AI | DigiTech
55.4K subscribers
3.94K photos
1.78K videos
3.64K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🎮 GTA 6 chiqdi va Yangi Zelandiyada ishga tushirilganidan atigi 10 daqiqa o‘tib, Twitch’da 2,4 milliondan ortiq tomoshabin yig‘di. Taqqoslash uchun: bu paytda GTA 5’ni bor-yo‘g‘i 39 000 kishi tomosha qilayotgan edi.

O’yinchilar GTA 6 ni 13 yil kutishdi. Tanqidchilar allaqachon Metacritic’da o‘yinga 99 ball baho berib, uni shedevr deb atashmoqda.

📟 DigiTech
❤94🤯51💯11👍5😁5🎉3🔥2🫡2
🛰️ "Voyager-1" Yerdan bir yorug‘lik sutkasi masofasini bosib o‘tdi — bu insoniyat ishlab chiqqan obyektlar orasidagi rekord natijadir.

U 1977-yilda uchirilgan edi. Dastlab Yupiter va Saturnni tadqiq qilgan zond, keyinchalik geliosferaning tashqi chegaralari sari yo‘l oldi. Hozirda u 25,9 milliard kilometr masofada bo‘lib, unga radiosignal yetib borishi uchun qariyb 24 soat vaqt ketmoqda. Qurilmaning o’zi esa 49 yildan buyon ishlab kelyapti.

Uning ortidan "Voyager-2" uchyapti, u 2035-yilning noyabrida Yerdan bir yorug‘lik sutkasi uzoqligiga yetadi.

📟 DigiTech
❤71🔥27🫡20👏12🤯9👍7💯3🤝1
Servercore IT-plovi Toshkentda: AI-infratuzilmaning yil yakunlari

24-noyabr | 18:30 | Toshkent

Servercore IT-mutaxassislari va biznes vakillarini yopiq biznes-ziyofatga taklif qiladi.

Tadbirda «Markaziy Osiyoda AI 2026» tadqiqoti natijalari taqdim etiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt uchun yangi GPU quvvatlari, bulutli yechimlar va ma’lumotlar xavfsizligi masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirda quyidagi mavzular ko‘tariladi:

▪️ Markaziy Osiyo kompaniyalari sun’iy intellektdan qanday foydalanmoqda va uni keng joriy etishga nima to‘sqinlik qilmoqda?

▪️ Servercore bulutida yangi GPU’lar, AI-marketplace va Managed Kubernetes imkoniyatlari.

▪️ Toshkentdagi yangi ma’lumotlar markazi imkoniyatlari va loyihalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash.

▪️ Biznesda ovozli sun’iy intellektdan foydalanish: HULI loyihasi tajribasi.

Rasmiy taqdimotlardan so‘ng mehmonlarni kechki ovqat va networking kutmoqda. Bu IT sohasi vakillari bilan tanishish, tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat.

⚠️ Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart. Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng Servercore menejeri siz bilan bog‘lanib, ishtirokingizni tasdiqlaydi va tadbir manzilini yuboradi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: https://srv.cr/mfw6f

Reklama
⚡10❤6👍3👏1🤯1
⚡️Janubiy Koreyada bugun mahalliy bitiruv imtihonlari xuddi zilzila paytidagidek qat’iy tartibda o‘tkazildi: prezident topshirig‘i bilan yashirilgan telefonlarni aniqlash maqsadida imtihon vaqtida favqulodda bildirishnomalar yuborildi. Bunday xabarnomalar hatto ovozsiz rejimda ham ovoz chiqaradi.

Shuningdek, rasmiylar:
– Sun’iy intellekt kompaniyalaridan topshiriqlar surati tushirilgan so‘rovlarni taqdim etishni so‘rashdi;
– Har bir testdan oldin o‘quvchilarning ko‘zoynaklarini tekshirishdi va kiyim tugmalariga stiker yopishtirib chiqishdi;
– O‘smirlar shovqindan chalg‘imasligi uchun butun mamlakat bo‘ylab aviaqatnovlarni 40 daqiqaga to‘xtatib turishdi.


