AI | DigiTech
50.6K subscribers
3.75K photos
1.74K videos
3.43K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📲 Instagram 10 yil deganda ilk bor o‘z logotipi yozilishini o‘zgartirdi va kursivdan voz kechib, “zamonaviy va ixcham” shriftni tanladi.

Ilovaning obyektivli belgisi esa hozircha o‘zgarishsiz qoldirildi, lekin u ham yaqin orada yangilanishi mumkin — ikonka 2016-yildan beri o‘zgarmagan edi.

📟 DigiTech
🔥55😁30👍119🤯4👏3🫡2
📱Apple davlatlar tomonidan moliyalashtiriladigan zararli dasturlar orqali iPhone'larni buzib kirish xavfi haqida push-bildirishnomalar yubora boshladi.

Gap foydalanuvchi qurilmasidagi barcha ma’lumotlarni masofadan turib o‘g‘irlay oladigan Pegasus kabi dasturlar haqida ketmoqda.

Agar iPhone'ga shunday shoshilinch bildirishnoma kelsa, Apple uni bloklash rejimiga o‘tkazishni va kiberxavfsizlik mutaxassislariga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda.

📟 DigiTech
🤯5618🫡10💯3👏2🤝2👍1😢1
🚘 AQSh'da bir yigit yo‘llardagi sun’iy intellekt kameralarini chalg‘itish uchun mashinani kapcha tasviri tushirilgan plyonka bilan qoplab chiqdi va bu ish berdi.

Tajriba uchun u 2009-yilgi Toyota Yaris'ni olib, tartibsiz shakllardan iborat plyonka generatsiya qildi va qoidani buzgan holda kamera oldidan o‘tdi.

Natijada, sun’iy intellekt avtomobilni identifikasiya qila olmagani uchun tizim uni tanimadi. Yigit bu loyihaga bir yil sarfladi va g‘alabaga erishdi.

📟 DigiTech
😁168🔥3216🤯8👍3💯3🤝3🎉1
⚡️Tadqiqot: Zumerlar 1900-yillarni qo‘msay boshlashdi — ularning 68 foizi o‘zi tug‘ilishidan avvalgi davrlarga nostalgiya his qilib, o‘sha davr uslubi va madaniyatiga qiziqmoqda. Ayniqsa, 1900-yillar estetikasi ko‘proq ma’qul kelmoqda.

“Old money”, vintaj va analog uslublarga bo‘lgan urf aynan shundan kelib chiqqan: yoshlar qog‘oz kitoblar va plastinkalar xarid qilib, to‘qish, kulolchilik kabi ekranlardan yiroq mashg‘ulotlarni izlamoqda. Ularning 60 foizi esa odamlar hali doimiy onlayn bo‘lmagan davrlarda yashashni istagan bo‘lardi.

Texnologiyalar borgan sari rivojlanib borishi bilan, zumerlarga 1900-yillar shunchalik yoqib ketmoqda.

📟 DigiTech
😁128👏37💯2410🔥9👍8🫡3🤯1🤝1
👨‍💻 Sun’iy intellektni ishsiz qoldiramiz)

Your AI Slop Bores Me — degan saytni topdik, bu odamlar o‘zlarini sun’iy intellektli chat-bot qilib ko‘rsatadigan veb-sayt. Unda ikkita bo‘lim bor: birinchisida “sun’iy intellekt”ga savol berish, ikkinchisida esa o‘zingiz chat-bot rolida ishlashingiz mumkin.

“SI-modellar” turli savollarga javob berishi va Paint’ga o‘xshash dasturda rasmlar chizishi kerak bo‘ladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
😁989👍6🔥4🤯3💯2🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Eng zo‘r robot-changyutgich chiqdi — Matic. Wired nashri unga 10/10 baho berdi.

Robot haqiqatan ham juda aqlli: misol uchun, unga iflos joyni barmoq bilan ko‘rsatilsa, neyrotarmoq buyruqni o‘qiydi va changyutgich o‘sha yerga boradi. Sun’iy intellekt yordamida robot o‘nlab buyruqlarni tushunadi, lekin shu bilan birga hech qanday ma’lumot kompaniya serverlariga jo‘natilmaydi — ichida neyrotarmoqni ishlatadigan Nvidia chipi bor.

Narxi — 1245 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
44👍17🔥86😢2👏1😁1💯1🫡1
📱Hindistonlik fuqaroning cho‘ntagida Galaxy S26 portlab ketdi.

Jabrlanuvchining aytishicha, telefon shunchaki cho‘ntagida turgan, so‘ng birdan qizib, tutay boshlagan. U harakat qilishga ulgurmasidan, smartfon qattiq portlab, egasining ikki qo‘li va tanasining pastki qismini kuydirgan.

