AI | DigiTech
54.3K subscribers
3.89K photos
1.77K videos
3.58K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚀 SpaceX investorlarga shunchaki koinot suratlarini ko‘rsatib, chiplar va ma’lumotlar markazlari uchun ulardan milliardlab dollar so‘radi.

Kompaniya kreditorlar uchun mo‘ljallangan maktubga matn o‘rniga ochiq koinot suratlarini qo’ydi. Suratdagi ko‘rsatkich serverlar «koinotning qayeridadir» joylashtirilishiga ishora qilardi.

Ayrim fondlar suratlar o‘rniga moliyaviy hisobotlarni ko‘rishni kutgani sababli Maskka pul berishdan bosh tortdi.

📟 DigiTech
😁71🤯8⚡7👍4❤3💯1🤝1
📱Samsung smartfonlar ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartirmoqda — kompaniya sotuvdan foyda ko‘rmay qo‘ydi

MoneyToday ma’lumotlariga ko‘ra, 12 GB hajmli bitta xotira modulining narxi 145 dollargacha ko‘tarilgan, bu Samsung smartfonlarining ayrim modellarini ishlab chiqarishni o‘zini oqlamaydigan qilib qo‘ymoqda.

Tahlilchilarning fikricha, yil yakunlariga ko‘ra Samsung'ning mobil bo‘linmasi yana 14 milliard dollar zarar ko‘rishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯91👍17💯5🔥2⚡1😁1🫡1
⚡️Jeff Bezos sun’iy intellekt ish haftasini 3 kungacha qisqartirishga va ko‘proq daromad topishga yordam berishini aytdi va….. xuddi shu kuni Amazon 1000 kishini ishdan bo‘shatdi.

Bezosning fikricha, sun’iy intellekt taraqqiyoti ishsizlikka emas, balki ishchi kuchi taqchilligiga olib keladi. Kompaniyalarda kadrlar yetishmovchiligi yuzaga keladi va odamlar kamroq ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun: so‘nggi ikki yil ichida Amazon 30 000 kishini bo’shatgan :)

📟 DigiTech
😢89😁59❤20👍7⚡5🤯4👏2
⚡️Anthropic va OpenAI yirik «SI-falokat»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda: neyrotarmoq ishlab chiquvchilari jamiyat va hukumat ularga qarshi chiqishi mumkin bo‘lgan ssenariylar ustida ishlamoqda.

Axios insayderlari eng ehtimoliy xavf sifatida global kiberhujumni keltirmoqda — u banklar, internet va hatto kommunal xizmatlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bunday inqiroz yaqin 6–12 oy ichida yuz berishi prognoz qilinmoqda.

Shundan so‘ng sun’iy intellektni taqiqlash yoki uning rivojlanishini muzlatib qo‘yishga urinishlar boshlanishi mumkin. Shu sababli kompaniyalar bo‘lajak qonunlarga ta’sir o‘tkazish uchun allaqachon siyosatchilar bilan ish olib borishyapti.

📟 DigiTech
🤯67👍13❤10💯4⚡2😢2🎉2👨‍💻1🫡1
⚡️OpenAI tomonidan taqdim etilgan Navye–Stoks masalasi yechimida kamida ikkita noaniqlik topildi. Matematiklar matnli isbot yechimning to‘g‘riligini tekshirishga mo‘ljallangan kod versiyasidan farq qilishini aniqladilar.

Bu hozircha yechim noto‘g‘ri degani emas. Biroq, aftidan, ichki model ba’zi joylarda gallyutsinatsiyaga uchraganga o‘xshaydi.

Olimlar o’zi sun’iy intellektdan unchalik mamnun emas: Inson matematikasi assotsiatsiyasi OpenAI bilan hamkorlikni to‘xtatishga chaqirmoqda. Ular kompaniya yutuqlarini ilmiy ish emas, balki shunchaki kuch namoyishi deb atashyapti.

📟 DigiTech
🤯41👏13👍8💯7😨4❤3🤝2⚡1
⚡️Xitoyda ilk bor neyrotarmoqqa rasmiy pasport berildi

Pekin hukumati byurokratiyaning yangi bosqichiga o‘tdi — ular ilk bor to‘liq sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan Yuri ismli SI qo’shiqchiga haqiqiy shaxsni tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtirishdi.

Hammasi xuddi tirik fuqaronikidek rasmiylashtirilgan. Kartochkada ism, tug‘ilgan sana, doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yuridik manzil ko‘rsatilgan va hatto biometrik ma’lumotlar ham yozilgan.

Endi Yuri qonuniy subyekt hisoblanadi. Rasmiy ID mavjudligi uning dasturchilar jamoasiga neyrotarmoq nomiga raqamli hamyon ochish va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Ya'ni endi ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijoriy shartnomalar tuza olishadi.

