AI | DigiTech
50.6K subscribers
3.68K photos
1.73K videos
3.37K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🌪️ AQSh'lik ishqibozlar tornadolarni ichkaridan suratga olib, FPV dronlarini tabiiy ofatning qoq markaziga uchirishmoqda.

OTUS Project maxsus kopterlari mustahkamlangan korpusga ega bo‘lib, soatiga 350 km dan yuqori tezlikda ucha oladi, bu esa ularga eng kuchli shamol oqimlariga bardosh berish imkonini beradi.

Dronlar noyob kadrlarni tasvirga olishdan tashqari, muhim meteorologik ma’lumotlarni to‘plash orqali bo‘ronlarni o’rganishga ham yordam beradi.

📟 DigiTech
👏4718🤯10🔥7👍6🫡21🥰1🤝1
⚡️IT mutaxassislari yaqinda milliarder bo‘lib uyg‘onishdi — lekin foydada emas, zararda. Amazon texnik nosozlik tufayli serverlar uchun bir necha dollar o‘rniga naq 1 000 000 000 000 dollardan hisob yubordi.

Bir foydalanuvchining odatdagi 0,19 dollarlik to‘lovi qariyb 2,5 milliard dollar qarzga aylanib ketdi. Boshqasi esa shunchalik qo‘rqib ketganidan akkauntidagi hamma narsani o‘chirib tashladi. Keyinroq Amazon xatoni to‘g‘irladi.

Sizga ham butun boshli davlat iqtisodiyotiga teng bo’lgan shunday hisob kelganida nima qilgan bo’lardingiz?)

📟 DigiTech
😁124🤯2093👍2💯2👨‍💻1🫡1
👨‍💻Yangi tadqiqotga ko‘ra, zumerlarning 80 foizi ishlayotgandek ko‘rinishga harakat qiladi. Ish qilinayotgani illyuziyasini yaratish uchun haftasiga o‘rtacha 5 soat vaqt ketar ekan.

O‘rtacha hisobda odamlar o‘zlarining asl vazifalarini bajarib bo‘lgach, haftasiga qariyb 5 soatni (bu yiliga 30 ish kunidan ko‘proq degani) shunchaki o‘zlarini band qilib ko‘rsatishga sarflaydilar.

Bunday “firibgarlik” fosh bo‘lib qolmasligining eng ommabop usuli — kompyuter “faol emas” holatiga o‘tmasligi uchun sichqonchani tinimsiz qimirlatib turish. Qizig‘i shundaki, kompaniya xodimlarni qanchalik qattiq nazorat qilsa, ular ham haqiqiy ish o‘rniga shunchalik ko‘p “g‘ayratli” faoliyatni tasvirlashga o‘tishadi.

📟 DigiTech
😁107👍247💯7🫡3👏21
⚡️YouTube endi neyroaxlatli videolar uchun pul to‘lamaydi — hozir yangi foydalanuvchilar uchun har beshinchi, Shorts'da esa har ikkinchi video shunday.

Hayvonlarni “qutqarish” bilan bog‘liq kanallar ham, agar videoning butun maqsadi ko‘proq ko‘rishlar uchun azoblanayotgan jonivorni ko‘rsatish bo‘lsa, monetizatsiyadan mahrum etiladi.

📟 DigiTech
86🔥33👍25😁11👏6💯2🫡21🤝1
📱Yangi iPhone 20 Pro Max smartfoni iPhone'lar tarixidagi eng katta — 7 dyuymli ekranga ega bo‘lishi mumkin.

Bu deyarli iPad mini degani: birinchi avloddan beshinchi avlodgacha ular 7,9 dyuymli diagonallar bilan chiqarilgan. Faqat so‘nggi avlodida ekran 8,3 dyuymgacha kattalashtirildi.

Rasmlarda Twitter'dan olingan norasmiy renderlar aks etgan.

📟 DigiTech
🔥27👍8😁8💯4👏31
⚡️Apple AQShda qurilmalarga obuna xizmatini ishga tushiradi.

Bloomberg nashri xabariga ko‘ra, kompaniya sotib olish imkoniyati bilan gadjetlarni ijaraga beruvchi Apple Upgrade lizing xizmatini yo’lga qo’yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dastur doirasida iPhone, Mac, iPad va Apple Watch'ning so‘nggi modellarini olish mumkin bo‘ladi.

Lizing muddati tugagach, foydalanuvchi qurilmani sotib olishi yoki yangi modelga o‘tib, oylik to‘lovlarni davom ettirishi mumkin.

Dastur 28-iyul kuni ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
😁61128👍5👏2😢2🤝2🤯1
⚡️Samsung birdaniga uchta “buklanadigan iPhone qotili”ni namoyish etdi: Galaxy Z Fold 8, Galaxy Z Fold 8 Ultra va Galaxy Z Flip 8.

Galaxy Z Fold 8 — korpusi yupqaroq, ichki ekrani 8 dyuymli, yangi Snapdragon 8 Elite chipi va takomillashtirilgan sovutish tizimiga ega yangilangan buklamafon. Narxi 1899 dollardan boshlanadi.

