AI | DigiTech
53.5K subscribers
3.65K photos
1.72K videos
3.33K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📲 Insayderlar aytishicha, iPhone 18 Pro Max rekord sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Uning eSIM’li versiyasidagi batareya hajmi 5425 mA/soatgacha yetadi.

Bu seriyalar o‘rtasidagi eng katta o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Taqqoslash uchun: iPhone 17 Pro Max akkumulyatorining sig‘imi 5088 mA/soatni tashkil qiladi.

📟 DigiTech
😁100🔥199👍4👏2🤓2👨‍💻21😨1
🚘 Britaniyaliklar tom ma'noda shiftda yura oladigan superkar-«changyutgich»ni namoyish etishdi.

McMurtry Speirling Pure'ning pastki qismiga burilishlarda barqarorlikni ta’minlash uchun 2 tonnagacha bosim kuchini hosil qiluvchi ventilyator o‘rnatilgan. 1000 ot kuchiga ega elektromotor avtomobilning 1,5 soniyada 0-100 km/soat tezlikka chiqishini ta’minlaydi, maksimal tezlik esa 305 km/soatgacha. Bunday tezlikda quvvati atigi 50 km masofaga yetadi.

Narxi — 1 330 000 dollar.

📟 DigiTech
🤯68😁17👏95👍4🔥4💯32🫡1
⚡️Samsung‘ning xotira va chiplar bo‘limi bu yil oldingi 40 yillik faoliyatidan ko‘proq daromad topishi mumkin.

Bunga sun’iy intellekt bumi va xotira tanqisligi sabab bo‘lmoqda. Tezkor xotira va SSD uchun chiplar bir chorakda 44% va 53% ga qimmatlashdi.

Ikkinchi chorakda Samsung‘ning umumiy foydasi 56 mlrd dollargacha o‘sishi mumkin. Bu o‘tgan yilning shu choragiga nisbatan 18 baravar ko‘pdir.

📟 DigiTech
4717👏11👍6💯2🫡1
🕹️ Microsoft Xbox'ning 3200 nafar xodimini qisqartirmoqda, bo‘shatishlarning aksariyati o‘yinlar bo‘linmasi va tijorat jamoalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kompaniya shuningdek, bir nechta studiyalarini yopadi: Double Fine va Compulsion Games mustaqil bo‘ladi, Ninja Theory hamda Undead Labs uchun esa xaridorlar qidirilmoqda.

2027-yilning iyuliga qadar xodimlarning 20 foizini qisqartirish rejalashtirilgan. Qisqartirishlar Activision, Bethesda, Blizzard, King, Mojang va Xbox Game Studios'ga ham ta’sir qiladi, biroq avval e’lon qilingan o‘yinlarning birortasi ham bekor qilinmaydi.


Kompaniya eng daromadli franshizalarga e’tibor qaratib, xarajatlarni kamaytirmoqchi.

📟 DigiTech
😢32👍104💯31🤯1🫡1
⚡️Yaponiyada 14 yoshli maktab o‘quvchisi ChatGPT yordamida Bandai Channel striming xizmatini buzib kirdi. U 46 mingta akkauntning obunasini bekor qildi.

2025-yilning noyabrida u trafikni tahlil qilish orqali tizimdagi zaiflikni topgan. So‘ng bir kechada ChatGPT yordamida obunalarni ommaviy bekor qiladigan dastur tuzib chiqqan. Oqibatda striming xizmati deyarli bir oy ishlamadi, Bandai esa 1,37 million akkaunt ma’lumotlari sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Qo‘lga tushmaslik uchun o‘quvchi o‘zining IP manzilini qariyb 30 marta o‘zgartirgan. Uni faqat yaqindagina hibsga olishdi.

📟 DigiTech
😁175👍181110🤯8👏4🫡4
⚡️Tillarni o‘rganish miyani «yoshartiradi»: qancha ko‘p til o‘rganilsa, insonning kognitiv qobiliyatlari tengdoshlarinikiga qaraganda shuncha yuqori bo‘ladi.

Tadqiqotchilar 700 dan ortiq kishining MRT natijalarini o‘rganishdi. Ikki tilni biladigan odamlarning miyasi suratlarda o‘z yoshidan 6 yoshga, to‘rtta tilni egallaganlarniki esa naq 13 yoshga yoshroq ko‘ringan. Agar tillarni yoshlikdan o‘rganish boshlansa, samara yanada yuqoriroq bo‘ladi.

📟 DigiTech
1🔥10220👍15👏42💯1🤝1
🌓 NASA Oy va Marsga parvozning bir yillik simulyatsiya missiyasi uchun ko‘ngillilarni olishni boshladi.

Ishtirokchilar 12 oyni Xyustondagi Jonson nomidagi kosmik markaz hududida boshqa odamlardan ajratilgan holda o‘tkazadi. Tayyorgarlik va ma’lumotlar yig‘ish bilan birga dastur taxminan 14 oy davom etadi. Tajriba 2027-yilning avgustida boshlanadi.

Avvaliga ekipaj sayyoralararo parvozni taqlid qiluvchi ikki qavatli modulga joylashtiriladi. So‘ngra ishtirokchilar boshqa sayyora sirtidagi hayotni aks ettiruvchi boshqa modulga o‘tib, uning tashqarisiga chiqishadi. Ko‘ngillilar hatto dala operatsiyalari uchun rover modulini ham sinovdan o‘tkazishadi.


Qatnashchilarga kompensatsiya puli to‘lanadi, olingan natijalar esa NASAning uzoq muddatli ekspeditsiyalarga tayyorgarlik ko‘rishiga yordam beradi.

