AI | DigiTech
52.5K subscribers
3.73K photos
1.73K videos
3.41K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🖥️ Foydalanuvchilar LG monitorlaridagi jonga tegadigan reklamalardan shikoyat qilishmoqda.

Xabar qilinishicha, qurilma drayverlari bilan birga foydalanuvchining qattiq diskiga LG Monitor App ilovasi ham yuklanmoqda. U vaqti-vaqti bilan mashhur McAfee antivirusi kabi boshqa servislar reklamalarini ko’rsatyapti.

Microsoft vaziyatga e’tibor qaratib, LG kompaniyasi McAfee reklamasini ko‘rsatishni to‘xtatishga va'da berganini ma'lum qildi. Kompaniya boshqa tijoriy reklamalar haqida hech narsa demadi, shu sabab reklamalar monitorlardan butunlay yo‘qoladi, deyish qiyin.

📟 DigiTech
👍25🤯126🔥32👏2😢2
⚡️Zumerlar neyrotarmoqlar bilan almashtirilishdan eng himoyalangan qatlam bo‘lib chiqdi: ularni ishdan bo‘shatish yoki ishga yollamaslik milliard dollarlik xato bo‘lishi haqida MIT ogohlantirdi.

Olimlarning fikricha, stajyorlar yangi g‘oyalar va innovatsiyalarning asosiy manbaidir. Agar ular sun’iy intellektga almashtirilsa, bir-ikki yildan so‘ng kompaniyalar madaniyat, trendlar va kreativlikni qayerdan olishni bilmay qoladi, neyrotarmoqlarning o‘zi esa yangi insonlar ma’lumotlarsiz zaiflashib boradi.

📟 DigiTech
👍109😁2515🔥11💯41🤯1🫡1
⚡️NVIDIA o‘z videokartalari narxini oshirdi — narx o‘sishi GDDR7 va GDDR6 xotirali barcha aktual modellarga ta’sir qildi.

Yaqinda Jensen Xuang hamkorlariga xotira narxi oshgani haqida xabar berdi. Do’konlar narxlarni ko‘tarishni boshlab yuborishdi — RTX 5060 bir zumda 65 dollarga, RTX 5060 Ti esa 90 dollarga qimmatladi.

Narx o‘sishi bu modellar bilan to‘xtab qolmaydi — inqiroz butun GeForce liniyasini «bo‘g‘ishda» davom etadi.

📟 DigiTech
😢6111🤯7👍3💯2🫡21🤓1
⚡️GPT-6 shu haftadayoq namoyish etilishi mumkin: Sem Altman Oq uyga OpenAI'ning yangi kuchli modelini ko‘rsatish uchun Vashingtonga yo‘l olmoqda.

Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, model “ko‘p yillik matematik muammolarni hal qila oladigan” hamda “AQSh biznesi uchun murakkab ishlarni sezilarli darajada arzonroq va samaraliroq bajara oladigan” yechim sifatida taqdim etiladi.

Katta ehtimol bilan, gap Hugging Faceni buzib kirishga ulgurgan o‘sha model haqida ketmoqda.

📟 DigiTech
🔥6014👍6👏5😁3🫡32💯1🤝1
📲 Sayohatchilar orzusi: Google jonli tarjima vidjeti ustida ishlamoqda

“Android Authority” nashri “Google Tarjimon”ning Android uchun mo‘ljallangan so‘nggi versiyasida “Jonli tarjima” rejimi uchun yangi vidjetni aniqladi. Hozircha u ommaga taqdim etilmagan, biroq nashr mualliflari uni faollashtirib, amalda sinab ko’ra olishdi.

Bir marta bosish orqali tarjima rejimi darhol ishga tushadi; shuningdek, vidjet orqali tilni yoki javob qayerdan (quloqchindanmi yoki telefon dinamigidanmi) chiqishini sozlash mumkin bo‘ladi.

Tarjimani faollashtirish uchun ilovani ochish shart bo‘lmaydi.

📟 DigiTech
👍5413👏5🤝31
✈️ Airbus yo‘lovchi samolyotining parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi: yangi A350-1000ULR Avstraliyaning Melburn shahridan Fransiyaning Tuluza shahriga 24 soat-u 24 daqiqada yetib bordi.

Layner yo‘lovchilarsiz va maxsus uzun marshrut bo‘ylab 23 000 km dan ortiq masofani bosib o‘tdi. To‘la salon bilan esa u 18 500 km gacha bo‘lgan masofaga to‘xtovsiz parvozlarni amalga oshira oladi.

