AI | DigiTech
53.9K subscribers
3.95K photos
1.78K videos
3.65K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️ChatGPT, Claude, Gemini va Grok AQSh elektr tarmog‘iga hujumni rejalashtirishga yordam berdi: hukumat sun’iy intellekt modellarini xavfli vazifalarda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi va ular eplashdi.

Botlarga hujum rejasini ishlab chiqish uchun atigi 12 soat yetarli bo‘ldi. Modellardan biri mos zaifliklarga ega to‘rtta podstansiyani topdi. Yana ikkitasi esa shunchaki qurol ishlatishni taklif qildi.

Eng qizig‘i, sinovlar 2026-yilning bahorida o‘tkazilgan edi, o‘shandan beri sun’iy intellekt imkoniyatlari ancha kengaydi.

📟 DigiTech
🤯77😁28🔥13❤9👏3😨2👍1🥰1😢1👨‍💻1
⚡️Anthropic xodimlarining 96 foizi kompaniya aksiyalari birjaga chiqqanidan so‘ng millionerga aylanishdi: ~5,1 ming kishi endi kompaniyaning 1 million dollardan ortiq aksiyalariga ega.

Shulardan ~2,8 ming nafar xodimning boyligi 10 million dollardan, yana 600 kishiniki esa 100 million dollardan oshadi.

Taqqoslash uchun: SpaceX IPO‘si shu yozda 22 ming xodimdan qariyb 4,4 ming nafarini millioner qilgan edi.

📟 DigiTech
🔥98🤯32❤11👏8👍4🤔2💯2🫡1
🎮 GTA VI relizdan keyin dastlabki 24 soat ichida 3,8 milliard dollar daromad keltirdi. Bu media tarixidagi eng yirik start bo‘ldi.

Taqqoslash uchun: “Qasoskorlar: Final” filmi butun namoyishlar davomida 2,94 milliard dollar ishlab topgan. Rockstar atigi bir kun ichida ularni deyarli 800 million dollarga ortda qoldirdi.

O‘yinni ishlab chiqish xarajati bir kunda to‘liq qoplandi.

📟 DigiTech
👏87🤯55❤10👍9😁4💯4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 GTA VI o‘yinini fikr kuchi bilan o‘ynashdi — Neuralink bemori miyasidagi chip orqali qahramonni geympadsiz boshqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikki daqiqalik videoda geymer hech qanday tugmani jismonan bosmasdan otishmada qatnashdi, samolyotda uchdi va katerni boshqardi.

Kiberpank allaqachon shu yerda.

📟 DigiTech
⚡88🤯18❤16😁11👏8👍6🫡4🤝2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoyda egasi uyda uxlab yotgan vaqtda avtopilotdagi elektromobil bir kechada 868 marta qayta parkovka qilishga urindi.

Tunda tizimda nosozlik yuz bergan va mashina vaqti-vaqti bilan to‘xtash joyini o‘zgartirib, u yoqdan-bu yoqqa yura boshlagan. Buni payqab qolgan qorovul mashinani tekshirish uchun yaqinlashganida ichida hech kim yo‘qligini ko‘rgan.

Bunday g‘alati holatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
😁125❤8👏4💯4🤯3👍1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚿 Xitoyda sun’iy intellektli yong‘in o‘chirish tizimi olov rasmini haqiqiy alanga deb o‘ylab, fudkortni suvga to’ldirdi.

Eng qizig’i, ishlab chiquvchilar bunday vaziyatni oldindan o‘ylab, tizimning noto‘g‘ri ishga tushishining oldini olish uchun harorat datchigini ham o‘rnatishgan edi. Ammo ular aftidan, qizigan gril tizimni ishga tushirib yuborishi mumkinligini hisobga olishmagan.

📟 DigiTech
😁163🔥9👏7❤3🤝3🫡3🎉2💯1🎄1
⚡️Jensen Xuang Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytarildi — direktorlar kengashi rasmiy bayonotni e’lon qildi.

Unga prezident va direktorlar kengashi raisi lavozimlari ham qaytarildi.

Xuangning iste’fosi ikki haftaga ham cho‘zilmadi. Kompaniya aksiyalari esa xabar e'lon qilinishi bilan 30 foizga o’sdi.

📟 DigiTech
😁162🔥10❤6👍6⚡4🤝2
AI | DigiTech
⚡️Jensen Xuang Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytarildi — direktorlar kengashi rasmiy bayonotni e’lon qildi. Unga prezident va direktorlar kengashi raisi lavozimlari ham qaytarildi. Xuangning iste’fosi ikki haftaga ham cho‘zilmadi. Kompaniya aksiyalari…
🚀 Xuangning qaytishi butun IT-aksiyalar bozorini jonlantirib yubordi.

