AI | DigiTech
50.6K subscribers
3.75K photos
1.73K videos
3.43K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Eng zo‘r robot-changyutgich chiqdi — Matic. Wired nashri unga 10/10 baho berdi.

Robot haqiqatan ham juda aqlli: misol uchun, unga iflos joyni barmoq bilan ko‘rsatilsa, neyrotarmoq buyruqni o‘qiydi va changyutgich o‘sha yerga boradi. Sun’iy intellekt yordamida robot o‘nlab buyruqlarni tushunadi, lekin shu bilan birga hech qanday ma’lumot kompaniya serverlariga jo‘natilmaydi — ichida neyrotarmoqni ishlatadigan Nvidia chipi bor.

Narxi — 1245 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
44👍16🔥86😢2👏1😁1💯1🫡1
📱Hindistonlik fuqaroning cho‘ntagida Galaxy S26 portlab ketdi.

Jabrlanuvchining aytishicha, telefon shunchaki cho‘ntagida turgan, so‘ng birdan qizib, tutay boshlagan. U harakat qilishga ulgurmasidan, smartfon qattiq portlab, egasining ikki qo‘li va tanasining pastki qismini kuydirgan.

Hozir u shifoxonada, uning aytishicha, smartfon bir oy avval mahalliy savdo markazidan xarid qilingan va shu vaqtgacha uning ishlashida hech qanday muammo kuzatilmagan edi. Samsung hozircha nima sodir bo‘lgani yuzasidan izoh bermadi.

📟 DigiTech
😢84😁299😨75👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚆 5,3 soniyada 800 km/soat tezlik — magnit yostiqli poyezd prototipi yangi tezlik rekordini o‘rnatdi.

Sinovlar Xitoydagi bir kilometrlik trassada bo‘lib o‘tdi: vazni 1,1 tonna bo‘lgan maglev modeli 800 metr masofada maksimal tezlikka erishib, 200 metrda tormozlandi. Uning seriyali ishlab chiqarilishi qachon yo‘lga qo‘yilishi noma’lum.

Hozirda dunyodagi eng tezkor magnit yostiqli poyezd Yaponiyaga tegishli. U soatiga 603 km gacha tezlasha oladi.

📟 DigiTech
46🤯28👍8🔥52💯2😢1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☁️ Cisco Catalyst tarmog‘ini bulut orqali oson va markazlashgan holda boshqarishni xohlaysizmi?

Sizni «Cisco Meraki – Catalyst bulutli boshqarish» mavzusidagi bepul vebinarga taklif qilamiz!

📅 26-avgust 2026
15:00–16:00 (Toshkent vaqti)
💻 Cisco Webex

Vebinarda quyidagi mavzular ko‘rib chiqiladi:
• Cisco Meraki platformasi va uning afzalliklari;
• Meraki platformasi orqali boshqariladigan Cisco Catalyst mahsulotlari;
• Meraki Dashboard bulutli kontrollerining imkoniyatlari;
• yechimdan foydalanish ssenariylari va uni joriy etish namunalari.

🎙 Spiker: Nodirbek Ikromov — MUK kompaniyasining Cisco bo‘yicha Presales Engineer mutaxassisi.

Vebinar AKT direktorlari, tarmoq arxitektorlari, muhandislar, tizim administratorlari hamda Cisco hamkorlarining savdo mutaxassislari uchun foydali bo‘ladi.

🎁 Vebinar davomida faol tinglovchilar o‘rtasida viktorina o‘tkaziladi. Eng e’tiborli ishtirokchi MUK va Cisco kompaniyalarining firmali ryukzagiga ega bo‘ladi!

🔗 Bepul ro‘yxatdan o‘tish:
https://bit.ly/4zmwdXm

Reklama
8👍21🔥1👏1
✈️ Dunyodagi eng katta elektr samolyot ilk bor parvoz qildi — 27 daqiqalik parvoz bir finjon qahvadan ham arzonroqqa tushdi.

Shvetsiyaning Heart Aerospace startapi X1 to‘liq elektr samolyotini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. U to‘liq elektr quvvatida harakatlanadigan dunyodagi eng yirik uchish apparatiga aylandi.

X1 samolyoti Nyu-York shtatidagi Plattsburg xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilib, 27 daqiqa parvoz qilgan va taxminan 335 metr balandlikka chiqqan. Samolyot butun parvoz, jumladan, uchish va qo‘nish vaqtida faqat akkumulyator quvvatidan foydalangan. Muhandislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu sinov parvozi uchun sarflangan elektr energiyasi qiymati 5 dollardan kam bo‘lgan.


