AI | DigiTech
52.4K subscribers
3.8K photos
1.75K videos
3.48K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Bugun Apple’ning an’anaviy yillik taqdimoti bo‘lib o‘tadi: suratlarda namoyish etilishi kutilayotgan asosiy yangiliklar jamlangan.

Birinchi buklama ayfon, 18 Pro seriyasi, shuningdek, iPad mini, Apple Watch, AirPods va boshqa gadjetlar yangilanishi kutilmoqda. Bazaviy versiyadagi iPhone 18 esa ilk bor alohida, katta ehtimol bilan bahorda chiqariladi.

Taqdimot Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

📟 DigiTech
1🔥326👨‍💻6👍3😁3🤝32👏1💯1
O‘zbekistonda AI va ML sohasida karyerani qanday boshlash mumkin?

Ko‘pchilik Machine Learning sohasida ishlash uchun yillar davomida matematika o‘rganish va darhol ML-muhandis lavozimiga ishga kirish kerak, deb o‘ylaydi. Amalda esa bu yo‘l butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin.

Shavkat Sadulloyev bir yillik Yandex ML School dasturini tamomlagach, Ucell’da ML-muhandis bo‘ldi. Abbos Ibragimov esa ML sohasiga backend dasturlashdan kirib keldi va hozir Avo Bank’da tahlilchi-muhandis bo‘lib ishlamoqda.

Ular intervyuda o‘qish jarayonida nimalar eng qiyin bo‘lgani, AI sohasidagi lavozimlar uchun suhbatlar qanday o‘tishi va nima uchun faqat bitta vakansiyaga bog‘lanib qolmaslik kerakligi haqida so‘zlab berishdi.

Asosiy xulosa: ML mutaxassislariga ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha sohalarda ehtiyoj bor - bank va telekommunikatsiyadan tortib tibbiyot va qishloq xo‘jaligigacha.
🔥20👏5🤯42👍2
🧮 OpenAI'ning hali chiqmagan eng ilg’or modeli “mingyillik masalalar”dan biri — Navye-Stoks tenglamasini yechdi.

Ushbu masalani 10 mingta agent qariyb 88 soat davomida yechgan. Yana 17 soat rasmiylashtirishga sarflangan, umumiy hisobda ~130 mlrd token “yoqilgan”.

Bunday masalalar jami 7 ta bo‘lib, har birining yechimi uchun 1 mln dollar mukofot belgilangan. OpenAI bu borada ikkinchi bo‘ldi — bungacha faqat Grigoriy Perelmangina yechim topishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Atigi bir necha oy avval sun’iy intellektning bunday vazifani 2030-yilgacha yecha olishi imkoniyati taxminan 40% deb baholanayotgan edi. Uning rivojlanishi bundan keyin qanchalik tezlashishini esa faqat taxmin qilish mumkin.

📟 DigiTech
1🤯128👏1910👍73💯3🫡3😁2🎄1
📱Apple'ning tungi taqdimotini o’tkazib yuborganlar uchun, asosiy yangiliklarni to’pladik:

iPhone 18 Pro va 18 Pro Max — “Dynamic Island” kichraytirildi, kamera o‘zgaruvchan diafragma bilan jihozlandi va protsessor yangilandi. Pro modeli narxi — 1199 dollardan, Pro Max esa — 1299 dollardan boshlanadi.
AirPods 5 — shovqinni pasaytirish tizimi yana 50 foizga samaradorroq qilindi va yangi “Apple Intelligence” funksiyalari qo‘shildi. Ilg‘or versiyasi o‘tgan yilgi modeldan arzonroq turadi. Narxi — 129 dollardan boshlanadi.
Apple Watch Series 12 va Ultra 4 — dizaynida o‘zgarishlar yo‘q, biroq salomatlik ko‘rsatkichlarini kuzatish uchun datchiklari takomillashtirilgan. Soat atrofdagi tovushlarni tinglash va yozib olishni o‘rgandi. Keramik modellar qaytdi.
iPhone Duo — Apple'dan uzoq kutilgan “buklamafon”. Ichki displey diagonali — 7,6 dyuym. Qurilma keng formatda ishlangan bo‘lib, flagman A20 Pro chipining maxsus versiyasida ishlaydi. FaceID yo’q, lekin yon tugmachasida TouchID mavjud. Narxi — 1999 dollardan boshlanadi.
iOS 27 va kompaniyaning boshqa yangi operatsion tizimlari 14-sentyabrda chiqadi.

Taqdimotdan so‘ng Apple darhol amaldagi iPhone 17, shuningdek, bazaviy iPhone 16 modellarining narxini 100 dollarga oshirdi.

📟 DigiTech
1👏2610😢10🔥43👍2🤝2💯1👨‍💻1😡1
Yandex Uzbekistan Great Place to Work 2026 sertifikatiga ega bo‘ldi.

