AI | DigiTech
54.3K subscribers
3.89K photos
1.77K videos
3.58K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📲 YouTube'dagi izohlarda giflar paydo bo‘ldi.

Animatsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri platformaning o‘zidan topib, tanlash mumkin. Har doimgidek, bu funksiya bosqichma-bosqich joriy etilmoqda: ayrimlarda hali paydo bo‘lmadi, ammo dunyo bo‘ylab ko‘pchilikda allaqachon ishlayapti.

📟 DigiTech
😁95🔥11❤10🤯6👍2💯1🫡1
⚡️Telegram’da tavsiyalar lentasi paydo bo‘lishi mumkin — bu funksiyani MacOS uchun mo‘ljallangan beta-versiyadan topishdi.

U qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
• Lenta ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi: “Qo‘shilganlar” va “Siz uchun”.

• “Qo‘shilganlar” bo‘limida yangiliklar lentasiga kanallarni qo‘lda qo‘shish va u yerdan shaxsiy manbalarni o‘chirib tashlash mumkin.

• “Siz uchun” bo‘limida qiziqishlaringizga mos kontent ko‘rsatiladi. Kerakli toifalarni tanlash va olib tashlash imkoniyati bo‘ladi.


Tavsiyalar qanday shakllantirilishi va u yerga obuna bo‘linmagan kanallar ham tushish-tushmasligi hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
👏36🤯11❤5👍4🤝1🫡1
🚘 Tesla uchadigan avtomobilni namoyish etdi. Yangi Roadster'ga uni yerdan yuqoriga ko‘tara oladigan SpaceX kosmik dvigatellari o‘rnatildi.

Superkar uch xil versiyada chiqariladi: 1,6 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadigan Performance versiyasi, Thrust (0,9 soniya) hamda aqlbovar qilmas 0,59 soniyada tezlanuvchi va eng yuqori tezligi 370 km/soatdan oshadigan, biroq umumiy yo‘llarda harakatlanishga ruxsat etilmagan Rocket versiyasi.

Uchala model ham avtomobilni hatto shiftda ushlab tura oladigan bosim tizimiga ega bo‘ldi. Sovuq gazda ishlovchi tezlatgichlar esa faqat Thrust versiyasi orqa qismida va Rocket'ning butun kuzovi bo‘ylab o‘rnatilgan.

Sotuvlar 2028-yilda boshlanadi, ammo narxlar hozircha noma’lum. Oldindan buyurtma berish uchun kamida $50 000 miqdorida depozit kiritish kerak.

📟 DigiTech
🔥68🤯28❤9👏9👍5😁3⚡2😢1💯1
⚡️iPhone Duo uchun oldindan buyurtmalar ochildi va ular shu zahotiyoq tugadi.

Apple barcha buklama smartfonlarni atigi yarim soat ichida sotib tugatdi. Endi yetkazib berishning eng yaqin sanasi — 2027-yil yanvar oyining oxiri. Avvalroq OAV Apple’ning haddan tashqari yuqori sifat standartlari tufayli ishlab chiqarish hajmi o‘ta pastligi haqida xabar bergan edi.

Yana ma’lum miqdordagi iPhone Duo 23-oktyabr kuni Apple Store chakana savdo do‘konlarida sotuvga chiqadi.

📟 DigiTech
🤯38😁18❤7👏5💯3👍1
⚡️OpenAI josuslardan cho‘chimoqda: WSJ nashrining aniqlashicha, xodimlarga kompaniya sirlarini oshkor qilib qo‘ymasdan yashashni o‘rgatuvchi maxsus treninglar o‘tkazilyapti.

Ularga ko‘chada kompaniya ramzi tushirilgan kiyimlarni (merch) kiyib yurish va ish joyi haqida ko‘p gapirish taqiqlanadi. Shuningdek, ehtiyotkorlik bilan yangi tanishlar orttirish, yig‘ilish doskalaridagi yozuvlarni o‘chirib tashlash va gadjetlarga «anti-josus» himoya plyonkalarini yopishtirish ham o‘rgatilmoqda.

📟 DigiTech
🤯44💯7❤5👍5👏4🫡2🎉1
AI | DigiTech
⚡️OpenAI josuslardan cho‘chimoqda: WSJ nashrining aniqlashicha, xodimlarga kompaniya sirlarini oshkor qilib qo‘ymasdan yashashni o‘rgatuvchi maxsus treninglar o‘tkazilyapti. Ularga ko‘chada kompaniya ramzi tushirilgan kiyimlarni (merch) kiyib yurish va ish…
👨‍💻 Aytgancha, OpenAI kompaniyasining Buyuk Britaniyadagi xodimlari oyiga o‘rtacha 260,000 dollar maosh olar ekan — kompaniyaning 2025-yil uchun hisoboti e’lon qilindi.

