AI | DigiTech
52.8K subscribers
3.76K photos
1.74K videos
3.45K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🐎 Soatiga 40 km/soatgacha tezlanuvchi kiberot — xitoyliklar minish uchun mo‘ljallangan robotni namoyish etishdi.

Shuningdek, unda 1 tonnagacha yuk tashish ham mumkin. Robot shag‘al, loy va tepaliklar bo‘ylab bemalol harakatlanadi, bir marta quvvatlanganda esa 40 km masofani bosib o‘tadi.

Narxi 41 500 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
😁658👍5👏21🤔1💯1🤝1
🚘 Xitoyda yashirin eshik tutqichlari sababli mamlakat tarixidagi eng yirik avtomobillarni chaqirib olish kampaniyasi e’lon qilindi. U 3 million dona Tesla, 390 ming dona Xiaomi, 370 ming dona Leapmotor, 90 ming dona Geely va boshqa avtomobillarni qamrab oladi.

Kompaniyalar salon ichidagi eshiklarni favqulodda ochish mexanizmlarini ko‘rsatuvchi yanada yaqqol stiker-ko‘rsatkichlarni yopishtirishlari, shuningdek, ayrim hollarda avariya paytida oynalar avtomatik ravishda tushishi uchun dasturiy ta’minotni yangilashlari kerak bo‘ladi.

Avvalroq Xitoy o‘limga olib kelgan yo‘l-transport hodisalari tufayli 2027-yildan boshlab barcha yangi avtomobillar uchun yashirin tutqichlarni butunlay taqiqlagan edi.

📟 DigiTech
👍59🔥12👏53🫡2💯1
Yandex ML School Uzbekistan 2026 yil uchun qabulni boshladi

Machine Learning va sun’iy intellekt sohasida fundamental bilim olishni istagan IT, matematika va texnik yo‘nalishlar mutaxassislari hamda talabalari uchun bepul bir yillik dastur.

😉 Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarni o‘rganadi:
— ML uchun zarur matematik baza;
— Machine Learning;
— Deep Learning;
— Computer Vision;
— NLP;
— LLM;
— Reinforcement Learning.

Amaliy qism doirasida real mahsulotlar bilan bog‘liq loyihalar ustida ishlash hamda texnologik kompaniyalar ishtirokidagi workshoplarda qatnashish imkoniyati beriladi. Dasturda qatnashish uchun onlayn va oflayn imtihonlarni topshirish hamda suhbatdan o‘tish talab etiladi.

👍 Arizalar 2026 yil 9 sentyabrgacha qabul qilinadi.

35 ta o‘rin | Toshkent | kechki format | ingliz tili | bepul
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯15👏54👍1🫡1
⚡️Singapurda insonning 16 million tirik neyronlaridan iborat server ishga tushirildi.

Korporatsiyalar murakkab sun’iy intellekt modellarini ishlatish uchun vagonlab kremniy chiplarini xarid qilayotgan bir paytda, olimlar butunlay boshqa yo‘ldan ketishdi. Ushbu bio-protsessor inson qon hujayralaridan o‘stirilgan bo‘lib, ular qayta dasturlash orqali 16 millionta ishlovchi neyronga aylantirilgan. Unda hech qanday odatiy tranzistorlar yo‘q.

Biologik serverning asosiy afzalligi, u juda kam energiya sarflaydi. Oddiy ma’lumotlar markazlari megavattlab elektr energiyasi sarflasa, bu tirik hujayralar massivi atigi bitta Nvidia videokartasi iste’mol qiladigan quvvatni sarflaydi.


Ushbu organik serverni eng murakkab hisob-kitoblarga: yangi dori-darmonlar yaratish, ilg‘or robototexnikani o‘qitish va kiberxavfsizlik sohasidagi sinovlarga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🤯122🤔19👍178👏6🔥4🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Pekinda “Robotlar olimpiadasi” bo‘lib o‘tmoqda. Odamsimon robotlar yugurish va balandlikka sakrash bo‘yicha Useyn Bolt hamda Xaver Sotomayorning rekordlarini yangiladi.

Lekin ular hali ham to‘xtashni o‘rganmagan. Musobaqalar, shuningdek, futbol, tennis, boks va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘tkazilmoqda.

📟 DigiTech
😁107👏97🔥4👍3🤯21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚨 O‘tkazib yubormang: startaplar uchun $125 minggacha investitsiya

Tayyor mahsulotga ega va endi investitsiya jalb qilish bosqichiga chiqqan startaplar uchun President Tech Award’ning “Eng yaxshi startap loyihasi” yo‘nalishiga arizalar davom etmoqda.

