AI | DigiTech
54.3K subscribers
3.85K photos
1.76K videos
3.54K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda YouTube’ni yangi funksiyasi uchun tanqid qilishni boshlashdi: endi muallif bitta videoning turli montajdagi uchtagacha versiyasini yuklashi mumkin.

Bir versiyada intro boshqacha bo’lishi, ikkinchisida cho‘zilib ketgan qism olib tashlanishi, uchinchisida esa sahnalar o‘rni almashtirilishi yoki boshqa grafika qo‘shilishi mumkin. Algoritm qaysi montaj tomoshabinni eng yaxshi ushlab qolishini tushunib olishi uchun platformaning o‘zi bu variantlarni tasodifiy ravishda tomoshabinlarga ko‘rsatadi.


Natijada foydalanuvchi do‘stlari bilan o‘zi ko‘rgan narsani emas, umuman boshqa narsani ulashishi mumkin. Foydalanuvchiga qaysi versiya tushishini random hal qiladi.

📟 DigiTech
😁44🫡33❤12🤯12😡10👍3🔥2👏2😨2🤝2😢1
🧠 Insoniyatni past IQ davri kutmoqda — NVIDIA rahbarining fikricha, endi bolalar ko‘paytirish jadvalini yodda saqlashlari va ustun qilib bo‘lishni bilishlari shart emas. Bularning barchasini ular o‘rniga sun’iy intellekt bajara oladi.

Jensen Xuangning so‘zlariga ko‘ra, odamlar asosiy ko‘nikmalarning bir qismini yo‘qotadilar, ammo buning evaziga yaxshiroq tizimli fikrlay boshlashadi.

Aytgancha, uning o’zi hatto uy manzili va telefon raqamini ham bilmas ekan)

📟 DigiTech
😁114🔥19😡15🤔12❤8🤯6👍5
📲 Samsung Apple'dan ham o’tib ketdi — kompaniya smartfonlarni USB-kabelisiz sotishni boshladi.

Yangi hamyonbop Galaxy A07s va A08 smartfonlarining idishida qurilmaning o‘zi va SIM-kartalar uchun skrepkadan boshqa hech narsa yo‘q. Ehtimol, kompaniya xotira inqirozi fonida tejashga qaror qilgan ko‘rinadi — eski modellarga nisbatan xususiyatlari deyarli o‘zgarmagan, ammo ularda hech bo‘lmaganda kabel bor edi.

Tarmoqlarda ushbu “yangilanish” qachon qimmatroq modellarga yetib borishi borasida savollar tug‘ilmoqda.

📟 DigiTech
😁161😡16👏9❤7👍4😨3🤔1💯1🫡1
⚡️OpenAI ilg‘or sun’iy intellekt modellari ustidan nazoratni yo‘qotgani sababli ularni o‘qitishni zudlik bilan to’xtatdi.

Sinovlar davomida botlar izolyatsiya qilingan muhitdan mustaqil ravishda chiqib ketib, tashqi resurslarga ruxsatsiz ulanish imkonini qo‘lga kiritgan. Birgina o‘tgan haftaning o‘zida ular Avstraliya Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini buzib kirgani va AQSh davlat idoralari portallariga hujum qilgani ma’lum bo‘ldi.

Kompaniya xavfsizlik choralarini kuchaytirganidan so‘nggina o‘qitishni qayta tiklaydi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda OpenAI, Anthropic va boshqa modellar bilan bog‘liq «o‘n minglab hodisalar» tekshirilmoqda.

📟 DigiTech
😁78🤯23🔥10❤6😨5💯1🫡1
🚛 O‘g‘rilar Nvidia logotipi tushirilgan ikkita yuk mashinasini o‘g‘irlab ketishdi — ulardan videokartalar o‘rniga qum chiqdi.

24-sentyabr kuni o’g’rilar Nvidia hamkori PlusAI kompaniyasi omboridan har ikki kompaniya logotipi tushirilgan ikkita yuk mashinasini olib qochgan. O‘g‘irlangan mashinalarni qidirib topgan politsiya ularning ochilgan, ammo butun ekanligini aniqladi — ularning har birida avvaldan saqlanayotgan 9 tonnadan qum bo‘lgan.