Xodimlar daromadining katta qismi aksiyalar ko‘rinishida: hisobotga ko‘ra, ular oddiy maoshga qaraganda deyarli ikki baravar ko‘p miqdorda beriladi.

O‘rtacha yillik daromad taxminan 3,1 mln dollarni tashkil qiladi.

📟 DigiTech
🤯115🔥10❤9👏8👍4⚡2💯2🫡2😢1
⚡️Neyron tarmoqlar marketingni buzishdi: dasturchi o‘z o‘yinining tizerini X'da (Twitter) ulashgandi — oradan atigi bir kun o‘tib, Roblox’da uning loyihasining to‘liq nusxasini joylashdi.

Asl o‘yin muallifi Steam’da hatto sahifa ochishga ham ulgurmasidan, uning g‘oyasini marokashlik bir yigit ilib ketdi.

Tez orada demo-versiyalarni chiqarish va tizerlar qilish befoyda bo‘lib qolishi mumkin. Axir vaybkoderlar hamma narsani bir zumda ko‘chirib olishga qodir.

📟 DigiTech
😁92🤯18❤5💯4👍3👨‍💻1🫡1
⚡️BMW 40 000 nafar xodimiga ishdan bo‘shashni taklif qildi — xohlovchilar shunchalik ko‘p bo‘ldiki, yuborilgan arizalar kompaniyaning korporativ veb-saytini ishdan chiqardi.

Hammasi to‘lovlar sababli. BMW har bir ishlangan yil uchun 50 000 yevrodan bermoqda: 12 yil uchun 600 000 yevro chiqadi. Shunday yo’l orqali BMW jami 8 000 kishini qisqartirishni rejalashtirgan edi.

Odatda ishga kirish uchun navbatda turishardi :)

📟 DigiTech
🤯131😁54❤7😢6👍3🔥3💯2🫡1
🚘 Uchadigan Tesla'ni xarid qilganlar uni hech qachon ololmasliklari mumkin — Roadster modeliga oldindan buyurtma berish shartnomasida qiziqarli bir jumla bor:

Ushbu Shartnoma tuzilgan vaqtda Roadster hali ham ishlab chiqish jarayonida, shu sabab avtomobilingiz qachon yetkazib berilishi va bu umuman bu sodir bo‘lish-bo‘lmasligiga kafolat berolmaymiz.


Ma’lumot uchun: oldindan buyurtmani rasmiylashtirishda depozitga 250,000 dollar kiritish talab etiladi. Ushbu mablag‘ qancha vaqt muzlatib qo‘yilishi esa noma’lum.

📟 DigiTech
😁194👍6👏5🤔5❤2🤝2💯1🫡1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Endi iOS’ni Android smartfonlarda ishga tushirish mumkin: ishqibozlar sun’iy intellekt yordamida Apple operatsion tizimini Redmi Note 12’ga ko‘chirib o‘tkazishdi.

Lekin hozircha bu faqat eski iOS 16 bo‘lib, mobil aloqa va ba’zi funksiyalar hali ishlamayapti. Loyiha allaqachon GitHub’ga joylashtirilgan va uni takomillashtirishni rejalashtirishyapti.

Aftidan, iPhone'larning xitoycha nusxalarini yangi hayot kutyapti :)

📟 DigiTech
👍66🤯22🔥10😁8👏3💯3❤2🫡1
⚡️Ilon Mask 2027-yilda AQShdagi har bir bolaga SpaceX kompaniyasining bittadan aksiyasini sovg‘a qiladi.

Hozirda Amerikada 18 yoshgacha bo‘lgan 72 millionga yaqin bola bor, bitta aksiya esa 150 dollar turadi. Ya’ni, barcha voyaga yetmaganlarga sovg‘a qilinadigan bo‘lsa, joriy narxlarda Mask $10,5 milliardlik qimmatli qog‘ozlarni xayriya qilgan bo‘ladi.

Tadbirkorning o‘z boyligi 908 milliard dollarga baholanmoqda — iyun oyida u qisqa muddatga tarixdagi ilk trillionerga aylangan edi.

📟 DigiTech
❤101🔥29👏14😁9👍7🤯7🤝1🫡1
🎮 Somon ichidan igna qidirish haqidagi o‘yinning SI-kloni dasturchilari o‘z loyihasini vaybkoderlar o‘g‘irlaganidan shikoyat qilishmoqda.

