⚡️GPT-6 shu haftadayoq namoyish etilishi mumkin: Sem Altman Oq uyga OpenAI'ning yangi kuchli modelini ko‘rsatish uchun Vashingtonga yo‘l olmoqda.
Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, model “ko‘p yillik matematik muammolarni hal qila oladigan” hamda “AQSh biznesi uchun murakkab ishlarni sezilarli darajada arzonroq va samaraliroq bajara oladigan” yechim sifatida taqdim etiladi.
Katta ehtimol bilan, gap Hugging Faceni buzib kirishga ulgurgan o‘sha model haqida ketmoqda.
📟 DigiTech

🔥60❤14👍6👏5😁3🫡3⚡2💯1🤝1
📲 Sayohatchilar orzusi: Google jonli tarjima vidjeti ustida ishlamoqda
“Android Authority” nashri “Google Tarjimon”ning Android uchun mo‘ljallangan so‘nggi versiyasida “Jonli tarjima” rejimi uchun yangi vidjetni aniqladi. Hozircha u ommaga taqdim etilmagan, biroq nashr mualliflari uni faollashtirib, amalda sinab ko’ra olishdi.
Bir marta bosish orqali tarjima rejimi darhol ishga tushadi; shuningdek, vidjet orqali tilni yoki javob qayerdan (quloqchindanmi yoki telefon dinamigidanmi) chiqishini sozlash mumkin bo‘ladi.
Tarjimani faollashtirish uchun ilovani ochish shart bo‘lmaydi.

👍54❤13👏5🤝3⚡1
✈️ Airbus yo‘lovchi samolyotining parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi: yangi A350-1000ULR Avstraliyaning Melburn shahridan Fransiyaning Tuluza shahriga 24 soat-u 24 daqiqada yetib bordi.
Layner yo‘lovchilarsiz va maxsus uzun marshrut bo‘ylab 23 000 km dan ortiq masofani bosib o‘tdi. To‘la salon bilan esa u 18 500 km gacha bo‘lgan masofaga to‘xtovsiz parvozlarni amalga oshira oladi.
Bunday samolyotlarning dastlabki 12 tasini Avstraliyaning Qantas kompaniyasi 2027-yilda qabul qilib oladi. Ular dunyodagi eng uzun muntazam reyslar — Sidneydan Londonga va Nyu-Yorkka parvoz qiladi.

👏55👍20❤10🔥4🤝4💯3⚡1
📲 Nyu-Yorkda ijtimoiy tarmoqlardan pasport orqali foydalanish joriy etildi: yanvar oyidan boshlab shahar aholisi TikTok va shunga o‘xshash servislardan erkin foydalanish uchun o‘z yoshini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
Agar foydalanuvchi 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, unga shaxsiylashtirilgan lentadan farqli o‘laroq, odatiy lenta ko‘rsatiladi. Tungi soat 12 dan tonggi 6 gacha esa bildirishnomalar o‘chirib qo‘yiladi.

👏73👍20❤15🔥5⚡2🤝2😢1😡1
⚡️Apple AQShda “Apple Upgrade” xizmatini ishga tushirdi
Bu xizmat yordamida xaridor kompaniyaning gadjetlarini har oylik to‘lovlar asosida lizingga olishi mumkin. Lizing muddati tugagach, gadjetni sotib olish, qaytarib berish yoki yangi obunani rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
Lekin mutaxassislar endi shu sabab boshqa davlat bozorlari AQSh'dan keltirilgan bloklangan qurilmalarga to’lib ketishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Agar texnika o‘z vaqtida qaytarilmasa yoki to’lanmasa, Apple uni bloklaydi, olibsotarlar esa bundan foydalanishi mumkin.

