AI | DigiTech
54.2K subscribers
3.85K photos
1.76K videos
3.54K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Tramp o‘z harakatlarini sun’iy intellekt bilan maslahatlashib qilmoqda — jurnalistlar AQSh prezidenti qaror qabul qilishdan oldin ko‘pincha Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i bilan maslahatlashishini aniqlashdi.

Masalan, Tramp Maduroni qo‘lga olishdan oldin venesuelaliklar prezidentning o‘g‘irlanishiga qanday munosabat bildirishini Grok bilan maslahatlashgan.

Grok ular bundan xursand bo‘lishini aytgan. Keyingi oyda esa Tramp qo’lga olish buyrug’ini bergan.

📟 DigiTech
😁211🤯24❤9🔥6👍2👏2💯1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AI auditoriyaga kirib keldi. Universitet faoliyatida undan qanday foydalanish mumkin?

3-oktabr kuni Click hammuassisi va rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rustam Fayziyev TIFT universitetida shu mavzuda amaliy seminar o‘tkazdi. Unda universitet rektorati va ta’lim yo‘nalishining barcha rahbarlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga qanday tatbiq etish, boshqaruvda qo‘llash va kundalik ishlarni yengillashtirish uchun undan foydalanish yo‘llarini muhokama qildilar.

Click o‘z bilim va tajribasini ulashishga e’tibor beradi. Bunday uchrashuvlar yangi texnologiyalarni tushunish va ularni kundalik ishda qo‘llashga yordam beradi.

Reklama
👍18👏4🤯4❤2😁1🫡1
⚡️OpenAI o‘z SI-agentlari nimalar qilganini o‘rganish uchun kuniga 500 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflamoqda. Kompaniya Medicare, Hugging Face va boshqa saytlar bilan bog’liq hodisalardan so‘ng qariyb 50 petabayt loglarni tekshirmoqda.

Qizig‘i, bu ulkan ma’lumotlarni ham sun’iy intellektning o‘zi qayta ishlamoqda — agar bu oddiy matn ko‘rinishida bo‘lganida, uni to‘xtovsiz o‘qib chiqish uchun odamga taxminan 66 million yil kerak bo‘lardi.

Bunday urinishlarning sababi: so‘nggi bir hafta ichida OpenAI ustidan xakerlik hujumlari tufayli deyarli har kuni sud ishlari qo‘zg‘atilgan.

📟 DigiTech
😁75🔥12🤯11❤7👏4🫡1
⚡️Anthropic Claude foydalanuvchisini politsiyaga topshirdi: qiz botdan shaxsiy kundalik sifatida foydalanib, qonunbuzarlik rejalarini oshkor qilib qo‘ygan.

Karli Xeller bot bilan yozishmalarida qurol sotib olgani va sherif idorasiga hujum qilish niyati borligini aytgan. Claude ushbu yozishmani xavf tug‘diruvchi deb belgilab, ko‘rib chiqish uchun Anthropic'ga yuborgan.

Endi u zo‘ravonlik qilish tahdidi bo‘yicha ayblanishi mumkin — Florida shtatida bu og‘ir jinoyat hisoblanadi.

📟 DigiTech
😁110❤11🤯10👍8👏2🤝2🥰1🫡1
⚡️Germaniyada geymerlar uchun maxsus kommunal xizmat ishga tushirildi: kuchli kompyuter egalariga elektr energiyasi uchun alohida tarif bo‘yicha haq to‘lash taklif qilinmoqda.

Elektr doimiy ravishda ko‘p sarflanganda, bu oddiy tariflarga qaraganda arzonroqqa tushadi. Qolaversa, strimerlarga ular jalb qilgan har bir mijoz uchun 75 yevrodan to‘lashadi.

📟 DigiTech
👍84🤯27👏11😁10❤6💯5🔥4🤔3🤝2😨1🫡1
🔊 AQShda ovozli yordamchiga ega Amazon kolonkalari ommaviy ravishda «aqldan ozib», vahimali tarzda «la-la-la-la-la-la» deb kuylashni boshladi.

Bunga duch kelgan foydalanuvchilar hech qanday ketma-ketlik yo‘qligini aytmoqda: ba’zida kolonkalarga umuman murojaat qilinmasa ham qo‘shiq aytishga tushib, ketma-ket 10 daqiqalab «la-la-la»ni takrorlayapti.

Bu nosozlik nima bilan bog‘liqligi noma’lum, Amazon uni yaqinda tuzatishga va’da berdi.

📟 DigiTech
😁136❤5👏5🤔3🤯3😢3🤝3👍2🎄2
⚡️Apple shu oyda yana 4 ta qurilmani namoyish etishi mumkin. Ular orasida MacBook Ultra, OLED ekranli iPad mini hamda yangi MacBook Pro va iMac bor.

Yangi eng qimmat noutbuk sensorli OLED-ekran va Dynamic Island'ga ega bo‘ladi — bu haqidagi eslatmalarni macOS 27.2 beta-versiyasi kodida payqab qolishdi.

📟 DigiTech
👍38❤8🔥8👏2🫡2💯1🤝1
⚡️Albaniya poytaxti meri shaharni qamoqxonadan turib sun’iy intellekt avatari orqali boshqarmoqda — yangi videoda uning SI-avatari maktab o‘quvchilariga bepul tushlik va’da qildi.

Merning o‘zi esa korrupsiya sabab bir yildan oshiqroq vaqtdan beri hibsda o‘tiribdi. Qolaversa, Albaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sun’iy intellekt vaziri ham bor bo‘lib, u ham... korrupsiyada ayblanmoqda.

