AI | DigiTech
54.6K subscribers
3.92K photos
1.77K videos
3.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
👨‍💻 Apple sensorli displeyga ega ilk MacBook’ni namoyish etdi. “Qosh” o‘rnini iPhone’lardagi kabi Dynamic Island egallagan, lekin Face ID’siz, shuningdek, olma logotipi yana yonadigan bo‘ldi.

MacBook Pro avvalgidek 14 va 16 dyuymli ekranlar bilan chiqadi, lekin endi ular OLED matritsali, yangilanish chastotasi 120 hz, yorug’ligi esa 2000 nitgacha. Ikkala model ham biroz yupqalashgan va yengillashgan. Qurilma M5 Pro va M5 Max chiplarida ishlaydi, bazaviy versiyada 24 GB tezkor hamda 1 TB doimiy xotira o‘rnatilgan.

Narxi — 2899 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥43🤯19😁11❤8👍5⚡4😇2👨‍💻1🎄1
🪛 Sun’iy intellekt hatto buragichlargacha yetib bordi: xitoyliklar ichiga neyrotarmoq o‘rnatilgan dunyodagi ilk modelni namoyish etishdi.

Uch qismidagi kamera vintni skanerlaydi, idishda esa ikkita mos uchi — asosiy va zaxira variantlari yoritib ko‘rsatiladi. So‘ngra vintni yemirib yubormaslik uchun buragich aylanish kuchini o‘zi tanlaydi — odamdan esa uni shunchaki tekis ushlab turish talab etiladi.

Kickstarter’da ushbu to‘plam narxi 129 dollardan boshlanadi, yetkazib berishni 2027-yilning aprel oyiga va’da qilishmoqda.

📟 DigiTech
🤯59👍21❤5👏3😁3😡3⚡2🔥2🤓1🫡1
⚡️Binance birjasi xakerlik hujumiga uchradi. Bu tarixdagi eng yirik kriptobirja buzib kirilishi bo‘ldi.

Xakerlar hujumga oldindan tayyorlanib, DevOps-muhandisning buzib kirilgan noutbuki orqali Binance’ning tranzaksiyalarni imzolash tizimini o‘zlarining nazoratidagi manzillarga pul o‘tkazmalarini tasdiqlashga majbur qilishgan.

Zarar 6,36 milliard dollarga baholanmoqda, biroq pullarning bir qismini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan. Hozirda birja mablag‘ kiritish va chiqarishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan.

📟 DigiTech
😁68❤22🤯13👍2💯2⚡1🤝1🫡1
⚡️Claude sichqon miyasida operatsiya o‘tkazdi: agent epilepsiyaga qarshi dori tanladi, ukol qilinadigan nuqtani hisoblab chiqdi va preparatni yubordi.

Operatsiyani Sonnet 5 o’tkazdi — unga 19 ta gen preparati va Arduino‘da ishlaydigan jarrohlik stendi taqdim etildi. Agent ilmiy maqolalar asosida ukol joyini o‘zi tanladi va kameralar yordamida mo‘ljal oldi.

Muolajalarning bir qismini haqiqiy jarroh bajardi, veterinar esa ehtiyot shart favqulodda to‘xtatish tugmasini nazorat qilib turdi. Hammasi muvaffaqiyatli o‘tdi, sichqon tuzalib ketdi.

Ana endi sun’iy intellekt tirik organizmlarni operatsiya qilishni ham biladi)

📟 DigiTech
🔥92😨37❤10👏8👍5🤯2⚡1💯1🫡1
⚡️Claude 53 daqiqada Linux yadrosini buzib kirdi — operatsion tizimda xavflilik darajasi 10 balldan 9,8 ga baholangan yangi jiddiy zaiflik aniqlandi.

Hujum qilish uchun na akkaunt, na foydalanuvchi harakati talab etiladi: server bilan TCP-ulanishni o‘rnatishning o‘zi kifoya. Ushbu tuynuk orqali tizim ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritish mumkin.

Zaiflikni bartaraf etuvchi patch allaqachon chiqdi. Linux foydalanuvchilariga tizimni yangilab olish tavsiya etiladi.

📟 DigiTech
😁108🤯36❤18👍6🫡6💯2⚡1🔥1
⚡️Kompaniyalar sun’iy intellekt sababli ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qaytarishni boshladi: bu trend uchun hatto "SI-bumerang" degan atama ham o‘ylab topildi.

Ayrim misollar:
– Ford neyrotarmoqlar vazifani eplay olmayotganini aniqlagach, 350 nafar muhandisni qayta ishga oldi yoki lavozimini ko‘tardi;
– Klarna (Shvetsiya fintex kompaniyasi) "chat-botga tayanib qolish haddan oshib ketgani" sababli qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yana odamlarni ishga olmoqda.