Hozir u shifoxonada, uning aytishicha, smartfon bir oy avval mahalliy savdo markazidan xarid qilingan va shu vaqtgacha uning ishlashida hech qanday muammo kuzatilmagan edi. Samsung hozircha nima sodir bo‘lgani yuzasidan izoh bermadi.

📟 DigiTech
😢84😁299😨75👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚆 5,3 soniyada 800 km/soat tezlik — magnit yostiqli poyezd prototipi yangi tezlik rekordini o‘rnatdi.

Sinovlar Xitoydagi bir kilometrlik trassada bo‘lib o‘tdi: vazni 1,1 tonna bo‘lgan maglev modeli 800 metr masofada maksimal tezlikka erishib, 200 metrda tormozlandi. Uning seriyali ishlab chiqarilishi qachon yo‘lga qo‘yilishi noma’lum.

Hozirda dunyodagi eng tezkor magnit yostiqli poyezd Yaponiyaga tegishli. U soatiga 603 km gacha tezlasha oladi.

📟 DigiTech
46🤯28👍8🔥52💯2😢1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☁️ Cisco Catalyst tarmog‘ini bulut orqali oson va markazlashgan holda boshqarishni xohlaysizmi?

Sizni «Cisco Meraki – Catalyst bulutli boshqarish» mavzusidagi bepul vebinarga taklif qilamiz!

📅 26-avgust 2026
15:00–16:00 (Toshkent vaqti)
💻 Cisco Webex

Vebinarda quyidagi mavzular ko‘rib chiqiladi:
• Cisco Meraki platformasi va uning afzalliklari;
• Meraki platformasi orqali boshqariladigan Cisco Catalyst mahsulotlari;
• Meraki Dashboard bulutli kontrollerining imkoniyatlari;
• yechimdan foydalanish ssenariylari va uni joriy etish namunalari.

🎙 Spiker: Nodirbek Ikromov — MUK kompaniyasining Cisco bo‘yicha Presales Engineer mutaxassisi.

Vebinar AKT direktorlari, tarmoq arxitektorlari, muhandislar, tizim administratorlari hamda Cisco hamkorlarining savdo mutaxassislari uchun foydali bo‘ladi.

🎁 Vebinar davomida faol tinglovchilar o‘rtasida viktorina o‘tkaziladi. Eng e’tiborli ishtirokchi MUK va Cisco kompaniyalarining firmali ryukzagiga ega bo‘ladi!

🔗 Bepul ro‘yxatdan o‘tish:
https://bit.ly/4zmwdXm

Reklama
8👍21🔥1👏1
✈️ Dunyodagi eng katta elektr samolyot ilk bor parvoz qildi — 27 daqiqalik parvoz bir finjon qahvadan ham arzonroqqa tushdi.

Shvetsiyaning Heart Aerospace startapi X1 to‘liq elektr samolyotini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. U to‘liq elektr quvvatida harakatlanadigan dunyodagi eng yirik uchish apparatiga aylandi.

X1 samolyoti Nyu-York shtatidagi Plattsburg xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilib, 27 daqiqa parvoz qilgan va taxminan 335 metr balandlikka chiqqan. Samolyot butun parvoz, jumladan, uchish va qo‘nish vaqtida faqat akkumulyator quvvatidan foydalangan. Muhandislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu sinov parvozi uchun sarflangan elektr energiyasi qiymati 5 dollardan kam bo‘lgan.


Sinovlar batareyalarning mintaqaviy yo‘nalishlarda yoqilg‘iga tejamkor muqobil bo‘la olishini ko‘rsatdi. Loyiha bilan United Airlines va Air Canada aviakompaniyalari allaqachon qiziqib qolgan.

📟 DigiTech
🔥9316👍118🤯1💯1
⚡️Tayvan hukumati sun’iy intellekt sohasi sabab iqtisodiy o‘sishdan “dividend” sifatida har bir fuqarosiga 314 dollardan to‘lab beradi — bu mablag‘ni 23 milliondan ortiq kishi oladi.

Bunday holat 2025-yilda ham kuzatilgan, ammo o‘shanda bu “Tramp tariflari”ga qarshi qo‘llab-quvvatlash chorasi bo‘lgan edi — vaholanki, mamlakat iqtisodiyoti o‘shanda ham 8,8 foizga o‘sgan. Bu yil esa orolda so‘nggi 40 yillikdagi rekord — 11 foizlik o‘sish kutilmoqda.

Tayvan “dunyoning chiplar poytaxti” deb ataladi: bu yerda Apple, Nvidia va AMD kabi yirik IT-kompaniyalarning aksariyati uchun yarimo‘tkazgichlar va chiplar chiqariladi.

📟 DigiTech
💯67👍34🔥1586🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Odamsimon robot yugurish tezligi bo‘yicha inson rekordini yangiladi — Unitree kompaniyasining roboti 12,66 m/s gacha maksimal tezlikka erishdi, Useyn Bolt'ning eng yaxshi ko‘rsatkichi esa 12,42 m/s ni tashkil qiladi.

