroq.

📟 DigiTech
👏67🤯2918😁7👍6🔥5🤝3💯21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌨️ Klaviaturada tez yozishni o‘rganamiz: mashqlar uchun kosmik interfeysli o‘yinni topdik.

Paydo bo‘layotgan so‘zlarni shunchaki klaviaturada yozib, ularni yo‘q qilish kerak. Har bir bosqich bilan o‘yin murakkablashib boradi. O‘z matningizni yuklab, unda mashq qilishingiz ham mumkin.

O‘yin to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda ishlaydi — telefonda ham foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥45👍2118👏8😨3💯21🫡1
⚡️NVIDIA 2021-yilda chiqarilgan GeForce RTX 3060 ni ishlab chiqarishni qayta ishga tushirmoqchi — zamonaviy videokartalar uchun tezkor xotira yetishmasligi sababli qariya qayta tirilishi mumkin.

Xotira yetishmovchiligidan kelib chiqib, NVIDIA muhandislari RTX 30xx seriyasini eslashdi — bu seriya ma’lumotlar markazlari uchun kerak bo’lmagan eski turdagi xotirada ishlaydi. Agar mish-mishlar to‘g‘ri bo’lib chiqsa, yangi «eski» videokarta mart oyidayoq do‘konlarga qaytadi.

📟 DigiTech
👏74😁31👍1783💯3🤝2🤔1🫡1
🚘 Xitoyning changyutgich va fenlar ishlab chiqaruvchi Dreame kompaniyasi o‘zining birinchi avtomobili — Nebula superkari konseptini namoyish etdi.

CES 2026 ko‘rgazmasida namoyish etilgan elektromobil umumiy quvvati 1876 ot kuchiga teng bo‘lgan to‘rtta dvigatel bilan jihozlangan va 1,8 soniyada 0-100 km/soat tezlikka erishadi. Boshqa tafsilotlari hozircha yo‘q, ammo seriyali versiyasi 2027-yilda chiqarilishi va’da qilinmoqda.

Avvalroq kompaniya yana ikkita avtomobil konseptini e’lon qilgandi: Bugatti Chiron uslubidagi konsept va hatto Rolls-Royce Cullinan’ga o’xshash model. Ularni hali jonli namoyishda ko‘rsatishmadi.

📟 DigiTech
45👍1715😁7😢3🤝2🫡2🥰1👏1💯1🤓1