AI | DigiTech
53.1K subscribers
3.83K photos
1.75K videos
3.51K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Xakerlar FQB'ni buzib kirishdi: ShinyHunters guruhi agentlikning barcha xodimlari haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritganini aytmoqda. Shu jumladan, amaldagi, sobiq xodimlar va hatto ishga nomzodlarning ma’lumotlarini ham.

Ma'lumotlar haqiqiyligini isbotlash uchun xakerlar ko‘rsatgan namunaning o‘zidayoq qariyb 5 ming kishining shaxsiy ma’lumotlari jamlangan, jurnalistlar ularning ba’zilari haqiqiyligini allaqachon tasdiqlashdi. Ro‘yxatda: ismlar, manzillar, telefon raqamlari va FQB xodimlarining oila a’zolari haqidagi batafsil ma’lumotlar mavjud.

Ular bu ma’lumotlardan nima maqsadda foydalanmoqchi ekanligi hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
1😁107👏14🔥8❤6👍4👨‍💻4🤝2💯1
📲 Xiaomi Snapdragon 8 Elite Gen 6 va «Privacy Display» bilan jihozlangan 18 Pro va Pro Max flagman smartfonlarini namoyish etdi.

Qurilmalar o‘zining odatiy dizayni va orqa paneldagi displeyni saqlab qolgan, biroq endi ular Qualcomm'ning eng yangi flagman chiplari va Samsung‘ning "Josuslikka qarshi" funksiyasi analogiga ega. Unga Leica'ning 200 megapikselli asosiy va tele-modullari, shuningdek, 50 megapikselli keng burchakli obyektiv o’rnatilgan.

12+256 GB xotirali 18 Pro versiyasining narxi 900 dollardan boshlanadi. Apple'dan o‘rnak olgan holda, kompaniya bazaviy Xiaomi 18 modelini hozircha sir saqlamoqda — u keyinroq namoyish etiladi.

📟 DigiTech
👍58😁29🔥13🤯4❤3💯2😢1🤝1
⚡️Olimlar bir tomchi tuzli eritmada DNK-kompyuterni yig’ishdi — u to‘g‘ridan-to‘g‘ri probirkada ishlaydi: elektr tokisiz qo‘shish, ko‘paytirish va bo‘lishni eplay oladi.

Molekulalarning o‘zi javobni kodlaydigan kombinatsiyalarga yig‘iladi. Qurilma allaqachon oddiy hisoblash dasturlarini ishga tushirmoqda — u «10+3» yig‘indisini 30 soniyada hisoblab chiqa oladi.

Yaqin kelajakda bitta tomchining o‘zida bir vaqtda milliardlab, hatto trillionlab hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯111👍29👏8❤7⚡4💯2🤝2
⚡️OpenAI SI agentlari Avstraliya Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini buzib kirdi. Bu sun’iy intellektning davlat tuzilmalariga hujum qilgan birinchi ma’lum holatidir.

Ichki testlar doirasida sun’iy intellekt agentlariga tibbiy statistikani yig‘ish topshirilgan, ular esa o‘zlariga qo‘yilgan cheklovlarni aylanib o‘tib, yopiq ma’lumotlar bazalarini buzib kirishgan. Buzib kirish holati iyun oyida sodir bo‘lgan: OpenAI bu haqda faqat avgustda xabar topgan, Avstraliya hukumatiga esa umuman endigina xabar berilgan.

Avvalroq, ilg‘or neyrotarmoqlar ishlab chiquvchilari sun’iy intellekt "internetni egallab olmasidan oldin" uning rivojlanishini sekinlashtirishga chaqirishgan edi.

📟 DigiTech
🤯93👍11❤7😁6⚡2👏2🤝1🫡1
🎮 Microsoft kompyuter va Xbox o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama joylashtira oladigan tizimni patentladi.