Sinovlar batareyalarning mintaqaviy yo‘nalishlarda yoqilg‘iga tejamkor muqobil bo‘la olishini ko‘rsatdi. Loyiha bilan United Airlines va Air Canada aviakompaniyalari allaqachon qiziqib qolgan.

📟 DigiTech
🔥9216👍118🤯1💯1
⚡️Tayvan hukumati sun’iy intellekt sohasi sabab iqtisodiy o‘sishdan “dividend” sifatida har bir fuqarosiga 314 dollardan to‘lab beradi — bu mablag‘ni 23 milliondan ortiq kishi oladi.

Bunday holat 2025-yilda ham kuzatilgan, ammo o‘shanda bu “Tramp tariflari”ga qarshi qo‘llab-quvvatlash chorasi bo‘lgan edi — vaholanki, mamlakat iqtisodiyoti o‘shanda ham 8,8 foizga o‘sgan. Bu yil esa orolda so‘nggi 40 yillikdagi rekord — 11 foizlik o‘sish kutilmoqda.

Tayvan “dunyoning chiplar poytaxti” deb ataladi: bu yerda Apple, Nvidia va AMD kabi yirik IT-kompaniyalarning aksariyati uchun yarimo‘tkazgichlar va chiplar chiqariladi.

📟 DigiTech
💯67👍34🔥1486🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Odamsimon robot yugurish tezligi bo‘yicha inson rekordini yangiladi — Unitree kompaniyasining roboti 12,66 m/s gacha maksimal tezlikka erishdi, Useyn Bolt'ning eng yaxshi ko‘rsatkichi esa 12,42 m/s ni tashkil qiladi.

Lekin unga hali tormozlanish funksiyasi qo’shilmagan shekilli :)

📟 DigiTech
😁164🔥75👏4👍3🤝3💯2
📚 Amazon sun’iy intellektni o‘rgatgach, noyob kitoblarni yo‘q qilmoqda.

Amazon o‘zining sun’iy intellekt modellarini o‘rgatish uchun noyob qog‘ozli nashrlarni shunchaki yo‘q qilmoqda. Neyron tarmoqlar uchun yangi matnli ma’lumotlarga bo‘lgan talab hozir shu qadar yuqoriki, kompaniyalar har bir soniyani tejashga urinmoqda. Sahifalarni «avaylab varaqlash» esa juda uzoq va qimmatga tushadi. Shu sababli SI kompaniyalar eng vahshiyona usulni qo‘llashga qaror qilishdi.

Nodir kitobning muqovasini shunchaki yulib olib, tubini butunlay kesib tashlashadi, bir dasta varaqlarni yuqori tezlikdagi sanoat skanerlariga solishadi, matn raqamlashtirilgach esa, kitobning qoldiqlari to‘g‘ri axlatga tashlanadi.

📟 DigiTech
😡147🤯21😢126🫡4💯2🔥1
📲 Google 24 soatlik kutish muddatini joriy etib, Android-smartfonlarga APK-fayllarni o‘rnatishni murakkablashtirdi.

Endi o‘rnatish uchun sozlamalardan ruxsat berish, “o‘z ixtiyoringiz bilan” harakat qilayotganingizni tasdiqlash va bir kun kutish kerak bo‘ladi, shundan so‘ng yana ruxsat berish lozim — bir haftaga yoki butunlay.

Ushbu chora firibgarlarga qarshi kurash zarurati bilan izohlanmoqda: u allaqachon bir qator mamlakatlarda ishga tushirilgan va 2027-yilga borib barcha uchun joriy etilishi rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🔥59🤯218👏8😡8👍4😢3🤝3💯21
⚡️GTA VI'ning to‘liq ishlaydigan versiyasi xakerlar qo‘liga tushib qoldi: allaqachon geympleyning butun bo‘laklari internetda yuribdi. Rockstar bu videolarni juda faol o‘chirayotganiga qaraganda, kadrlar soxta emasga o‘xshaydi.

Cyberleek laqabli xaker o‘yindagi haydash, otishma va politsiya tizimini ko‘rsatdi. Oxirgi rolikda o‘yinchi devorga “LEEK” deb yozish uchun o‘q uzadi — ya’ni u nafaqat Rockstar'ning o‘z yozuvlariga, balki o’yinning ishlaydigan versiyasiga ham kira olgan. Lekin, uning qo‘lidagi o‘yin versiyasiga 2-3 yil bo‘lgan.