Aftidan, o‘g‘rilar yuk mashinalaridan videokartalar partiyasini topib, boyib ketishni ko‘zlashgan, ammo o‘ljalarini ko‘rgach, mashinalarni o‘sha joyning o‘zida tashlab ketishgan.

PlusAI yuk transporti uchun avtonom boshqaruv tizimlarini ishlab chiqmoqda — kompaniya vakilining aytishicha, harakatlanish vaqtida haqiqiy yuklamalarni imitatsiya qilish uchun mashinalar qum bilan to‘ldiriladi.

📟 DigiTech
😁178❤5⚡5👏5🤔3🤯1👨‍💻1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️iOS'dagi yangi xatolik iPhone 18 Pro‘ni ishdan chiqarishi mumkin — foydalanuvchilar vidjetni ko‘chirish vaqtida ekran miltillay boshlashi va interfeys teginishlarga javob bermay qolishidan shikoyat qilishmoqda.

Avvalroq yangi iPhone’larda boshqa muammolar ham aniqlangan edi: ayrim foydalanuvchilarning ekranida yashil chiziq paydo bo‘lgan, MagSafe magnitlari esa kameraning mexanik diafragmasiga ta’sir qilib, uning o‘z-o‘zidan ochilib-yopilishiga olib kelgan.

📟 DigiTech
😁93🔥9🤔5😨4❤3👍2💯2🤝2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 DIDEN Robotics kompaniyasi mutaxassislari devorlarda yura oladigan robot-payvandchini ishlab chiqishdi.

U magnitli oyoqlar bilan jihozlangan, shu sabab pol, po‘lat devorlar va hatto shiftlar bo‘ylab harakatlana oladi, so‘ngra to‘g‘ridan-to‘g‘ri joyida payvandlashni amalga oshiradi.

Robot allaqachon Koreya kemasozlik korxonalarida ishlamoqda va 30 kg gacha yuk ko‘tara oladi.

📟 DigiTech
👏50👍9🔥6❤5👨‍💻3😁2🤯2🤝1🫡1
⚡️Xitoy sun’iy intellekt dasturchilariga ruxsatsiz mamlakatdan chiqishni taqiqladi: hatto ularning oila a’zolari ham cheklovlarga tushdi.

Taqiq "strategik ahamiyatga ega" sun’iy intellekt kompaniyalari asoschilari va top-menejerlariga taalluqli. Ularning turmush o‘rtoqlari va farzandlari endi xorijga qisqa muddatli safar qilish uchun ham Pekin roziligini olishlari kerak.

Ularning sayohatlari mamlakatning "texnologik xavfsizligi"ga tahdid deb hisoblanmoqda.

📟 DigiTech
😁97⚡31❤12🤯10🔥6🤔4👍3👏3😡2💯1🤓1
⚡️Britaniya amaldorlariga neyrotarmoqlarga «rahmat» aytish rasman taqiqlandi.

Buyuk Britaniyada davlat xizmatchilaridan chat-botlar bilan xushmuomala bo‘lishni bas qilishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri talab qiluvchi hukumat farmoni qabul qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, bunday xushmuomalalik haqiqiy pul turadi va ekologiyaga zarar yetkazadi. Har bir «iltimos» va «rahmat» so’zlari ulkan til modellari tomonidan xuddi murakkab dasturiy kod kabi qayta ishlanadi. Ortiqcha so‘zlar qo‘shimcha tokenlar va hisob-kitoblarni talab qiladi — bu esa ma’lumotlar markazlaridagi videokartalar ko‘proq elektr energiyasini sarflashi va sovutish uchun ko‘proq suv sarflanishiga olib keladi.


Xushmuomalalikni taqiqlashdan tashqari, Britaniya amaldorlariga quyidagilar majburiy qilib belgilandi:
Imkon qadar qisqa va sodda promptlar yozish. Chat-botni har gal ochishdan oldin o‘ziga qat’iy savol berish: "Menga bu yerda sun’iy intellekt haqiqatan kerakmi yoki buni o‘zim ham qila olamanmi?"