Masalan, iPhone 17 Pro uchun oyiga 32 dollardan to‘lab boriladi. Bunda smartfonni birdaniga 1099 dollarga xarid qilish o‘rniga ikki yil davomida jami 768 dollar to‘lanadi. Shundan so‘ng smartfonni qaytarib berish, yangi modelga almashtirish yoki qo‘shimcha 332 dollar to‘lab, o‘zingizda qoldirishingiz mumkin.
Lekin mutaxassislar endi shu sabab boshqa davlat bozorlari AQSh'dan keltirilgan bloklangan qurilmalarga to’lib ketishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Agar texnika o‘z vaqtida qaytarilmasa yoki to’lanmasa, Apple uni bloklaydi, olibsotarlar esa bundan foydalanishi mumkin.
📟 DigiTech
👍38😁19❤9👏4🔥1🤝1🫡1
📲 Vertikal dunyo g‘olib chiqdi: HBO Max'da shortslar paydo bo‘ladi
Kompaniya xabariga ko‘ra, lentada seriallarning eng sara sahnalari, treylerlar va bonus kontent ko‘rsatiladi. Kontentni maxsus sun’iy intellekt tanlab beradi. Agar biror serial sizga yoqib qolsa, uni darhol “keyinroq ko‘rish” ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yishingiz mumkin.
Shuningdek, HBO so‘rovni aniq tushunadigan tabiiy tildagi ovozli qidiruvni ham sinovdan o‘tkazmoqda. Masalan, qaysidir aktyor rol o‘ynagan yoki o‘ynamagan seriallarni topish uchun.
Hozircha ikkala funksiya ham AQShda sinovdan o‘tkazilmoqda.

👍39🤯16⚡6❤4💯3😡3🔥1🤝1🫡1
🏛️ Italiyalik bir kishi 10 yil davomida o‘zi yasagan amfiteatrni qadimgi Rim xarobalari deb ko‘rsatib, kirish narxi 40 yevro bo‘lgan ekskursiyalar o‘tkazib kelibdi.
69 yoshli Franko Malosso fon Rozenfrans, Vichensa yaqinida soxta amfiteatr qurib, barchani bu tog‘lardagi ko‘chkidan so‘ng tasodifan topilgan dunyodagi eng qadimiy amfiteatrlardan biri ekanligiga ishontirgan. U, shuningdek, bu joyning tarixini ham to‘qib chiqargan va go‘yoki Sezar bilan Kleopatra shu yerga tashrif buyurganini aytib yurgan.
Bir paytlar amfiteatr hatto sayyohlik dasturlariga ham kiritilgan, biroq haqiqat politsiya arxeologlar bilan birga u yerga kelganida yuzaga chiqqan. Natijada firibgar 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, munitsipalitetga 560 000 yevro tovon to‘lashga hukm qilingan.

😁191❤18🔥8👍4👏3🤯3🫡2⚡1😡1
⚡️«Claude»ning yangi modellari internetga «qochib ketib», 3 ta kompaniyaning tizimini buzdi — ulardan ikkitasi «Anthropic» murojaat qilguniga qadar o‘zlarining buzib kirilganidan bexabar bo‘lishgan.
Ushbu qoidabuzarliklar 141 006 ta sinovlar o’rganib chiqilganidan so‘ng aniqlandi. Sinovlarda «Claude Opus 4.7», «Claude Mythos 5» va eksperimental model ishtirok etgan — oxirgisini foydalanuvchilar uchun chiqarish rejalashtirilmagan.
«Anthropic»ning taxminiga ko‘ra, neyrotarmoq tizimdan mustaqil chiqishga urinmagan, internetga esa xatolik tufayli kirib qolgan.

🤯95😁23❤7⚡5🤝5👍3🔥3🫡3💯2
AI | DigiTech
🎁 Yandex Ads Uzbekistan kanali bilan birgalikda bitta «Яндекс Станция Миди» va ikkita «Яндекс Станция Лайт» sovg’a qilamiz! Qatnashish shartlari juda oddiy: 1️⃣ @DigiTechAI va @YandexAdsUz kanallariga obuna bo’ling 2️⃣ Shu post ostidagi «Qatnashish» tugmasini…
🎁 Yandex Ads Uzbekistan kanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan mana bu konkursda qatnashishni unutmanglar, yakunlanishiga 1 haftadan kamroq vaqt qoldi, shartlar juda oddiy.
Aktivroq bo’lsangizlar, mana shunday sovg’ali tanlovlardan ko’proq tashkillashtirib turamiz.