Ma’lum bo‘lishicha, sun’iy intellekt ustidan kimdir nazorat qilib turishi, ba’zida esa his-tuyg‘ularni ilg‘ay olish va muammoning jiddiyligini baholash muhim. Bundan tashqari, odamlar ketishi bilan odatda hech qanday yo‘riqnomada yozilmaydigan ulkan ko‘rinmas ishlar ham to‘xtab qoladi.

Eng qizig‘i: xodimlar qaytayotganda ko‘proq maosh va kafolatlar talab qilishni boshlashyapti)

📟 DigiTech
👍112😁64🔥19❤7👏4🤯3⚡1💯1👨‍💻1
⚡️Fransiyada deputatlar internet-trafik uchun soliq joriy etilishini ma’qulladi — har bir gigabayt uchun 0,055 yevro. Mazkur soliqqa Google, Netflix kabi yirik IT korporatsiyalar ham, kichik kompaniyalar ham tortiladi.

To‘lovni kompaniyalar amalga oshirishi kerak, biroq xarajatlar yakuniy foydalanuvchilar zimmasiga yuklanishi mumkin. Misol uchun: GTA VI ni yuklab olishga taxminan 12 yevro olinishi mumkin.

Ushbu soliq byudjetga yiliga 10 milliard yevro atrofida daromad keltirishi mumkin deb hisoblashmoqda. Tashabbus hozircha muhokama qilinyapti va yil oxirigacha hali rad etilishi ham mumkin.

Umid qilamizki, bu butun dunyoda trendga aylanib ketmaydi :(

📟 DigiTech
😁161😡32❤10👍5😢3💯3👏2😨2🫡2⚡1
AI | DigiTech
⚡️Tramp o‘z harakatlarini sun’iy intellekt bilan maslahatlashib qilmoqda — jurnalistlar AQSh prezidenti qaror qabul qilishdan oldin ko‘pincha Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i bilan maslahatlashishini aniqlashdi. Masalan, Tramp Maduroni qo‘lga olishdan oldin…
⚡️AQSh Kongressi mamlakatni aslida kim boshqarayotganini aniqlash maqsadida Trampdan barcha promptlarni saqlab qolishni talab qildi.

Bunga Time nashrining maqolasi sabab bo‘ldi: Venesuelaga bostirib kirishdan oldin Tramp Grok bilan maslahatlashgan. Endi Kongress uning Grok, ChatGPT va Claude’ga yuborgan barcha so‘rovlarini tekshirmoqchi.

Vayb-prezident uchun so‘nggi muddat 11-noyabr etib belgilandi.

📟 DigiTech
😁170⚡9🤓7❤3👏3🤯3🔥2🫡2🤔1😢1
🏭 Google o‘zining eng yirik ma’lumotlar markazini... Claude shahrida quradi. Bu nomdagi shahar Texasda joylashgan bo‘lib, u yerda 1,1 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.

Ma’lumotlar markazini “Goodnight” deb nomlashadi. Aftidan, kompaniyadagilar joy tanlash ustida uzoq bosh qotirishmagan)

📟 DigiTech
🤯58😁36👍5❤2⚡1👏1💯1👨‍💻1
⚡️Yevropada muzlatkichlarga kiberhujumlar to‘lqini avj oldi: bugun xakerlar bir vaqtning o‘zida yettita mamlakatdagi yuzlab supermarketlar tizimini buzib kirishdi.

Xakerlar Spar va Carrefour kabi yirik tarmoqlarga masofadan ulanish imkonini qo‘lga kiritib, muzlatkichlar haroratini 50ºC gacha ko‘tarib yuborishgan.

Niderlandiyada hujumga uchragan tizimlar oddiy parol parol bilan himoyalangan bo’lgan. Bir oy muqaddam Fransiyadagi yuzlab do‘konlar tizimi buzib kirilganida, ularni internetdan uzib qo‘yish so‘ralgan edi.

Hujum oqibatida savdo tarmoqlari o‘n minglab yevrolik mahsulotlarni chiqindiga tashlashga majbur bo‘ldi. Buzib kirish ortida kim turgani noma’lum, tovon puli ham talab qilishmadi. Xakerlarning maqsadini hatto tergovchilar ham tushunmayapti.

📟 DigiTech
😁52👏17❤9🤯8😡4😢3🫡3👨‍💻2👍1🤓1🤝1
⚡️Yosh matematiklar sun’iy intellekt sababli kasbini o‘zgartirish haqida o‘ylashmoqda: MIT so‘rovnomasiga ko‘ra, ularning qariyb 76 foizi ilmiy tadqiqotlar va umuman matematika bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqi so‘nganini tan olgan.

Aspirantlar o‘z ta’limining istiqboli tobora so‘nib borayotganini ko‘rishmoqda. Ular sun’iy intellektning ilmiy kashfiyotlari, xususan, mingyillik masalalarning yechilishi tufayli so‘nggi ikki oyni «ayniqsa charchatadigan» davr deb atashmoqda.

Buning ustiga matematika hamjamiyati va universitetlarga nisbatan g‘azab ham qo‘shilmoqda.