Neyrotarmoqdan testni yechib berishni so‘raganlik uchun besh yillik qamoq jazosi belgilandi. Shpargalkadan foydalangan har bir o‘quvchini tutib berganlarga esa 100 million vondan (902 million so’m) boshlab pul mukofoti va’da qilindi.

Imtihonda favqulodda bildirishnomalar tizimi orqali smartfondan foydalanayotgan 22 ta o’quvchi aniqlandi.

📟 DigiTech
🔥83🤯56👍7💯5❤4🫡4😁3
🎮 GTA VI avvalgi qismi relizidan ikki barobardan ko‘proqqa o‘zib ketdi: chiqarilganidan 24 soat o‘tgach, o‘yin daromadi 1,84 milliard dollarga yetdi. Taqqoslash uchun, GTA V ilk sutkada bor-yo‘g‘i 815 million dollar yig‘gan edi.

O‘yin birinchi haftaning o‘zidayoq 3 milliard daromad keltirishi taxmin qilinmoqda. Bu sodir bo‘lgan taqdirda, u tarixdagi eng muvaffaqiyatli media mahsulotga aylanadi.

📟 DigiTech
🔥107👏13❤10🤯9👍5💯5⚡2
⚡️ChatGPT, Claude, Gemini va Grok AQSh elektr tarmog‘iga hujumni rejalashtirishga yordam berdi: hukumat sun’iy intellekt modellarini xavfli vazifalarda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi va ular eplashdi.

Botlarga hujum rejasini ishlab chiqish uchun atigi 12 soat yetarli bo‘ldi. Modellardan biri mos zaifliklarga ega to‘rtta podstansiyani topdi. Yana ikkitasi esa shunchaki qurol ishlatishni taklif qildi.

Eng qizig‘i, sinovlar 2026-yilning bahorida o‘tkazilgan edi, o‘shandan beri sun’iy intellekt imkoniyatlari ancha kengaydi.

📟 DigiTech
🤯75😁27🔥13❤6👏3😨2👍1🥰1👨‍💻1
⚡️Anthropic xodimlarining 96 foizi kompaniya aksiyalari birjaga chiqqanidan so‘ng millionerga aylanishdi: ~5,1 ming kishi endi kompaniyaning 1 million dollardan ortiq aksiyalariga ega.

Shulardan ~2,8 ming nafar xodimning boyligi 10 million dollardan, yana 600 kishiniki esa 100 million dollardan oshadi.

Taqqoslash uchun: SpaceX IPO‘si shu yozda 22 ming xodimdan qariyb 4,4 ming nafarini millioner qilgan edi.

📟 DigiTech
🔥92🤯30❤10👏8👍4🤔2💯2🫡1
🎮 GTA VI relizdan keyin dastlabki 24 soat ichida 3,8 milliard dollar daromad keltirdi. Bu media tarixidagi eng yirik start bo‘ldi.

Taqqoslash uchun: “Qasoskorlar: Final” filmi butun namoyishlar davomida 2,94 milliard dollar ishlab topgan. Rockstar atigi bir kun ichida ularni deyarli 800 million dollarga ortda qoldirdi.

O‘yinni ishlab chiqish xarajati bir kunda to‘liq qoplandi.

📟 DigiTech
👏82🤯52❤10👍9😁4💯4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 GTA VI o‘yinini fikr kuchi bilan o‘ynashdi — Neuralink bemori miyasidagi chip orqali qahramonni geympadsiz boshqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikki daqiqalik videoda geymer hech qanday tugmani jismonan bosmasdan otishmada qatnashdi, samolyotda uchdi va katerni boshqardi.

Kiberpank allaqachon shu yerda.

📟 DigiTech
⚡80❤16🤯15😁10👏8👍5🫡3🤝2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoyda egasi uyda uxlab yotgan vaqtda avtopilotdagi elektromobil bir kechada 868 marta qayta parkovka qilishga urindi.

Tunda tizimda nosozlik yuz bergan va mashina vaqti-vaqti bilan to‘xtash joyini o‘zgartirib, u yoqdan-bu yoqqa yura boshlagan. Buni payqab qolgan qorovul mashinani tekshirish uchun yaqinlashganida ichida hech kim yo‘qligini ko‘rgan.

Bunday g‘alati holatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
😁92❤5👏3💯3🤯2👍1🫡1