🔥14❤4👍4👏2⚡1💯1🫡1
⚡️Electronic Arts kelasi haftadayoq Saudiya Arabistoniga o‘tadi — kompaniya 55 mlrd dollarga sotib olinmoqda. Bu soha tarixidagi eng yirik bitimlardan biridir.
Saudiya Arabistonidan tashqari, yana bir qancha yirik investitsiya fondlari ham xaridor bo‘ldi. Kelasi haftadayoq EA birjada o‘z aksiyalari savdosini to‘xtatadi. Shu tariqa, kompaniyaning ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatidagi 35 yillik tarixi yakunlanadi.
Endi saudiyaliklar Battlefield, Sims, FIFA, Apex Legends, Need for Speed va kompaniyaning boshqa brendlari ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadi.

🤯62👏14❤8👍8🔥4⚡3🫡3💯1
⚡️Amazon Claude Sonnet modelining xatosi tufayli 2 million dollarni behuda sarfladi. Model mualliflar haqidagi ma’lumotlarni kitob kartochkalari bilan solishtirishi kerak edi.
Jarayon davomida Sonnet loyiha byudjetini 860 foizga oshirib yubordi va besh oydan so‘ng barcha ishlar noto‘g‘ri bajarilgani aniqlandi.
Shundan so‘ng Amazon rahbariyati ilgari “juda arzon”ga tushadigan koddagi xatolar endi falokatli darajada qimmatga tushayotganini tan oldi.

😁97👍18❤11💯11🤯5⚡3😨2🤔1
⚡️Google «Google Earth»dagi suratlarni sun’iy intellekt yordamida tahrirlash funksiyasini qo’shganidan bir kun o‘tib o‘chirib qo‘ydi.
Ushbu vosita xaritadagi istalgan nuqtani yaqinlashtirish va matnli so‘rov asosida uning tasvirini o’zgartirish imkonini berar edi. Kompaniya odamlar undan ta’lim va kasbiy maqsadlarda foydalanishiga umid qilgandi.
Biroq kutilganidek bo‘lib chiqmadi. Ijtimoiy tarmoqlar bir zumda mashhur joylar yaqinidagi yadroviy portlash kraterlari, uylarga urilayotgan samolyotlar va yirik shaharlardagi soxta norozilik namoyishlari aks etgan suratlar bilan to‘lib ketdi.
Google bu funksiyaga cheklovlar o‘rnatgach, uni qayta ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

😁180🤯12👏7❤6💯3🤝3🫡3👍2⚡1🤔1🤓1
⚡️Microsoft va’da qilganidek, Xbox narxlarini birdaniga 40% ga oshirdi — bu komponentlar va tezkor xotira qimmatlashgani bilan izohlanmoqda.
Yevropadagi narxlar o‘zgarishi:
• Xbox Series S (512 GB) – 499,99 yevro (avval 349,99 yevro edi);
• Xbox Series S (1 TB) – 599,99 yevro (avval 399,99 yevro edi);
• Xbox Series X (1 TB, diskovodsiz) – 749,99 yevro (avval 549,99 yevro edi);
• Xbox Series X (1 TB, diskovodli) – 799,99 yevro (avval 599,99 yevro edi).
AQSh'da narxlar 100–150 dollarga, Yevropada esa 150–200 yevroga ko‘tarildi.

😢55🤯12❤3🔥3👍1😁1💯1👨💻1🤝1
⚡️Yangi kosmik poyga o‘z “meva”sini bermoqda. The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Yerga har hafta bir tonnadan ortiq orbital chiqindilarning parchalari qulamoqda va vaziyat faqat yomonlashib bormoqda.
Agar 10 yil oldin AQSh Kosmik kuchlari yiliga atigi 110 ta kosmik apparatning qulashi haqida ogohlantirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 820 taga yetgan.

