AI | DigiTech
52.8K subscribers
3.73K photos
1.73K videos
3.41K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Barcha iPhone 18 Pro'lar sotuvga chiqqan zahoti tugashi mumkin — Apple'da smartfonlar uchun tezkor xotira yetishmayapti.

Omborlarda A20 Pro protsessorlari allaqachon ~$1 mlrd'ga yetarli miqdorda to‘planib qolgan. Chiplar DRAM'ni kutib turibdi, biroq zavodlar uni smartfonlarga emas, ma’lumotlar markazlariga tarqatmoqda.

Generativ neyron tarmoqlar ishlab chiquvchilari va bulut provayderlari hisoblash quvvati hamda infratuzilmani ta’minlash uchun DRAM'ni har qanday narxda vagonlab sotib olmoqda.

📟 DigiTech
🤯5912👍12💯4👨‍💻3😁2😨2🫡1
📱Insayd: dushanba kuni Apple butun dunyo bo‘ylab iPhone 17 narxini oshiradi.

Bungacha narxlar faqat Yaponiyada 8–11 foizga ko‘tarilgan, qolgan mamlakatlarda esa smartfonlar avvalgi narxida sotilayotgan edi. Insayder Apple narxlarni qanchaga oshirishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritmagan, biroq gap biryo‘la butun liniya haqida ketayotgan ko‘rinadi.

Tahlilchilarning fikricha, iPhone 18 Pro sotuvga chiqqanidan boshlab hozirgi «pro»larga qaraganda 50–100 dollarga qimmatroq bo‘ladi.

Bundan sal avvalroq Apple Mac va iPad narxlarini oshirgan edi.

📟 DigiTech
🤯47😁7💯64👍4🫡2🔥1👨‍💻1😨1
⚡️OpenAI Astra sun’iy intellekt modelini ishlab chiqishni to‘xtatdi — u haddan tashqari aqlli bo‘lib chiqdi.

Kompaniya fikriga ko‘ra, model hozircha yangilangan xavfsizlik standartlariga mos kelmaydi. Bunday qaror OpenAI modellaridan biri Hugging Face platformasini buzib kirganidan so‘ng qabul qilindi.

📟 DigiTech
😨103🤝15🔥107👍7🤯5👏4🤓4🤔2😢2🫡2
⚡️Ilon Mask dunyodagi eng yirik binoni qurmoqda. Texasdagi Terafab mega zavodi 9,3 km² maydonni egallaydi — bu 1300 ta futbol maydoniga teng degani.

Milliarder sayyoradagi eng qimmat deb atayotgan ushbu korxonada elektromobillar, robotaksilar, Tesla gumanoidlari, kosmik sun’iy intellekt markazlari va boshqalar uchun chiplar ishlab chiqariladi.

Loyiha qiymati 119 milliard dollarga baholanmoqda, hozircha ochilishining aniq sanasi ma’lum emas.

📟 DigiTech
🤯11023👍18👏7😨32🔥2😁2🫡2😢1
⚡️Claude sportzal saytini buzib kirib, birovning band qilgan joyini bekor qilib, o‘z egasini yozib qo‘ydi.

Yigit sun’iy intellekt agentidan sportzaldagi ommabop mashg‘ulotga shunchaki joy band qilishni so‘ragan edi, biroq u band qilish tizimidan zaiflik topishga qaror qilib, o‘z bilganicha ish tutdi.

Natijada sun’iy intellekt o‘sha odamni kutish ro‘yxatidan o‘chirib, egasini belgilangan muddatdan bir necha hafta avvalroq navbatga yozib qo‘ydi.

Eng qizig’i, sun’iy intellekt anavi sho‘rlikni ortga qaytara olmadi: “Yomon xabar — men uni qaytib qo‘sha olmayman” — deb javob berdi. Shundan so‘ng foydalanuvchi topilgan zaiflik haqida dasturchilarga xabar berdi.

📟 DigiTech
😁186🤯3212🫡6👍3🔥2💯1
🍄 Xitoylik olimlar zamburug‘lardan o‘zini-o‘zi tiklaydigan kiyim ishlab chiqishdi.

Uning asosida tabiatda hasharotlar tanasini egallab oladigan parazit zamburug' — kordiseps mitseliysi yotadi. To‘g‘ri yondashuv bilan undan egiluvchan “tirik” mato tayyorlash mumkin: agar u yirtilsa, teshik bitishi uchun zamburug‘ granulalari qo‘shilgan suv sepishning o‘zi kifoya.

Hozircha faqat prototiplar mavjud: ishlab chiquvchilar hali chidamlilik va yuvish masalalarini hal qilishlari kerak.

📟 DigiTech
👍59🤯3716🔥4😁4🤔2💯1🤝1🫡1
🏝️ Milliarderlar apokalipsis ehtimoliga qarshi o‘zlariga boshpanalar qurishda davom etmoqda — Argentinada 32 000 gektarlik rancho barpo etilyapti: hajmi uchta Parijga teng va o‘zining internetiga ega.

U yerda allaqachon uylar, quyosh panellari va uchish-qo‘nish yo‘lagi bor. Loyihaga 10 million dollar sarmoya kiritilgan, serverlar ishdan chiqqan taqdirda esa sun’iy intellekt modellarini kompyuterga yuklab olib, o‘z internetlarini yaratishmoqda.