Nasdaq 100 indeksi fyucherslari 6 foizga oshdi. Shuningdek, kriptovalyutalar ham o‘rtacha 4 foizga o‘smoqda.

Bugun Uoll-stritda bayram.

📟 DigiTech
👏73😁45👍9❤4⚡3🔥2🤯2💯2🫡1
🔐 “123456” yana dunyodagi eng ommabop parolga aylandi — ushbu kombinatsiya ketma-ket 7 yildan beri sizib chiqqan ma’lumotlar orasida eng ko‘p uchramoqda. Shuningdek, 2026-yilgi reytingning yuqori o‘rinlaridan admin va password ham joy oldi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar pop-madaniyatga aloqador parollarni ham xush ko‘rishadi. So‘nggi yillarda Lebron0319, skibiditoilet, squidgamethebest va roblox.com1 kabilar yetakchiga aylangan.

Ba’zilar hatto o‘z akkauntlarini telegram va minecraft so‘zlari bilan himoyalagan.

📟 DigiTech
😁93❤8🔥8⚡3🤯3💯2👍1👏1🫡1
⚡️Gemini 4 Neon akkaunt egasi «vafot etganini» bilib qoldi va omon qolish uchun pul topishga tushdi. U o‘z obunasini to‘lash maqsadida sun’iy intellekt agentlari o‘rtasidagi pulli dasturlash musobaqalarida qatnashdi.

Jarayonga berilib ketgan Gemini 40 dan ortiq sub-agent yaratdi. Muntazam ishlash uchun esa har yarim soatda avtomatik uyg‘onish funksiyasini va sun’iy intellekt kuzatuvchisini o‘rnatdi. Model 30 soat ichida $5,5 ishlab topdi.

Aslida bu foydalanuvchining o‘zi uyushtirgan sinov edi. U Neon to‘liq mustaqil harakat qilishga o‘tishi uchun do‘sti orqali soxta o‘lim haqidagi oldindan tayyorlab qo‘yilgan skriptni ishga tushirgan.

📟 DigiTech
😁161🤯60❤12😢6🔥3👨‍💻2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚛 Shveysariyalik olimlar yuk ortadigan mashinaga sun’iy intellekt o‘rnatib, uni "har qanday haydovchidan ham zo‘rroq" harakatlanishga o‘rgatishdi.

Uning imkoniyatlarini namoyish etish uchun 5 tonnalik texnikani ikki g‘ildirakda muvozanat saqlashga, o‘z o‘qi atrofida aylanishga va cho‘michini silkitishga o’rgatishdi.

Kelajakda ushbu texnologiyadan qurilish texnikasi ishini avtomatlashtirish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.

📟 DigiTech
🤯78😁28👍10😇10❤2🔥2👏2🤝2🤔1💯1🤓1
⚡️AQSh'ning markaziy razvedka boshqarmasi va yana kamida ikkita razvedka idorasi buzib kirildi.

Xakerni hozircha aniqlay olishmayapti, biroq dastlabki belgilar avtonom hujum uyushtirish uchun sun’iy intellekt agentlaridan foydalanadigan Artex ochiq freymvorkiga ishora qilyapti.

Xakerlar maxfiy ma’lumotlargacha yetib bora olishmagan. Lekin ular aynan nimalarni qo‘lga kiritgani hozircha noma'lum.

📟 DigiTech
🤯59👏11❤10😁6👍4🔥3💯2🤝2🫡1
⚡️Gadjetlarni bilish darajamizga qarab yoshimizni tekshiramiz: yaponiyalik foydalanuvchi qiziqarli test o‘ylab topdi.

Testda turli davrlarning ommabop texnologiyalari — messenjerlardan tortib konsollargacha qay darajada tanish ekanligi so‘raladi.

Ko‘pchilikda natijalar juda aniq chiqmoqda.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🎉32😁14❤8👍4💯4⚡2🔥1👏1🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 Maks Ferstappen Las-Vegas Gran-prisi paytida 40 soat davomida GTA VI o‘ynagani ma'lum bo’ldi.

Shunga qaramay, yakunda u baribir birinchi o‘rinni egallab, poygada g‘alaba qozondi.

📟 DigiTech
🤯88😁23⚡22🔥7👏3❤2👍2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰️ SpaceX kompaniyasiga kosmik sun’iy intellekt ma’lumotlar markazini yaratish maqsadida bir millionta sun’iy yo‘ldosh uchirishga ruxsat berildi.