To’g’ri, qulayotgan qismlarning juda katta qismi atmosfera qatlamlarida yonib ketadi. Biroq aerokosmik muhandislar yonilg‘i baklari va dvigatel qismlarini yaratishda tobora ko‘proq olovga chidamli qotishmalardan (titan, inkonel) foydalanishmoqda. Bu detallar haddan tashqari qizishga juda yaxshi bardosh beradi va ulkan tezlikda Yerga kelib uriladi. Yaxshiyamki, ularning aksariyati Tinch okeanida cho‘kib ketadi, lekin borgan sari ularning parchalari fermalar va aholi yashash joylaridan ko‘proq topilmoqda.
📟 DigiTech
👍47😨31🤯16❤4😢3😁2💯2🤓2🫡2🥰1
⚡️OpenAI'ning “Astra” nomli yangi modeli 10 ta ochiq matematik masalani yechdi. Olimlar ularning ba’zilari ustida 40-50 yildan beri ishlab kelayotgan edi.
Yechilgan masalalar ko‘p o‘lchovli geometriya, kodlash nazariyasi, guruhlar nazariyasi, kvant murakkabligi, panjarali kriptografiya va ekstremal kombinatorikaga oid. Xususan, Astra matematiklar ko‘p yillardan buyon mavjudligini muhokama qilib kelgan obyekt – nosofik guruhning ilk namunasini yaratdi. Bu kashfiyot zamonaviy guruhlar nazariyasining fundamental muammolaridan birini hal etishga yordam berishi mumkin.
Barcha kashfiyotlar suratda keltirilgan. OpenAI’ning o‘zi Astrani kelajakdagi flagman model deb atamoqda. Bu, ehtimol, GPT-6 yoki GPT-5.7 oilasiga mansub model bo‘ladi.

🤯65❤19👍12👏4💯3🔥1🤔1
💚 Urganch, Roadshow’ni kutib ol!
22-avgust kuni IT Community Roadshow shahringizga keladi — bu AI va IT sohasida karyera qurishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlar seriyasi.
Spikerlar va volontyorlar bilan birgalikda IT sohasida yo‘nalish tanlashni, orzudagi ishini topishni yoki o‘z startapini yaratishni istagan yigit-qizlar uchun master-klasslar va chiqishlar o‘tkazamiz.
🎤 Urganchdagi Roadshow’da sizni quyidagi mavzulardagi chiqishlar kutadi:
– IT sohasida karyera qurishda AI-ning roli,
– muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirish,
– LinkedInda shaxsiy brendni rivojlantirish va frilans bo’yicha foydali maslahatlar,
shuningdek netvorking, sovrinli interaktiv o’yinlar va yana ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar.
Uzum’ning tadqiqot bo‘yicha katta mutaxassisi Ruslan Raxmonov mahsulotni taxminlar asosida qanday qayta qurish va foydalanuvchilarning haqiqiy ehtiyojlari asosida qaror qabul qilishni boshlashni ko‘rsatib beradi.
Xivadan keladigan ishtirokchilarimizga Urganchdagi IT Community Roadshow-ga kelish uchun bepul avtobuslar tashkil etamiz. Avtobusdagi o‘rinlar cheklangan, shuning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang.
🔥 Roadshow-ga bizning bot orqali ro‘yxatdan o‘ting – https://t.me/itcomuzbot va yirik tadbirning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
❗️Ishtirok etish bepul.
💚 Homiylarimiz: Uzum, Huawei, UZCARD, EPAM, shuningdek hamkorlarimiz: School 21, Women in Tech, OLX, Free.uz va RANCH universitetiga minnatdorchilik bildiramiz.
🗓 2026-yil 22-avgust (shanba)
⏱️ 10:00–17:00 (tushlik va kofe-breyklar kiritilgan)
📍 RANCH universiteti (Urganch shahri, Xonqa ko‘chasi, 26)
🗣 Til: o'zbek tilida
💚 LinkedIn | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👏5🤯4🔥3😁1