📟 DigiTech
🤯98😁28❤9👍7⚡2👏2👨‍💻2🔥1🎉1🫡1
📲 iPhone hatto Wi-Fi ulanganida ham sezdirmasdan mobil internetni sarflaydi — barchasiga doim yoniq turadigan "Wi-Fi'ga yordam" funksiyasi sababchi.

Agar Wi-Fi sekinlashsa, video va ijtimoiy tarmoqlar qotib qolmasligi uchun iPhone avtomatik ravishda mobil tarmoqqa o‘tib oladi. Bu birnecha gigabaytlarni sarflab qo’yishi mumkin.

Buni "Sozlamalar" → "Uyali aloqa" → "Wi-Fi'ga yordam" bo‘limida o‘chirib qo‘yish mumkin.


iOS 27 tizimida bu funksiya "Ulanish bo‘yicha yordam" deb ataladi va Wi-Fi sozlamalarida joylashgan.

📟 DigiTech
😁92❤24👍10👨‍💻3⚡1👏1🤯1💯1🫡1
🌍 Britaniyalik Karl Bushbi butun Yer yuzini piyoda aylanib chiqdi — buning uchun unga 28 yil kerak bo‘ldi.

Karl «Goliaf ekspeditsiyasi»ni 1998-yilda Chili janubidan boshlagan edi. Sayohatni 2008-yildayoq yakunlash rejalashtirilgan bo‘lsa-da, vizalar va inqirozlar tufayli jarayon cho‘zilib ketdi. Uning Britaniyadagi ona shahri esa sayohatning so‘nggi manziliga aylandi.

Buning uchun Bushbi Bering bo‘g‘ozini, Kaspiy dengizi va La-Mansh bo‘g‘ozini suzib o‘tdi. U hech qanday transport vositasisiz jami 58 ming kilometr masofani bosib o‘tgan. Hozirda uning sayohati yakunlari bo‘yicha katta hujjatli film tayyorlanmoqda.


Karl Rossiya tundrasida jon saqlab yurgan paytlarida, Apple o‘zining ilk iPhone modelini taqdim etgan edi. iPhone Duo chiqarilganida esa u hali ham yo‘lda bo’lgan.

📟 DigiTech
1❤102😨49👏28🫡9😁7🔥5🤯5👍4⚡2💯2🤝2
⚡️Bill Geyts 2027-yilning o‘zidayoq sun’iy intellektning ommaviy kiberhujumlari xavfidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bizni ko‘plab noxush kutilmagan vaziyatlar kutmoqda».

Microsoft asoschisining CNN telekanaliga bergan yangi intervyusidan yana bir nechta iqtibos:

Agar nazoratni saqlab qolmasak, buning oqibatlari juda og‘ir bo‘ladi;

Kelgusi yil davomida biz boshqaruvning doirasidan tashqariga chiqamiz;

Yetarlicha harakat qilmayotganimiz aniq.


📟 DigiTech
🤯76👍15❤6🔥6💯3😢2⚡1😁1🫡1
⚡️Xakerlar masofadan turib millionlab yevrolik mahsulotlarni yaroqsiz holga keltirdi. Ular Fransiyadagi yuzlab supermarketlarning muzlatgichlarini buzib kirib, tunda haroratni 50°C gacha ko‘tarib yuborishgan.

Xakerlar Daniyaning Danfoss kompaniyasi kontrollerlaridagi zaiflikdan foydalanishgan. Bu muammo haqida yozdan beri ma’lum bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchi ushbu uskunani qo‘llab-quvvatlashni allaqachon to‘xtatgani sababli u bartaraf etilmagan.

Hujum ortida kim turgani hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
🤯98😁46❤11👍6👏4💯2⚡1🤝1🫡1
⚡️Sun’iy intellekt o‘zini aqlli televizor va pechlarga nusxalay oladi. Buning uchun unga ma’lumotlar markazlariga kirish ham shart emas.

Tajriba davomida model 15 ta arzon TV-pristavkada ishga tushirildi. So‘ngra test tarmog‘ida SI o‘zini o‘zi tarqata olishi tekshirildi. Neyrotarmoq yangi qurilmalarni topib, ularga o‘zini ko‘chirib o‘tkazgan va o‘sha yerning o‘zida ishga tushgan. 5 ta sinovning 4 tasida butun tarmoq to‘liq egallab olingan.

Yaxshi tomoni: modellar juda og‘ir bo‘lgani sababli, bitta nusxaga bir necha kun ketadi.

