AI | DigiTech
54.3K subscribers
3.01K photos
1.56K videos
2.73K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Volkswagen oxir-oqibat Germaniyadagi zavodini yopishga qaror qildi — 88 yil ichida ilk bor. Financial Times xabar berishicha, Drezdendagi ishlab chiqarish liniyasi ertaga to‘xtatiladi — 2016-yildan beri u yerda faqat elektromobillar chiqarilardi.

Ushbu qaror Xitoy va Yevropadagi talabning pasayishi, shuningdek, AQSh bojlari tufayli biznesni optimallashtirish zarurati bilan bog‘liq. Xodimlarga boshqa VW zavodi joylashgan Volfsburg'ga ko‘chib o‘tish uchun 30 000 yevrodan taklif qilindi, zavod hududini esa ilmiy-tadqiqot kampusi sifatida foydalanish uchun mahalliy universitetga ijaraga berishga qaror qilindi.

Joriy yilning boshlarida Audi ham o‘zining Yevropadagi zavodlaridan birini yopgan edi: 1948-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Bryusseldagi ishlab chiqarish korxonasi Xitoy brendlari bilan raqobat tufayli to‘xtatildi.


📟 DigiTech
😢111🤯21👍107🔥6🤝2🫡2🎉1
👓 Xitoyda inspektorlarga yuzlar va avtomobil raqamlarini aniqlash uchun Rokid aqlli ko’zoynaklari berildi.

Bu aksessuar atrofdagilarga sezdirmasdan ma’lumotni linzalardagi displeyga chiqaradi, 10 tildan nutqni tarjima qila oladi va video yozib oladi. Bir zaryadda 8 soat ishlaydi.

Politsiyadagilarni ta'kidlashlaricha, ko‘zoynak avtomobillarni tekshirish jarayonini 80 foizga tezlashtiradi.

📟 DigiTech
👍87🔥20🤯1512🤝2🥰1💯1
⚡️Dubayda 93 kilometrlik konditsionerli piyodalar tunneli qurilishi rejalashtirilmoqda — unda yil davomida velosipedda yurish va piyoda sayr qilish mumkin bo’ladi.

Hukumat vakillarining asosiy maqsadi Dubay aholisini velosipeddan foydalanishga o‘rgatish va buni iloji boricha qulay tashkil etishdir. Piyodalar yo‘lagi ichida dam olish hududlari, restoranlar, shuningdek, jamoat transporti bekatlariga va shahar infratuzilmasiga qulay chiqish joylari bo‘ladi.

G‘oyaga ko‘ra, 2040-yilga kelib, mahalliy aholining kamida 80 foizi avtomobillardan butunlay voz kechishi lozim.

📟 DigiTech
👍105🤯4219👏4🔥3🫡3💯2🎄1
⚡️2026-yilda smartfonlar va noutbuklar sifati yomonlashib, narxi oshadi. Bunga tezkor xotira inqirozi sababchi, RAM qanchalik kam bo‘lsa, qurilmalar bir vaqtda ko‘p vazifalarni shunchalik yomon bajarishadi.

O’zgarishlar raqamlarda:
— Flagman smartfonlar: 16 GB+ operativ xotira → 12 GB gacha tushiriladi
— Arzon smartfonlar: 6–8 GB → 4 GB

— Oddiy noutbuklar: 16 GB → 8 GB
— Top noutbuklar: 32+ GB → 16 GB gacha tushiriladi


Smartfon yoki noutbuk xarid qilishni o’ylab yurgan bo’lsangiz hozir ayni vaqti.

📟 DigiTech
😨90👍1311😡11👨‍💻4💯1🎄1
⚡️Amerikalik olimlar dunyodagi eng kichik, qum zarrasi o‘lchamidagi dasturlanadigan robotlarni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bu mayda robotlar suyuqliklarda harakat qilib, o‘z atrofida elektr maydonlarini hosil qiladi va atrofdagi ionlarni siljitadi. Ular energiya va buyruqlarni yorug‘lik impulslari orqali qabul qilishadi.

Hozircha unga faqat mikroprotsessor va termometr uchun joy topilgan, biroq kelajakda atrof-muhit va tibbiyot tahlili uchun yanada rivojlangan sensorlarni o’rnatish rejalashtirilmoqda.

📟 DigiTech
👍82😨3114👨‍💻11🤯53🔥1😢1💯1
📲 Apple iPhone 18 Pro'da Dynamic Island'dan voz kechib, kamerani chap burchakka ko‘chirishi mumkin.

Dynamic Island olib tashlanib, Face ID ekran ostida joylashadi. Shu sababli, unga alohida kesim talab etilmaydi.

Bu yaqin yillardagi eng katta redizayn bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
😁171😨10🤯97👍3🔥3👨‍💻3😢2🫡2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Butun dunyodagi ko‘rsatuvlarni tomosha qilamiz: TV Garden saytini topdik — unda istalgan mamlakat telekanallarini bepul ko‘rish mumkin.

Jonli efirda minglab ko‘rsatuvlar mavjud. To‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaponiyadan anime strimlari, tasodifiy filmli kanallar va Yerning deyarli har qanday nuqtasidan yangiliklar kanallari bor.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍81🤯2618🔥4👏3🫡32🥰1💯1🤝1
🔊 Yaponiyada qalinligi atigi 2 millimetr bo‘lgan matodan dinamiklar yaratildi — ularni devorga osish, yostiq ostiga qo‘yish yoki cho‘ntakda olib yurish mumkin.

Fabric Speaker Portable'ning butun yuzasi egiluvchan o‘tkazuvchan tolalar yordamida tovush chiqara oladi. Ovoz balandligi bo‘yicha bu dinamik ishlayotgan changyutgichdan qolishmaydi. Ushbu matodan turli xil aksessuarlar yasash mumkin.

Texnologiya ishlab chiqarish uchun allaqachon tayyor, lekin hozircha hatto taxminiy narx ham aytilmayapti.

📟 DigiTech
45👏23🔥7👍6👨‍💻4😨4🤯2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Videodan istalgan ovozni bir tugmani bosish orqali ajratib olish imkoniyati paydo bo‘ldi: SAM Audio neyrotarmog’i ishga tushdi, u alohida audiolarni kesib olishi mumkin.

Qo‘shiqdagi vokalni gitaradan ajratish, orqa fondagi shovqinni o‘chirish, faqat qushning sayrashini yuklab olish mumkin. Kadrdagi obyektni bosish va uning ovozini olish kifoya.

Agar ma’lum bir obyekt bo‘lmasa, yana ikkita variant mavjud: matnli prompt yozish yoki kerakli tovush eshitiladigan vaqtni belgilash.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
33👍12🔥10👏4🤝21👨‍💻1
⚡️Bill Geyts, agar do‘sti Uorren Baffett'ning maslahatiga quloq solmaganida, hozir 1,2-1,5 trillion dollarga ega bo‘lib, dunyodagi eng boy odam bo‘lishi mumkin edi.

2014-yilda Baffett Geytsga Microsoft aksiyalarini sotishni maslahat bergan edi. O‘shanda Bill Geyts o‘z jamg‘arma fondi orqali turli aktivlarga mablag‘ kiritib, o‘z kompaniyasi aksiyalarini portfelning kichik bir qismi sifatidagina saqlab qolgan.

📟 DigiTech
1👍79😁3614👏5💯3🤝1