Bunday samolyotlarning dastlabki 12 tasini Avstraliyaning Qantas kompaniyasi 2027-yilda qabul qilib oladi. Ular dunyodagi eng uzun muntazam reyslar — Sidneydan Londonga va Nyu-Yorkka parvoz qiladi.

📟 DigiTech
👏55👍2010🔥4🤝4💯31
📲 Nyu-Yorkda ijtimoiy tarmoqlardan pasport orqali foydalanish joriy etildi: yanvar oyidan boshlab shahar aholisi TikTok va shunga o‘xshash servislardan erkin foydalanish uchun o‘z yoshini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Agar foydalanuvchi 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, unga shaxsiylashtirilgan lentadan farqli o‘laroq, odatiy lenta ko‘rsatiladi. Tungi soat 12 dan tonggi 6 gacha esa bildirishnomalar o‘chirib qo‘yiladi.

📟 DigiTech
👏73👍2015🔥52🤝2😢1😡1
⚡️Apple AQShda “Apple Upgrade” xizmatini ishga tushirdi

Bu xizmat yordamida xaridor kompaniyaning gadjetlarini har oylik to‘lovlar asosida lizingga olishi mumkin. Lizing muddati tugagach, gadjetni sotib olish, qaytarib berish yoki yangi obunani rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Masalan, iPhone 17 Pro uchun oyiga 32 dollardan to‘lab boriladi. Bunda smartfonni birdaniga 1099 dollarga xarid qilish o‘rniga ikki yil davomida jami 768 dollar to‘lanadi. Shundan so‘ng smartfonni qaytarib berish, yangi modelga almashtirish yoki qo‘shimcha 332 dollar to‘lab, o‘zingizda qoldirishingiz mumkin.


Lekin mutaxassislar endi shu sabab boshqa davlat bozorlari AQSh'dan keltirilgan bloklangan qurilmalarga to’lib ketishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Agar texnika o‘z vaqtida qaytarilmasa yoki to’lanmasa, Apple uni bloklaydi, olibsotarlar esa bundan foydalanishi mumkin.

📟 DigiTech
👍38😁199👏4🔥1🤝1🫡1
📲 Vertikal dunyo g‘olib chiqdi: HBO Max'da shortslar paydo bo‘ladi

Kompaniya xabariga ko‘ra, lentada seriallarning eng sara sahnalari, treylerlar va bonus kontent ko‘rsatiladi. Kontentni maxsus sun’iy intellekt tanlab beradi. Agar biror serial sizga yoqib qolsa, uni darhol “keyinroq ko‘rish” ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yishingiz mumkin.

Shuningdek, HBO so‘rovni aniq tushunadigan tabiiy tildagi ovozli qidiruvni ham sinovdan o‘tkazmoqda. Masalan, qaysidir aktyor rol o‘ynagan yoki o‘ynamagan seriallarni topish uchun.

Hozircha ikkala funksiya ham AQShda sinovdan o‘tkazilmoqda.

📟 DigiTech
👍39🤯1664💯3😡3🔥1🤝1🫡1
🏛️ Italiyalik bir kishi 10 yil davomida o‘zi yasagan amfiteatrni qadimgi Rim xarobalari deb ko‘rsatib, kirish narxi 40 yevro bo‘lgan ekskursiyalar o‘tkazib kelibdi.

69 yoshli Franko Malosso fon Rozenfrans, Vichensa yaqinida soxta amfiteatr qurib, barchani bu tog‘lardagi ko‘chkidan so‘ng tasodifan topilgan dunyodagi eng qadimiy amfiteatrlardan biri ekanligiga ishontirgan. U, shuningdek, bu joyning tarixini ham to‘qib chiqargan va go‘yoki Sezar bilan Kleopatra shu yerga tashrif buyurganini aytib yurgan.

Bir paytlar amfiteatr hatto sayyohlik dasturlariga ham kiritilgan, biroq haqiqat politsiya arxeologlar bilan birga u yerga kelganida yuzaga chiqqan. Natijada firibgar 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, munitsipalitetga 560 000 yevro tovon to‘lashga hukm qilingan.

📟 DigiTech
😁19118🔥8👍4👏3🤯3🫡21😡1
⚡️«Claude»ning yangi modellari internetga «qochib ketib», 3 ta kompaniyaning tizimini buzdi — ulardan ikkitasi «Anthropic» murojaat qilguniga qadar o‘zlarining buzib kirilganidan bexabar bo‘lishgan.

Ushbu qoidabuzarliklar 141 006 ta sinovlar o’rganib chiqilganidan so‘ng aniqlandi. Sinovlarda «Claude Opus 4.7», «Claude Mythos 5» va eksperimental model ishtirok etgan — oxirgisini foydalanuvchilar uchun chiqarish rejalashtirilmagan.