Yozda Steam’da Needle In A Haystack Simulator o‘yini ommalashib ketdi. Shundan so‘ng platformada uning o‘nlab nusxalari, jumladan, shunchaki Needle In A Haystack deb nomlangan o‘yin ham paydo bo‘ldi.

Endi esa shu so‘nggi o‘yin mualliflari yana bir boshqa — A Game About Needle In A Haystack yaratuvchilari ularning g‘oyasini o‘g‘irlaganidan nolimoqda.

O’g’rini qaroqchi urdi degani shu bo’lsa kerak. Hozir platformadan o’yinning asl nusxasini topishni o’zi somon ichidan ignani qidirish bilan teng :)

📟 DigiTech
😁129👏7❤5💯3🔥2⚡1👍1🫡1
📲 Qotib ishlaydigan Android davrlariga qaytamiz

Xitoylik insayderning ma’lum qilishicha, bir qator Xitoy kompaniyalari xotira inqirozi sabab aksariyat hamyonbop smartfonlarni 4 GB tezkor xotiraga o‘tkazishga qaror qilgan — hatto 6 GB ham faqat eng yuqori modifikatsiyalarda taklif etiladi. O‘rta byudjetli smartfonlar ham 12 GB dan 8 GB gacha tushadi.

Eng qizig’i, ayrim brendlar ishlatilgan smartfonlarni ommaviy xarid qilib, ulardan yangi qurilmalarni ishlab chiqarishda foydalanish uchun xotira chiplarini ajratib olmoqda.


Android Authority nashri sinovlar o‘tkazib, bugungi kunda Android tizimi uchun 8 GB tezkor xotira eng minimal talab ekanligini aniqladi: 4 GB xotirada tizim unchalik ravon ishlamaydi va bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarish imkonini bermaydi.

📟 DigiTech
🤯85😁20❤13🔥4👍3💯2🤔1🎉1🫡1
⚡️YouTube dizlayk tugmasini yashira boshladi — yangilangan interfeysda uni uch nuqtali yashirin menyuga o‘tkazishdi.

Hozirda yangilanish kichik foydalanuvchilar guruhida sinovdan o‘tkazilmoqda (xuddi pleyerning yangi dizayni kabi). U yakuniy relizgacha yetib boradimi yoki yo‘qmi, noma’lum.

YouTube dizlayklar hisoblagichini 2021-yildayoq yashirib qo‘ygandi, shu yilning boshida esa Shorts’lardan “Yoqmadi” tugmasini olib tashlagandi.

📟 DigiTech
😁98👍4💯4🫡4🤯2😢2❤1🎄1
⚡️Amerikalik yigit ChatGPT loyihalagan haqiqiy o‘q otuvchi to‘pponchani 3D-printerda chop etdi.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt o‘qotar qurol chizmalari asosida o‘rganib, berilgan so‘rov bo‘yicha mustaqil ravishda yangi konstruksiyani o‘ylab topgan va to‘pponcha yaratgan.

Modelning o‘zi mukammal chiqmadi va o‘q uzishda biroz pand berdi, ammo jangovar patronlar bilan o‘tkazilgan uchta sinovdan naq ikkitasida o‘q uzishga muvaffaq bo‘lishdi.

📟 DigiTech
❤50🤯44👍9👏5😢2💯1
🎮 Keyingi Xbox narxi $1200–1800 bo’ladi: kompaniya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Microsoft yangi avlod konsoli uchun shunday narxni mo‘ljallamoqda.

Uni 2028-yil oxiriga kelib taqdim etish rejalashtirilgan, ungacha esa portativ versiyasi sotuvga chiqadi — ikkalasi ham Project Helix nomi ostida yaratilmoqda. Narx faqat Microsoft xarajatlarning bir qismini o‘z zimmasiga olsagina pasayishi mumkin.

Ko‘rinishidan, PS6 ham shunga yaqin narxda chiqadi. Birgina uning xotirasi hozirdanoq 700 dollarga baholanmoqda.

📟 DigiTech
🤯33❤5😢4👍3💯1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyning Unitree kompaniyasi buzg’unchining adabini berib qo‘ya oladigan va hatto mashina urib ketishidan qutqarib qoladigan robot-tansoqchini namoyish etdi.

H2-X Kung Fu Legend gumanoidi insonlarni himoya qilish va qutqarish uchun maxsus ishlab chiqilgan. U mustahkamlangan korpusga ega, jangovar usullarga o‘rgatilgan va sakkiz soatgacha ishlay oladi.

Narxi qancha bo‘lishini hozircha aytishmayapti. Bazaviy H2 modeli narxi hozirda 30 000 dollarni tashkil etadi.

📟 DigiTech
👏59🤯17😁12❤5👍3🤝2🫡1😡1