📟 DigiTech
👍59129😇3👨‍💻2🔥1👏1
📱GTA 6 shunchalik uzoq vaqt davomida ishlab chiqilayotganidan, hatto qahramonlarning telefonlari ham eskirib ulgurdi — muxlislar o‘yinning yangi qismidagi iFruit smartfonlari iPhone X'ga o‘xshashini payqab qolishdi.

Ishqilib, shu narsani deb Rockstar relizni yana kechiktirmasa bo’ldi :)

📟 DigiTech
1😁221🔥98👍6👏3👨‍💻21
📲 Kompaniyalar hamyonbop smartfonlar ishlab chiqarishdan ommaviy ravishda voz kechmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, narxi allaqachon ikki baravar oshgan xotira bu yil yana 50 foizga qimmatlashadi. Bu esa 100–200 dollarlik qurilmalarni ishlab chiqarishni shunchaki imkonsiz qilib qo‘yishi mumkin.

Xotira qurilmasining narxi smartfon tannarxining 60–65 foizini tashkil etayotgani sababli (bir yil avval bu ko‘rsatkich 30 foiz edi), ishlab chiqaruvchilar qurilmalarni yo zarariga sotishga, yo narxlarni oshirishga majbur bo‘lmoqda. Narxlarning oshishi esa talabning pasayishiga olib keladi. Shu bois ular sotuvdan pul yo‘qotmaslik uchun butun bir modellar qatorini olib tashlashmoqda.

📟 DigiTech
👍45😢24😡1141🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda robot-yetkazib beruvchilarni payqab qolishdi shekilli? 👀🤖

Ha, bular haqiqatan ham Yandex Uzbekistan robotlari. Hozir ular sinovdan o‘tkazilmoqda va ishga tushirishga tayyorlanmoqda ⚡️

Yaqin orada robotlar Yandex Lavka buyurtmalarini yetkazib berishni boshlaydi. Rasmiy ishga tushirilish sanasi va barcha tafsilotlar haqida jamoa qo‘shimcha ma’lumot beradi.
🔥5211👏8🤯4👍3😁2🤝21😡1
🤖 Robotlar ilk marta jarrohlar bilan birgalikda operatsiya o‘tkazdi — 2 ta robot hayvonlarning o‘t pufagini muvaffaqiyatli olib tashladi (hali odamlarga yetib bormadi).

Jarrohlar ularni masofadan boshqarishdi. Operatsiya muvaffaqiyatli o’tgani bilan, hali kamchiliklari bor: robotlar bir necha marta qayta sozlandi va operatsiya ancha vaqt oldi.

📟 DigiTech
1😢58👍148🤯6😨5😡31🔥1🤓1🫡1
⚡️Xitoy avtomobil salonlariga jismoniy tugmalarni qaytarish talabini qo’ydi.

2027-yil iyulidan boshlab barcha ishlab chiqaruvchilar burilish chiroqlari, oyna tozalagichlar, oynalarni isitish tizimi, avariya chiroqlari, ovozli signal, kruiz-kontrol va yana 13 ta asosiy funksiya uchun jismoniy tumblerdan foydalanishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, uzatmalar qutisini faqat displey orqali, masalan, Tesladagi kabi o‘zgartirish ham taqiqlanadi.

📟 DigiTech
👍111🔥16👏8😁861👨‍💻1
🚀 Xitoy ilk bor ko’p martalik kosmik raketani dengizga muvaffaqiyatli qo‘ndirdi — bungacha bunday ishni faqat Amerikaning SpaceX va Blue Origin kompaniyalari uddalagan edi.

Ularning yondashuvidagi asosiy farq — suzuvchi platformadagi maxsus tutib olish tizimidir. Agar AQShda raketalar o‘rnatilgan tayanchlarga qo‘nadigan bo‘lsa, Xitoy raketasi tortilgan troslarga ilgaklar yordamida ilinib oladi.

📟 DigiTech
53🤯2017👍8🔥4👏2🤝2🎉1🫡1
📱Smartfon kameralariga neyron tarmoqlarni qo’shishni natijasi: Huawei telefotoobyektivi samolyotni suratga olish vaqtida uni qush deb o’yladi.

📟 DigiTech
😁31610👏109😨3🤯2🎉2🫡2💯1
⚡️Olimlar saraton hujayralarining 99 foizini operatsiya va kimyoterapiyasiz yo‘q qilishni o‘rganishdi — hozirda bu usulni odamlarda sinab ko‘rishga tayyorlanishmoqda.

Molekulalar saraton hujayrasiga yopishadi, infraqizil nur ta’sirida bir soniyada 40 trillion marta tebranib, hujayrani nobud qiladi. Shu tariqa, melanoma bilan kasallangan sichqonlarning yarmida o‘simta butunlay yo‘qolib ketdi.

📟 DigiTech
👍113🤯3519🔥8👏82
⚡️Kremniy vodiysi universiteti (USV) “Max Achievement Scholarship” nomli noyob stipendiya dasturini yo‘lga qo‘ydi.

Endi geymerlar mashaqqatli mehnati va o‘yinlarni 100% yakunlashga sarflagan yuzlab soatlarini pulga aylantirishlari mumkin — universitet ashaddiy o‘yinchilarga ta’lim to‘lovlari uchun yiliga 15 000 dollargacha stipendiya to‘laydi.

Minecraft’da 115 ta «achivka» to‘plaganlar stipendiya olishlari mumkin. Shuningdek, stipendiyani Dark Souls, Stardew Valley, Genshin Impact va yana 10 dan ortiq boshqa o‘yinlarni to‘liq o‘taganlik uchun ham qo‘lga kiritish mumkin.

📟 DigiTech
42😁22🔥5👍42👏1🤔1