AI | DigiTech
53.7K subscribers
3.01K photos
1.56K videos
2.74K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱iPhone 18 bu yil chiqmaydi — bazaviy versiya faqat 2027-yil bahorida sotuvga chiqadi.

Mish-mishlarga ko‘ra, kompaniya endi bir vaqtda butun liniyani chiqarishni istamayapti. Endi avval qimmat versiyalarini, keyin esa qolganlarini sotadi.


Kuzda iPhone 18 Pro, Pro Max va buklanadigan iPhone Fold namoyish etiladi, bazaviy iPhone 18 esa faqat 2027-yil bahorida chiqariladi.

📟 DigiTech
53🤯32👍13😨7🔥6👏6🤝3👨‍💻2🫡2🥰1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Yangi Samsung smartfonlari begona odam kuzatuviga qarshi ekran bilan jihozlanadi.

One UI 8.5 dasturiy ta’minotida Galaxy S26 Ultra'da paydo bo‘ladigan «Privacy Display» funksiyasi aniqlandi. U faollashtirilganda, birov ekranga yondan mo‘ralasa, displey qorayadi va hechnima ko’rinmaydi.

📟 DigiTech
189👏33😁1913👍8🔥2💯2🤓2🤝2🫡2😢1
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi birinchi bor elektromobillarni yillik savdosi bo‘yicha Tesla'ni ortda qoldirib, jahon yetakchisiga aylandi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy avtogiganti 2,26 million dona elektromobil sotgan (28 foiz o‘sish), Tesla esa 1,64 million dona bilan ikkinchi o‘ringa tushib qolgan (8 foiz pasayish).

Qizig‘i shundaki, Ilon Mask ilgari BYD'ni umuman jiddiy qabul qilmagan va ularning avtomobillari ustidan ochiqchasiga kulgan edi.

📟 DigiTech
👏11735👍32🔥26💯24🎉22😁19🤯8😨5🫡2🤝1
📲 Telegram endi postlarni qisqacha mazmunini chiqarib beroladi

Ilovaning 2026-yildagi birinchi yangilanishi chiqdi. Asosiy yangilik — neyrotarmoq yordamida postlarni qisqartirish: endi uzun matnlar va maqolalarni to‘liq o‘qish shart emas, Cocoon neyron tarmog‘i o‘zi qisqacha mazmunini tayyorlab beradi. Funksiya hozircha Premium foydalanuvchilar uchun mavjud.

iOS'da ilova dizayni takomillashtirildi: «suyuq shisha» endi shaffof elementlarga va yorug‘likning yumshoq sinish effektiga ega.

📟 DigiTech
1🫡3810👍6😡6🔥5👏2💯2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Finlyandiyada uylar tobora ko‘proq sun’iy intellektlar ishlaydigan ma’lumotlar markazlarining issiqligi bilan isitilmoqda.

Serverlar soviganidan so‘ng, isigan suv shahar isitish tarmog‘iga yo‘naltiriladi, sovigach esa yana ma’lumotlar markazlariga qaytariladi. Shu tarzda aylanma jarayon davom etadi.

Masalan, Google hozirning o‘zida bu usul bilan Xamin shahridagi 2000 ta uyni bepul isitib, shaharning yillik ehtiyojini 80 foizigacha qismini qoplamoqda. Microsoft esa Espoo'dagi 40 foiz yoki taxminan 100 000 ta uyni shu tarzda isitmoqda.

📟 DigiTech
122👏46👍22🤯1810🫡4👨‍💻2💯1
⚡️Videokartalar tugamoqda — Yevropada Nvidia GPU yetkazib berish qisman to‘xtatildi.

Katta texnika do‘koni egasining aytishicha, uning Germaniyadagi ta’minotchisi RTX 5090, RTX 5080 va RTX 5070 Ti uchun barcha buyurtmalarni zaxiralar butunlay tugagani sababli bekor qilgan. Yetkazib berish uchun faqat RTX 5070 mavjud bo‘lib, har bir do‘konga atigi 5 tagacha videokarta berilyapti.

Bunga yana sun’iy intellektlar aybdor — Nvidia'ning ma’lumotlar markazlari ehtiyojlariga ko’proq e’tibor qaratishi va umumiy xotira tanqisligi tufayli talab taklifdan sezilarli darajada oshib ketgan.

📟 DigiTech
🤯71😢10👍86💯4😨2🫡2👨‍💻1
⚡️Xitoyning SwitchBot kompaniyasi CES26 ko‘rgazmasida kundalik ishlar uchun «ikkinchi miya» vazifasini bajaruvchi AI MindClip nomli taqiladigan qurilmani namoyish etdi.

Ushbu ixcham qurilma barcha suhbatlar va ovoz chiqarib aytilgan fikrlarni yozib oladi, so‘ngra ularni rivojlangan qidiruv tizimiga ega shaxsiy ma’lumotlar bazasida tizimlashtiradi.

Uning og‘irligi atigi 18 gramm bo‘lib, 100 dan ortiq tilni tushunadi. Qurilmaning o‘zi va uning sun’iy intellekt funksiyalari uchun obuna narxi keyinroq e’lon qilinadi.

📟 DigiTech
35👍118👏4💯3🫡2🎉1🤝1
🛰️ Hatto kosmosda ham joy qolmayapti: SpaceX to‘qnashuvlar xavfini kamaytirish maqsadida minglab Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining orbitasini pasaytiradi.

Jarayon butun yilga cho‘zilishi va 9400 ta qurilmadan 4400 tasiga ta’sir qilishi kutilmoqda. Ular asta-sekin 550 km balandlikdan 480 km gacha tushiriladi, u yerda boshqa sun’iy yo‘ldoshlar va kosmik chiqindilar kamroq.

📟 DigiTech
👏55🤯2215😁6👍4🔥4🤝3💯2