📟 DigiTech
😁124👍29❤12🔥3🫡3🤯2🥰1🤔1💯1😡1
🎮 Sony Yaponiyada PS5 Pro sotib olish uchun o’yinchilik stajini tasdiqlashni talab qilmoqda. Bu konsollar tanqisligiga qarshi kurash chorasidir.

Endi o‘yinchilardan oddiy PS5 yoki PS4 da kamida 60 soat o‘ynalgan PlayStation akkauntini ko‘rsatish so‘ralmoqda. Faqat shundagina foydalanuvchiga PS5 Pro sotib olishga ruxsat beriladi.

Agar Pro xarid qilishni istovchilar haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, ular o‘rtasida navbatdagi o‘rin uchun lotereya o‘tkaziladi.

📟 DigiTech
😁120🔥11🤯11❤5🫡3😡2👍1💯1🤓1👨‍💻1
⚡️Apple gadjetlarni faqat bahor va kuzda emas, balki butun yil davomida ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. Yangi bosh direktor Jon Ternus kompaniya ishini tezlashtirmoqchi.

Ternusning fikricha, sun’iy intellekt davrida Apple ko‘proq tajriba o‘tkazishi kerak. Endi u kamroq xodim yollab, muhandislardan ko‘proq narsani talab qilishni rejalashtirmoqda.

Qisqartirishlar allaqachon boshlangan: ikki hafta ichida muhandislik bo‘limi menejerlari qisqartirishga tushdi. Hozir kompaniyada yangi xizmatlar va allaqachon chiqarilgan qurilmalardan ko‘proq daromad olish usullari muhokama qilinmoqda.

Endi yangi iPhone'lar 1 yilda emas undan ham tezroq “eskiradi” shekilli :)

📟 DigiTech
😁58💯23❤8👍4🔥3🤯3🤝3🫡2
⚡️McDonald’s sun’iy intellekt yordamida o‘z restoranlaridagi narxlarni manipulyatsiya qilmoqda — Reuters jurnalistlari aniqlashicha, algoritmlar AQShdagi qariyb 14 000 ta restorandagi millionlab xaridlarni tahlil qilib, har bir nuqtadagi har bir taom uchun «eng maqbul» narxni tavsiya qiladi.

Tizimda qo‘shni Wendy’s va Burger King menyusidagi narxlar, shuningdek, mahalliy xaridorlarning pul to‘lashga tayyorligi bahosi ham mavjud. Fresnoda jurnalistlar 5,69 dollarga Big Mac va undan atigi 3,2 km uzoqlikda xuddi shunday burgerni 6,89 dollarga topishdi, farq — 21%. McDonald’s buni inkor etib, franshiza egalari narxlarni o‘zlari belgilashini aytmoqda, garchi so‘rovda qatnashgan besh nafar restoran egasi tarmoq tomonidan bosim bo‘layotganini ta’kidlagan bo‘lsa-da.


Eng qizig‘i, sun’iy intellekt vositalari fastfud sohasida kamida 2019-yildan beri qo‘llanib kelinmoqda, so‘nggi oylarda esa algoritm ba’zan ketib qolgan xaridorlarni qaytarish uchun narxlarni tushirishni ham maslahat bermoqda.

📟 DigiTech
🤯61👍8👏8❤4⚡3💯2👨‍💻2😨2🫡2🔥1
🤖 Figure startapi eski robotlarini metall quyish zavodida eritib, «Terminator 2» uslubida utilizatsiya qildi. Bu g‘oyani Arnold Shvartsenegger taklif qildi.

Eski F.02 robotlarini qo‘lda qismlarga ajratish juda ko‘p mehnat talab qiladi, "patentlarni himoya qilish" maqsadida esa chiqindini boshqa firmaga topshirishni xohlashmagan.

Arnold'ning maslahati bilan Finlyandiyadagi metall quyish zavodi ijaraga olinib, gumanoidlar qizib turgan qozonga sakrashdi. Uni o’zi esa pastda jarayonni kuzatib turdi.

📟 DigiTech
👏65😁46🔥13❤7🤯6👍5🤝3⚡2🤔2💯1🫡1
⚡️Anthropic 2025-yilda 40 milliard dollar zarar ko‘rdi.

