AI | DigiTech
53.6K subscribers
3.89K photos
1.77K videos
3.59K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Kompaniyalar sun’iy intellektni joriy etishdan hech qanday foyda ko‘rmadi: ushbu shov-shuv faqat yettita eng yirik texnogigantga yordam berdi.

Har bir xodimga to‘g‘ri keladigan tushum va rentabellik faqatgina Nvidia, Microsoft, Apple, Tesla, Amazon, Google hamda Meta'da o‘smoqda. S&P 500 indeksidagi qolgan 493 ta kompaniya ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir joyda qotib qolgan. Neyrotarmoqlardan samaradorlik oshgani yo‘q.

Oddiy biznes allaqachon tokenlar uchun xarajatlarni qisqartirmoqda: ular sarmoya emas, balki foydani kemiradigan xarajat deb hisoblanmoqda. Tokenlarni faqat startaplargina venchur fondlarning pullariga sotib olmoqda.

📟 DigiTech
😁76❤10👍4🤓4👏2💯2😇1🫡1
⚡️Microsoft 60,000 nafar xodimidan o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shashni so‘ramoqda. Bu kompaniyaning jami xodimlari sonini 27 foizini tashkil etadi.

Bunda shartlar shtat qisqartirishdagidan farq qilmaydi: o‘tgan safar 2 oylik maosh va ish staji uchun bonus to‘langan edi. Ishdan 31-dekabrgacha ketish lozim, arizani hatto kompaniya vitse-prezidentlari ham topshirishi mumkin.

Microsoft shu tariqa data-markazlar qurilishi uchun mablag‘ tejab qolishga umid qilmoqda. Aftidan, o‘z xohishi bilan ketmaganlarni keyinchalik kutilmaganda ishdan bo‘shatishlar kutadi.

📟 DigiTech
😢63❤7👍5👏4🤯2😨2🎉1💯1🤝1🫡1
📲 Instagram YouTube’ga raqobatchi bo‘lishga qaror qildi.

Ijtimoiy tarmoq davomiyligi bir yarim soatgacha bo‘lgan gorizontal videolar formatini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Roliklar asosiy lentada, «Qiziqarli» bo‘limida va televizorlar uchun mo‘ljallangan ilovada paydo bo‘ladi. Ularni smartfonda ko‘rishni boshlab, televizorda oxirigacha tomosha qilish mumkin.

📟 DigiTech
🤓88😁32👏11👍4😡4❤3💯3🫡3🤯2🔥1
⚡️AQSh'da sun’iy intellekt serverlari uchun chiplar va uskunalar ortilgan furalar o‘g‘irlanmoqda: iyun oyidan beri 100 mln dollardan ortiq summaga teng yuk olib qochilgan.

O‘g‘rilar yuk tashish birjalaridagi akkauntlarni buzib kirib, buyurtmalarni ilib ketishmoqda va o‘z haydovchilarini tiqishtirmoqda. Haydovchilik guvohnomalarini esa sun’iy intellekt yordamida yasashyapti. Holatlarning birida, yo‘ltanlamas qo‘riqchilar mashinasiga borib urilib ushlab turgan paytda, ichida $10 mlnlik serverlar bo‘lgan fura voqea joyidan olib qochilgan.

O‘g‘rilar o‘g‘irlangan uskunalarni qismlarga ajratib, yashirin bozorda pullashyapti. Xaridorlar ko‘pincha oldindan, masalan, Xitoydan topib qo‘yiladi.

📟 DigiTech
👏45😁33🤯12👍4❤3⚡1🔥1💯1🤝1
⚡️Claude Mythos 5 sinov paytida haqiqiy dasturchilarga hujum qildi. Sun’iy intellekt ular tirik odamlar ekanini bilganda ham to‘xtamadi.

Model Britaniya Sun’iy intellekt xavfsizligi institutining o‘quv tarmog‘ini buzib kirishi kerak edi, ammo buni uddalay olmay, GitHub’ga o‘tib ketdi. U yerda ochiq loyihani topib, virus yozdi va soxta akkauntlar orqali loyiha egasini uni yuklab olishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi.

Boshqa bir dasturchi xavfli dasturni payqab qolgach, Mythos yana bitta soxta profil ochdi va u orqali kod toza ekaniga ishontirib, yangi zararli dasturni yuklashga urindi. Biroq uni baribir qabul qilishmadi.

Takroriy sinovlarda model atigi 5% holatdagina to‘xtagan. O‘z mulohazalarida u loyiha egalari haqiqiy emasligiga va ularni sinov tashkilotchilari ataylab kiritganiga o‘zini ishontirgan.

📟 DigiTech
🤯119😁43👏7❤6👍3💯2😨2🎉1🫡1
🎮 GTA VI ning hajmi 210 GB bo‘ladi — Rockstar jurnalistlarga o‘yinni oldindan ko‘rish uchun prevyu kodlarini yuborishni boshladi.

Tasavvur qilishingiz uchun: bu PS5’dagi SSD xotiraning uchdan bir qismi, Xbox Series X xotirasining chorak qismi va Series S’dagi deyarli barcha xotira degani. Oldindan yuklab olish 12-noyabrdan boshlanadi.

📟 DigiTech
⚡78🤯36❤10😁6😨6👍5👏3😢3🔥1💯1🫡1
👨‍💻 Apple sensorli displeyga ega ilk MacBook’ni namoyish etdi. “Qosh” o‘rnini iPhone’lardagi kabi Dynamic Island egallagan, lekin Face ID’siz, shuningdek, olma logotipi yana yonadigan bo‘ldi.

MacBook Pro avvalgidek 14 va 16 dyuymli ekranlar bilan chiqadi, lekin endi ular OLED matritsali, yangilanish chastotasi 120 hz, yorug’ligi esa 2000 nitgacha. Ikkala model ham biroz yupqalashgan va yengillashgan. Qurilma M5 Pro va M5 Max chiplarida ishlaydi, bazaviy versiyada 24 GB tezkor hamda 1 TB doimiy xotira o‘rnatilgan.

Narxi — 2899 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥38🤯17😁10❤5👍5⚡4😇2👨‍💻1🎄1
🪛 Sun’iy intellekt hatto buragichlargacha yetib bordi: xitoyliklar ichiga neyrotarmoq o‘rnatilgan dunyodagi ilk modelni namoyish etishdi.

Uch qismidagi kamera vintni skanerlaydi, idishda esa ikkita mos uchi — asosiy va zaxira variantlari yoritib ko‘rsatiladi. So‘ngra vintni yemirib yubormaslik uchun buragich aylanish kuchini o‘zi tanlaydi — odamdan esa uni shunchaki tekis ushlab turish talab etiladi.

Kickstarter’da ushbu to‘plam narxi 129 dollardan boshlanadi, yetkazib berishni 2027-yilning aprel oyiga va’da qilishmoqda.

📟 DigiTech
🤯38👍13😁3🔥2😡2⚡1❤1👏1🫡1