Lekin unga hali tormozlanish funksiyasi qo’shilmagan shekilli :)

📟 DigiTech
😁165🔥75👏4👍3🤝3💯2
📚 Amazon sun’iy intellektni o‘rgatgach, noyob kitoblarni yo‘q qilmoqda.

Amazon o‘zining sun’iy intellekt modellarini o‘rgatish uchun noyob qog‘ozli nashrlarni shunchaki yo‘q qilmoqda. Neyron tarmoqlar uchun yangi matnli ma’lumotlarga bo‘lgan talab hozir shu qadar yuqoriki, kompaniyalar har bir soniyani tejashga urinmoqda. Sahifalarni «avaylab varaqlash» esa juda uzoq va qimmatga tushadi. Shu sababli SI kompaniyalar eng vahshiyona usulni qo‘llashga qaror qilishdi.

Nodir kitobning muqovasini shunchaki yulib olib, tubini butunlay kesib tashlashadi, bir dasta varaqlarni yuqori tezlikdagi sanoat skanerlariga solishadi, matn raqamlashtirilgach esa, kitobning qoldiqlari to‘g‘ri axlatga tashlanadi.

📟 DigiTech
😡149🤯21😢126🫡4💯2🔥1
📲 Google 24 soatlik kutish muddatini joriy etib, Android-smartfonlarga APK-fayllarni o‘rnatishni murakkablashtirdi.

Endi o‘rnatish uchun sozlamalardan ruxsat berish, “o‘z ixtiyoringiz bilan” harakat qilayotganingizni tasdiqlash va bir kun kutish kerak bo‘ladi, shundan so‘ng yana ruxsat berish lozim — bir haftaga yoki butunlay.

Ushbu chora firibgarlarga qarshi kurash zarurati bilan izohlanmoqda: u allaqachon bir qator mamlakatlarda ishga tushirilgan va 2027-yilga borib barcha uchun joriy etilishi rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🔥59🤯218👏8😡8👍4😢3🤝3💯21
⚡️GTA VI'ning to‘liq ishlaydigan versiyasi xakerlar qo‘liga tushib qoldi: allaqachon geympleyning butun bo‘laklari internetda yuribdi. Rockstar bu videolarni juda faol o‘chirayotganiga qaraganda, kadrlar soxta emasga o‘xshaydi.

Cyberleek laqabli xaker o‘yindagi haydash, otishma va politsiya tizimini ko‘rsatdi. Oxirgi rolikda o‘yinchi devorga “LEEK” deb yozish uchun o‘q uzadi — ya’ni u nafaqat Rockstar'ning o‘z yozuvlariga, balki o’yinning ishlaydigan versiyasiga ham kira olgan. Lekin, uning qo‘lidagi o‘yin versiyasiga 2-3 yil bo‘lgan.

Hozir bu bola sayyoradagi eng qidirilayotgan odam bo’lsa kerak :)

📟 DigiTech
😁11154🤯126🫡5🔥4👍3💯1
⚡️Goldman Sachs tadqiqotiga ko’ra: har oy sun’iy intellekt sababli 16 000 ta ish o‘rni yo‘qolmoqda.

Bu, ayniqsa, yosh mutaxassislar va boshlang’ich (junior) xodimlarga qattiq zarba bermoqda. Moliya, texnologiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohalari eng zaif nuqta hisoblanadi.

Eng yomoni esa, yaqin orada umumiy ish vaqtining qariyb 25 foizi robotlar tomonidan avtomatlashtirilishi mumkin.

📟 DigiTech
😢50😨1211👍5🔥5👏3🫡3😁2💯1
Forwarded from texnomart
🔥 Atigi 4 kun qoldi, ulgurib qoling!

texnomart’da 25-avgustgacha texnika xarid qiling va lototron o‘yinida ishtirok etib, katta sovg‘alar hamda 99% gacha chegirmalarni yutib oling!

24-avgustgacha esa o‘qish uchun kerakli texnikalarni 1+1 aksiyasi doirasida xarid qiling. Ya’ni, bitta texnika xarid qilsangiz, ikkinchisini sovg‘aga oling!

🚀 Yaqinlaringizga ham yuboring!



🔥 Осталось всего 4 дня, успейте!

До 25 августа покупайте технику в texnomart, участвуйте в игре лототрон и выигрывайте большие подарки и скидки до 99%!

А до 24 августа покупайте необходимую технику для учёбы по акции 1+1. То есть при покупке одной техники вторую получаете в подарок!

🚀 Отправьте своим близким!

📞71-209-99-44

📍 Manzillar | 😎 Onlayn chat | 🕸 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8🔥2💯2🤝21👍1👨‍💻1