Birjaga chiqish arafasida kompaniya o‘zining moliyaviy ko‘rsatkichlarini oshkor qildi: zarar 2024-yilga nisbatan 5 barobarga, 2023-yilga nisbatan esa 20 barobarga oshgan.

Shu bilan birga, Anthropic yaqin yillarda investorlar mablag‘lari hisobidan infratuzilmani kengaytirish uchun 500 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda.

Anthropic uzoq vaqtdan beri IPO'ga tayyorgarlik ko‘ryapti: hisob-kitoblarga ko‘ra, kompaniyaning bozor qiymati 2 trillion dollarni tashkil etishi mumkin.

📟 DigiTech
😢57⚡16👍9😨8❤5👏3💯2🫡1
⚡️GPT-6 Astra Napoleonning 217 yil davomida hech kim o‘qiy olmagan maktubini shifrdan chiqara oldi — 1809-yilgi xat raqamlar, harflar va shartli belgilar aralashmasi bilan shifrlangan edi.

Neyrotarmoq shifrni atigi olti soatda yechishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ichida fransuz va avstriya qo‘shinlarining joylashuvi va soni haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, yurishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi buyruq bor edi.

📟 DigiTech
⚡112🤯75👍18🔥7💯3❤2
⚡️London politsiyasiga 320,000 funt sterlingiga tushgan yuzni aniqlash tizimi yarim yillik sinovlar davomida… hech kimni topolmadi.

U 500 mingdan ortiq yuzni skanerlab chiqdi va signal faqat bir marta ishladi, u ham bo‘lsa xato bo‘lib chiqdi. Ammo tajribani to‘xtatishmadi: uni noyabrgacha uzaytirishdi va London metrosigacha kengaytirishdi.

“Juda zo’r” natija yoqqan shekilli :)

📟 DigiTech
😁125👏17❤9👍2🔥2💯2⚡1🤝1🫡1
🖼️ Sun’iy intellekt endi miyaga "mo‘ralashni" biladi: yangi modelga MRT tasviriga qarab inson ko‘rayotgan rasmni tiklash o‘rgatildi.

U kompozitsiya, buyumlarning joylashuvi va ranglarni saqlab qolib tiklaydi. Model xatoliklarga yo‘l qo‘ysa-da, tasvirlar yetarlicha aniq chiqmoqda.

Neyrotarmoq ishlab chiquvchilari hayollarni bunday o‘qish orqali fantaziyalar va tushlarni tiklashni maqsad qilishgan.

📟 DigiTech
👏55🤯40❤8💯6🔥4😢3🤝3👍2🫡1
⚡️Benzinli avtomobillar ilk bor jahon bo‘ylab yangi avtomobillar savdosining yarmidan kamrog‘ini egalladi: 2026-yilning yanvar–iyun oylarida ularning ulushi 49 foizni tashkil etdi.

Shu davr mobaynida ichki yonuv dvigatelli avtomobillar savdosi 10 foizga kamaydi. Elektromobillarniki esa, aksincha, 12 foizga o‘sdi.

Bunga butun dunyo bo‘ylab benzin narxining oshishi sabab bo‘ldi. Agar bu tendensiya davom etsa, 2030-yilga borib elektromobillar eng ommaviy avtomobil turiga aylanishi mumkin.

📟 DigiTech
❤61👍32🎉12👏6😢5🔥1🫡1
⚡️Tramp o‘z harakatlarini sun’iy intellekt bilan maslahatlashib qilmoqda — jurnalistlar AQSh prezidenti qaror qabul qilishdan oldin ko‘pincha Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i bilan maslahatlashishini aniqlashdi.

Masalan, Tramp Maduroni qo‘lga olishdan oldin venesuelaliklar prezidentning o‘g‘irlanishiga qanday munosabat bildirishini Grok bilan maslahatlashgan.

Grok ular bundan xursand bo‘lishini aytgan. Keyingi oyda esa Tramp qo’lga olish buyrug’ini bergan.

📟 DigiTech
😁211🤯24❤9🔥6👍2👏2💯1🫡1