AI | DigiTech
54.4K subscribers
3.01K photos
1.56K videos
2.73K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️iPhone uchun «budilnik» yaratuvchilari oyiga 500 000 dollar ishlab topishmoqda: ular shunchaki tizimdagidan ko‘ra balandroq ovoz chiqaradigan ilova chiqarishgan.

Uyg‘onish uchun Alarmy ilovasida o‘zingiz tanlagan tovushlarni va ertalabki turli xil topshiriqlarni, masalan, tenglamani yechishni o‘rnatish mumkin. Pullik obuna sotib olish talab qilinishiga qaramasdan, bu xususiyatlar ilovaning juda mashhur bo‘lishini ta’minladi.

Boylik siri ochildi: shunchaki baland ovozli budilnik chiqarish kerak ekan :)

📟 DigiTech
😁15618👍172👨‍💻2🫡1
🧠 AQSh'da olimlar Altsgeymer kasalligi rivojlanishining so‘nggi bosqichlarida uni to‘liq yengishga muvaffaq bo‘lishdi. Hozircha faqat sichqonlarda.

Kasallikning asosiy sabablaridan biri NAD+ molekulalari miqdorining kamayishi tufayli miyaning energiya muvozanati buzilishidir. P7C3-A20 sinov preparati ularning darajasini tiklay oldi. Bu miya hujayralariga o‘zlarini «tuzatish» imkonini berdi.

P7C3-A20 kiritilganidan so‘ng, Altsgeymerning og’ir shakli bo‘lgan sichqonlarda kognitiv funksiyalar tiklandi va miyadagi patologiya butunlay yo‘qoldi.

Olimlar endi odamlarda sinovlar o‘tkazishga tayyorlanishmoqda.

📟 DigiTech
👍5524🔥5👏5😁4🤓4🫡42💯2🤝2
⚡️Yaponiyada 25 Gbit/s tezlikdagi dunyodagi eng tez uy interneti ishga tushiriladi. Bu tezlik bilan 100 GB hajmdagi o‘yinni yoki ikki soatlik 8K filmni atigi 30 soniyada yuklab olish mumkin.

Tokiodagi xonadonlarga o‘ta tezkor optik tolali internet 2026-yilning mart oyidan boshlab o‘tkaziladi. Biroq bu xizmat arzon emas — oylik to‘lov 27 500 yen (taxminan 2 mln so’m)ni tashkil etadi.

Bungacha rekord 10 Gbit/s edi — bunday tezlikdagi internetni Yaponiya, Xitoy, Shveytsariya, AQSh va yana bir nechta mamlakatlarda ulash mumkin.

📟 DigiTech
👏107🤯3817👍73🔥3💯1👨‍💻1🤝1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚇 2 soniyada 0-700 km/soat: Xitoylik muhandislar bir tonna og‘irlikdagi magnit platformasini atigi ikki soniyada 700 km/soat tezlikka yetkazishdi.

Buning siri ishqalanishning yo‘qligida: poyezd relslar bo‘ylab emas, balki kuchli elektromagnitlar yordamida yo‘l ustida muallaq turadi.

Tajriba yaqin kelajakda «vakuumli poyezdlar»ni yaratish uchun o’tkazildi: bunday texnologiyalar yordamida yo‘lovchilar bo‘lgan kapsulalar shaharlar o‘rtasida 1000 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanishi mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
87👍36🤯2015🔥6👏2😨1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Kutilmagan zarba

Unitree G1 robotlari nafaqat ajoyib raqsga tushadi, balki yaxshi jang ham qiladi. Ehtimol, kompaniya muhandislaridan biri buni o‘z xohishiga qarshi bilib qoldi. Harakatlarni mashq qilish paytida robot uning oyoqlari orasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berdi.

Umid qilamizki, robot bu «jang usulini» eslab qolmaydi.

📟 DigiTech
😁172🤯1087👍6💯2🫡2👏1😢1🤝1
⚡️Tokiodagi do‘kon tashrif buyuruvchilarga istalgan mahsulotni «o‘g‘irlash»ga ruxsat berdi — buning uchun atigi 7 dollar to‘lash kifoya.

Xohlagancha olib ketish mumkin. Biroq, bir sharti bor: faqat 60 soniya vaqt beriladi va «o‘g‘rilik»ni mutlaqo shovqinsiz amalga oshirish lozim. Do‘kon bo’ylab o‘ta sezgir mikrofonlar o‘rnatilgan.

📟 DigiTech
👍113😁111👏139🔥6🤯3🫡32😢2💯1🤝1
⚡️Maktab o‘quvchisi 1,5 millionta yangi kosmik obyektlarni topdi. Bu uchun endi u 250 000 dollar va NASA'da lavozim oladi.

Matteo Paz o‘zining sun’iy intellekt algoritmini yaratib, tugallangan NEOWISE missiyasi ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqdi. Natijada olimlar e’tiboridan chetda qolgan obyektlarni — uzoq kvazarlardan tortib yangi yulduzlar va qora tuynuklargacha aniqladi.

Bu tadqiqot uchun u ilmiy tanlovda 250 000 dollar miqdoridagi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. NASA rahbari esa uni ommaviy ravishda ishga taklif qilib, bonus sifatida reaktiv samolyotda uchirishga va'da berdi.

📟 DigiTech
2👍193👏3018🤯10🫡81💯1
🎥 «Uyda yolg‘iz» filmining boshlanishidagi voqealar haqiqatga atigi 0,13% yaqin — to‘rtta katta yoshli odam Kevin'ni unutib qoldirishi ehtimoli shuncha.