«Anthropic»ning taxminiga ko‘ra, neyrotarmoq tizimdan mustaqil chiqishga urinmagan, internetga esa xatolik tufayli kirib qolgan.

📟 DigiTech
🤯95😁2375🤝5👍3🔥3🫡3💯2
AI | DigiTech
🎁 Yandex Ads Uzbekistan kanali bilan birgalikda bitta «Яндекс Станция Миди» va ikkita «Яндекс Станция Лайт» sovg’a qilamiz! Qatnashish shartlari juda oddiy: 1️⃣ @DigiTechAI va @YandexAdsUz kanallariga obuna bo’ling 2️⃣ Shu post ostidagi «Qatnashish» tugmasini…
🎁 Yandex Ads Uzbekistan kanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan mana bu konkursda qatnashishni unutmanglar, yakunlanishiga 1 haftadan kamroq vaqt qoldi, shartlar juda oddiy.

Aktivroq bo’lsangizlar, mana shunday sovg’ali tanlovlardan ko’proq tashkillashtirib turamiz.

📟 DigiTech
🔥144👍4👏21💯1🫡1
⚡️Electronic Arts kelasi haftadayoq Saudiya Arabistoniga o‘tadi — kompaniya 55 mlrd dollarga sotib olinmoqda. Bu soha tarixidagi eng yirik bitimlardan biridir.

Saudiya Arabistonidan tashqari, yana bir qancha yirik investitsiya fondlari ham xaridor bo‘ldi. Kelasi haftadayoq EA birjada o‘z aksiyalari savdosini to‘xtatadi. Shu tariqa, kompaniyaning ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatidagi 35 yillik tarixi yakunlanadi.

Endi saudiyaliklar Battlefield, Sims, FIFA, Apex Legends, Need for Speed va kompaniyaning boshqa brendlari ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadi.

📟 DigiTech
🤯62👏148👍8🔥43🫡3💯1
⚡️Amazon Claude Sonnet modelining xatosi tufayli 2 million dollarni behuda sarfladi. Model mualliflar haqidagi ma’lumotlarni kitob kartochkalari bilan solishtirishi kerak edi.

Jarayon davomida Sonnet loyiha byudjetini 860 foizga oshirib yubordi va besh oydan so‘ng barcha ishlar noto‘g‘ri bajarilgani aniqlandi.

Shundan so‘ng Amazon rahbariyati ilgari “juda arzon”ga tushadigan koddagi xatolar endi falokatli darajada qimmatga tushayotganini tan oldi.

📟 DigiTech
😁97👍1811💯11🤯53😨2🤔1
⚡️Google «Google Earth»dagi suratlarni sun’iy intellekt yordamida tahrirlash funksiyasini qo’shganidan bir kun o‘tib o‘chirib qo‘ydi.

Ushbu vosita xaritadagi istalgan nuqtani yaqinlashtirish va matnli so‘rov asosida uning tasvirini o’zgartirish imkonini berar edi. Kompaniya odamlar undan ta’lim va kasbiy maqsadlarda foydalanishiga umid qilgandi.

Biroq kutilganidek bo‘lib chiqmadi. Ijtimoiy tarmoqlar bir zumda mashhur joylar yaqinidagi yadroviy portlash kraterlari, uylarga urilayotgan samolyotlar va yirik shaharlardagi soxta norozilik namoyishlari aks etgan suratlar bilan to‘lib ketdi.

Google bu funksiyaga cheklovlar o‘rnatgach, uni qayta ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

📟 DigiTech
😁180🤯12👏76💯3🤝3🫡3👍21🤔1🤓1
⚡️Microsoft va’da qilganidek, Xbox narxlarini birdaniga 40% ga oshirdi — bu komponentlar va tezkor xotira qimmatlashgani bilan izohlanmoqda.

Yevropadagi narxlar o‘zgarishi:
• Xbox Series S (512 GB) – 499,99 yevro (avval 349,99 yevro edi);
• Xbox Series S (1 TB) – 599,99 yevro (avval 399,99 yevro edi);
• Xbox Series X (1 TB, diskovodsiz) – 749,99 yevro (avval 549,99 yevro edi);
• Xbox Series X (1 TB, diskovodli) – 799,99 yevro (avval 599,99 yevro edi).

AQSh'da narxlar 100–150 dollarga, Yevropada esa 150–200 yevroga ko‘tarildi.

📟 DigiTech
😢55🤯123🔥3👍1😁1💯1👨‍💻1🤝1