Galaxy Z Fold 8 Ultra — xotirasi kengaytirilgan, kamerasi 200 MP, S Pen’ni qo‘llab-quvvatlaydigan hamda ishlash va suratlarni tahrirlash uchun kengaytirilgan sun’iy intellekt funksiyalariga ega premium versiya. Narxi 2099 dollardan boshlanadi.

Galaxy Z Flip 8 — batareyasi sig‘imi kattaroq, yangi protsessorli va buklangan holatda suratga olish imkoniyatlari yaxshilangan buklamafon. Narxi 1199 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥5115😁15👍6👏3🎉21💯1🫡1
🧠 Tadqiqot: Telefondagi eslatmalar xotirani susaytiradi. Doimiy ravishda bildirishnomalarga tayanganlar keyinchalik vazifalarni yordamchi qurilmalarsiz yomonroq eslashgan.

Ishtirokchilarga vazifalar berildi: 1-vazifani yodda saqlash, 2-vazifani esa telefonga yozib qo‘yish kerak bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, miya “bulutli xotira” kabi ishlar ekan: bildirishnomaga yuklangan har qanday ma’lumotni unutib yuboradi. Lekin yodda saqlangan narsani ancha yaxshi eslab qoladi.

📟 DigiTech
🔥43👍14👏641👨‍💻1
👨‍💻 Yangi MacBook Neo haqida qo’shimcha ma’lumotlar paydo bo‘ldi: hamyonbop makbukning ikkinchi avlodi 12 GB tezkor xotira va eng so‘nggi iPhone 17 Pro'dagidek A19 Pro chipiga ega bo‘ladi.

Lekin xotira inqirozi sababli narxlar oshishi mumkin. Hozirgi MacBook Neo allaqachon qimmatlashib, boshlang‘ich narxi 699 dollarni tashkil etmoqda.

📟 DigiTech
🔥21👍138👏3👨‍💻21💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Google akkauntni endi videoselfi orqali ham tiklash mumkin. Bu funksiya asta-sekin hamma uchun joriy qilinmoqda.

Buning uchun oldindan boshingizni qimirlatib, qisqa video yozib yuklashingiz kerak. Tizimga kirishda esa, yuzlarni solishtirishi uchun boshingizni yana bir bor aylantirsangiz kifoya. Namunaviy video shifrlangan holda bulutli xotirada saqlanadi va uni istalgan vaqtda o‘chirib tashlash mumkin.

📟 DigiTech
41👏17🔥9👍5😁3💯21🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi avlod maktab sun’iy intellekt doskasi mana shunday ko‘rinishda — qurilma Xitoyda bo‘lib o‘tgan WAIC 2026 Butunjahon sun’iy intellekt anjumanida namoyish etildi.

U yozilganlarni tanib, materiallarni avtomatik tarzda to’g’irlaydi, mavzularni sun’iy intellekt yordamida tushuntiradi va oddiy darsni interaktiv mashg‘ulotga aylantira oladi.

📟 DigiTech
👍77🔥2214🤯74👏4👨‍💻2
🚀 Xitoyda uchayotgan raketani chaqmoq urdi.

Sichan kosmodromidan uchirilganidan 35 soniya o‘tgach, kuchli zaryad raketaning uch qismiga tegib, korpusi bo‘ylab o‘tdi va dvigatellarining izi orqali yerga tarqaldi.

Voqeaga qaramay, parvoz odatdagidek davom etdi va raketa-tashuvchi sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi (raketalarda bunday holatlar uchun maxsus himoya mavjud).

📟 DigiTech
56👍28😁134🫡4👏3🤯2💯2
🎁 Yandex Ads Uzbekistan kanali bilan birgalikda bitta «Яндекс Станция Миди» va ikkita «Яндекс Станция Лайт» sovg’a qilamiz!

Qatnashish shartlari juda oddiy:

1️⃣ @DigiTechAI va @YandexAdsUz kanallariga obuna bo’ling

2️⃣ Shu post ostidagi «Qatnashish» tugmasini bosing


📲 Natijalar — 6 avgust kuni soat 19:00 da e’lon qilinadi, g‘oliblar randomayzer bot tomonidan tasodifiy tarzda aniqlanadi. G’oliblarga yutuqni butun O’zbekiston bo’ylab pochta orqali yetkazib beramiz. Yetkazib berish harajatlari to’liq biz tomonimizdan qoplanadi.

Barchaga omad!
16🔥73🤯3👍2👏1🤝1
🚘 Volkswagen haydovchilar uchun stressga qarshi o’yinchoqli rulni tayyorlamoqda — kompaniya bu yangi texnologiyani allaqachon patentlab bo‘ldi.

Haydovchilarning barmoqlari ostida maxsus qo‘shimcha qism paydo bo‘lishi mumkin. Unga yoqimli teksturali plastinkalar, pop-it, roliklar va taktil qaytuvchan tugmalarni o‘rnatish imkoni bo‘ladi.

📟 DigiTech
👍4913😁114🤝2🫡2🤔1🤯1💯1