⚡️Germaniyada geymerlar uchun maxsus kommunal xizmat ishga tushirildi: kuchli kompyuter egalariga elektr energiyasi uchun alohida tarif bo‘yicha haq to‘lash taklif qilinmoqda.
Elektr doimiy ravishda ko‘p sarflanganda, bu oddiy tariflarga qaraganda arzonroqqa tushadi. Qolaversa, strimerlarga ular jalb qilgan har bir mijoz uchun 75 yevrodan to‘lashadi.
📟 DigiTech

👍84🤯26👏11😁10❤6💯5🔥4🤔3🤝2😨1🫡1
🔊 AQShda ovozli yordamchiga ega Amazon kolonkalari ommaviy ravishda «aqldan ozib», vahimali tarzda «la-la-la-la-la-la» deb kuylashni boshladi.
Bunga duch kelgan foydalanuvchilar hech qanday ketma-ketlik yo‘qligini aytmoqda: ba’zida kolonkalarga umuman murojaat qilinmasa ham qo‘shiq aytishga tushib, ketma-ket 10 daqiqalab «la-la-la»ni takrorlayapti.
Bu nosozlik nima bilan bog‘liqligi noma’lum, Amazon uni yaqinda tuzatishga va’da berdi.

😁135❤5👏5🤔3🤯3😢3🤝3👍2🎄2
⚡️Apple shu oyda yana 4 ta qurilmani namoyish etishi mumkin. Ular orasida MacBook Ultra, OLED ekranli iPad mini hamda yangi MacBook Pro va iMac bor.
Yangi eng qimmat noutbuk sensorli OLED-ekran va Dynamic Island'ga ega bo‘ladi — bu haqidagi eslatmalarni macOS 27.2 beta-versiyasi kodida payqab qolishdi.

👍38❤8🔥8👏2🫡2💯1🤝1
⚡️Albaniya poytaxti meri shaharni qamoqxonadan turib sun’iy intellekt avatari orqali boshqarmoqda — yangi videoda uning SI-avatari maktab o‘quvchilariga bepul tushlik va’da qildi.
Merning o‘zi esa korrupsiya sabab bir yildan oshiqroq vaqtdan beri hibsda o‘tiribdi. Qolaversa, Albaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sun’iy intellekt vaziri ham bor bo‘lib, u ham... korrupsiyada ayblanmoqda.
Bunaqa syujetni hatto neyrotarmoq ham o‘ylab topolmaydi :)

😁194👍14🤯7❤4👏3🤝1🫡1
🎮 O‘yinlardagi SI raqiblar o‘yinchilarning harakatlari asosida o‘qitila boshlaydi: Sony NPC xatti-harakatlarini o‘yin davomida o‘zgartirish imkonini beruvchi texnologiyani patentladi.
Maxsus neyrotarmoq qahramonlarning tashqi ko‘rinishidan tortib xulq-atvorlarigacha bo‘lgan barcha jihatlarini o‘zgartira oladi. Ular xuddi haqiqiy o‘yinchilardek harakat qiladi yoki ularning xatti-harakatlariga mos javob qaytaradi.

👏47🤯19👍10❤4🔥2💯2😨2🫡2
⚡️Google YouTube'ning ulkan izohlar maydoniga ega yangi dizaynini sinovdan o‘tkazmoqda. Videoning o‘zi qariyb 20 foizga kichraygan, tavsiya etilayotgan videolar esa pastga ko‘chirilgan.
Odatdagidek, yangi interfeys hozircha faqat ayrim foydalanuvchilar uchungina yoqildi va ko‘pchilik allaqachon bundan juda norozi. Uning rasman joriy etilishi foydalanuvchilarning fikr-mulohazalariga bog‘liq bo‘ladi.

⚡45😨18🤯10😡8👍6❤5😢2🫡2🔥1
🚀 SpaceX investorlarga shunchaki koinot suratlarini ko‘rsatib, chiplar va ma’lumotlar markazlari uchun ulardan milliardlab dollar so‘radi.
Kompaniya kreditorlar uchun mo‘ljallangan maktubga matn o‘rniga ochiq koinot suratlarini qo’ydi. Suratdagi ko‘rsatkich serverlar «koinotning qayeridadir» joylashtirilishiga ishora qilardi.
Ayrim fondlar suratlar o‘rniga moliyaviy hisobotlarni ko‘rishni kutgani sababli Maskka pul berishdan bosh tortdi.

😁66🤯8⚡6❤3👍3💯1🤝1
📱Samsung smartfonlar ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartirmoqda — kompaniya sotuvdan foyda ko‘rmay qo‘ydi
MoneyToday ma’lumotlariga ko‘ra, 12 GB hajmli bitta xotira modulining narxi 145 dollargacha ko‘tarilgan, bu Samsung smartfonlarining ayrim modellarini ishlab chiqarishni o‘zini oqlamaydigan qilib qo‘ymoqda.
Tahlilchilarning fikricha, yil yakunlariga ko‘ra Samsung'ning mobil bo‘linmasi yana 14 milliard dollar zarar ko‘rishi mumkin.

🤯80👍17💯5🔥2🫡1
⚡️Jeff Bezos sun’iy intellekt ish haftasini 3 kungacha qisqartirishga va ko‘proq daromad topishga yordam berishini aytdi va….. xuddi shu kuni Amazon 1000 kishini ishdan bo‘shatdi.
Bezosning fikricha, sun’iy intellekt taraqqiyoti ishsizlikka emas, balki ishchi kuchi taqchilligiga olib keladi. Kompaniyalarda kadrlar yetishmovchiligi yuzaga keladi va odamlar kamroq ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ma’lumot uchun: so‘nggi ikki yil ichida Amazon 30 000 kishini bo’shatgan :)

😢71😁50❤17👍6⚡4🤯3👏2
⚡️Anthropic va OpenAI yirik «SI-falokat»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda: neyrotarmoq ishlab chiquvchilari jamiyat va hukumat ularga qarshi chiqishi mumkin bo‘lgan ssenariylar ustida ishlamoqda.
Axios insayderlari eng ehtimoliy xavf sifatida global kiberhujumni keltirmoqda — u banklar, internet va hatto kommunal xizmatlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bunday inqiroz yaqin 6–12 oy ichida yuz berishi prognoz qilinmoqda.
Shundan so‘ng sun’iy intellektni taqiqlash yoki uning rivojlanishini muzlatib qo‘yishga urinishlar boshlanishi mumkin. Shu sababli kompaniyalar bo‘lajak qonunlarga ta’sir o‘tkazish uchun allaqachon siyosatchilar bilan ish olib borishyapti.

🤯45👍10❤5💯4😢2🎉2⚡1👨💻1🫡1