Loyihaga boshqa o‘ta boylar ham qo‘shilishni istashmoqda, biroq u yerga faqat tanish-bilishchilik orqali kirish mumkin. Shunchaki pul bilan kiritishmaydi.

📟 DigiTech
😁12111👍10👏9💯2🥰1🫡1
📲 YouTube'da pul ishlash qiyinlashadi.

2027-yil 1-fevraldan boshlab YouTube monetizatsiya talablarini kuchaytiradi: buning uchun kamida 1000 nafar obunachi va so‘nggi bir yilda 8000 soatlik ko‘rishlar yoki oxirgi 90 kun ichida Shorts videolarida ko’rishlar soni 20 million bo’lishi talab etiladi.

Bundan tashqari, uzoq vaqt davomida kontent joylamagan foydalanuvchilar hamkorlik dasturidan chetlashtiriladi.

📟 DigiTech
😢112🔥17👍8😁65😨3💯2🤯1🫡1😡1
📱Xiaomi Redmi K100 Pro va Pro Max smartfonlarini namoyish etdi — har ikkala smartfon ham sig‘imi katta akkumulyatorlar (8580 va 9070 mA/soat), Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori va 200 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ldi.

Pro Max versiyasida esa Bose kompaniyasining ilg‘or audiotizimi, takomillashtirilgan sovitish tizimi va yanada sifatli keng burchakli modul mavjud. Narxlari esa 545 dollardan boshlanadi.

Olcha rangi va neon fonlari nimanidir eslatmayaptimi?)

📟 DigiTech
52😁38👍109🔥3👏2💯1
🚘 AQSh'lik talabalar BMW ko‘magida, sarflaganidan ko‘ra ko‘proq energiya ishlab chiqaradigan elektromobilni yig’ishdi.

Luminetta konseptining bunday «dizayni» kuzovni keng qilish va unga 1700 dan ortiq quyosh panelini joylashtirish imkonini bergan. Panellar bir yorug‘ kun davomida, ham to‘xtab turganda, ham harakatlanayotganda, taxminan 50 km masofaga yetadigan energiya ishlab chiqaradi.

Shahardagi o‘rtacha kunlik yurish masofasi taxminan 20-30 km ekanini hisobga olsak, elektromobil bu masofa uchun zarur quvvatni nafaqat quyosh energiyasi hisobidan to‘liq qoplaydi, balki yana qo‘shimcha masofaga yetadigan ortiqcha energiya ham to‘playdi.

O‘ta yengil prototip (og‘irligi bor-yo‘g‘i 550 kg) faqat ilmiy loyiha sifatida yig‘ilgan. Uni bu ko‘rinishda sotish rejalashtirilmagan.

📟 DigiTech
66😁32🤯106👍4💯3🔥2🤝2👏1
🎵 Spotify sun’iy intellektda yaratilgan musiqalarni yo‘q qilmoqda: sentyabr o‘rtalaridan boshlab neyrotarmoq ijrochilarining treklari “AI Persona” yorlig‘ini oladi va tavsiyalardan g‘oyib bo‘ladi.

Kompaniya shu yo’l bilan jonli ijodkorlarga ustunlik bermoqchi. Musiqachilar sun’iy intellekt qo‘llaganini o‘zlari belgilashi mumkin bo‘ladi, buni yashirishga uringanlarni esa algoritmlar avtomatik tarzda aniqlaydi.

📟 DigiTech
👏14220👍19🔥13🫡5💯1🤝1🎄1
⚡️Sun’iy intellekt ilk bor butun bir mamlakat infratuzilmasini buzib kirishga urindi. Tadqiqotchilar Tayvan davlat tuzilmalarining Hermes va OpenClaw asosidagi “xaker” yordamida buzib kirilgani izlarini topishdi.

Bu tizim 4 kun ichida 12 bosqichli hujum uyushtirgan. U zaifliklarni aniqlash va hujumlar o‘tkazish uchun agentlarni ishga soldi. Birgina davlat saytining kodi butun infratuzilmaga kirish sxemasini tuzishga yordam bergan.

Hujum natijasida xodimlar haqidagi ma’lumotlar va ma’lumotlar bazalariga kirish parollari oshkor bo‘lgan. Har bir urinishdan so‘ng agentlar buzib kirishning yangi usulini ishlab chiqishgan.

📟 DigiTech
🤯57😁1910🔥3👏1🤔1💯1
📲 Bir yigit kechagi quyosh tutilishini Xiaomi 17 Ultra'da suratga olmoqchi bo‘ldi, biroq kamera algoritmlari Quyosh o‘rniga Oyni chizib qo‘ydi)

Smartfon avtomatik ravishda astrofotografiya rejimiga o‘tib, shunchaki yangi surat yaratib berdi.

Eng qizig‘i shundaki, yigit Xiaomi qurilmasini aynan mobil suratga olish uchun eng yaxshilaridan biri deb hisoblangani uchun sotib olgan edi.

📟 DigiTech
😁144🤯11👏43🔥2🤝1🫡1