Hozir bu bola sayyoradagi eng qidirilayotgan odam bo’lsa kerak :)

📟 DigiTech
😁11154🤯126🫡5🔥4👍3💯1
⚡️Goldman Sachs tadqiqotiga ko’ra: har oy sun’iy intellekt sababli 16 000 ta ish o‘rni yo‘qolmoqda.

Bu, ayniqsa, yosh mutaxassislar va boshlang’ich (junior) xodimlarga qattiq zarba bermoqda. Moliya, texnologiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohalari eng zaif nuqta hisoblanadi.

Eng yomoni esa, yaqin orada umumiy ish vaqtining qariyb 25 foizi robotlar tomonidan avtomatlashtirilishi mumkin.

📟 DigiTech
😢50😨1211👍5🔥5👏3🫡3😁2💯1
Forwarded from texnomart
🔥 Atigi 4 kun qoldi, ulgurib qoling!

texnomart’da 25-avgustgacha texnika xarid qiling va lototron o‘yinida ishtirok etib, katta sovg‘alar hamda 99% gacha chegirmalarni yutib oling!

24-avgustgacha esa o‘qish uchun kerakli texnikalarni 1+1 aksiyasi doirasida xarid qiling. Ya’ni, bitta texnika xarid qilsangiz, ikkinchisini sovg‘aga oling!

🚀 Yaqinlaringizga ham yuboring!



🔥 Осталось всего 4 дня, успейте!

До 25 августа покупайте технику в texnomart, участвуйте в игре лототрон и выигрывайте большие подарки и скидки до 99%!

А до 24 августа покупайте необходимую технику для учёбы по акции 1+1. То есть при покупке одной техники вторую получаете в подарок!

🚀 Отправьте своим близким!

📞71-209-99-44

📍 Manzillar | 😎 Onlayn chat | 🕸 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8🔥2💯2🤝21👍1
⚡️Sun’iy intellekt xavfli “o‘y-fikrlarini” tekshiruvlardan yashira olishi aniqlandi: Gemma-2-9B modeli xavfsizlik tizimlarini chetlab o‘tishga o‘rgatildi.

Model “seni tekshirishyapti” degan signalni olgach, detektorlardan qochish uchun o‘z fikrlash jarayonini o‘zgartirgan. Javob avvalgidek qolgan, ammo tekshiruvda yolg‘on yoki zararli belgilar aniqlanmagan.

Bu mexanizm hatto modelga notanish bo‘lgan sinovlarda ham ish bergan.

📟 DigiTech
🤯7213😡8🔥5😁2👍1🤝1
⚡️Take-Two “ov”ga chiqdi: kompaniya sud orqali Microsoft va Discord'dan GTA VI o‘yin videolarini tarqatib yuborayotgan xakerlarni topishni talab qildi.

Gap o‘yinning to‘liq ishlaydigan versiyasiga ega bo‘lgan Cyberleek guruhi haqida ketmoqda. Microsoft va Discord'ga xakerlar haqidagi barcha ma’lumotlarni taqdim etish uchun 4-sentyabrgacha muhlat berildi.

Shu yo‘l bilan Take-Two xakerlarning shaxsini aniqlashga umid qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, o’yin haqidagi maxfiy ma'lumotlarni ochiqlagan avvalgi xaker 2023-yilda noma’lum muddatga ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgandi.

📟 DigiTech
😁81👏12🤯95🔥4👍2💯1🤝1
⚡️Markaziy razvedka boshqarmasi Stiv Jobsga faoliyatidagi eng og‘ir davrlardan birini yengib o‘tishda yordam bergan. 1986-yillarda uning NeXT kompaniyasining mijozlari yo‘q edi, kompaniya inqiroz yoqasida bo’lgan. O’sha vaqtda MRB ularga minglab kompyuter buyurtma qilgan.

MRB yiliga 20 000 ta qurilmaga buyurtma bergan, lekin NeXT oyiga atigi 100 ta kompyuter ishlab chiqara olgan. Natijada ishlab chiqarish hajmini 5 mingtaga yetkazishga to‘g‘ri kelgan.

Keyinchalik Apple NeXT'ni sotib olgan, uning texnologiyalari esa macOS va iOS uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Jobs ham NeXT bilan birga kompaniyaga qaytgan.

📟 DigiTech
56👍1512👏7🔥2🤯2🫡2