Reklama har 15-60 daqiqada paydo bo‘ladi, tizim esa integratsiya uchun eng qulay paytni tanlaydi. Bu payt o‘yin yuklanishi, raund, kvest yoki boss bilan jangning oxiri bo‘lishi mumkin. Hozircha bu patent faqat bepul o‘yinlar uchun.

Sony bu yangilikni ko‘rib qolmaydi degan umiddamiz)

📟 DigiTech
😡90😢14👍12😁6❤4⚡1🤯1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda YouTube’ni yangi funksiyasi uchun tanqid qilishni boshlashdi: endi muallif bitta videoning turli montajdagi uchtagacha versiyasini yuklashi mumkin.

Bir versiyada intro boshqacha bo’lishi, ikkinchisida cho‘zilib ketgan qism olib tashlanishi, uchinchisida esa sahnalar o‘rni almashtirilishi yoki boshqa grafika qo‘shilishi mumkin. Algoritm qaysi montaj tomoshabinni eng yaxshi ushlab qolishini tushunib olishi uchun platformaning o‘zi bu variantlarni tasodifiy ravishda tomoshabinlarga ko‘rsatadi.


Natijada foydalanuvchi do‘stlari bilan o‘zi ko‘rgan narsani emas, umuman boshqa narsani ulashishi mumkin. Foydalanuvchiga qaysi versiya tushishini random hal qiladi.

📟 DigiTech
😁40🫡32🤯11❤10😡10👍2🔥2👏2😨2🤝2😢1
🧠 Insoniyatni past IQ davri kutmoqda — NVIDIA rahbarining fikricha, endi bolalar ko‘paytirish jadvalini yodda saqlashlari va ustun qilib bo‘lishni bilishlari shart emas. Bularning barchasini ular o‘rniga sun’iy intellekt bajara oladi.

Jensen Xuangning so‘zlariga ko‘ra, odamlar asosiy ko‘nikmalarning bir qismini yo‘qotadilar, ammo buning evaziga yaxshiroq tizimli fikrlay boshlashadi.

Aytgancha, uning o’zi hatto uy manzili va telefon raqamini ham bilmas ekan)

📟 DigiTech
😁93🔥19🤔12😡11❤7🤯6👍5
📲 Samsung Apple'dan ham o’tib ketdi — kompaniya smartfonlarni USB-kabelisiz sotishni boshladi.

Yangi hamyonbop Galaxy A07s va A08 smartfonlarining idishida qurilmaning o‘zi va SIM-kartalar uchun skrepkadan boshqa hech narsa yo‘q. Ehtimol, kompaniya xotira inqirozi fonida tejashga qaror qilgan ko‘rinadi — eski modellarga nisbatan xususiyatlari deyarli o‘zgarmagan, ammo ularda hech bo‘lmaganda kabel bor edi.

Tarmoqlarda ushbu “yangilanish” qachon qimmatroq modellarga yetib borishi borasida savollar tug‘ilmoqda.

📟 DigiTech
😁129😡14👏8❤5😨3👍2💯1🫡1
⚡️OpenAI ilg‘or sun’iy intellekt modellari ustidan nazoratni yo‘qotgani sababli ularni o‘qitishni zudlik bilan to’xtatdi.

Sinovlar davomida botlar izolyatsiya qilingan muhitdan mustaqil ravishda chiqib ketib, tashqi resurslarga ruxsatsiz ulanish imkonini qo‘lga kiritgan. Birgina o‘tgan haftaning o‘zida ular Avstraliya Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimini buzib kirgani va AQSh davlat idoralari portallariga hujum qilgani ma’lum bo‘ldi.

Kompaniya xavfsizlik choralarini kuchaytirganidan so‘nggina o‘qitishni qayta tiklaydi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda OpenAI, Anthropic va boshqa modellar bilan bog‘liq «o‘n minglab hodisalar» tekshirilmoqda.

📟 DigiTech
😁56🤯17🔥9❤5😨4💯1🫡1