💰 Yo‘nalishning umumiy investitsiya jamg‘armasi — $2,5 mln. Jami 30 ta startap investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🏆 Har bir texnologik yo‘nalishda 1-o‘rin uchun $125 ming, 2-o‘rin uchun $75 ming, 3-o‘rin uchun esa $50 ming investitsiya ajratiladi.

💻 Loyihalar AI, FinTech, Enterprise, EdTech, GovTech, GameDev, HealthTech, DeepTech, Logistics & Mobility hamda Creative Industry & AdTech kabi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi.

Deadline — 31-avgustgacha. Startapingiz tayyor bo‘lsa, arizani oxirgi kunga qoldirmang.

🔗 Ariza topshirish bepul — awards.gov.uz.
🔥2210🤯5👍4🫡2
🍪 Plastikni vanil ta’mli yeyishga yaroqli pechenyega aylantirishni o‘rganishdi. Uni 3D-printerda chop etish ham mumkin.

Idishlar maxsus achitqilar yordamida yeyishga yaroqli oqsil va yog‘larga qayta ishlanadi, so‘ngra ularga kletchatka, kraxmal va shirinlashtiruvchi moddalar qo‘shiladi.

Bunday pechenyening bir kilogrammi taxminan 60 dollar turadi. Olimlar esa allaqachon uni tatib ko‘rishga ruxsat kutmoqda.

📟 DigiTech
🤯63👍1811😡8👏3🔥2🤝2🫡1
🚘 Xitoyning Dreame kompaniyasi hali boshlanishga ulgurmagan avtomobil biznesini yopmoqda.

O‘tgan yili brend bir nechta shov-shuvli taqdimotlarni o‘tkazdi va eng tezkor avtomobil, Rolls-Royce nusxasi va hatto raketa tezlatgichli sportkar ishlab chiqarishni va’da qildi, ammo aslida bularning barchasi qog‘ozda qolib ketdi.

Ishdan bo‘shatilgan xodimlarning aytishicha, hatto konsepsiyalarni yig‘ishni ham boshqa firmaga buyurtma qilishgan. Bo‘limning qolgan qismi investorlar oldidagi qarzlar bilan shug‘ullanishi kerak.

📟 DigiTech
😁87🤯1110🔥4🤝3💯1
📲 Dunyodagi eng qimmat “g‘isht” — Google Pixel

Yangi Pixel 11 Pro smartfonining ilk foydalanuvchilari tarmoqlarda shikoyat qilishmoqda: ularning aytishicha, smartfonlar qisqa vaqt ishlatilgandan so‘ng, hatto batareyasi quvvatlangan holda ham, shunchaki o‘chib qolmoqda.

Android Authority nashri muharriri ham xuddi shunday muammoga duch kelgan — uning smartfoni ishga tushirilgach 1–2 daqiqadan so‘ng, sozlash bosqichidayoq o‘chib qolgan.

Xizmat ko‘rsatish markazlari esa chorasiz qolmoqda — smartfonlar hozircha ta’mirga qabul qilinmayapti, chunki ular bozorga yaqindagina chiqqan va mutaxassislar ular bilan qanday ishlashni hali bilmaydi.

📟 DigiTech
👍50😁32🤯1511🔥3💯1🤝1🫡1
📲 Apple 9-sentyabr kuni taqdimot o‘tkazishini e’lon qildi

Jonli efir Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Taqdimotda tarixdagi ilk buklama iPhone, “pro”larning kuchli yangilanishi, kamerali yangi AirPods va yana ko‘plab yangiliklarni ko’rsatishadi. Va, albatta, Apple rahbari Tim Kuk bilan xayrlashamiz — aftidan, bu tadbirni endi Jon Ternus olib boradi.

📟 DigiTech
3511👍7🔥6😁5👏4🤯1😢1🤝1😡1
👨‍💻 Bir dasturchi o’z makbukining ustki qismida reklama sotishni boshladi: shu yo‘l bilan u allaqachon 3 200 dollar ishlab topdi.

Vinsent noutbukida 10 ta lotdan iborat auksion uyushtirdi. Brendlar logotipning o‘lchami va joyini o‘zlari tanlashadi. Joylashuvni hatto Kalshi kabi yirik kompaniyalar ham sotib olishga uringan, biroq ular auksionda yutqazishgan.