📟 DigiTech
🤯65😁21❤13👍3👨‍💻2😡1
👨‍💻 Sun’iy intellekt olti kun ichida Chrome’ni buzishga yordam berdi — Google hujumni tasdiqladi va xakerlarga 250,000 dollar to‘lab berdi. Ilgari to‘rt nafar mutaxassisdan iborat jamoa bunday ishga 6–9 oy sarflardi.

XBOW tadqiqotchilari GPT-5.6 Sol asosidagi SI-agentlaridan foydalanishdi. Ular manba kodini tahlil qilib, gipotezalarni sinovdan o‘tkazdi va brauzer orqali kompyuterda dasturlarni ishga tushirish yo‘lini topishdi.

Buzishga tokenlar hisobida 40,000 dollar sarflandi.

📟 DigiTech
🤯100💯13😁9👍6❤1👏1🤔1🤝1
⚡️Xaker afsonaviy "123456" paroli orqali Daniya davlat reyestrini buzib kirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat reyestri xodimlarining kamida uchtasi o’z akkauntida aynan shunday paroldan foydalangan. Natijada u 8,8 million kishining ismi-sharifi, manzili va identifikatsiya raqamlariga kirish imkoniga ega bo‘ldi.

Eng qizig’i, rasmiylar ma’lumotlar sizib chiqqanini oradan 12 kun o‘tibgina aniqlashdi. Buni xodimlardan biri tasodifan payqab qolgan.

📟 DigiTech
😁203🔥16❤9💯6🤝3👍2🤓1🫡1
⚡️Shvetsiyada sun’iy intellekt agenti dastidan teleko‘rsatuv namoyishi kechiktirildi. U premyeraga bir oy qolganda butun boshli mavsumni serverdan o‘chirib yuborgan.

Fayllarni tiklashning iloji bo‘lmadi — yuzlab kunlik mehnat behuda ketdi. Telekanal «texnik nosozlik»ni sabab qilib, namoyishni 2027-yilga ko‘chirdi. Dastlabki kadrlar saqlanib qolgan, biroq endi hammasini boshqatdan montaj qilishga to‘g‘ri keladi.

📟 DigiTech
😁110🔥24😢14👏8❤3🤔2👍1💯1🤝1
📲 YouTube'dagi izohlarda giflar paydo bo‘ldi.

Animatsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri platformaning o‘zidan topib, tanlash mumkin. Har doimgidek, bu funksiya bosqichma-bosqich joriy etilmoqda: ayrimlarda hali paydo bo‘lmadi, ammo dunyo bo‘ylab ko‘pchilikda allaqachon ishlayapti.

📟 DigiTech
😁95🔥11❤10🤯6👍2💯1🫡1
⚡️Telegram’da tavsiyalar lentasi paydo bo‘lishi mumkin — bu funksiyani MacOS uchun mo‘ljallangan beta-versiyadan topishdi.

U qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
• Lenta ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi: “Qo‘shilganlar” va “Siz uchun”.

• “Qo‘shilganlar” bo‘limida yangiliklar lentasiga kanallarni qo‘lda qo‘shish va u yerdan shaxsiy manbalarni o‘chirib tashlash mumkin.

• “Siz uchun” bo‘limida qiziqishlaringizga mos kontent ko‘rsatiladi. Kerakli toifalarni tanlash va olib tashlash imkoniyati bo‘ladi.


Tavsiyalar qanday shakllantirilishi va u yerga obuna bo‘linmagan kanallar ham tushish-tushmasligi hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
👏36🤯11❤5👍4🤝1🫡1
🚘 Tesla uchadigan avtomobilni namoyish etdi. Yangi Roadster'ga uni yerdan yuqoriga ko‘tara oladigan SpaceX kosmik dvigatellari o‘rnatildi.

Superkar uch xil versiyada chiqariladi: 1,6 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadigan Performance versiyasi, Thrust (0,9 soniya) hamda aqlbovar qilmas 0,59 soniyada tezlanuvchi va eng yuqori tezligi 370 km/soatdan oshadigan, biroq umumiy yo‘llarda harakatlanishga ruxsat etilmagan Rocket versiyasi.

Uchala model ham avtomobilni hatto shiftda ushlab tura oladigan bosim tizimiga ega bo‘ldi. Sovuq gazda ishlovchi tezlatgichlar esa faqat Thrust versiyasi orqa qismida va Rocket'ning butun kuzovi bo‘ylab o‘rnatilgan.

Sotuvlar 2028-yilda boshlanadi, ammo narxlar hozircha noma’lum. Oldindan buyurtma berish uchun kamida $50 000 miqdorida depozit kiritish kerak.

📟 DigiTech
🔥68🤯28❤9👏9👍5😁3⚡2😢1💯1