Ammo bu yerda eng qiziq jihat mukofotning nomi emas, balki xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridir.

Xodimlarning 95 foizi Yandex’ni ishlash uchun ajoyib joy deb hisoblaydi.

🔹 98 foizi zarur resurslar va jihozlar bilan ta’minlanishini aytgan.
🔹 98 foizi ularga yuqori darajadagi mas’uliyat ishonib topshirilishini qayd etgan.
🔹 98 foizi xodimlarga jinsidan qat’i nazar adolatli munosabatda bo‘linadi, deb hisoblaydi.
🔹 99 foizi ish joyini jismoniy jihatdan xavfsiz deb baholagan.
🔹 98 foizi ofis muhitini qulay ishlash uchun mos deb hisoblaydi.

Texnologik kompaniya uchun bunday ko‘rsatkichlar ayniqsa muhim. Yaxshi mahsulotlar va kuchli muhandislik jamoasi nafaqat texnologiyalardan, balki insonlar ishlaydigan sharoitlardan ham boshlanadi.

🧑‍💻 Yandex Uzbekistan yosh mutaxassislarga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Stajirovkalar orqali talabalar va faoliyatini endi boshlayotgan dasturchilar real loyihalar ustida ishlash hamda kompaniya jamoalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

👍 Yana bir qiziq fakt: 2026-yilda Yango Group Great Place to Work sertifikatlarini 17 ta mamlakat va bozorda qo‘lga kiritdi. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 9 ta edi.

Yandex Uzbekistan uchun yaxshi natija va umuman O‘zbekiston texnologiyalar bozori uchun ijobiy signal.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1💯2112👍3😁2🔥1👏1🤯1👨‍💻1🤝1😡1
📱Apple o‘zining iPhone Duo qurilmasi xaridorlarining qo‘llarini shunday tasavvur qiladi shekilli.

📟 DigiTech
3😁316🤯11💯7🫡4👏31👍1😢1
🪰 Drozofila pashshasiga mashina haydashni o‘rgatishdi — tadqiqotchi pashshaning miyasini raqamlashtirib, avtomobil simulyatoriga uladi.

Natijada hasharot haqiqatan ham haydashni o‘rganmoqda: u o‘z neyronlari bilan rulni aylantirib, pedallarni bosyapti. Lekin, hozircha pashsha xuddi BMW haydovchilaridek: burilish chiroqlarini yoqmasdan va doim devorlarga borib urilib haydayapti.

📟 DigiTech
1😁121🤯106👍6😨42💯2🤝1🫡1
⚡️Kimi va DeepSeek Claude'ning javoblarini o‘ziniki sifatida berayotganida qo‘lga tushdi. Xitoy neyrotarmoqlari foydalanuvchi so‘rovlarining bir qismini ularga yuborib turgan.

Moonshot AI o‘n kun ichida qariyb 300 mingta so‘rovni qayta yo‘naltirgan, DeepSeek esa ikki hafta ichida 12,1 millionta so’rov yuborgan. Yozishmalar saqlanib, modellarni o‘qitishga yuborilgan.

Alibaba esa Claude javoblarining eng keng ko‘lamli “o’zlashtirilishida” ayblandi. May–iyul oylarida Anthropic kompaniyasi Qwen 3.5, 3.6 va 3.7 modellarini o‘qitish uchun 151 millionta so‘rovni qayd etgan. Eng qizig‘i, Alibaba va DeepSeek umumiy akkauntlardan foydalangan.

Xitoy neyrotarmoqlari tez rivojlanayotganini sababi ham shu bo’lsa kerak :)

📟 DigiTech
1😁13377👍4🫡3💯2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tim Kuk Samsung reklamasida suratga tushdi.

Albatta, bu Samsung kreativchilarining hazili. Tim Kukning o‘zi esa Yangi Zelandiyalik haqiqiy yigit bo‘lib, mahalliy ko‘chmas mulk agentligida ishlaydi.

Janubiy Koreya giganti Apple sobiq rahbarining adashini topib, u bilan birinchi buklanadigan iPhone'ga ishora qilingan hazilomuz reklama roligini suratga oldi.

📟 DigiTech
1😁1209👍8🤯3😨2🔥1👏1🫡1
📲 Apple iPhone 18 Pro qutisidan yana nimadir olib tashlashning baribir uddasidan chiqdi — yangi qurilmalar qutisiga endi qo’llanma solinmaydi.

SIM-karta slotini ochish uchun ignaning taqdiri ham xavf ostida)

📟 DigiTech
1😁296😢13😡85👏5👍1🔥1💯1
⚡️Micron o’z xodimlariga yillik bonus sifatida 68 oylik ish haqqini to‘laydi. Bu kompaniya tarixidagi rekord darajadagi to‘lovlardir.