Eng qizig‘i, yigit hali makbukning o‘zini sotib olmagan ham — u aynan shu sxema orqali uni xarid qilish uchun pul ishlamoqda. Reklama beruvchilar fikridan qaytib qolmasligi uchun Vinsent ulardan taklif narxining 20 foizini komissiya sifatida darhol olib qolmoqda.

📟 DigiTech
1😁7815🤔7👍5💯4🤯2🫡2🥰1
⚡️Amerikaning Detroyt shahridagi maktab o‘quvchilariga dars qoldirmagani uchun haftasiga 100 dollargacha pul to‘lanmoqda.

Ushbu dastur yanvardan martgacha, ya’ni statistikaga ko‘ra darslar eng ko‘p qoldiriladigan davrda amal qiladi. Unga ko‘ra, besh kun davomida barcha darslarga qatnagan 9–12-sinf o‘quvchilariga 100 dollarlik, kichik sinf o‘quvchilariga (6–8-sinflar) esa 50 dollarlik Visa sovg‘a kartasi beriladi.

2025-yilda bu tashabbus “surunkali dars qoldirish” holatlarini 64 foizdan 54 foizga kamaytirishga yordam bergan.

📟 DigiTech
1😁86👍2019👏6🔥2🤯2
📲 Google Android ilovalarini kamroq tezkor xotira ishlatishga majbur qiladi — 2027-yil fevralidan Google Play'da xotira iste’moli bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etiladi.

Masalan, 8 GB tezkor xotirali smartfonda ochiq ilovaga 2,25 GB, fon rejimida esa 1,5 GB gacha joy egallashga ruxsat beriladi.

Agar ilova bu me’yorlardan oshib ketsa, Android uni yopib qo‘yishi mumkin, Google Play esa qidiruv natijalarida pastga tushiradi va yangilanishlarini cheklaydi.

📟 DigiTech
1👍5917👏11🤯7😨5😁4🫡1
📱iPhone 17 Pro stratosferadan qulashdan omon qoldi — uni 30 km balandlikdan parashyutsiz tashlab yuborishdi.

Smartfon Shvetsiya osmoniga havo sharida olib chiqilib, so‘ng tashlab yuborildi. 25 daqiqadan keyin uni o‘rmondan topishdi: iPhone ishlaydigan holatda bo‘lib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qildi va video yoza oldi. Ushbu tajriba Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Sinov RHINOSHIELD g‘ilof ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

📟 DigiTech
🤯71😁3913🤓106👍3🔥1
🌓 Quyosh tutilishi soyasining ortidan quvish — tarixdagi eng g‘ayrioddiy astronomik tajribalardan biri ana shunday o‘tgan.

1973-yilda fransuz astrofizigi Per Lena AQSh, Fransiya va Britaniyalik hamkasblari bilan birga tovushdan tez uchadigan “Konkord” samolyotining ilk prototipi bortiga ko‘tarilib, soatiga 2400 km tezlikda harakatlanayotgan Oy soyasi ketidan uchgan (samolyot tezligi soatiga 2200 km gacha yetgan).

Natijada ular 74 daqiqa davomida to‘liq tutilishni kuzatishga muvaffaq bo‘lishgan, bu rekord ko‘rsatkich edi. Yerda bu hodisa taxminan yetti daqiqa davom etgan.

📟 DigiTech
1🔥56🤯14👍65😁42💯2🫡2🤝1
🔋Olimlar ishlaydigan ilk kvant batareyasini namoyish etishdi.

CSIRO agentligidagi avstraliyaliklar odatiy mantiqqa to’g'ri kelmaydigan, kvant batareyasining ilk fizik prototipini yasashdi. Uning eng g‘ayrioddiy jihati shundaki, u biz o‘rganib qolgan barcha narsalarga nisbatan mutlaqo teskari ishlaydi.

Odatda akkumulyatorning (masalan, smartfon yoki elektromobilniki) sig‘imi qanchalik katta bo‘lsa, u rozetkadan shunchalik uzoq vaqt quvvatlanadi. Ammo kvant olamida bunday emas. Zarrachalarning jamoaviy o‘zaro ta’siri tufayli kvant akkumulyatori qanchalik katta bo’lsa, uning zaryadi shunchalik tez to’ladi.


Agar bu texnologiya tijoriy relizgacha olib chiqilsa (ungacha hali ancha bor), bizni haqiqiy inqilob kutmoqda.

📟 DigiTech
1👏8611😨8👍6🔥64💯1👨‍💻1🫡1