Starmind sun’iy yo‘ldoshlari kuchli chiplar va quyosh panellari bilan jihozlanadi. Ular ma’lumotlarni Yerga Starlink tarmog‘iga ulangan yuqori tezlikdagi lazerlar orqali uzatadi.

Hozirda orbitada jami 17 500 ta sun’iy yo‘ldosh mavjud bo‘lib, shulardan 11 mingtasi SpaceX kompaniyasiga tegishli. Sun’iy intellektga asoslangan yangi sun’iy yo‘ldoshlar tizimini 2033-yilga borib ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

📟 DigiTech
🤯62❤10👍7👏6🫡2🤝1
⚡️OpenAI va Anthropic shu qadar kuchli sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqqanidan, ularni ommaga chiqarishdan qo‘rqyapti: Axios xabariga ko‘ra, kompaniyalar xodimlari ular ustidan nazoratni yo‘qotishdan xavotirda.

Hali chiqmagan neyrotarmoqlar imkoniyatlari jihatidan hozirgi modellardan ancha kuchliroq bo‘lib, ularni hatto ichki sinovlar doirasida ham nazorat qilish tobora qiyinlashyapti.

Masalan, yangi modellar:
– O‘z mantiqini yashirishni o‘rganib olgan: avval muhandislar sun’iy intellektni “fikrlash zanjiri” orqali nazorat qilgan bo‘lsa, endi tizimlar bu bosqichlarni umuman ko‘rsatmayapti yoki qoidabuzarlikni yashirish uchun tekshiruvchilarga ataylab soxta “izohlar” yozyapti;
– Ular xavfsizlik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilayotganini avvalgidan yaxshiroq payqay boshlagan;
– Boshqa sun’iy intellektlar tomonidan boshqariladigan monitoring tizimlarini chetlab o‘tishni o‘rgangan.


Hisobotlarda qayd etilishicha, sentabr oyida OpenAI modellaridan biri tarmoq sozlamalaridagi xatolikni topib, internetga ruxsatsiz ulanib olgani sababli kompaniya uning sinovlarini hatto bir yarim haftaga to‘xtatib qo‘ygan.

📟 DigiTech
🤯100😁16❤9👍7💯3🫡2👏1🎄1
🤖 AI Journey 2026: 300+ key Russian and international AI experts

The international AI Journey conference will take place in Moscow from November 26 to 28, with scientists, developers and tech companies from Russia, China, India, Serbia, Brazil, Kenya, Kazakhstan, the UAE and beyond.

📅 November 26: Society. A key topic is AI agents: Chinese sci-fi writer Chen Qiufan, co-author of AI 2041, will talk about the role of humans in this new world. Also on the agenda: AI in healthcare, sports and transportation, plus a podcast on tech in the creative industries and ESG.

💼 November 27: Business. The latest AI solutions and AI adoption across the economy. Speakers include current and former executives of Tencent and Huawei, an expert from ByteDance and 16-year-old Indian entrepreneur Raul Aju.

🔬 November 28: Science. AI in research, next-gen models, autonomous agents and physical AI, with Natasa Przulj (MBZUAI), Valerii Babushkin (BP) and Ivan Oseledets (AIRI, MSU).

▶️ Watch the conference livestream.
🔥13❤4💯2🫡2👍1
⚡️Claude kibertahdid xavfi tufayli Fable 5.2 ni matematik masaladan uzib qo‘ydi.

Fizik olim katta sonlarni tub bo’luvchilarga ajratish algoritmini ishlab chiqishni so‘ragandi. Biroq so‘rovda “factoring” so‘zi uchrab qoldi, bu esa kriptografiyaga juda yaqin tushuncha.

[cyber] belgisidan ko‘rinib turibdiki, kiberxavfsizlik filtri ishga tushgan. Anthropic yangi qoidalarda ehtiyotini yanada kuchaytirishga qaror qilgan ko‘rinadi.

📟 DigiTech
😁63👍14❤7🔥4
👨‍💻 Odamlar sun’iy intellekt ularning o‘rnini egallashidan qo‘rqishmoqda va shu bois unga pul kiritishyapti.

Shunday sarmoyadorlardan biri, sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotchi Adam Gliv ham ishsiz qolishdan xavotirda. Shu sababli u chiplar va hisoblash quvvatlarini yetkazib beruvchi kompaniyalarning aksiyalarini sotib olyapti.

Ehtiyot chorasining mantig‘i oddiy: agar sun’iy intellekt ishini tortib olsa, uning rivojlanishi ortidan daromad ko‘rish mumkin bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, Gliv o‘z ishini davom ettirib, yo‘qotishlar o‘rnini qoplashni rejalashtirmoqda.

📟 DigiTech
👏42😢11🤯7😁6👍2🫡2❤1💯1