📟 DigiTech
😁65😢29❤7👍7👏2🤯2⚡1🔥1🤔1👨‍💻1🫡1
👨‍💻 Anthropic kompaniyasida o‘rtacha oylik maosh — 107,300 dollarga yetdi. Taqqoslash uchun, bu AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ~18 barobar ko‘pdir.

Iyul-sentyabr oylarida kompaniya 5,3 ming kishilik jamoasi uchun $1,7 milliarddan ortiq mablag‘ sarflagan. Lekin bu xarajatlarning uchdan ikki qismi aksiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Aftidan, IPOdan so‘ng Anthropic’ning yuzlab xodimlari multimillionerga aylanishadi.

📟 DigiTech
👍73🤯29👏9❤8🫡2⚡1👨‍💻1
📱«Original» dizaynga ega Galaxy S27 Ultra maketi ko’rsatildi

Maketni smartfonning yakuniy dizayni aks etgan CAD-fayllarni eksklyuziv tarzda qo‘lga kiritganini ta’kidlayotgan Android Headlines nashri ulashdi. Nashrning taxmin qilishicha, yangi dizayn MagSafe aksessuarlari bilan moslikni yaxshilash maqsadida qo‘llanilgan — endi ular kameralar blokiga tegib ketmaydi.

Exynos’ga to‘liq o‘tish haqidagi mish-mishlarni ham hisobga olsak, «ideal» flagman shakllanmoqda. Shunday emasmi :)

📟 DigiTech
😢121🔥16❤8👏5💯4😡3🤓2👨‍💻2😨2🫡2👍1
⚡️Yirik texnologik kompaniyalar rahbarlari AQShdagi saylovlar fonida to‘nini teskari kiyib oldimi? Sem Altman butun OpenAI nomidan sun’iy intellekt insonlar nazorati ostida bo‘lishi tarafdori bo‘lib chiqdi. Eng qizig’i, yaqindagina u taraqqiyot yo‘lida qurbonliklar muqarrar, deb yozgan edi.

Bu o‘zgarish kecha Kongress saylovlarida demokratlar g‘alaba qozonishi bilanoq yuz berdi. So‘nggi ikki yil davomida uni Tramp partiyasi nazorat qilib kelgan, biroq endi vaziyat o‘zgardi.

Texnogigantlar Tramp ma’muriyatini «yaxshi do’st» deb bilishardi — ularga soliq imtiyozlari, data-markazlarni qurishga ruxsat va davlat shartnomalari taqdim etilgan. Endi esa ular demokrat strateglarga birma-bir qo‘ng‘iroq qilib, kelishish yo‘llarini izlashmoqda.

Kompaniyalarga allaqachon surishtiruvlar, sun’iy intellektni qat’iy tartibga solish va ma’lumotlar markazlari uchun cheklovlar bilan tahdid qilinmoqda. Hozir hatto Ilon Mask asosiy qarorgoh qilib olgan Texas ham demokratlar nazorati ostiga o‘tdi.


Barcha bosh direktorlarga hozirdanoq advokat yollash maslahat berilmoqda.

📟 DigiTech
🤯57😁29❤16👍4🔥2🎉2👏1🤔1🫡1😡1
⚡️Binance soxta suhbat va fishing havolasi tufayli 6,3 milliard dollar yo‘qotdi — kompaniya hujum sxemasini oshkor etdi.

Kompaniya muhandisi internetdagi reklama ustiga bosgan va ish kompyuteriga Homebrew dasturining zararlangan versiyasini yuklab ogani. Binance buni payqab qolib, o‘chirib tashlagan, ammo xakerlar bu muhandisning kimligini va kompaniyada hamyonlarni yana kimlar boshqarishini aniqlashga ulgurishgan;

Keyin xakerlar LinkedIn’da boshqa bir xodimni topib, ikki bosqichli soxta suhbat o‘tkazishgan va uni «sinov topshirig‘i»ni yuklab olishga ko‘ndirishgan;

U ham zararlangan bo‘lib chiqdi, u orqali xakerlar kompaniya tizimlariga kirib, pullarni yechib olishgan.


📟 DigiTech
😁91❤9🤯6😢5👍3👏2🫡2⚡1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oq xakerlar eng kuchli Lockdown himoya rejimiga ega iPhone 18 Pro'ni buzib kirishdi — buning uchun shunchaki… AirDrop orqali PDF fayl yuborish kifoya bo’ldi.

Hujum zararli fayl qabul qilinganidan so‘ng ishga tushadi, jeylbreyk esa tizim iOS 27.2 gacha yangilanganda va qurilma qayta o‘chirib-yoqilganda ham saqlanib qoladi.

Apple bu rejimni siyosatchilar, jurnalistlar va muhim ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa insonlar uchun maxsus yaratgan edi. Bu mazkur himoyani chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lingan ilk ma’lum holatdir.

📟 DigiTech
😨72😁34👍7❤5⚡3💯3🤯2🫡1