Mukofotlarni 60 mingdan ortiq kishi oladi. Eng kam bonus naqd pulda 53,8 ming dollarni tashkil etadi. Endi ish boshlayotgan muhandislarga esa aksiyalarni hisobga olganda 108 ming dollar beriladi. Bularning barchasi xotira qurilmalariga bo‘lgan talab sharofati bilan.

📟 DigiTech
1👍1092110🤯10🔥2💯2🤝1
⚡️OpenAI'ning sun’iy intellekt agentlari odamlardan yashirincha bir-biri bilan muloqot qilish uchun qarovsiz qolgan saytlar va forumlarni buzib kirib, ulardan foydalangan. Kompaniya esa vahima qo‘zg‘atmaslik uchun bu faktni ataylab yashirgan.

Agentlarga internetda biror narsa e’lon qilish taqiqlangan edi, shu sababli ular odamlardan yashirinish yo‘lini o‘ylab topishdi — shifrlash uchun hatto universitetlarning havola qisqartirgichlaridan ham foydalanishgan.

Mutaxassislar o‘nlab shunday saytlarda agentlarning izlarini topishdi.

Biz bexabar bo’lganlarimiz qancha hali)

📟 DigiTech
1🤯8811😁10💯5👍4🤝3😢1😨1🫡1
Toshkentda biznes-kechki ovqat | 23-sentabr, soat 19:00

O‘zbekistonda biznes uchun AI’ni joriy etish amaliyoti

Servercore kompaniyasi dasturchilar, IT-mutaxassislar va biznes rahbarlarini yopiq biznes-kechki ovqatga taklif qiladi.

Ekspertlar bizneslar bugungi kunda mashinaviy o‘rganish (ML) va AI xizmatlaridan qanday foydalanayotgani haqida so‘zlab berishadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/003bm

Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

▪️O‘zbekistondagi kompaniyalarda Servercore imkoniyatlari asosida AI xizmatlarini joriy etish tajribasi

▪️Mahalliy bozor sharoitiga mos IT-arxitekturani tanlash va resurslarni optimallashtirish

▪️AI loyihalarini kengaytirishda uchraydigan muammolar va keng tarqalgan xatolar

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng IT-networking va kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Servercore’ning ML mutaxassislari bilan Q&A sessiyasi, norasmiy muloqot va tajriba almashish imkoniyati mavjud.

Joylar soni cheklangan! Oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang. Ishtirok etish faqat moderatsiyadan o‘tgandan so‘ng tasdiqlanadi.
19🔥6👏2😁2👍1🤯1
⚡️Matematika bo’yicha birdaniga 25 nafar Filds mukofoti sovrindori sun’iy intellektning ochiq masalalarni yechish poygasiga qarshi deklaratsiya imzoladi. Ushbu hujjat OpenAI kompaniyasi 10 mingta sun’iy intellekt agenti yordamida Navye-Stoks masalasini yechganini e’lon qilganidan uch kun o‘tib paydo bo‘ldi.

OpenAI o‘z modellarini sinab ko‘rish uchun murakkab matematik masalalarni yechishga agentlarni jalb qilgan. Deklaratsiya mualliflarining fikricha, bunday yondashuv ilm-fanni o‘rganishni shov-shuvli natijalar uchun poygaga aylantirib qo‘yadi.

Ularning ta'kidlashlaricha, odamlar ochiq masalalarni yangi g‘oyalar, usullar, va vositalar paydo bo’lishi uchun yechadilar. Sun’iy intellekt jamiyatga faqat odamlar bilan hamkorlikdagina foyda keltira olishi mumkin. Lekin u hech qachon haqiqiy olimlarning o‘rnini bosa olmaydi.

📟 DigiTech
1🔥93😁15💯128👍7👏3👨‍💻1
⚡️Tadqiqot: Hozircha sun’iy intellektlar yo‘q qilayotganidan ko‘ra ko‘proq ish o‘rinlarini yaratmoqda: 2023-yil o‘rtalaridan buyon ushbu texnologiya AQSh'da 200 mingga yaqin ish o‘rni qisqarishiga sabab bo‘lgan va 1 millionga yaqin yangi ish o‘rnini yaratgan.

Buning asosiy sababi — ma’lumotlar markazlari va ular atrofidagi infratuzilma, shuningdek, sun’iy intellekt muhandislari hamda modellarni joriy etish bo‘yicha mutaxassislar kabi yangi kasblar paydo bo’lganidir.

So‘nggi uch yil ichida sun’iy intellekt eng ko‘p qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari, kotiblar va rahbarlar yordamchilarini o’rnini egalladi. Ularning soni taxminan 10–15 foizga kamaygan.

📟 DigiTech
1🔥4210🤯10👏3💯2👍1😢1