AI | DigiTech
53.4K subscribers
3.65K photos
1.72K videos
3.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Kremniy vodiysi universiteti (USV) “Max Achievement Scholarship” nomli noyob stipendiya dasturini yo‘lga qo‘ydi.

Endi geymerlar mashaqqatli mehnati va o‘yinlarni 100% yakunlashga sarflagan yuzlab soatlarini pulga aylantirishlari mumkin — universitet ashaddiy o‘yinchilarga ta’lim to‘lovlari uchun yiliga 15 000 dollargacha stipendiya to‘laydi.

Minecraft’da 115 ta «achivka» to‘plaganlar stipendiya olishlari mumkin. Shuningdek, stipendiyani Dark Souls, Stardew Valley, Genshin Impact va yana 10 dan ortiq boshqa o‘yinlarni to‘liq o‘taganlik uchun ham qo‘lga kiritish mumkin.

📟 DigiTech
42😁22🔥5👍42👏1🤔1
⚡️Apple OpenAI'ni tijoriy sir hisoblangan ma’lumotlarni o‘g‘irlashda aybladi.

Kompaniyaning da’vo arizasida qayd etilishicha, OpenAI nafaqat Apple’ning sobiq xodimlarini faol ravishda o‘ziga ishga olyapti, balki ularga ishga kirish suhbati paytida maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishni ham tavsiya qilyapti.

Shuningdek, arizada Apple muhandislaridan biri ishdan bo‘shagach, ish noutbukini qaytarib bermagani va shu tariqa sobiq hamkasblari bilan yozishmalardan foydalanish imkoniyatini saqlab qolgani aytilgan.

OpenAI esa o‘zgalarning tijoriy sirlari bilan qiziqmasligini aytmoqda.

📟 DigiTech
👍5211🔥6👏3😁2😨2🤝21🤯1🫡1
🛸 Pentagon noma’lum uchar jismlar aks etgan yangi maxfiy materiallarni namoyish etdi.

Arxivga 40 ta fayl, jumladan, AQSh harbiylari tomonidan dunyoning turli burchaklarida olingan 19 ta video kiritilgan. Eng qiziqarlilari orasida 2020-yilda Tinch okeani uzra uchgan noma’lum shakldagi 4 metrli jism va 2025-yilda Xitoy yaqinida kuzatilgan yulduzsimon “kontrast hudud” bor.

Bu oshkor qilingan maxfiy hujjatlarning to‘rtinchi to’plamidir. Oldingilarida bo‘lgani kabi, bular ham jismlarning kelib chiqishi haqida biror xulosa bermaydi.

📟 DigiTech
😁67👍2813🤯9😨4👏3🔥2😡21🤓1🫡1
🚘 Ford avtomobilni o‘g‘irlashdan himoyani oyiga 8 dollarlik pulli obunaga aylantirdi.

Endi avtomobil egalari dvigatelni o‘z smartfonlaridan masofadan turib bloklay oladilar. Kompaniya bu qadamni zamonaviy o‘g‘rilar kalitlarni juda tez klonlashni va standart xavfsizlik tizimlarini chetlab o‘tishni o‘rganib olishgani bilan izohlamoqda.

Shu sababli, ilg‘or himoya tizimi alohida pulli paket qilindi.

Bu ketishda gaz va tormozni bosishga ham obuna joriy qilishsa hayron bo’lmayman :)

📟 DigiTech
😁12813🤯8🔥4👍3👏2💯2🫡21🥰1😡1
🔋 Olimlar “abadiy” batareyalar yaratishga yaqinlashishdi: Xitoyda minglab yillar davomida quvvatlantirishsiz ishlay oladigan yadroviy energiya manbai ishlab chiqildi.

Qurilmaning quvvati hozircha atigi 1,13 mikrovattni tashkil etadi: bu kam quvvatli datchiklar, tibbiy implantlar va koinotdagi uskunalar uchun yetarli. Batareyaning xizmat qilish muddati taxminan 5730 yil bo‘lishi mumkin — uglerodning parchalanish davri shuncha vaqtni tashkil etadi.

📟 DigiTech
🔥102👏33🤯2213👍65😁3👨‍💻2🤝2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Galaxy Z Fold 8'ni buklanish chizig‘i bilinmaydigan displeyi ko’rsatildi.

Weibo'dagi insayder Samsung‘ning yangi “buklamafoni” aks etgan videorolik bilan bo‘lishdi. Unda yoyilgan holatda buklanish chizig‘i umuman sezilmaydi. Olti oy avvalgi mish-mishlarga ko‘ra, Apple ham buklanadigan iPhone Ultra uchun ayni shunday displeylarni xarid qilgan.

Lekin bu yangi smartfon ekanini unutmaslik kerak — uzoq vaqt foydalanilgach, buklanish chizig‘i hatto unda ham paydo bo‘lishi mumkin. Fold 8 va Samsung‘ning boshqa yangi mahsulotlari 22-iyul kuni namoyish etiladi.

📟 DigiTech
🔥2913👍6👏31💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧯AQSh o‘t o‘chiruvchilari tovushli o‘t o‘chirgichlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Ular kislorodni shunday yuqori tezlikda tebratadiki, olov uni o‘zlashtira olmay, o’chib qoladi.

NASA'ning sobiq muhandislari ishlab chiqqan bu texnologiya, ayniqsa, suv yetkazadigan zararni kamaytirish muhim bo‘lgan hollarda va qurg‘oqchil hududlarda juda qo‘l kelishi mumkin. Unga asoslangan o‘t o‘chirish tizimlari allaqachon Kaliforniyadagi ayrim uylarga o‘rnatilmoqda.

📟 DigiTech
👏60👍16🔥136😁54
⚡️Telegram so‘nggi vaqtlardagi eng yirik yangilanishni chiqardi — messenjerda hamjamiyatlar, postlar uchun yangilangan sun’iy intellekt va boshqa foydali funksiyalar paydo bo‘ldi.

Nimalar qo’shildi:
Hamjamiyatlar — endi kanallar, guruhlar va botlarni umumiy navigatsiyaga ega bir joyga birlashtirish mumkin.

Yangi tahrirlagich — matn kiritish maydonida sarlavhalar, jadvallar, chek-listlar, iqtiboslar va boshqa Markdown vositalari paydo bo‘ldi.

Sun’iy intellekt takomillashtirildi — neyrotarmoq bitta so‘rovning o‘zida tahrirlagich ichida postlarni yozib, rasmiylashtirib bera oladi.

Botlardan maxfiy xabarlar — botlar faqat tanlangan foydalanuvchiga ko‘rinadigan vaqtinchalik xabarlarni yubora oladi. Hatto administratorlar ham ularning ichini ko’ra olmaydi.


Yangilanish bosqichma-bosqich tarqatilayotgani sababli, yangi funksiyalar hozircha hammada ham mavjud emas.

📟 DigiTech
👍271110🔥4👏4👨‍💻1🫡1