Fizik Luis Batalya bir vaqtning o‘zida bir necha kishi soat 23:00 da uxlashi va katta parvozdan oldin soat 8:00 da uxlab qolishi mumkinligini hisoblab chiqdi. Bir kishining imkoniyati 30% edi, ammo guruhda — ehtimollik nolga yaqin.

Aftidan, Kevin'ni ataylab tashlab ketishgan.

📟 DigiTech
😁387💯23👍96👏2🤔2🤯21😢1🤝1🫡1
🪴 Xitoyliklar tuproq va sug‘orishsiz o‘simlik o‘stirish uchun mo’ljallangan shaffof tuvakni ishlab chiqishdi.

Tizim oziq moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ildizlarga yetkazib beradigan mikrotumanli aeroponika asosida ishlaydi. Qo’shimchasiga undan havo namlagich, stol lampasi va tungi chiroq sifatida ham foydalanish mumkin.

Kickstarter platformasida narxi 89 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
💯5926👏16👍8🔥4🤯3🤝31👨‍💻1🫡1
⚡️PlayStation 6 2027-yilda chiqmasligi mumkin. PS5 modellarining narxlari esa yaqin kelajakda oshishi kutilmoqda.

Sony tezkor xotira narxining ko‘tarilishi sababli yangi avlod konsolining chiqarilishini keyinga surmoqchi. Joriy narxlar bilan ishlab chiqarish foydasiz bo‘lib qoldi. Agar PS6 2027-yilda chiqarilsa, u juda qimmat bo‘ladi.

📟 DigiTech
👏47🤯26👍128😨6🫡6😢1
⚡️Oson vazifalar murakkab vazifalarga qaraganda tezroq charchatadi. Miya bir xil ishlardan bir necha barobar tezroq toliqadi, qiyinchiliklar esa, aksincha, diqqatni jamlashga yordam beradi.

AQSh'lik olimlar e’tiborni tekshirish bo‘yicha tajriba o‘tkazishdi. Natijada, eng murakkab vazifalarni bajargan guruhdagi odamlar:
- 10% samaraliroq ishlashdi;
- Kamroq chalg‘ishdi;
- Sinov oxirida ularda charchoq belgilari sezilmadi.


Aniq belgilangan qiyin maqsad doimo miyani tetik holatda saqlaydi. O‘zingizga «1 soatda kurs ishining 5 betini yozish» yoki «vazifani 20 daqiqada tugatish» kabi maqsadlar qo’ysangiz ishingiz samaraliroq bo’ladi.

📟 DigiTech
💯6915🤯11👍8🔥4👏31🤝1🫡1
👨‍💻 Keyingi MacBook Pro'larda mobil internet va sensorli ekran paydo bo‘lishi mumkin.

Noutbuklarga uyali aloqani ta'minlovchi C2 chipi o’rnatiladi. SIM kartalar uchun slot bo‘ladimi yoki yo‘qmi — hozircha noma'lum, lekin hech bo‘lmaganda eSIM'ni qo’llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Sensorli ekran bilan birga MacBook'lar nihoyat OLED displeyga ega bo‘ladi. Yangi boshqaruv sxemasi tufayli esa macOS'ni ehtimol, eng katta redizayn kutmoqda.

Qolgan barcha tafsilotlarni
2026-yilning kuzida bilib olamiz.

📟 DigiTech
👍5115🤯11😁8👨‍💻3🔥1💯1🤝1
🎥 Bir yigit 9 yil oldin YouTube'ga 10 soatlik kamin videosini yuklagan va buni ortidan yiliga 200 000 dollargacha daromad qilmoqda.

Kanalda hali ham faqat bitta video bor, lekin ko‘rishlar soni 156 millionga yetgan. Har oy millionlab odamlar ushbu videoni ko’rishadi, ayniqsa yangi yil arafasida.

📟 DigiTech
👍172😁79🔥1714🤯11👏32🤝2👨‍💻1
🏦 Germaniyada mamlakat tarixidagi eng yirik bank o‘g‘irliklaridan biri sodir bo‘ldi — o‘g‘rilar «Oushenning 11 do‘sti» filmidan ilhomlanib, deyarli 100 million dollarni olib chiqib ketishdi.

Hatto politsiyachilar ham rejaning dahiyona ekanligini tan olishdi: Dam olish kunlari jinoyatchilar Sparkasse banki yonidagi binoga kirib, unda ulkan drelni yig‘ishgan va devorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri omborxonaga ulkan teshik ochishgan. Natijada: 3200 ta seyf buzilgan, 2700 mijoz pul va qimmatbaho buyumlaridan ayrilgan, umumiy zarar esa 100 million dollarga yetishi mumkin.

O’g’rilar professionallar bo’lishgan va deyarli hech qanday iz qoldirishmagan, yagona ma'lumot — ular qora Audi RS 6 avtomobilida qochib ketishgan.

📟 DigiTech
🤯149😁69👏2315👍7💯32🔥2🫡2🎉1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Buklanadigan iPhone shunday ko‘rinishda bo‘ladi — ma'lumot tarqatgani uchun Apple bilan sudlashayotgan insayder qurilmaning haqiqatga yaqin renderini ko’rsatdi.

Jon Prosserning ma'lumotlariga ko‘ra, iPhone Fold yoyilgan holatda 7,8 dyuymli ekranga ega bo‘ladi, korpusining qalinligi esa atigi 4,5 millimetrni tashkil etadi.

📟 DigiTech
💯37👍13😁11👏42🤯2🤝2😡2🫡1