Bunaqa syujetni hatto neyrotarmoq ham o‘ylab topolmaydi :)

📟 DigiTech
😁196👍14🤯7❤4👏3🤝1🫡1
🎮 O‘yinlardagi SI raqiblar o‘yinchilarning harakatlari asosida o‘qitila boshlaydi: Sony NPC xatti-harakatlarini o‘yin davomida o‘zgartirish imkonini beruvchi texnologiyani patentladi.

Maxsus neyrotarmoq qahramonlarning tashqi ko‘rinishidan tortib xulq-atvorlarigacha bo‘lgan barcha jihatlarini o‘zgartira oladi. Ular xuddi haqiqiy o‘yinchilardek harakat qiladi yoki ularning xatti-harakatlariga mos javob qaytaradi.

📟 DigiTech
👏48🤯20👍10❤4🔥2💯2😨2🫡2
⚡️Google YouTube'ning ulkan izohlar maydoniga ega yangi dizaynini sinovdan o‘tkazmoqda. Videoning o‘zi qariyb 20 foizga kichraygan, tavsiya etilayotgan videolar esa pastga ko‘chirilgan.

Odatdagidek, yangi interfeys hozircha faqat ayrim foydalanuvchilar uchungina yoqildi va ko‘pchilik allaqachon bundan juda norozi. Uning rasman joriy etilishi foydalanuvchilarning fikr-mulohazalariga bog‘liq bo‘ladi.

📟 DigiTech
⚡47😨19🤯11😡8👍6❤5😢2🫡2🔥1
🚀 SpaceX investorlarga shunchaki koinot suratlarini ko‘rsatib, chiplar va ma’lumotlar markazlari uchun ulardan milliardlab dollar so‘radi.

Kompaniya kreditorlar uchun mo‘ljallangan maktubga matn o‘rniga ochiq koinot suratlarini qo’ydi. Suratdagi ko‘rsatkich serverlar «koinotning qayeridadir» joylashtirilishiga ishora qilardi.

Ayrim fondlar suratlar o‘rniga moliyaviy hisobotlarni ko‘rishni kutgani sababli Maskka pul berishdan bosh tortdi.

📟 DigiTech
😁69🤯8⚡6❤3👍3💯1🤝1
📱Samsung smartfonlar ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartirmoqda — kompaniya sotuvdan foyda ko‘rmay qo‘ydi

MoneyToday ma’lumotlariga ko‘ra, 12 GB hajmli bitta xotira modulining narxi 145 dollargacha ko‘tarilgan, bu Samsung smartfonlarining ayrim modellarini ishlab chiqarishni o‘zini oqlamaydigan qilib qo‘ymoqda.

Tahlilchilarning fikricha, yil yakunlariga ko‘ra Samsung'ning mobil bo‘linmasi yana 14 milliard dollar zarar ko‘rishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯81👍17💯5🔥2🫡1
⚡️Jeff Bezos sun’iy intellekt ish haftasini 3 kungacha qisqartirishga va ko‘proq daromad topishga yordam berishini aytdi va….. xuddi shu kuni Amazon 1000 kishini ishdan bo‘shatdi.

Bezosning fikricha, sun’iy intellekt taraqqiyoti ishsizlikka emas, balki ishchi kuchi taqchilligiga olib keladi. Kompaniyalarda kadrlar yetishmovchiligi yuzaga keladi va odamlar kamroq ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun: so‘nggi ikki yil ichida Amazon 30 000 kishini bo’shatgan :)

📟 DigiTech
😢77😁52❤18👍6⚡4🤯3👏2
⚡️Anthropic va OpenAI yirik «SI-falokat»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda: neyrotarmoq ishlab chiquvchilari jamiyat va hukumat ularga qarshi chiqishi mumkin bo‘lgan ssenariylar ustida ishlamoqda.

Axios insayderlari eng ehtimoliy xavf sifatida global kiberhujumni keltirmoqda — u banklar, internet va hatto kommunal xizmatlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bunday inqiroz yaqin 6–12 oy ichida yuz berishi prognoz qilinmoqda.

Shundan so‘ng sun’iy intellektni taqiqlash yoki uning rivojlanishini muzlatib qo‘yishga urinishlar boshlanishi mumkin. Shu sababli kompaniyalar bo‘lajak qonunlarga ta’sir o‘tkazish uchun allaqachon siyosatchilar bilan ish olib borishyapti.

📟 DigiTech
🤯56👍12❤6💯4😢2🎉2⚡1👨‍💻1🫡1
⚡️OpenAI tomonidan taqdim etilgan Navye–Stoks masalasi yechimida kamida ikkita noaniqlik topildi. Matematiklar matnli isbot yechimning to‘g‘riligini tekshirishga mo‘ljallangan kod versiyasidan farq qilishini aniqladilar.

Bu hozircha yechim noto‘g‘ri degani emas. Biroq, aftidan, ichki model ba’zi joylarda gallyutsinatsiyaga uchraganga o‘xshaydi.

Olimlar o’zi sun’iy intellektdan unchalik mamnun emas: Inson matematikasi assotsiatsiyasi OpenAI bilan hamkorlikni to‘xtatishga chaqirmoqda. Ular kompaniya yutuqlarini ilmiy ish emas, balki shunchaki kuch namoyishi deb atashyapti.

📟 DigiTech
🤯28👏11👍6😨4💯3❤1🤝1